cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ogahiy ijod maktabi

🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati; ✏️Eng yangi ijod namunalari; 🏆Erishilgan yutuqlar; 📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar; 👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar. 📲Murojaat uchun: (62)226 20 92

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 397
Obunachilar
+924 soatlar
+167 kunlar
+3230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Yana_Xushxabar #Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor 📰 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" sifatida bilan bir qator jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, blogerlar, noshirlar munosib xizmatlari uchun taqdirlandilar. 🏅Bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2024-yil 26-iyun 1676-sonli qaroriga muvofiq “Umid uchquni” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 🖥 Ma'lumot o‘rnida, bitiruvchi o‘quvchimiz viloyatimizda faoliyat yuritayotgan "TTV Telekanal" i boshlovchisi sifatida iqtidorini turli ko‘rsatuvlar orqali ushbu soha bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib kelmoqda edi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 3🎉 3🥰 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
🥰 1
#qabul_2024 #ijodiy_imtihon ⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi. Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud: 🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan. Eslatib oʻtamiz: Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi. 1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa; 2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha; 3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi 🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
#Ayni_daqiqalarda #Birinchi_bosqich_imtihoni ➡️ Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida 9-10-sinf talabgorlarga 1-ijodiy imtihon mazmun- mohiyatini tushuntirish maqsadida
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi bo‘lim bog‘lig‘i, ishchi guruh rahbari Sulaymon Nazarov, Ogahiy nomidagi ijod maktabining direktor vazifasini bajaruvchi Nodirbek Abdullayev, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Rasulbek Raximovlar tomonidan ijodiy imtihon bo‘yicha barchaga omad tilab o‘tildi.
📸 Jarayondan foto lavhalar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3😁 2👏 1😢 1💯 1
#live #imtihon #birinchi_bosqich ✅ Ayni damda, Ogahiy nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha imtihon jarayonlari boshlandi.
📌Ijodiy imtihonning 7-sinflar uchun 1-bosqichiga ruxsat berildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 21 3👏 3😁 2
#live #imtihon #birinchi_bosqich ✅ Ayni damda, Ogahiy nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha imtihon jarayonlari boshlandi.
📌Ijodiy imtihonning 7-sinflar uchun 1-bosqichiga ruxsat berildi.
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣DIQQAT, E’LON 📣 📆 Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi! 😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 📝Talabgor uchun eslatma: 🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi. ⏳Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart. ❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa. 📶 Eslatib o'tamiz: ✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi. 1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa; 2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha; 3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi. 📍IMTIHON BOʻLIB OʻTADIGAN MANZILLAR. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 7👌 3🔥 1👏 1
👍 3 2😢 2
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.