ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
Yopiq kanal
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
Ko'proq ko'rsatish3 617
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
Ma'lumot yo'q30 kun
Postlar arxiv
@MisterPodcast 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗶𝗻𝗴𝗹𝗶𝘇 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗱𝗮 𝗴𝗮𝗽𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝘀𝗵𝗻𝗶 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝗻𝗶𝗻𝗴.
𝐇𝐚𝐫 𝐤𝐮𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐳𝐝𝐚 𝐢𝐧𝐠𝐥𝐢𝐳 𝐭𝐢𝐥𝐢𝐧𝐢 𝐨'𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐲𝐨𝐫𝐝𝐚𝐦 𝐛𝐞𝐫𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐏𝐨𝐝𝐜𝐚𝐬𝐭𝐥𝐚𝐫. 𝐒𝐡𝐮𝐧𝐢𝐧𝐠𝐝𝐞𝐤, 𝐛𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐟𝐭𝐚 𝐝𝐚𝐯𝐨𝐦𝐢𝐝𝐚 𝐦𝐮𝐧𝐭𝐚𝐳𝐚𝐦 𝐫𝐚𝐯𝐢𝐬𝐡𝐝𝐚 “𝐪𝐨‘𝐬𝐡𝐢𝐦𝐜𝐡𝐚” 𝐯𝐢𝐝𝐞𝐨𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐬𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐮𝐥𝐚𝐬𝐡𝐚𝐦𝐢𝐳!
𝘚𝘩𝘶𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘩𝘢𝘳 𝘬𝘶𝘯𝘪 𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪𝘭𝘪𝘬𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘬𝘰‘𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘣𝘪𝘻𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘬𝘢𝘯𝘢𝘭𝘨𝘢 𝘰𝘣𝘶𝘯𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘪𝘴𝘩𝘯𝘪 𝘶𝘯𝘶𝘵𝘮𝘢𝘯𝘨!
📍𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗠𝗮𝗻𝘇𝗶𝗹:
https://t.me/+e0rMI2eNQ0NlNGUy
https://t.me/+e0rMI2eNQ0NlNGUy
https://t.me/+e0rMI2eNQ0NlNGUy
ɪɴɢʟɪᴢ ᴛɪʟɪɴɪ ᴏ'ʀɢᴀɴɪsʜɪɴɢɪᴢɢᴀ ʏᴏʀᴅᴀᴍ ʙᴇʀᴀᴅɪɢᴀɴ ᴋᴏ'ᴘʀᴏǫ ᴠɪᴅᴇᴏ ᴠᴀ ᴋᴏɴᴛᴇɴᴛɴɪ ᴏʟɪsʜ ᴜᴄʜᴜɴ ʙɪᴢɴɪɴɢ telegram kanalimizga ᴏʙᴜɴᴀ ʙᴏ'ʟɪɴɢ!
IELTS Speaking Interview - A Candidate who got 8.5
@SpeakingEnglish_uz
#attention #diqqat #mustread
SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?
#part1
Demak, do'stlar siz bilan SPEAKING ni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy sabablarni ko'rib chiqdik.
Shu bilan muommo hal bo'lmaydi, albatta. Eng qiyin qismi hali oldinda — GAPIRISH qobiliyatingiz oshirish uchun zarur bo'lgan aktivitilarni ko'rib chiqamiz.
1. SPEAK, SPEAK, SPEAK!
Ingliz tilida erkin va ravon gapira olish uchun sizdan davomiy praktika qilish talab qilinadi. Bu borada muvaffaqqiyatga erishishning qisqa yo'li yo'q. Ingliz tilida qiyinchiliklarsiz, miyada har bitta gapni tarjima qilmasdan, o'ziga ishonch bilan va tabiiy ravishda gapirishni o'rganishni birdan bir va eng asosiy yo'li bu — SPEAK AS OFTEN AS POSSIBLE AS MANY PEOPLE AS YOU CAN!
Shubhasiz, sherik bilan birga speaking praktika qilish eng samarali metod. Sizni bilan birga tayyorlanayotgan do'stingiz yoki dugonangiz bilan ingliz tili muhiti yaratib kuniga 30 daqiqa ingliz tilida suhbatlashing. Shuni o'zi boshqa har qanday metod va strategiyalardan foydaliroqdir. Chunki, haqiqiy suhbatni o'rnini boshqa hech nima bosa olmaydi.
