cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qoralama (18+)

Dunyoning eng og'ir dardi — tafakkur! ©️ Remark Qo'rqoq bo'lib chirib yashaganingdan ko'ra, mard bo'lib yonib ketganing yaxshi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 433
Obunachilar
-424 soatlar
-297 kunlar
-7530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Millat oʻz qahramonlarini tanishi kerak Videoda O‘g‘iloy Ishqulova Samarqand viloyati Nurobod tumani Sahoba qishlog‘idan. Turmush o‘rtog‘i vafotidan keyin u farzandlarini boqish uchun “moskvich” sotib oldi. “Temir ayol” mashinasida qo‘y, pichan tashiydi. Uyga qaytishda bir quchoq qizlariga yegulik olib keladi. Ayrim yangi chiqqan “bloger”lardan farqli oʻlaroq halol mehnat bilan 7 qizni voyaga yetkazayotgan bu ayol aslida — haqiqiy qahramon! Hayotidan nolib, “menga motivatsiya yetishmayapti” deb yuradigan lanjlarga yuborib qoʻyinglar, iltimos. 👉Havola: https://youtu.be/qdDP-7KSz5I?si=J3poblAj6g_dTOon
Hammasini ko'rsatish...
Mashina haydab 7 qizni yolg‘iz katta qilayotgan ayol hikoyasi

O‘g‘iloy Ishqulova Samarqand viloyati Nurobod tumani Sahoba qishlog‘idan. Turmush o‘rtog‘i vafotidan keyin u farzandlarini boqish uchun “moskvich” sotib oldi. “Temir ayol” mashinasida qo‘y, pichan tashiydi. Uyga qaytishda bir quchoq qizlariga yegulik olib keladi. Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

🔥 10👍 3❤‍🔥 1
Kitobxon millat Atrofga qarayman hamma kitob oʻqiydiganlarni koʻraman. Hamma yoqda qaysidir kitob doʻkoni yonida qatorlashib turgan yosh qizlarni, yigitlarni koʻraman. Xursand boʻlaman. Demak, kitobxonga aylanyapmiz… Telegram, “Facebook”ka kiraman! Ayrimlarning haftasiga 3-4 talab kitob mutolaa qilganlari haqida oʻqiyman, bloglarini kuzataman. Doimiy bir tarzda kunda, kun ora har xil kitoblar toʻgʻrisida yozishadi. Yozgan postlarida ulashishlar va koʻrishlar ham bir talay. Instagramga kirsam hammaning “stories”larida turli kitoblarni koʻraman. Ular oʻzlarini saviyali odamlar deb bilishadi va buni isbotlash uchun Mirshakarning yumorlarini tushunishlarini, “Subyektiv”ni tomosha qilishlarini, Konstani eshitishlarini aytishadi. Katta qamrovdagi “standard saviya”ga ega odamlar ichida yashayapman deb oʻylab, xursand boʻlib ketaman. Keyin videolarda oʻzini saviyali sanaydigan sen ishongan vatandoshlaring “Olimni sarguzashtlari” haqida videolarni TOPga chiqarib beradi. Xursandchilik ham tamom. Keyinroq kimdir uni reklama uchun chaqirganini koʻrasan. Kayfiyating yanada buziladi. “Bizga ma’naviyat kerakmi?” deganlarni shu payt topa olmaysan. Siqilasan. Shunday tobda atrofingdagi saviyali va kitobxon vatandoshlaring qayerga ketib qolganini qidira boshlaysan. Men ularni qayerdaliklarini bilaman. Ular mutolaa qilishmoqda, Mirach Chagʻri Oqtoshni… @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...

