cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ezma shoir | ixtiyoriy

Assalomu alaykum! Siz bilan: - Ezma shoir - Soxta qalamkash - Chala iqtisodchi - No'noq bankir Shaxsiy fikr, shaxsiy qarash, yana nimadirlar... Eslatma! Kanal administratsiyasi keltirilgan postlarni asoslash majburiyatini olmaydi... Link : @ezma_shoir

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
453
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-1530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Baxtli bo'lish uchun ko'p narsa kerakmas deb nasihat o'qidi-da, Range Roverida ikki qavatli dachasiga ketdi.
Hammasini ko'rsatish...
Dardli... Juda achinarli...
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#just Juda ma'noli rasm bo'libdi, hamma gap bitta rasmda. Nima sen kema bo'yicha ekspertmisan... @ezma_shoir
Hammasini ko'rsatish...
Masala yomonni yomonligida emas, bizni yaxshi yoki yaxshi emasligimizda. * Natijaning ortida jarayon turadi. Modomiki, jarayon kutilayotgan natijaga munosib bo'lmasa, bari xom-xayol. * Barcha muammolarning yagona yechim ilm va uning amali. © Mavlono Jo'qiy @ezma_shoir
Hammasini ko'rsatish...
#just
Hammasini ko'rsatish...
🌚 1
Ertak Onani to'rtta o'g'li, to'rtta qizi bor edi. Ona xasta, kasalmand. Bir o'g'li chiqdi-da, onamni davolatamiz dedi. Qolgan yettovi og'ziga urdi. Onamizni kasal deyishga nima haqqing bor, dedi. Kun keladi, onam hali tuzalib ketadi, dedi birovi. Qiz bola birovni hasmi degandek ikki qiziq kun kelib ketarim aniq deb kasalmand onani xomtalash qildi. Qolgan ikki qizi onani oz-ozdan sezdirmay taladi. Yana bir o'g'li chiqdi keyin, onamiz kuchli edi, dedi. Onamni davolatamiz degan og'ilni gapi hech biriga kor qilmadi. Onani ahvoli og'irlashaverdi. Vaqt o'tdi. Yetti farzand voy-voylashib ko'mib keldi. Bir bolasi yetim qoldi. Onani sakkizta bolasi bor edi. Aytishlaricha qabr toshiga Vatan deb yozilgan emish. @ezma_shoir
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
AESning "Rosatom" bilan qurilayotgan bir tomon, ajratilgan pul papalam bo'lib ketmasa edi. Bir suv ombori qurib, "yumronqoziq"lar kemirib ketgandi.😁😂
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Rasul Kusherbayev
“Ўзатом”нинг маълум қилишича, Россиянинг “Росатом” бош пудратчилигида шу йил ёзида Жиззахда кам қувватли АЭС қурилиши бошланади. Станция учун танланган майдонда текширув ишлари ўтказиб бўлинган, жойнинг мақсадга мувофиқлиги ва хавфсизлиги тасдиқланган. Ўзбекистон келажаги, экологик хавфсизлиги борасидаги ушбу жиддий қадамга киришишда жамоатчилик фикри қанчалик инобатга олингани номаълум. Нима бўлгандаям ушбу АЭС келажакда кимларнингдир қўлида Ўзбекистонга босим ўтказиш ва шантаж воситасига айланиб қолмаса бўлди. Хавотиримиз шунда. 👉 @r_kusherbayev
Hammasini ko'rsatish...
