uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Yopiq kanal

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Ko'proq ko'rsatish
3 617
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
Ma'lumot yo'q30 kun
Postlar arxiv
Bu ingliz tili grammatikasini o'rganish va IELTS ko'nikmalarini yaxshilash uchun eng yaxshi kanal.🇺🇸🇬🇧🗽🚀 ✅Video darslar
Bu ingliz tili grammatikasini o'rganish va IELTS ko'nikmalarini yaxshilash uchun eng yaxshi kanal.🇺🇸🇬🇧🗽🚀 ✅Video darslar ✅Kitoblar ✅ Amaliy testlar ✅ Munozara 👩‍🏫👨‍🏫 ✅ Maqolalar Bizga qo'shiling va imtihonlarga tayyorlaning📝

📖Ingliz tili grammatik qoidalari va video darslar noldan! 1. Online testlar ✅ 2. Grammar qoidalar ✅ 3. Vocabulary lugʻatlar ✅ Bizga qoʻshiling ♻️ 📚Qoʻllanmalar: 📙Test master 📙Optima toʻplam 📙Murphy 📙Essential 📙Sifatli video darslar 📗Essential Vocabulary

#attention #diqqat #mustread QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN? #part2 Ingliz tilida miyangizda o'ylash orqali gapirish qobilayatingizni ham rivojlantirishingiz mumkin. Shuningdek, bosim kamroq bo'ladi, hech kim sizni "notog'ri gapiryapsan" deb tanqid qilmaydi. Xato qilish haqida havotirlanmasangiz ham bo'laveradi. Xatolar qilishingiz va bir vaqtning o'zida nima haqida o'ylayotganingizni tushuna olishingiz mumkin. MIYANGIZDA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH 1. KUNINGZINI HIKOYA QILIB BERING. Tasavvur qiling, hayotingiz hujjatli film, siz esa unda hikoyachisiz (narrator). Chunki, hujjatli filmlarda kuzatgan bo'lsangiz hikoyachi film davomida voqealarni sharxlab boradi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz kundalik hayotingizda bo'layotgan doimiy voqea va hodisalarni (ular qiziqarli yoki zerikarli bo'lishi mumkin, lekin unutmang asosiy maqsad miyada ingliz tilida o'ylashni shakllantirish) tasavvur qilishingiz, ularni ingliz tilida miyangizda sharxlab borishingiz mumkin. Siz buni o'zingizni ovozingizda yoki uchinchi shaxsda — biron mashxur inson sharxlayotgandek o'zingizni tutishingiz mumkin. 2. SUHBATLAR O'YLAB TOPING Biron tema tanlang va shu tema asnosida o'zingizni kim bilandir suhbat qilayotgandek tuting. Agar imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz, o'zingizni imtihon xonasida, imtihon oluvchini qarshisida o'tirganingizni tasavvur qiling va barcha savollarga xayoliy javob bering (savolni ham, javobni ham o'zingiz berasiz, chunki bularni hammasi sizning miyangizda sodir bo'lyapti). Yangi so'zlar o'rganayapsizmi, unda so'zlarni yodlash jarayonida o'zingizdan savollar so'rashingiz mumkin. Qanday mavzu tanlashingizning ahamiyati yo'q, muhimi domiy praktika qilish, o'z ustingizda ishlashni to'xtatmaslik. Deylik, bir mavzu haqida bir necha marta miyangizda turli seraniylarni o'ylab ko'rdingiz, endigi bosqich ovoz chiqarib yoki sherik bilan praktika qilish bo'ladi. Bu metod sizning o'zingizga bo'lgan ishonchingizni, qa'tiyatingizni oshiradi, boshqa insonlar bilan suhbatga kirishganda sizda qo'rquv hissi ancha kamayadi. 3. KREATIVLIKNI ISHGA SOLING Biron nimani ifodalashni doim birdan ortiq yo'llari bo'ladi. Kerakli so'zni eslolmagan taqdiringizda ham, fikringizni kreativlikni ishga solgan holda o'rniga boshqa so'z topish orqali yoki gapni strukturasini o'zgartirish orqali yetkazishingiz mumkin. Misol uchun, siz kimgadir uyingizni kalitini yo'qotib qo'yganingizni tushuntirishga harakat qilyapsiz, lekin kalit — "key" so'zini eslay olmayapsiz, uning o'rniga "I can't open my door because it's locked" yoki "I can't get into my house, I lost the thing you use to unlock the door" Ikala gapda ham "key" so'zi ishlatilmagan, lekin sizni bemalol tushuna olishadi, ya'ni kalitni nazarda tutayotganingiz aniq ko'rinib turibdi. Agar miyangizda ingliz tilida o'ylash jarayonida biron so'zni topolmay bir joyda to'xtab qolsangiz, g'irromlik qilib o'zbek tilidan foydalanmang. Uning o'rniga kretivlikni ishga soling. Fikringizni ifodalashni boshqa alternativ yo'llarini qidiring. Praktika jarayonida so'z topolmay qolsangiz quyidagi iboralardan foydalanishingiz mumkin: ▪️It's the opposite of... ▪️It's similar to... ▪️It's place where... ▪️It's something you use to... ▪️It's an action you do when... Ingliz tilida o'ylash va miyada so'zlarni o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishni to'xtatishning boshqa ko'plab usullari mavjud. Bugun ulardan asosiylarini ko'rib chiqdik.

