cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar

✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari @Alek1111 - Lavha joylash

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 969
Obunachilar
-624 soatlar
-207 kunlar
-6330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

FAXRIYLARIMIZ HAR DOIM HURMAT VA E'TIBORDA 🔹Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘ nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. 🔹Faxriy ustozlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida an’anaga aylangan. 🔹“Xotira va qadrlash kuni” arafasida boshqarma tomonidan Rishton tumanidagi “Chinor” tantanalar saroyida sohada ko‘p yillar fidokorona mehnat qilib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan yuz nafardan ortiq ilg‘or ustoz-murabbiylar – Faxriy ustozlar uchun tadbir tashkillandi. 🔹Unda so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov sana munosabati bilan bayram ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi. 🔹Bugun ham Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ta’lim sohasini rivojlantirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan barcha Faxriy ustozlarga minnatdorchilik bildirdi. 🔹Bir piyola choy ustida tashkillangan marosimda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan faxriy ustozlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi. 🔹Tadbir davomidagi san'atkorlar tomonidan taqdim etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi
✅ Bugun Farg‘ona shahridagi "Vatanparvarlar bog‘i"da 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligida viloyat hokimligi nomidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. ♻️ Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, viloyat mudofaa, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlovchi organlari rahbarlari, viloyat boshqarmalari va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. ❇️ Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi ham boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov boshchiligida qatnashdilar va “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib hurmat bajo keltirdilar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Psixologik_xizmat Dangʻara tumani MMTB tasarrufidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Psixologik salomatlik oyligi” doirasida o‘qituvchilar va oʻquvchilar ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi. 3-sinflarda “Ozodalik inson ko‘rki”, 9-sinflarda “Tozalik ¬ salomatlik” mavzularida suhbat o‘tkazildi. Maqsad: Oʻqituvchilar va oʻquvchilarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
⚡️Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin. ✅ @talimuz
Hammasini ko'rsatish...
📈 Kontrakt narxi oshishi kutilmoqda! 🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shohruh Daliyevning aytishicha, bir talabani oʻqitish davlatga yiliga 12–15 million soʻmga tushmoqda.
“Talabalar uchun stipendiyalar miqdorini oshirish masalasini oʻylab koʻrishimiz kerak. Toʻlov–kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga sarflanayotgan pul, u toʻlayotgan kontrakt miqdoridan ancha koʻp”.
@talimuz
Hammasini ko'rsatish...
#Xotira_kuni Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi. Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi. Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir! Oltiariq tumani 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi H.Ergashaliyevaning 2-A sinfda “Jasorat tarixi” darsidan.
Hammasini ko'rsatish...
#Xotira_kuni O‘zbegimning mentalitetiga xos bo‘lgan eng oliy qadriyatlardan biri, ustozlarni e'zozlash, faxriylarni doimo yo‘qlab turishdir. "Xotira muqaddas-qadriyat aziz" deb nomlangan vazirlikning ezgu topshiriqlaridan maqsad ham aynan anashu, o‘zaro e'zoz, faxriylar hamisha yosh avlod ardogida ekanligini anglatishdan iborat. Oltiariq tumani 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2-A sinfida bo‘lib o‘tgan Avg‘on urushi qatnashchisi U.Karimberdiyev bilan bo‘lgan uchrashuv bolalarda yurt tinchligiga shukronalikning bir namunasi bo‘ldi. Maktab rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu qadriyat tadbiri faxriy ustozlardan F.Mo‘minova, X.Tursunboyev xonadonlariga uyushtirildi. Ustozlar ushbu ibrat tadbiridan juda ham mamnun bo‘ldilar.
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv