UPLIFT | Javlon Otaqulov
Kanalga Telegram’da o‘tish
📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalar bilan halol treyding va investitsiya 📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish Instagram: instagram.com/javlonota Website: trading.uplift.uz Murojaat uchun: @Uplift_Manager UPLIFT asoschisi: Javlon Otaqulov
Ko'proq ko'rsatish8 232
Obunachilar
-724 soatlar
-497 kunlar
-11330 kunlar
Postlar arxiv
💼 Investitsiya uchun nomzod aksiya: $MU
Kuzatuvchilarimiz ko'pdan beri investitsiya uchun nomzod aksiyalar haqida so'rayotgan edilar.
‼️ Yodda tuting: Investitsiyada risk-menejment va savdoga yondashuv treydingnikidan farq qiladi. Shu sababli, investitsiya uchun tavsiya etilgan bunday nomzodlarga umumiy portfelingizdan 5-7% atrofida ulush ajrating. Shunda aksiya narxi 20% dan ko'proq pastlasa, bizda yana qo'shimcha xarid qilish (o'rtachalashtirish) imkoniyati bo'ladi. Agar aksiya o'sishda davom etsa, kerakli foyda darajasiga chiqqanda foydani qisman fiksatsiya qilishni (save) boshlayveramiz.
🔴 Ertaga ushbu aksiyaning fundamental jihatdan chuqur tahlil qilingan postini ulashamiz, inshaAlloh.
✅ @upliftuz
+4
FINRANKS QANDAY LOYIHA ?
Finranks siz uchun murakkab moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, 1–10 ballik baho bilan aniq natija beradi.
Bir sahifada, bir qarashda — kompaniya haqida to‘liq tasavvur!
🚀 Tez, qulay va professional tahlil.
🔍 8 yo‘nalishda baholash.
📊 Har bir aksiya uchun aniq xulosa.
👉 Finranks, tahlilni bizga topshiring — qarorni siz qabul qiling.
Finranks.com 👈 orqali aksiyalarni bepul tahlil qiling.
🇺🇸 "WALL STREET KUNI — Amerika fond bozori: tahlildan portfelgacha" bir kunlik offline seminarmizga quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’ting.
Ro'yhatdan o'tish: https://forms.amocrm.ru/rzldlcv
🇺🇸 "WALL STREET KUNI — Amerika fond bozori: tahlildan portfelgacha" bir kunlik offline seminarmizga quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’ting.
Ro'yhatdan o'tish: https://forms.amocrm.ru/rzldlcv
🛡 Risk menejment — har bir treyderning birinchi qoidasi
Foyda olish uchun strategiya kerak, lekin o'sha strategiyani amalga oshira olish uchun kapital kerak. Kapitalingiz bo'lmasa — hech qanday strategiya ishlamaydi. Kapitalingizni esa risk menejment saqlaydi.
Ko'pchilik aksiya bozoriga kelganda bitta savolni o'ylaydi: "Qancha foyda olaman?" Lekin professional treyderning birinchi savoli boshqacha: "Qancha yo'qotishim mumkin?"
Aynan shu farq — oddiy treyder bilan professionalning orasidagi chegara.
1. Bir pozitsiyaga kapitalning 2% dan ko'pini xavfga qo'ymang Har kim o'z risk darajasiga qarab belgilashi mumkin — 0.5%, 1% yoki 2%. Agar sizda $10,000 kapital bo'lsa — bitta savdoda maksimal $100 risk qiling. Hatto 10 ta ketma-ket stop ursa ham, kapitalingizning 90% i saqlanib qoladi. Shoshilib katta qo'ygan bir savdo esa hamma narsani yo'qotishi mumkin. 2. Stop-loss — ixtiyoriy emas, majburiy Ko'p treyderlar stop-loss ni faqat texnik daraja deb biladi. Aslida u bundan ham muhimroq — bu sizning oldindan belgilagan chizing'ingiz. Stop-lossni oldindan belgilab, hech qanday aniq sababsiz o'zgartirmang. 3. Risk/Reward — kamida 1:1,5 1:2 bo'lsin $100 risk qilsangiz, kamida $200 foyda ko'rish imkoniyati bo'lishi kerak. Shunda 10 ta savdoning 5 tasi stop ursa ham — umumiy hisobda foydadasiz. 4. Bir sektorda juda ko'p pozitsiya ochmang Chip sektori tushsa — o'sha sektordagi barcha pozitsiyalaringiz bir vaqtda zarar ko'radi. Kapitalingizni turli sohalarga taqsimlang. 5. Hissiyot bilan pozitsiya hajmini oshirmang "Bu safar aniq o'sadi" degan his — eng xavfli his. Tahlil qanchalik ishonchli ko'rinmasin, qoida bir xil: 2% risk.Strategiya foyda keltiradi, lekin kapitalingizni risk menejment saqlaydi. Eng yaxshi treyderlar ko'p foyda olgani uchun emas — kam yo'qotgani uchun uzoq yashaydi. ✅ @upliftuz
🇺🇸 "WALL STREET KUNI — Amerika fond bozori: tahlildan portfelgacha" bir kunlik offline seminarmizga nega qatnashish kerak?
Ro'yhatdan o'tish: https://forms.amocrm.ru/rzldlcv
⚠️ Eslatma: 50% bo'sh joyimiz qoldi
✅ 1 KUNLIK JONLI (OFFLINE) SEMINAR
Bu seminarda nimalarni hal qilamiz?
🟣Noldan boshlash xaritasi: "Pulimdan ayrilsam-chi?" degan qo'rquvni yengish va bozorda to'g'ri qadam tashlash bo'yicha aniq tizim.
🟣Minusdan chiqish strategiyasi: Nega doim bitta xatoga urilaverasiz? Risk-menejment va tizimsiz savdoni tartibga solish sirlari.
🟣Hissiyotlarni jilovlash: Psixologik bosim ostida ham sovuqqonlik bilan to'g'ri qaror qabul qilish.
🟣Jonli muloqot va tahlil: Javlon Otaqulov bilan to'g'ridan-to'g'ri savol-javob, real keyslar tahlili va shaxsiy tavsiyalar.
Tashkiliy masalalar:
🗓 Sana: 19-iyul
⏰ Vaqt: 9:30 dan 18:00 gacha
💬 Joylar soni: 50 ta
⚠️ Muhim ogohlantirish: Jonli uchrashuv bo'lganligi sababli, zalning sig'imi qat'iy chegaralangan. Ovoz berganlarning sonini hisobga olsak, joylar juda tez to'lishi kutilmoqda.
O'z natijalaringizni o'zgartirish uchun birinchi qadamni tashlang!
Joyingizni hoziroq band qiling 👇
https://forms.amocrm.ru/rzldlcv
🔥 Diqqat! Katta oflayn seminarimizga qabul boshlanmoqda!
⏰ Bugun roppa-rosa soat 12:00 da ro'yxatdan o'tish uchun start beramiz.
⚠️ Joylar soni qat'iy cheklangan: Zalda atigi 50 ta joy mavjud.
Talab yuqori ekanligini inobatga olib, o'z joyingizni birinchilardan bo'lib band qilishga ulgurib qoling!
Shunga o'xshash xabarlar so'nggi haftalarda izohlarda ham, shaxsiyda ham tez-tez kelyapti. Yashirmaymiz — bu bizni juda xursand qiladi. Va endi javob berish payti keldi:
✅ Yilning eng asosiy ONLINE kursiga qabulni iyul oyida ochamiz, InshaAlloh.
Hozircha esa barcha kurslarimizga oldindan qabul ketyapti. Bu nima degani?
🎁 Hozir yozilganlar joyini qo'shimcha chegirma bilan band qiladi — qabul rasman ochilganda bu chegirma bo'lmaydi.
👉 Joyni band qilish uchun yozing: @Uplift_Manager
Kursni kutmasdan bilim olishni bugunoq boshlamoqchi bo'lganlarga esa allaqachon tayyorlab qo'yganmiz:
📚 BEPUL materiallar:
🟣 YouTube kanalimizda — tahlillar, darslar va jonli efirlar
🟣 @uplift_trading_bot da — bir qancha yo'nalish bo'yicha bepul qo'llanma va instrumentlar
Savollaringizni izohda qoldiring — har biriga javob beramiz 👇
+1
📉🌍 TRAMP: ERON BILAN BITIM TUGADI
Tramp Eron bilan bitim tugaganligini e'lon qildi — AQSh fyuchers bozorlari keskin tushdi. Dow 680 punktga, Nasdaq esa 1.3% ga yiqildi.