#attention #diqqat #mustread QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN? #part1 "Ingliz tilida gapirayotganimda so'zlarni miyamda ona tilimdan ingliz tiliga tarjima qilishga odatlanganman va natijada oddiy gaplarni tuzish uchun ham juda ko'p vaqt sarflayman" Bu holat sizga tanishmi? Ingliz tilida erkin va ravon gapirishni istasangiz, so'zlarni miyangizda tarjima qilishni to'xtatishingiz va ingliz tilida o'ylashni boshlashingiz lozim. NIMA UCHUN MIYANGIZDA TARJIMA QILISH MUOMMO TUG'DIRADI? 1. Tarjima qilish ko'p vaqt oladi Insonlar bilan suhbat jarayonida bir vaqtning o'zida informatsiya qabul qilishingiz va javob qaytarishingiz kerak. Buni esa odatda, nisbatan tezroq amalga oshirishingiz kerak bo'ladi. Miyada tarjima qilib gapirish ba'zan sizni uyatli holatlarga tushirib qo'yishi ham hech gap emas. Tassavvur qiling yig'ilishdasiz, barcha navbat bilan o'z fikrini bidiryapti, sizni navbatingiz keldi va siz har bitta gapni birinchi tarjima qilib gapriyapsiz. Bu juda ko'p vaqtni olgan bo'lardi. Shunga o'xshash holatlarda hech kimni siz bilan suhbat qilishga sabri yetmaydi. 2. Tarjima qilish orqali har doim ham aytmoqchi bo'lgan fikringizni to'liq ma'nosini yetkazib bera olmaysiz. Tillar turlicha. Ingliz tilidagi aksariyat so'zlarni o'zbek tilida ekvivalenti yo'q. Ba'zi gramatik strukturalar ham faqat ingliz tilini o'ziga xos. Gaplarni tuzilishi, so'zlarni joylashish o'rnida ham farqlar mavjud. Bir xil so'z va gramatik strukturalarni topib tarjima qilgan taqdiringizda ham, ular 100% siz nimani nazarda tutayotganingizni anglatmasligi mumkin. 3. Notog'ri tarjima qilish ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holat til o'rganishni endi boshlaganlarda kuzatilishi tabiiy hol. Buni esa o'ziga xos salbiy jihatlari bor. Misol uchun, ko'pchilik "leave" va "abandon" so'zlarini bir biri bilan almashtirib qo'yishi mumkin. Lekin, bu so'zlarning ingliz tilida ma'nolari umuman boshqa boshqa. Shu so'zlar bilan bog'liq mashhur mojaro yuzaga kelgan. 1977-yilda AQSH prezidenti Polshaga tashrif buyuradi. Media qarshisida qilgan nutqida "when I left the US" gapi "when I abandon the US" deb polshalik tarjimonlar tomonidan tarjima qilinib ketiladi. Bu mojaro mamlakatlar ichida tezda tarqalib ketadi. Ikkala davlat mediasi uchun bu mojaro qiziqarli storiga aylanadi. Aslida, AQSH prezidenti nutqida "mamlakatdan jo'nab ketganini" nazarda tutgan edi. Tarjimonlar esa "mamlakatni tashlab ketgan" deb tarjima qilishgan. Ko'rib turganingizdek, tarjima qilib gapirish muommolar keltirib chiqarishi va suhbatni yengillashtirish o'rniga murakkablashtirishi mumkin. Davomi bor... P.s. Siz ham gapirayotganingizda o'zbek tilidan ingliz tiliga miyangizda tarjima qilishga odatlanganmisiz? Izohlarda javobingizni qoldiring.

Speakingni rivojlantirish uchun 6-mashq: Ingliz tilida o'ylash

#attention #diqqat #mustread Speakingni rivojlantirish uchun nima qilish kerakligi haqida video joyladim. A'zo bo'lishni unutmang!👇 https://instagram.com/ts_baxtiyor

📖Ingliz tili grammatik qoidalari va video darslar noldan! 1. Online testlar ✅ 2. Grammar qoidalar ✅ 3. Vocabulary lugʻatlar ✅ Bizga qoʻshiling ♻️ 📚Qoʻllanmalar: 📙Test master 📙Optima toʻplam 📙Murphy 📙Essential 📙Sifatli video darslar 📗Essential Vocabulary

📖Ingliz tili grammatik qoidalari va video darslar noldan! 1. Online testlar ✅ 2. Grammar qoidalar ✅ 3. Vocabulary lugʻatlar ✅ Bizga qoʻshiling ♻️ 📚Qoʻllanmalar: 📙Test master 📙Optima toʻplam 📙Murphy 📙Essential 📙Sifatli video darslar 📗Essential Vocabulary

Speakingni rivojlantirish uchun bergan mashqlarimni qaysi biridan foydalanayapsiz?

#attention #diqqat #mustread "SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI "Shadowing" texnikasi haqida eshitganmisiz? Nima uchun hozirgi kunda til o'rganuvchilar orasida trendga aylanib boryapti? Chindan ham samaralimi? Shadowing texnikasi SPEAKING, LISTENING va PRONUNCIATION skillarini rivojlantirishning ajoyib usuli. Lekin ko'pchilik bu texnika haqida yetarli ma'lumotga ega emas. Shadowing texnikasini qulayliklari: 1. Hech kimning yordamisiz yolg'iz bajara olishingiz 2. Ko'p vaqt talab qilmasligi ( odatda 15-20 minut) 3. O'ta samarali 4. Umuman pul talab qilmasligi SHADOWING O'ZI QANAQA METOD? Sodda qilib qilib aytganda, shadowing bu — til o'rganish texnikasi, bunda siz audio yoki videoni eshitasiz va orqasidan nimani eshitgan bo'lsangiz takrorlaysiz. Ya'ni soyaga o'xshab qaytarasiz, "shadowing" so'zi ham shundan kelib chiqqan.Video yoki Audiodagi speakerni eshitasiz va ovoz chiqarib uni so'zlarini qaytarasiz. E'tibor bering videoni ko'rib, uni to'xtatib, keyin qaytarmaysiz. Videoni ko'rayotganingizda (audioni eshitayotganingizd) uni to'xtatmasdan orqasidan qaytarasiz, bir vaqtni o'zida. SHADOWING TEXNIKASIDAN QANDAY TO'G'RI FOYDALANILADI? Shadowing qilish tartibini bosqichma–bosqich ko'rib chiqamiz. 1. Video (yoki Audio) tanlab oling. Video (yoki audio) tanlaganda sizni qiziqtiradigan sohada bo'lishiga e'tibor bering. Faqat ingliz tiliga oid video bo'lishi shart emas. Istagan sohada bo'lishi mumkin; food, dizayn, lifestyle, fashion, psixologiya, biznes, sevimli aktyor yoki aktrisangizni intervyulari bo'lishi mumkin. Ahamiyat berishingiz kerak bo'lgan jihat shundaki: speakerni aksenti siz o'rganayotgan aksentda bo'lishi, nisbatan sekinroq va tushunarliroq gapirishi kerak. 2. Videoni birinchi oxirigacha ko'ring (audioni oxirigacha eshiting). Qisqa videolar tanlashni tavsiya qilaman. Shaxsan men 10-12 minutlik videolardan foydalanib shadowing qilaman. Birinchi, videoni to'liq ko'rib chiqing, nechchi foiz tushunyapsiz, yangi so'zlar chiqyaptimi, shularga e'tibor bering. Darajangizga mos bo'lgan videolarni tanlashni tavsiya qilaman. 3. Shadowing qiling. Subtitrni istasangiz yoqib yoki ochirib qo'yib shadowing qilishingiz mumkin. Subtitr bilan shadowing qilish ancha osonroq. Shadowing qilayotganda diqqatingizni nima deyilayotganiga emas, so'zlarni talaffuziga qarating. Bitta videoni bir necha marta qaytarishingiz mumkin. Lekin 2-3 martadan ko'p qaytarmaslikni maslahat beraman. Davomi bor... 2–qismda Shadowing texnikasini aynan nimalarda foyda berishini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, shaxsiy shadowing texnikam haqida ma'lumot beraman. Kanaldan uzoqlashmang! Telegram | Instagram | TikTok

