cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Samarqandlik Kutubxonachilar| Kanal

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
259
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-1530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​#bilib_oling 📚Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar 1. Ashurbanipal kutubxonasi. Ushbu kutubxonaga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan. 2. Aleksandriya kutubxonasi. Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud. 3. Pergamum kutubxonasi. Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan. Telegram|Instagram|You tube|Tadbirlar
Hammasini ko'rsatish...

Photo unavailableShow in Telegram
Tohir Malik gurunglari Janr/bo‘lim: Romanlar, hikoyalar, Badiiy adabiyot Muallif: Anvar Namozov Nashr yili: 2016 Tili: O'zbek (kir) Betlar: 392 Nashriyot: O‘zbekiston NMIU ISBN raqami: 978-9943-28-9006-2 Annotatsiya / Mundarija / Fikr va mulohazalar Ушбу китоб бошқа китобларга асло ўхшамайди. У кечаги, бугунги кун ва келажак хусусида турли мавзуларни қамраб олгани билан аҳамиятлидир. Китобда муайян масалалар юзасидан устоз ва шогирднинг тур­ли қарашлари, фикр-мулоҳазалари кенг жой олган. Табиийки, бунда устознинг мушоҳадаларига кўпроқ ўрин ажратилган. Зотан, улкан ҳаётий тажрибага эга адиб олдида шогирднинг бисёр гапириши одобдан ҳам эмас. Суҳбатлар эса, асосан, ҳаёт, адабиёт, ижод, таълим-тарбия, ёшлар масаласи, кино, театр, санъат, глобал муаммолар, ҳатто футбол ва ҳазил-мутойибани ҳам қамраб олган. Китоб сиз, азизларга манзур бўлади, деган умиддамиз.
Hammasini ko'rsatish...
​​#qiziq Koʻproq kitob oʻqish uchun vaqt sarflashning eng samarali usullaridan biri Pomidor usulidir.😨 🟢Bu usul 1980-yillarda Franchesko Chirillo tomonidan kashf etilgan. Chirillo kollejda o‘qib yurgan kezlari dangasaligi va ko‘p ishlarga ulgurmayotganidan juda aziyat chekadi. Ko‘p o‘tmay pomidor usulini o‘ylab topadi. U 1 yoki 2 soat dars qilgandan 25 daqiqa dars qilish uning nafsiga og‘irlik qilmasligini o‘ylab qoladi. Bu vaqtda u har doim 25 daqiqa ishlar qilishni yo‘lga qo‘yadi, uning ko‘p ish qilgisi, ko‘p ishlarga ulgurayotgani, oz vaqtda samarali ishlar qilayotgani bu usulni chuqurroq o‘rganishiga sabab bo‘ladi. Keyinchalik u Pomidor usuli haqida kitob ham yozadi. “Pomidor usuli” bugungi kunning eng samarali Time managment usullaridan biri hisoblanadi. Pomidor usulini pomidor deb atalishining sababi esa Chirillo 25 daqiqa timer uchun oshxona soatidan foydalangan. Oshxona soatining ko‘rinishi pomidor shaklida bo‘lgan. Franchesko Chirillo bu usulga nom qo‘yishga kelganda oddiygina qilib pomidor usuli deb nomlab qo‘yaqolgan. ⚪️Usulning asosiy g‘oyasi shundaki, siz ish kuni davomida o‘zingizda cheksiz vaqt bor deb emas, balki atigi 25 daqiqa fursat bor deb hisoblaysiz. Mana shu 25 daqiqa ichida foydali vazifani   bajarib qolishga intilishingiz va amalga oshirishingiz, sizning usulni to‘g‘ri anglab yetganingizni bildiradi. ✅Timerni 25 daqiqaga qo‘yib, ishga kirishganingizda o‘zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg‘imaslik kerakligini eslatib turadi.
Hammasini ko'rsatish...

Photo unavailableShow in Telegram
🎧 Audio kitob 💿 Audio nomi: “Garov” 👤 Muallif: Anton Pavlovich Chexov 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 26.8 Mb ⏰ Davomiyligi: 00:29:18 🎤 O‘qidi: Abdug‘ani Ro‘ziyev 🎧 https://t.me/onlinesearchbook 🎵Marhamat tinglang ...👇
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#fakt Qanday qilib o'qigan narsalarimizni eslab qolish mumkin? 📚 🔵 E'tibor qarating. Xayolingizdagi barcha ishlarni kitob o'qib olguningizgacha chiqarib turing. 🟢 So'zlab bering. Har o'qilgan bet yoki varaqdan so'ng o'zingizga eslatma sifatida mazmunini yaqinlaringizga gapirib bering. 😀 Tasavvur qiling. Har bir bo'layotgan voqea hodisalarni tasavvur qilish ularning esda qolishiga yordam beradi. 😀 Ovoz chiqarib o'qing. Inson miyasi eslab qolishida ovoz tempi muhim ahamiyatga ega va bu eslab qolish uchun katta foyda hisoblanadi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos 🖇 Kitobning bizga oʻrgatadigan eng ulkan  sabogʻi – toʻgʻri soʻzlikdir. ✍️Tomas Jefferson
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qr_kodli_kitoblar
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Qachonki do‘sting kitobini qaytarishni so‘raganida...
Hammasini ko'rsatish...
📖 Yaqinda amerikalik olimlar kitob mutolaasi va umr davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik bormi degan savolga javob berishga harakat qilishdi. Natijada kitobxon odamlar kam o‘qiydigan yoki umuman o‘qimaydigan kishilardan o‘rtacha 2 yil ko‘proq yashashi ma’lum bo‘ldi. 📖 Siz ham uzoq umr ko'rmoqchimisiz? Unda hoziroq kitob mutolaasiga kirishing.
Hammasini ko'rsatish...
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Kitobimiz uchun gʻilof tayyorlaymiz! Noodatiy, qulay gʻilof bilan kitobimizni oʻrashimiz mumkin. Faqatgina ushbu videoni avval koʻrish kerak! 😍 Maʼqul boʻlgan boʻlsa reaksiya bildirishni unutmang! 🤷‍♀️Ayyor Beka — Uy bekalari uchun maxsus kanal!
Hammasini ko'rsatish...
4.68 MB