Manba: Investing
— TRAMP VA ERON AQSh Prezidenti Dow fyucherslari 680 punktga tushib, 1.3% yo'qotdi. S&P 500 71 punkt, Nasdaq 100 esa 381 punkt pastladi. Tramp Turkiyadagi NATO sammitida Eron bilan tinchlik bitimi tugaganligini bildirdi: "Ular rozi bo'ldi, keyin boshqacha gapirdi — bularning aqli yo'q, bitim tugadi." — HARBIY ESKALATSIYA Eron qurolli kuchlari Quvayt va Bahrayndagi AQSh ob'ektlariga zarba berganligi haqida xabar berdi — bu AQShning Eronga uroq va neft sanksiyalariga javob sifatida amalga oshirildi. Mojaroning kuchayishi xom neft narxlarini keskin oshirdi va Federal Rezervning inflyatsiyaga qarshi siyosat yo'lini murakkabroq qildi. — BOZOR VA KORPORATIV YANGILIKLAR CMC Markets bosh analitigi Andreas Lipkow ta'kidladi: bugungi voqealar geosiyosiy xatarlar barcha boshqa omillardan ustun turishi mumkinligini yana bir bor ko'rsatdi. Samsung Electronics kutilganlardan yuqori daromad ko'rsatdi, biroq bu sun'iy intellekt va xotira chiplariga bo'lgan talablar haqidagi xavotirlarni bartaraf etmadi. S&P 500 0.5%, Nasdaq esa 1.2% pastladi. Chorshanba kuni Levi Strauss & Co, keyinchalik PepsiCo va Delta Air Lines moliyaviy hisobotlarini e'lon qiladi. Bozorlar iyun oyi Fed yig'ilishi bayonnomasiga ham katta e'tibor qaratmoqda.#Eron #bozorlar 🌐 JAHON Insights
📊 357 kishi ovoz berdi. Natijalar esa o'ylantirib qo'ydi.
Iyun oyi yakunlari bo'yicha so'rovnomamizga qaraylik:
▪️ 17% — foydada yopdi ✅
▪️ 18% — nolda
▪️ 28% — minusda yopdi
▪️ 37% — hali bilim yo'qligini aytdi
Ya'ni har 3 kishidan 2 tasi yo pul yo'qotyapti, yo umuman boshlay olmayapti.
Va bilasizmi — bu fojia emas. Minusda yopganlarning deyarli hammasi bir xil sabablarga uriladi: tizimsiz kirish, risk-menejmentsiz savdo, hissiyotga berilish. Boshlay olmayotganlar esa bitta narsadan qo'rqadi: "xato qilib pulimdan ayrilsam-chi?"
Ikkalasining ham davosi bitta — tizimli bilim.
Shu haftalarda jamoamiz bilan bir fikrni muhokama qilyapmiz: agar biz 1 kunlik jonli offline seminar tashkil qilib, aynan shu muammolarni — noldan boshlash xaritasidan tortib minusdan chiqish tizimigacha — yuzma-yuz yechib bersak...
Kelarmidingiz?
✅ @upliftuz
🏆IYUN OYI G'OLIBLARI
🥇 Abdurashid — +14.99% oylik | +70.04% YTD
🥈 Elmurodjon Mansurov — +5.59% oylik | +177.87% YTD
🥉 Bibalaev Shokhrukh — +11.98% oylik | +41.79% YTD
4️⃣ Odil (Trade) — +0.60% oylik | +105.21% YTD
📊 Iyun oyida ham hamjamiyatimiz a'zolari yaxshi natijalarga erishishdi.
Muhimi — faqat oylik natijalar emas, yil boshidan qilingan natijalar ham juda yaxshi.
Odil akaning Investitsiya portfellari oylik natijasi past bo'lsa ham, yil boshidan qilingan natijasi yuqori bo'lganligi sababli topga kirdilar.
Bundan tashqari, ko'pchilik a'zolarimiz intizom bilan oylik va yillik natijalarida minusga kirmagan holda portfellarini barqaror ko'tarib kelishmoqda. Bu oddiy ko'rinsa ham — treyding va investitsiyada eng qiyin ishlardan biri!
✅ @upliftuz
#tavsiya #Kitob_xulosasi
Ahadquli G‘ulomov — "Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi"
Biz ko‘pincha Uoll-strit daho’larining strategiyalarini o‘rganamiz, lekin o‘zimizning sharqona, ma’naviy ildizlarimizni unutib qo‘yamiz. Bugungi tavsiyam — nafaqat savdo sirlari, balki halol kasb va baraka haqida yozilgan nodir asar: "Savdogarlar ustozi".
Agar "Aqlli Investor" (Graham) sizga qanday qilib pulni yo‘qotmaslikni o‘rgatsa, "Savdogarlar ustozi" sizga qanday qilib topgan pulingizni buyuradigan (barakali) qilishni o‘rgatadi.
