cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun: https://t.me/Yuristmaslahatlari Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 367
Obunachilar
-124 soatlar
-167 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️Bugun, 15-iyuldan oʻqishni “perevod” qilish boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlanadi. Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi: 👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga; 👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga. Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: 👉 Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga; 👉 Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Бугунги имтиҳонлар ҳақида қисқача Кўплаб абитуриентлар бугунги ҳуқуқ фанидан имтиҳонда уларга қонунлар ва кодекслардан савол тушганини айтишмоқда. Энг ачинарлиси уларга Маъмурий жавобгарлик ва Жиноят кодексларидаги моддаларнинг санкциялар қисмидан саволлар тушган. Саволлар тузилиши керак бўлган базалар эълон қилинганда улар орасида бирор кодекс йўқ эди. Бугунги абитуриентларнинг аҳволини фақат уларнинг ўзи ва ота оналари тушунса керак. Ишонасизми, хаттоки Юридик университетда ҳам талабаларга санкциялар қисми катта эътибор билан ўргатилмайди. Сабаби оддий, биринчидан нормаларнинг санкциялар қисми ўзгарувчан бўлади. Иккинчидан келажакда ушбу нормаларни ишлатадиган юристлар, терговчи, прокурор, судьяларнинг ёнида доим керакли кодекслар мавжуд. Бундан ташқари интернет ривожланган даврда барча қонунларни бемалол интернетдан топиш мумкин. Lex.uz сайтидан истаган қонунни, кодексни энг оҳирги ўзгаришлари билан фойдаланиш мумкин. Университетда устозларимиз бизга нормаларнинг санкция қисмига эмас, диспозиция ва гипотеза қисмларига эътибор беришни, уларни қўллашни ўргатишгани ҳолда, ҳали юрист бўлмаган ва ҳуқуқ соҳасига эндигина қадам қўйиши кутилаётган абитуриентлардан санкцияларни сўраш, қайси мантиққа тўғри келади ҳайронман. ➡️ @yurist_imomniyozov 📩 Юристга савол юбориш Каналимизга уланинг                 👇👇 👉 https://t.me/+WWaGEITK6a46DkD0
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🤯 1
❗️Kredit tarixi qarzdorning soʻnggi 5 yil ichidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga oladi! Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan eʼtiboran besh yildan koʻp vaqt oʻtgan pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi. 👆kredit axboroti subyekti — kredit bitimi boʻyicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qoʻyuvchi, shuningdek sugʻurtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 📌Asos: OʻRQ-301-son 5-modda ☑️Quyidagi portallar orqali oʻz kredit tarixingizni elektron shaklda olishingiz mumkin: 👉 portal.infokredit.uz/reports (xizmat narxi 17 000 soʻm – xizmatdan 1 yilda 1-marta foydalanish bepul); 👉 my.gov.uz/uz/service/411 portali orqali (xizmat narxi 15 300 soʻm ). 👉 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi “SMS-xabarnoma” olish xizmati. 👉 portal.infokredit.uz portali orqali yuridik shaxslar ham kredit tarixini olishlari mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Hovlidagi daraxtlarni kesib, oʻrniga uy qurish uchun birorta tashkilotdan ruxsat olish kerakmi? ❌ Hovlingizdagi daraxtlarni kesish uchun biror tashkilotdan ruxsat olishingiz shart emas. Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga (22.02.2022-yildagi 86-son VMQ) 15-ilovada tadiqlangan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma PASPORTI olish qoidalarida jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalarga pasport qoidalari tatbiq qilinmasligi belgilangan. ✅ Shunga koʻra siz daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma olishingiz shart emas. ❗️Biroq qurilish qilish uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga koʻra turar-joy va jamoat binolarini joylashtirish va qurishda siz har qanday imorat qurayotganingizda qoʻshnilarning roziligini olishingiz shart ekanligi belgilanadi. Shu qoidaga koʻra siz ham qoʻshnilarning rozilini olishingiz talab etiladi. Shuningdek, hududiy arxitektura organining ruxsatnomasi olinishi lozim. 👉@professional_yuristlar- энг муҳим, ҳуқуқий, расмий хабарлар каналига обуна бўлинг