👍 11🔥 2👏 2😁 2
1968-yili Rim papasi Ioann Pavel VI homiladorlikka qarshi qoʻllaniladigan vositalarni qoralab chiqqanida, ommaviy noroziliklarga duch kelgan edi. Ular orasida koʻplab katolik ruhoniylari ham boʻlishgan. Keyinchalik aniqlashlaricha, Papa oʻz fatvosida bu toifadagi preparatlarning qoʻllanishi quyidagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirgan ekan: - er-xotinning xiyonat. yoʻliga kirish holatlarining urchishi; - ayolning hurmatga sazovor va sevikli yor mavqeidan mahrum boʻlishi; - axloq-odob qoidalarini nazar-pisand qilmaydigan siyosatchilar qoʻliga oʻta xatarli qurolning tutqazilishi; - erkak va ayollarga buyum sifatida, tugʻilmagan bolalarga “illat” deb qaralishi oqibatida insonparvarlik tamoyillarining yoʻqqa chiqarilishi. Biz bugun yuqorida tilga olinganlar tomon “dadil qadam bosib ketyapmiz”. Oqibati qoʻrqinchli@matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 4 1
Yomgʻirlar bilan!
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 2😁 2
Men jurnalist Anora Sodiqovaman va men sizlardan kechirim so‘rayman. Hammasi joyida biz yaxshi yashayapmiz, hayotimiz farovon deyayotgan jurnalistlar uchun ham alohida uzr so‘rayman. Toza suv, havo tanqislashdi, elektr qimmatlashdi, ekologiya yomonlashdi, korrupsiya haddan ortiq kuchaydi. Odamlar hayoti og‘irlashdi. Nepotizm aytmasam ham bilasiz... Jurnalist sifatida bu vaziyatga olib keluvchi omillarni to‘liq ta’sirli yoritolmadik, yuqorini o‘nglanishga turtki berolmadik. Vazifamizni uddalay olmayapmiz. Uzrni pishirib yemaysiz, cho‘ntakka sololmaysiz, bilaman. Ammo, shunchaki so‘z erkinligi va jurnalistlar harakati ularni qo‘llash bilan yuqoridagi masalalar ijobiy aks etishi mumkinligini bilib qo‘yishingizni xohlardim. Balki bizda birozgina jur’at bo‘lganida IIB eshigidan o‘liklar chiqishi kamayarmidi. Axir bir insonning ham bu dunyodan bevaqt ketishi aslida qanchalar dahshatli. Bizda esa bunga javob beradigan, bo‘yniga olib hechqursa uzr so‘raydigan amaldor yo‘q. Odamlar esa o‘lishda davom etadi. Nachora. Agar biz yoza olganimizda budjet kamroq o‘g‘irlanardi, uyingiz qishda issiq, yozda sovuq, yo‘llaringiz tekis bo‘lardi. Rossiyadagi farzandingiz hozir yurtimizda ishlagan bo‘lardi. Elektrga hamyoningizga yarasha to‘lov belgilanardi. Ishoning hammasi ERKIN SO‘Z va ERKIN JURNALISTIKA bilan bog‘liq. Agar sizga jurnalist ovozi, erkin fikr Ozodaning "Ko‘k jigulisi"dan, Sherali hofizning o‘g‘illaridan, tog‘ora va to‘y hashamingizdan muhimroq ekanligini anglata olganimizda edi, bugun hayotimiz, hayotingiz boshqacharoq bo‘larmidi?! Men sizlardan uzr so‘rayman. Hatto shu uzrda ham ko‘p narsani yoza olmaganim uchun ham. Jur’atsizligim uchun😢😢 ©️Anora Sodiqova @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 25😢 7👍 5 3😁 1💔 1
Yunusobodga borib choʻmilishli havo boʻlyapti-da?!
Hammasini ko'rsatish...
😁 9👍 2
Hammasini ko'rsatish...

🔥 10
Ey, kechadan bera havo zoʻr-a?
Hammasini ko'rsatish...
🔥 13👍 4👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun jurnalist, bloger Aziza Qurbonova bilan yangi “Tavsiya qilamiz” loyihasi doirasida kitoblar va mutolaa suhbatlashdik. Surat orqasidagi soatga “jon” kirganidan, Aziza opa oʻzlarining kitoblar haqida qanchalik ta’sirli haqiqatlarini aytib berganlarini tushunsa boʻladi:) “Nasib qilsa, barcha uchun foydali va manfaatli loyiha boʻladi” — degan umiddaman. Loyihani qoʻllab-quvvatlagani uchun Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatiga minnatdorchilik bildiraman! @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 21 3🔥 2
Oʻzimiz haqimizda Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsak yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yinturug‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirg‘uchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!.. ©️ Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 14🔥 6
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.