" Sherigim yo'q yolg'iz tayyorgarlik ko'ryapman yoki introvertman odamlar bilan muloqot qilishda o'zimni noqulay his qilaman" deyishingiz mumkin. Buni to'g'ri tushunaman, chunki meni o'zim ham introvertman. Lekin, ochig'ini aytaman ingliz tilida realniy suhbat qilganingizda natija olishingiz ancha tezroq bo'ladi. O'zingizni noqulay his qilsangiz ham, ishonchingiz kamlik qilsa ham, xato qilishdan qo'rqsangiz ham partnyor bilan speaking praktika qilishga harakat qiling.
Sizda yana savol tug'ilishi mumkin. Sherikni qayerdan topaman? Deylik, siz bilan birga har kuni praktika qiladigan hech kim yo'q. Bunda holatda davrimizni eng katta yutug'i — internet va texnologiya yordamga keladi. Buyog'iga bahonalar o'tmaydi. Internet va telefoningiz bo'lmaganda hozir bu postni o'qiyotgan bo'lmasdingiz.
Qayerdan sherik qidirishga keladigan bo'lsak, siz bilan menga o'xshash ingliz tilini yolg'iz o'rganayotganlar minglab topiladi. Telegramda, ingliz tili guruhlarda o'zingizga sherik topishingiz mumkin. Bu eng qulayi va osoni. Shuningdek, Instagram va Facebook ham ingliz tilida sherik topish uchun eng qulay platformalardan biri. Ayniqsa, boshqa davlatlardan ingliz tili o'rganuvchilarni topishingiz mumkin. Facebookda ingliz tili guruhlarni, Instagramda esa til o'rgatuvchi blogerlarni kuzating. Komentariyada o'zingiz haqingiz qisqacha ma'lumot qoldiring.
▪️Ismingiz
▪️Qayerdanligingiz
▪️Darajangiz
▪️Haftada nechchi kun vaqt ajrata olishingiz
▪️va yana boshqa qo'shimcha kriteriyalar kiritishingiz mumkin.
Misol uchun:
Hey! my name is Baxtiyor. And I'm from Uzbekistan. My level of English is C1. I'd love practice 2 or 3 days a week.
Davomi bor...
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | TikTok
Tarjimon bo'lmoqchimisiz?
O'nlab kanallar yoki do'konlardan qidirib topa olmagan INGLIZCHA kitoblarni bizning «Mega Books» telegram botidan topishingiz mumkin.
Bu barchasi emas botimiz bazasiga 500.000 dan ortiq kitoblar yig'ilgan
🔗 LiNK: @mega_booksrobot
Ingliz tilini tushunaman, lekin gaplasha olmayman ...
Bu holat sizga ham tanishmi?
#newlesson
I UNDERSTAND ENGLISH BUT I CAN'T SPEAK
INGLIZ TILINI TUSHUNAMAN, LEKIN GAPLASHA OLMAYMAN
Juda ko'p til o'rganuvchilar ingliz tilini eshitib tushunadi, ammo gaplashishga kelganda qiynalishadi. Bu muommoni yo'li...
@SpeakingEnglish_uz
#attention #diqqat #mustread
SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR
#part3
3. XATO QILISHDAN QO'RQISH.
Xato qilishdan qo'rqish ko'plab til o'rganuvchilar duch keladigan eng yirik muommolardan biri hisoblanadi. SPEAKINGDA — QO'RQUV bu ko'pchiligimizda kuzatiladigan holat. Ingliz tilida notog'ri gapirib qo'ysak atrofdagilar ustimizdan kulishi, bizni tanqid qilishi yoki boshqalarni oldida ahmoq bo'lib ko'rinishimiz mumkin. Bu esa o'z-o'zidan xato qilishdan qo'rqishga olib keladi.
Bir nimani hech qachon yodingizdan chiqarmang: Hamma xato qiladi, hech kim mukammal emas.
Bu til o'rganish jarayoniga ham bog'liq. Xato qilmasdan ingliz tilini o'rgana olmaysiz. Agarda ingliz tilida gapirganingizda kimdir sizni ustingizdan kulsa yoki sizni tanqid qilsa shuni bilingki u inson INGLIZ TILI ni "I" harfini ham bilmaydi. Agar bilganida, til o'rganish qiyin jarayon ekanligini, buning ko'p vaqt talab qilishini, hatto inglizlar va amerikaliklar ingliz tili o'z ona tilisi bo'lishiga qaramay ba'zan xato qilishlarini, hech kim mukammal emasligini yaxshi tushungan bo'lishardi.