Atom elektr stansiyasi haqidagi diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilishimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda yoki qandaydir stansiya mavjudligida emas. Hozirgi holatda ham, hech qanday AESsiz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, uning ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi sunʼiy yaratilgan, notoʻgʻri boshqaruv va xato qurilyan elektr energiya siyosatining mevasi. AES qurilishi hal qilib beradigan bir texnologik muammo emas. Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiqmi-muvofiq emasmi bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi va eng asosiysi, davlat qurayotgan boʻlsa, bu narsa Oʻzbekistonliklarga qanchaga tushadi? Barcha davlat va nodavlat moliyaviy manbalardan ishlatilishi koʻzda tutilgan summalar toʻliq va mutlaq ochiqlanishi kerak. Bu fiskal talab qomusimizda ham belgilangan. Bundan toʻrt yil oldin hozirgi energetika vaziri bilan qilgan suhbatimizda bu savolni soʻragan edim lekin bu “sir” boʻlgani uchun, aytmagan edilar. Menda bu raqamlar ochiqlanmasligiga falsafaviy maʼnodagina emas, balki konstitutsiyaviy maʼnoda ham eʼtirozim bor. Sir yoki “tijoriy sir” juda bir tor maʼnoda ishlatiladigan narsa — fuqaroviy loyihalar uchun davlat pulining xarajati, tabiiyki, sir boʻlishi notoʻgʻri. Akkuyu qurilganida, Turkiyaliklar ularga Ruslar qurib berayotgan AES narxini aniq bilishgan. Lekin muhimroq tomoni, bitimda boshqa shartlar ham bor, yaʼni stansiyani narxidan ham muhimroq shartlar. Oʻshalarni gapirishimiz ham kerak. Stansiyani kim boshqarishi, qanday narxda elektr energiya sotilishi — juda muhim. Turkiyada Rossiya toʻliqligicha oʻz hisobidan qurilish qilib, energiyani bir 1 kilovatt soati uchun 12.5 sentlik bitim qilgan. Bizga agar xuddi shu shartlar berilsa, olishimiz kerakmi degan oʻrinli savol bor. Hozirgi kunda, Oʻzbekistonda bundan arzonroq generatsiya matbaalari bor boʻlsa, qimmatroq atom energetikasi qanchalik zarur? Bilasiz, 12.5 sentdan agar Oʻzbekiston sotib olsa (shartlarni bilmayman, shartli shunday boʻlsa deyapman) — bu 1500 soʻmdan koʻp, hozirgi sotilish narxidan ham ancha baland, bundan bir necha oy avval, boshqa manbalardan generatsiyani 1000 soʻm atrofida deyotgan edi hukumat. Agar aynan shunday boʻlsa, AES iqtisodiy maʼnoda bizga pulni iqtisod qiladimi yoʻqmi? Ikkinchi narsa, bu hamma davlat xarajatlariga taaluqli, lekin ayniqsa bunday katta va muhimlariga. Pudratchini tanlash. Rosatomdan boshqa korxonalar tenderda ishtirok etishganmi? Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda atom energetikasi oʻta rivojlangan, ular ham juda zoʻr stansiyalar qurishadi, ularning korxonalari qanday taklif berishgan bizning hukumatga? Nega aynan Rosatom?
Hammasini ko'rsatish...
Bu savolni berishimning sababi, albatta bunday narsada siyosatni ham oʻrni yoʻq emas. Rossiya energetikasidan Yevropa deyarli butunlay voz kechdi — buning uchun toʻlaqonli Yevropadagi urush sababchi boʻldi. Qachondir Germaniya Rus energetikasi arzon deb, siyosiy hisob-kitoblarni pisand qilmasdan faqatgina iqtisodiy hisobga tayanib qaror qilgan edi va bu qarori ancha qimmatga tushdi. Lekin bizdek ancha kichik mamlakat uchun, AESda asosiy pudratchi Rossiya davlati va davlat korxonasi boʻlishi juda katta savol boʻlishi kerak. Qandaydir maʼnoda agar Yaponlar va Ruslar bir xil narxga taklif berishsa — Yaponlarni tanlash kerak degan boʻlar edim, narxi bir xil boʻlsa ham, har holda, siyosiy risklari ancha kam. Urushi hali