cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qoralama (18+)

Dunyoning eng og'ir dardi — tafakkur! ©️ Remark Qo'rqoq bo'lib chirib yashaganingdan ko'ra, mard bo'lib yonib ketganing yaxshi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 483
Obunachilar
-624 soatlar
-457 kunlar
+4130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Yuksalish oʻz qoʻlimizda… @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 5👏 3
Achchiq choy ichib o‘qing Oxirga vaqtlar qulog‘im tagida eng ko‘p yangrayotgan dialoglar “hozirgi yoshlar” jumlasi bilan boshlanuvchi gaplardan iborat bo‘lib qolgan. (Yashirmayman, men “hozirgi yoshlar” deb boshlanadigan aksariyat jumlalardagi mazmunni absurd deb hisoblayman.) Jamiyatimizda shunday bir toifa shakllandiki, ular O‘zbekistonning kelajagidan aniqrog‘i uning Z avlodning qo‘lida qoladigan ertasidan xavotir olishadi. Ya’ni bu toifa o‘zining fikr chegaralarida bu yoshlarning bilim darajasini ulardan oldingi avlodlar (X,, Y)dan ko‘ra past hisoblashadi. Bunga misol qilib ijtimoiy tarmoqlarda 3-4 so‘zli gapni uddalab xatosiz yoza olmaydigan, “haliyam bahsli bo‘lib kelayotgan alifbo”dagi “sh”ni “w” shaklida yozadigan “internet faollari”ni ko‘rsatishadi. Bir qarashda bu argument to‘g‘ridek ko‘rinadi. Men bu “ma’rifatsiz” avlodni o‘zidan avvalgilarga nisbatan to‘g‘ri ma’noda bilimliroq deb bilaman, faqatgina bizning ta’lim va jamiyatdagi tabaqalanish ayni shu avlodda akslanganini ko‘ryapmiz xolos. XX asrning 90-yil oxirlarida sobiq SSR bilan birga ijtimoiy tenglik ham parchalanib, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, har bir sohada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishga kirishganmiz. O‘sha davrda ta’lim olgan avlod axborot, imkoniyat va resurslar yetishmovchiligi zamonida ta’lim olgan. 2000-yillardan boshlab asta-sekinlik bilan zamonaviy yutuq va yangilanishlar axborot defetsitini biroz pasaytirdi. 2010-15-yillargacha shaharlar markazida istiqomat qiluvchi ota-onalar farzandlarini sifatli ta’lim bilan ta’minlash yaxshigina pul turishini tushunib yetgan bo‘lsa, oxirgi 10 yillikda chekka hududda yashovchilar ham buni anglay boshlashdi. Ammo, muammoli jihat shundaki, hozir yigit-qizlarning ta’lim salohiyatiga ota-onasining daromadi va ta’limni qanchalik muhim deb bilishi bog‘liq bo‘lib qoldi, hozir ham xuddi shunday! Kimningdir bolasi to‘liq ingliz tilida dars bo‘ladigan xususiy maktabda va eng sifatli qo‘shimcha kurslarga boradi, kimdir esa imkoniyati yetmasdan yoki topayotgan daromadini oilasidan orttira olmagani sabab ta’limni, bola tarbiyasini birlamchi ehtiyojlardan ustun qo‘yolmasdan bu ishni qilolmayotgan ota-onaning farzandi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini bozor qo‘liga topshirib qo‘yish unchalik ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Ideal jamiyatda bepul, sifatli boshlang‘ich ta’limni davlat kafolatlashi, ta’limdagi tabaqalanishni oldini olishi zarur, lekin ba’zi vaqtlarda davlatning o‘zi bu tabaqalanishga yetarlicha hissa qo‘shib qo‘yishi odamga alam qiladi. Tizimida 700 000 nafardan oshiq xodim ishlaydigan sohani bittada isloh qilishning ilojisi yo‘q, bunga mablag‘imiz ham bor deb o‘ylamayman, yildan yilga oshayotgan soliqlar va vujudga kelayotgan byudjet defetsiti ham fikrimga dalil bo‘la olsa kerak. Kuchli mutaxassislarni xususiy ta’limdan maktabga qaytarish va kelajakda o‘qituvchi bo‘lishga rag‘batni oshirish uchun esa ularning maoshini karrasiga oshirish bir qator imtiyozlar bilan siylash kerak. Afsuski bunga ham pulimiz yetmaydi. Ta’limni bozorga berish, elitar qatlamning ta’limda ilgarilab ketishiga olib keladi. Har yili minglagan sifatli kadrlar ko‘p pul to‘laydigan xususiy ta’lim muassasalarini tanlab ketaverishadi va kontrast oshaveradi. Nafsilamrini aytganda, saviyamiz siz o‘ylaganchalik pasayib ketgani yo‘q. Bugun imkoniyat va resurslar hisobiga sizdan ko‘ra keng fikrli va bilimliroqmiz. Faqatgina avlodomizning yarmi juda aqlli, qolgan qismi esa juda og‘ir ahvolda, tabaqalanish esa bor. Lekin saviya va salohiyat yaxshiligini rad etmang. @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 3🔥 3👍 1 1👏 1
Kechqurun ikki piyola achchiq koʻk choydan keyin tepadigan post Roppa-rosa 2 yil avval “dunyo meni atrofimda aylanyapti” deb oʻylaganman. Hozir tushunamanki, unday emas ekan. Shunaqa payt menda ham boʻlgan, seniki ham oʻtib ketadi, djigyar! @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
10😁 7👍 2
1960-yillarda Hindistonda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Asosiy ehtiyojlar narxi misli ko'rilmagan darajada oshadi. Endi chidash qiyin. Xalq ulug‘ alloma Yusuf Qandehleviy huzuriga kelib, vaziyatdan noliydi, nima qilish kerakligini so‘raydi. Kandehlevi deydi: Insonlar va narsalar Alloh nazdida tarozining ikki tomonidekdir. Alloh nazdida insonning qadri oshsa, narsaning qadri pasayib, narxi arzonlashadi. Agar odamlarning qadri pasaysa, narsalar qimmatlashadi va narxlar oshadi. Bizning burchimizni tushunish kerak, deydi va quyidagi oʻyatni o'qiydi: “Agar o‘sha shaharlarning ahli iymon keltirganlarida va taqvodor bo‘lganlarida edi, ularga osmonu yerdan ko‘p ne’mat eshiklarini ochgan bo‘lardik” (A’rof surasi, 96-oyat). Muhammad Bobur @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

🔥 8👍 3 2
"Boshimga tushgan savdolarni yengib o‘toldimmi-yo‘qmi, bilmayman. Hozircha tirikman, o‘lmagan qul bir kunini ko‘radi".
Ha, bu gaplarni daho Remark aytgandi. Bugun onam ming azob bilan ilk marta farzand iforini sezib, mani dunyoga keltirganlariga 21 yil toʻldi. Hayotimda yana bu 21 dan nechtasini yashashim, va uning qayerida sinovlarga duch kelishim-u, qanday yengishim yolgʻiz Allohga ayon. Lekin bu yillarni manfaatli, foydali, zarur ishlarga sarflashni xohlayman. Shuning uchun harakat qilaman. Jismimda ruh va tanamdagi qongacha ezgu maqsadlar yashashiga harakat qilaman.. Hozir shu manfaatli ishlarni amalga oshirishga olib boradigan ilm yoʻlidaman. Yozuvchi Erkin A’zam aytganidek:
“hammamiz shogird, hammamiz ustoz”
— boʻlgan bu hayotning katta sahniga qarab yana bitta qadam qoʻyishga shaylanyapman bugun. Allohga 21 yil toʻkis umr bergani uchun shukur. Tabriklagan va tabriklayotgan hammaga alohida rahmat. E’tibor uchun tashakkur!
Hammasini ko'rsatish...
🎉 36👍 4🍾 3 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
29.01.2021 Qarshi shahar Yoshlar markazi. Kamina Mirshakar Fayzulloyevning “Modul5”dagi “Odamlar nima deydi” chiqishi haqida Qashqadaryolik tengdoshlarga aytib beryapman. Ps: Ha Karl, man ham trening oʻtganman😂.
Hammasini ko'rsatish...
😁 28🔥 2👍 1
Bizning yoʻnalishga mos keladigan kanallarni shu yerga yozib keting, auditoriyasi kattaroq boʻlsin!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 7
Ijtimoiy faollik haqida Litseyni bitirayotgan vaqtlarim “Yoshlar ittifoqi”da “ijtimoiy faol”lik koʻrsatib yurganman. Kim nima desa desin-u, ittifoq — yaxshi maktab. Sanga birinchi marta xuddi katta odamlardek muomala qilishadi. Yelkanga mas'uliyat olasan. Shaxs sifatida shakllanish uchun esa bu juda muhim. Faqat balansni saqlash kerak. Aks holda “haybarakallachilik”dan nariga oʻtolmaysan. Ijobiy jihati koʻp tanish orttirasan, zoʻr “networking”! Lekin hozir o‘smirlik davrini boshdan kechirayotganlarga bir narsa haqida aytmoqchiman. Bilasizmi, yoshlik davrimizdan to o‘smirlik paytlarimiz (14-18 yoshlar oralig'ida) gacha mehnat jamoasi, oila mikro muhiti va norasmiy ulfatlar xarakterimizga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma`naviyat olami, barqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar yangi a`zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o’zgarishni vujudga keltirish mumkin. Bularni orasidan san hozir ulfatchilikni nazorat qila olasan. Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai-nazaridan yondoshmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanish ayni muddaodir. Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga, izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir. To‘g‘ri harakatlan! Ijtimoiy faol bo‘l. @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 4 1 1
Bugun mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan tarixiy sana.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 16👍 5
Facebookda “Ilhaq” va boshqa shu kabi bir necha filmlar rejissori Jahongir Ahmedov shunday yozmoqda: "Jadidlarimizni targ‘ib qilamiz", deb aslida buning teskarisini qilayotganimizni anglamayapmiz. Qachon jadidlar masalasiga to‘xtalsak, albatta ularning mazlum, ezilgan, abgor va eng achinarlisi, milliy qahramonlarimizning MAG‘LUB qiyofalari aks etgan rasmlarini tirkayveramiz. Maqolalar, postlar, ma’ruzalarning hammasi jadidlarning qatag‘on qilingan davri, NKVD tomonidan ayovsiz qiynoqlarga solingani, oxir-oqibat otib yuborilgani to‘g‘risida bo‘ladi. Jadidlar haqida ishlangan filmlarning aksariyati og‘zi-burni qonga bo‘yalgan millat oydinlari, qovog‘i uyilgan, har gapida stol mushtlaydigan NKVD xodimlari bilan boshlanadi. Jadidlarimizning fojiali taqdirlari butun millatimizni qayg‘uga solishi tabiiy. Lekin, ular MAG‘LUB edilarmi?! YO‘Q! Aslida jadidlar G‘OLIB edilar! Ularni jisman yenga olishgan, ammo g‘oyaviy emas. Agar g‘oyaviy yenga olganlarida, o‘ldirmagan bo‘lardilar. Bunga “o‘lmay qolgan”larning ijodlari qanday gullab-yashnagani ham yaqqol misol bo‘la oladi. Nima, Qodiriy 1935 yilda tug‘ilib, 1938 yilda otilganmi? Cho‘lpon 1937 yilda tug‘ilib, 1938 yilda otilganmi? Usmon Nosir-chi? Ularning ijodi gullab-yashnagan davrlar bo‘lmaganmi? Bolaliklari, yoshliklari bo‘lmaganmi? Qodiriy qanday Qodiriy bo‘ldi? U qaysi buloqlarning suvidan simirib ulg‘aygan? Uni nima uchun qatag‘on qilishdi? Nima uchun butun boshli tuzum birgina yozuvchini yenga olmadi? Sulton Abdulhamid aslida Usmonli sultonlar ichidagi eng ko‘p tanazzulga uchragani, Usmonlilar imperiyasi inqirozini boshlab bergani emasmi? Aynan u bilan buyuk saltanat poyoniga yetmadimi? Endi e’tibor bilan bir qarang-chi, turklar Abdulhamidni qanday qiyofada ko‘rayapti va boshqalarga ham ko‘rsatyapti? Mag‘rur, viqorli, salobatli. U haqidagi film yoki seriallarni tomosha qilarkansiz, "Sulton Abdulhamid ma’nan va g‘oyaviy jihatdan yengilmagan buyuk hukmdor bo‘lgan!" degan xulosani olasiz. Nafaqat xulosa olasiz, balki bunga ishonasiz ham. Ishontirilasiz! Jadidlar haqida so‘z borganda, albatta qatag‘on yillarini eslamay o‘tishning imkoni yo‘q. Ammo oydinlarimizning hayoti faqat qatag‘ondan iborat bo‘lmagan, qatag‘on ular umrining so‘ngi, fojiali yakuni xolos. Ular millat uchun yonib yashagan, mag‘rur va yengilmas bo‘lganlar. Biz o‘z kitoblarimiz, maqolalarimiz hamda filmlarimizda jadidlarning ana shunday qiyofalarini chizishimiz kerak. MAG‘RUR va G‘OLIB!” @matbuotraisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 29🔥 18💯 5👏 3 2😁 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.