Xato qilish normal holat. Xatolarni tahlil qilish, ularni qaytarmaslikka harakat qilish lozim. Aynan nimada xato qilyapsiz, birinchi o'rinda shunga aniqlik kiritib oling. Darajangiz ko'tarilgani sari kuchli va kuchsiz jihatlaringiz shakllana boshlaydi. Deylik, speakingda so'zlardan foydalanishda sizda muommo yo'q bo'lishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan suhbatga kirishganingizda sizni yaxshi tushunishmayapti. Buni sababi so'zlarni notog'ri talaffuz qilayotganligingizda bo'lishi mumkin. Siz asosiy e'tiborni so'zlarni qayta-qayta takrorlashga emas, ularni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishga ( pronunciation ) qaratishingiz kerak. Nimada ko'p xato qilyapsiz, ana o'shani ustida ko'proq ishlang.
Omma oldida gapirishda asabiylashish va xavotirga tushish ham ba'zi til o'rganuvchilarda spekingni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Shuningdek, motivatsiyasini yetishmasligi sababli ham speaking praktika qilishni ortga surishadi ba'zi til o'rganuvchilar.
Yuqorida keltirilga sabablarni oldini olishda asosiy rolni o'qituvchi o'ynaydi. O'qituvchi shunday muhit yaratishi kerakki, unda o'quvchilar o'zini qulay sezishsin, xato qilishdan qo'rqishmasin. O'qituvchi o'quvchilarni ruhlantirib turishi, ularni o'ziga bo'lgan ishonchini ko'tarishi lozim. O'quvchilar xato qilishganida esa ularni urushishi yoki tanqid qilishi kerak emas, aksincha, kamchiliklarini tuzatishiga yordam berishi kerak.
P.s. Hayotda ba'zi insonlar nima qilishingizdan qa'tiy nazar sizni tanqid qilishadi, ustingizdan kulishadi. Bunday insonlar doim topiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | TikTok
Gar Bu Yerga Qo'ysang Oyoq
IELTS ni YORARSAN Shu Ondayoq😉
Kim kirsa birinchilardan bulib✅
YOPIQ KANALGA kirgan IELTS 8+ oladi
Aynan qaysi sabablar sizni speakingni rivojlantirishingizda ortga tortyapti?
#attention #diqqat #mustread
SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR.
#part2
UYANTCHANLIK TUFAYLI O'ZINI SPEKING PRAKTIKA QILISHDAN OLIB QOCHISH.
Ingliz tilida ko'pchilik gapirish qobiliyatini rivojlantirishda qiynalishiga sabab bo'luvchi asosiy faktorlardan biri bu — uyatchanlik. Bir qarashda ishonish qiyindek tuyulishi mumkin. Lekin, haqiqatdan ham shunday. Nafaqat ingliz tilida, ko'pchilik hatto o'zbek tilida atrofida insonlar ko'p bo'lsa fikrini aytishdan uyalib, o'zini chetga oladi. Tortinchoqlik shunday his tuyg'uki, sizni kerakli vaziyatlarda kerakli harakatni amalga oshirishingizga qarshilik qiladi.
Insonlar odatda Extrovert va Introvert bo'lishadi. Extrovert insonlar ko'pchilik orasida o'zlari yaxshi his qilishadi, kirishimli bo'lishadi. Introvertlar esa aksincha ko'pchilik bor joyda o'zlarini unchalik yaxshi his qilishmaydi. Bunday insonlar yolg'izlikni afzal ko'rishadi. Introvertlar uchun vaqtni yolg'iz o'tkazish ancha samaraliroq bo'lishi mumkin. Agarda siz ham introvert bo'lsangiz sinfxonada, o'quvchilar qarshisida yoki o'qituvchingiz qarshisida gapirishda o'zingizni noqulay his qilishingiz mumkin. Bu esa tabiiy hol. Chunki sizning tabiatingiz shunday. Uyatchanlikka sabab bo'luvchi asosiy omil esa biz siz bilan ko'rib chiqqan — o'ziga bo'lgan ishonchning yetishmasligi bo'lishi mumkin.
Bunday insonlar bilan shug'ullanayotganda ingliz tili o'qituvchilardan, IELTS instrukturlardan alohida e'tibor talab etiladi. Agarda siz o'qituvchi bo'lsangiz, uyatchang o'quvchilarga motivatsiya berishingiz, ularni ko'proq gapirishga harakat qilishga undashingiz va ularni doimiy ruhlantirib turishingiz kerak.
Agarda siz ham introvert bo'lsangiz (menga o'xshab) ingliz tilida gapirish sizda noqulaylik tug'dirsa ham, boshqalar oldida gapirishdan uyalsangiz ham, qisqasi nima bo'lishidan qat'iy nazar speaking qobiliyatingizni rivojlantirish maqsadida ingliz tilida gapirishingiz shart.