ham tugagani yoʻq va yangi sanksiyalar kiritilsa — masalan, bizdagi stansiya va uning isteʼmolchilari — oʻzbekistonliklarga asoratlari ham, menimcha hali ham ochiq savol. Bundan tashqari hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz energetikasini modernizatsiya uchun olayotgan mablagʻlar asosan gʻarbiy yoki gʻarb boshchilik qiladigan moliyaviy institutlardan kelmoqda. Bu tashkilotlarning barchasi Rossiyaga sanksiya qoʻllashgan. Endi birgina AESni deb butun boshli energetik tizimning modernizatsiyasi uchun texnologiyalar va mablagʻni olish manbasi yoʻq boʻlib qolishi xavfi mavjudmi? Bilmadim, lekin albatta juda koʻp tafakkur qilib qaror qabul qilish kerak boʻlgan masala. Xohlaymizmi, yoʻqmi, urush koʻp narsani oʻzgartirib yubordi. Xitoy moliyaviy tizimi ham, gʻarbiy sanksiyalarga amal qilib — Rus tranzaksiyalarni bloklashi Xitoy uchun toʻgʻri qaror edi. Bizga ham saboqdir shu. Ruslar qilayotgan urushni asoratlaridan biri — ilgʻor texnologiyalardan kesilish — bu ham AESga taʼsir oʻtkazadimi? Rivojlangan dunyoning oxirgi texnologiyalarisiz qurilgan AES, albatta yaxshi boʻlmaydi, bu ham, menimcha faktor. AES qurilishi, bizdagi boshqa loyihalar uchun texnologiyani olib kelishga toʻsiq boʻlmaydimi? Oʻzbekistonga energetik texnologiyalar sotayotgan AirProductsmi, yoki Siemensmi oʻsha texnologiyalar ertaga mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Rosatomga tushib qolishidan qoʻrqib, sotilishi cheklansa — bu risklarni qanchalik hisobga olganmiz Rosatom bilan ishlab? Bular katta savollar. Xulosam shuki, atom elektr stansiyasi qurilishini juda chuqur oʻylash kerak. Uning atrofidagi xarajatlar qancha va kim tomonidan toʻlanishi, xalq boʻynida oʻlpon boʻlib qolmasligi haqida mulohazalar kerak, menimcha hukumat ancha shaffofroq ishlashi kerak. Elektr sotilishi shartlari va kontraktni barcha detallari ochiqlanishi kerak. Bozorni oʻrganishimiz va boshqa alternativa boʻla oladigan barcha takliflarni koʻrib chiqishimiz kerak. Bu muhim strategik qaror boʻlgani uchun, parlament aʼzolari ham bu narsaga ovoz berishlari kerak. Chunki bu faqatgina energetika vazirligida qabul qilinadigan texnik bir vazifa emas, balki siyosiy asoratlari, strategik asoratlari bor qaror. Hamma xavf-xatar va foydalari oʻrganib chiqilib jamoatchilikka taqdim etilishi kerak, shunda qaror toʻgʻri boʻlsa, oʻylaymanki Oʻzbekistonliklar yangi yashil energetika manbasining boʻlishiga qarshilik qilmaslar. Balki buni Yaponlar qurar, balki oʻzimizning uran boʻlgani uchun ishlab chiqish xarajatlari pastroq boʻlar - shu kabi barcha detallar bilan tanishishimiz kerak. Men AES gʻoyasi toʻgʻri boʻlishi mumkinligiga ishonaman. Chunki bu ancha xavfsiz va yashil texnologiya. Lekin aynan hozir va aynan Rossiya bilan ishlashning iqtisodiy va siyosiy hisob kitoblari ochiq boʻlishi kerak deb oʻylayman. Shunda mulohaza toʻgʻri boʻlar edi. Menimcha. https://t.me/muhrim2022/2656
Hammasini ko'rsatish...
Аъзамхўжаев

Ёзда қурилиши бошланаркан. Хўп, АЭС керакдир, лекин нега “кам қувватли АЭС” — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими, эй ЎзАтом? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ, эй Энергетика вазирлиги? ЎзАтом нега ўз хабарида бунинг нархини, қайси пулга қурилишини эълон қилмайди? Нега айнан Жиззахда қурилади, қурилиш нега ёздаёқ бошланади, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС — тегишли вазирлик ва идоралар бу жиҳатларни халққа тушунтирмайдими? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!