🤔 Nima uchun talabalar dars tayyorlamaydi? Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. Bizda hozircha 313 kun ilm olish uchun bor. Yozgi ta'til o'rtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi. Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi. Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi. 2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi. Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atigi 46 kun ilm uchun. Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va ko’ngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan, 6 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal bo'lsak. Nahotki kinoga tushish, telegram, odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlarda o’tirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha atiga 1 kun qoldi. O’sha bir kun meni tug'ilgan kunim-ku. 😂 Tug'ilgan kunimda dars qilishga balo bormi.

Hello guys👋 Are you preparing for an IELTS exam🤔 And facing difficulties with the SPEAKING section🥶 Then this👇 channel is for you😉 Subscribe to the channel And boost your speaking skills with us🤩 This channel includes: 🔆 brilliant strategies to boost your speaking faster 🔆 daily vocabulary including idioms and collocations 🔆 The best ways to decrease your hesitation and improve your confidence level 🔆 Practice on the voice chat with MrBaha (everyday) ➕in addition: We posted expensive speaking apps (Free for you😉) https://t.me/speakingwithMrBaha

#attention #diqqat #mustread FOLLOW ME ON INSTAGRAM FOR MORE EDUCATIONAL CONTENT👇 https://instagram.com/ts_baxtiyor

Kitob o'qish tezligini oshirmoqchi bo'lganlar uchun maxsus kanal 👇 https://t.me/joinchat/bSAX2J54Z_wxYTRi

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK #part4 4. KAMERA QARSHISIDA GAPIRING. Oldingi qismda ingliz tilida gapirganingizni telefonda maxsus ovoz yozib oladigan dasturga yozib eshitib ko'rishni, xatolaringizni tahlil qilishni maslahat bergan edim. Bugun, siz bilan bu mashqni keyingi bosqichga olib chiqamiz — kamera oldida gapirish. Kamera oldida gapirishni nima foydasi bor deyishingiz mumkin. Ingliz tilida gapirganingizni videoga olib uni ko'rish orqali gapirish qobiliyatingizga baho berishingiz mumkin bo'ladi. O'z-o'zini tekshirishning bundan ham mukammalroq usuli bo'lmasa kerak. Chunki, sherigingiz yoki o'qituvchingiz har doim ham sizga ochig'ini aytmasligi ya'ni nimada xato qilayotganingizni, kamchiliklaringizni sizni hafa qilmaslik uchun yoki shunchaki payqamay qolishi natijasida aytmasligi mumkin. Lekin, kamera sizga borini — yashirmasdan aytadi. Birinchi marta ingliz tilida gapirganingizni videoga olganingizda o'zingizni noqulay sezishingiz tabiiy hol. Bu sizni to'xtatib qo'ymasin. Video oling deganimda — telefongizdagi kameradan foydalanib video olishni nazarda tutyapman. Maxsus kamera yoki professional videochi qidirib yurmang. Video olishingizdan asosiy maqsad speakingizni rivojlantirish. Videoni hech kimga ko'rsatmasligingiz mumkin. Lekin, kamchilik va xatolaringizni xolis analiz qiling. Facebookda The Fluency Community deb nomlangan ingliz tili guruhi bor. Shu guruhda har hafta #weeklydiscussion o'tkaziladi. Har hafta munozara uchun mavzu joylanadi. Guruh a'zolari esa shu mavzu bo'yicha qisqa video olib gruppaga joylashadi. Butun dunyodan insonlar ingliz tilini rivojlantirish uchun har kuni videolar joylashadi. Facebook ishlatadiganlar shu guruhga a'zo bo'lishingiz va ingliz tilini boshqa ko'plab insonlar bilan birgalikda o'rganishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Bu yil ko'rgan kinolarim ichida eng yaxshisi. Kino o'ta yuqori saviyada ishlangan.

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT - Telegram kanali statistikasi va tahlili