P.s. Kechirasiz, ammo boshqa yo'li yo'q. Agarda maqsadingiz ingliz tilida erkin va ravon gapirish bo'lsa, demak buni faqat bitta yo'li bor. U ham bo'lsa, har kuni speaking praktika qilish, ingliz tilida muloqot qilishdir.
You don't protect your children. You don't get rid of the vulnerability. In fact, you do the opposite.
You expose them to the world as much as you possibly can. You teach them to be strong.
That's the best antidote to their vulnerability.
@SpeakingEnglish_uz
#attention #diqqat #mustread
SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR.
Bugun siz bilan o'ta muhim temada suhbatlashamiz. Ehtimol, sizni qiynab kelayotgan bir qancha savollarga javob ham toparsiz. SPEAKING — deyarli barcha til o'rganuvchilarning eng og'riqli nuqtasi. Aksariyatimiz yillarni sarflaymiz ingliz tilini o'rganish uchun, lekin shunga qaramasdan ingliz tilida erkin va ravon gapira olmaymiz. Nima uchun? degan tabiiy savol tug'iladi, albatta.
Demak, buni bir qancha ko'pchilik til o'rganuvchilar uchun tanish bo'lgan sabablari mavjud. Ularni birma bir ko'rib chiqamiz. Speakingni rivojlantirishga oid ko'rsatmalarni berishdan oldin, Spekingni o'stirishga to'sqinlik qiluvchi sabablarni tushuntirib o'tishni lozim topdim. Chunki muommoga yechim qidirishdan oldin, uni keltirib chiqargan sababga oydinlik kiritish kerak deb hisoblayman.
1. INGLIZ TILINI GAPIRISH JARAYONIDA O'ZINGIZGA BO'LGAN ISHONCHNI VA DADILLIKNI YETISHMASLIGI.
Lack of confidence is one of the reasons by which the students cannot speak English language.
Ingliz tilida gapira olish qobiliyatimizga bo'lgan ishonchni yetishmasligi speakingni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Buni to'g'ri tushunishingiz kerak. Chunki, juda ko'pchilik yetarli darajada kerakli ko'nikma va bilimlarga ega bo'lishiga qaramasadan, o'zini gapirish qobiliyatiga past baho beradi. Natijada, speaking praktika qilishni ortga surib yurishadi. Menimcha, bu holat hammamizga taalluqli.
Ingliz tilida eng muhim skill bu shubxasiz — SPEAKING. Buni yaxshi bilamiz, lekin Speakingni rivojlantirish, uni ustida ishlash uchun kuniga 20-30 daqiqa vaqt ajrata olamizmi? Eng muhim skill ekan, nima uchun eng ko'p vaqtimizni speakingni rivojlantirishga qaratmaymiz. Ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirishda ishonch va dadillikni yetishmasligi aksariyat hollarda ingliz tili o'qituvchilari va repetitorlarga bog'liq.
Chunki o'qituvchi o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonch va dadillikni oshirishga ruhlantira olishi kerak. Lekin, ko'pchilik o'qitivchilar buni o'rniga bir hil metodga yopishib olib, til o'rgatishga faqat kitobiy usulda yondashishadi. Offline kurslarda sinfxonada speakingni praktika qilish uchun muhit yaratishmaydi.
Insonni o'ziga bo'lgan ishonchi uni har qanday sohada muvaffaqqiyatining kafolatidir. Nafaqat til o'rganish jarayonida, balki istagan sohada yuqoriga ko'tarilishni istasangiz, birinchi navbatda bunga qodir ekanligingizga ishonishingiz kerak.
Davomi bor...
P.s. Shaxsan meni ham kanalni yuritishimdan asosiy maqsadim sizni — kim bo'lishingizdan qa'tiy nazar ingliz tilida erkin va ravon, o'zingizga ishonch bilan, tabiiy va qo'rqmasdan gapira olishingizga ishontirishdir.
@SpeakingEnglish_uz
😍 Siz sevgan sahifa yana oʻz faoliyatini boshladi!
◽️ ajoyib videolar;
◽️ dildan yozilgan satrlar;
◽️ sokin musiqalar, sheʼrlar;
◽️ qolganiga oʻzingiz guvoh boʻlasiz. ☺️😍
💔 Tezroq aʼzo boʻlamiz: 👇👇👇
21 asr topishmogʻi
Shunday soʻz borki,unda hamma narsa bor.Undan bir harf olinsa koʻngil ogʻriydi,yana bir harf olinsa inson muhtoj boʻladi,yana bir harf olinsa,uyat boʻladi.
U nima?