Quyida davomini o'qish 👇 Kitobdan treyder va tadbirkorlar uchun eng muhim xulosalar:
Savdo — bu ibodat: Muallif savdogarlikni shunchaki foyda olish vositasi emas, balki halol luqma topish yo‘lidagi sharafli kasb ekanligini tushuntiradi. Bozorda halollik bilan turish — bu katta jasorat va iymon belgisidir. Mijoz haqi va Tarozi: Treyderlikda bu nimani anglatadi? Bu — birovni aldab, "shishirib" (pump) sotmaslik, bozorni manipulyatsiya qilmaslik va o‘z bilimidan boshqalarning zarari evaziga foydalanmaslikdir. Halollik — eng katta kapital. Baraka omili: G‘arb kitoblarida "Compound interest" (murakkab foiz) haqida o‘qiymiz. Bizda esa uning muqobili — Baraka. Agar niyat to‘g‘ri bo‘lsa, ozgina sarmoya ham shunday o‘sadiki, buni hech qanday matematik formula bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Qaror qabul qilishdagi xotirjamlik: Kitobda nafsni tiyish va ochko‘zlik qilmaslik haqida so‘z boradi. Bu zamonaviy treydingdagi "FOMO"ni yengishning eng yaxshi davosidir. Bu kitob sizga millioner bo‘lishning "tezkor sxemalarini" bermaydi. Lekin u sizga kechasi yostig‘ingizga bosh qo‘yganda, vijdoningiz qiynamasdan uxlash va topgan boyligingizning rohatini ko‘rish yo‘lini ko‘rsatadi.Texnikani o‘rganish uchun G‘arbga, ma’naviyat va biznes etikasini o‘rganish uchun o‘zimizning durdonalarga murojaat qilish kerak. Haqiqiy savdogar — bu nafaqat hamyoni, balki qalbi ham boy inson. Kim bu kitobni o‘qigan bo‘lsa, izohlarda o‘z fikrini qoldirsin. ✅ @upliftuz
Iyun oyining yakuniy natijalarini yakunlashmizga oz qoldi, natijalar qiziqmi?
Ha — 🔥
+3
#kompaniya_tahlili
Yetakchi kompaniyalar bilan tanishamiz
🏢 Kompaniya: Corning Inc.
🟣 Aksiya belgisi: $GLW
💰 Bozor kapitallashuvi: ~$160B+
⚙️ Sanoat: Elektron komponentlar va Optik tolalar
🌙 Shariatga muvohiqligi: Halol ✅
Corning Inc. ($GLW) — shisha, keramika va optik texnologiyalar sohasida dunyodagi eng yirik va eng qadriyatli innovatordir. Ular bulutli ma'lumotlar markazlari (Data Centers), telekommunikatsiya tarmoqlari va sun'iy intellekt (AI) klasterlari uchun zarur bo'lgan optik tolali kabellar (fiber optics) va ulanish tizimlarini ishlab chiqaradi. Oddiyroq aytganda, ular AI infratuzilmasida ma'lumotlarni yorug'lik tezligida uzatuvchi "optik magistrallarni" qurmoqda.
$GLW — bu shunchaki oddiy shisha emas, bu sun'iy intellekt va yuqori tezlikdagi ma'lumot uzatish tizimlarining asosi hisoblanadi. Sun'iy intellekt klasterlari kengayishi bilan serverlararo ma'lumot almashish hajmi keskin oshdi. Corning esa bu muammoni ma'lumotlar markazlari ichidagi barcha komponentlarni o'ta zich va tezkor optik tolalar bilan bog'lash orqali hal qilmoqda.
🧠 AI va Ma'lumotlar markazlarining optik qon-tomirlari: AI modellarini o'qitish uchun Nvidia chiplari bilan jihozlangan minglab serverlar o'zaro ulkan hajmdagi ma'lumot almashishi kerak. Corning'ning yangi avlod optik ulanish echimlari hyperscaler'lar (Microsoft, Google, Amazon) uchun ma'lumotlar markazlaridagi joyni tejash va signal kechikishini (latency) kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kompaniya Apple ($AAPL) iPhone va boshqa flagman smartfonlar ekranlari uchun zarur bo'lgan mashhur chidamli Gorilla Glass oynalarining mutlaq eksklyuziv yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 📈 Bozordagi ustunlik va yangi o'sish drayverlari: Corning aksiyalari yarimo'tkazgich va AI chiplari ishlab chiqaruvchilar ortidan eng ko'p foyda ko'rayotgan infratuzilma kompaniyalaridan biridir. AI ma'lumotlar markazlarini qurishda har bir yangi chip klasteri uchun odatdagidan bir necha barobar ko'proq optik ulanish kabellari talab etiladi. Kompaniyaning asosiy ustunligi — optik tolalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda eng yirik patent portfeliga va global ishlab chiqarish quvvatlariga ega ekanligidir. Bu esa AI va 5G tarmoqlari kengaygani sari tech-gigantlarning Corning mahsulotlariga bo'lgan qaramligini uzoq muddatga ta'minlaydi.‼️ Ushbu tahliliy post faqat ta'lim va ma'lumot almashish maqsadida tayyorlangan, aksiyani sotib olish yoki sotish uchun to'g'ridan-to'g'ri signal hisoblanmaydi. Kompaniyaning to'liq ma'lumotlarini Finranks saytidan ko'ring 👇 https://finranks.com/uz/stock/glw/summary ✅ @upliftuz