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida: ▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm; ▫️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm; ▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 soʻm; ▫️yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 soʻm; ▫️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm; ▫️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm; ▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm; ▫️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 soʻm; ▫️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 648 000 soʻm. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
00:49
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 51-maslahat. ⭕️ Diqqat: Aliment uchun online ariza berish tartibini bilib oling. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
10.84 MB
👍 1
📣EʼLON! ▪️Twin lawyers jamoasi Sizga quyidagi huquqiy xizmatlarni taklif qiladi: 🔹Jismoniy va yuridik shaxslarni sud va boshqa organlarda huquqiy himoya qilish; 🔹Sud va boshqa organlarga topshirish uchun ariza, daʼvo arizasi, apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari va boshqa yuridik tusdagi xujjatlarni tayyorlash; 🔹Qarz undirish xizmatlari; 🔹Sud qarorlari ijrosi bilan ishlash, MIBdagi qarzdorliklarni undirishga koʻmaklashish; 🔹Barcha turdagi hujjatlar hamda SHARTNOMALAR loyihalarini tayyorlab berish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 🔹Onlayn tarzda firmalarni ochish, qayta tashkil qilish va tugatish; 🔹Shuningdek, doimiy huquqiy himoyalash xizmatlari. Murojaat uchun 👉 @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
❗️Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni (my.uzbmb.uz orqali) yuklab olishlari hamda chop etib qo‘yishlari so‘ralmoqda. Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Автомобил ойнасининг ноқонуний тонировкаси учун жаримани камайтириш таклиф қилинмоқда Стратегик ислоҳотлар агентлиги маъмурий жарима чораларини қайта кўриб чиқиш бўйича таклифлар ишлаб чиқибди. Агентлик таҳлили маъмурий жарималар миқдорини белгилаш механизмлари мавжуд эмаслигини кўрсатган. Ва шу сабабли содир этилган ҳуқуқбузарликка номутаносиб жарима солинмоқда. Йўналиш тартибга солинмагани боис, давлат органлари ўзларига тушадиган жарималарни қайта кўриб чиқишга доир қонун лойиҳаларини ташаббус қилиш ҳолатлари кўпайган. Масалан, автомобиль ойналарини рухсатномасиз қорайтирганлик учун 8,5 млн сўмлик (бир йил ичида такрор содир этилганда 13,6 млн сўм) жарима белгиланганда, рухсатноманинг нархи 11−13 млн сўм бўлган. Бугунги кунда рухсатнома 2,7 млн сўм этиб белгиланган, аммо жарима миқдори ўзгаришсиз қолмоқда. Маълумот учун, Қозоғистонда автомобиль ойнасини қорайтирганлик учун жарима 468 минг сўмни, Россияда — 60 минг сўмни, Беларусда — 138 минг сўмни ташкил қилади. Ўз ўрнида пиёдаларнинг ҳаёти ва соғлиғига бевосита дахлдор бўлган ЙТҲлар учун белгиланган жарималарни оғирлаштириш зарур, дея ҳисоблайди агентлик. Ҳозирда пиёдалар йўлакларида транспорт воситаларида ҳаракатланиш 170 минг сўм, пиёдалар йўлни белгиланмаган жойдан кесиб ўтиши 113 минг сўм ва ҳоказо. Маълумот учун: Германияда пиёдани ўтказиб юбормаганлик учун белгиланган жарима миқдори 1,1 млн сўм, Буюк Британияда — 1,6 млн сўм, Францияда — 1,85 млн сўм, БААда — 1,7 млн сўмни ташкил этади. 📩 Юристга савол юбориш ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш Каналимизга уланинг                 👇👇 👉 @Yurist_Xizmati‌‌
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Стратегик ислоҳотлар агентлиги маъмурий жарима чораларини қайта кўриб чиқиш бўйича таклифлар ишлаб чиқди: 1) жорий маъмурий жарималар миқдори уларнинг содир этилган ҳуқуқбузарликка мутаносиб бўлиши керак. Агентлик таҳлили маъмурий жарималар миқдорини белгилаш механизмлари мавжуд эмаслигини кўрсатди, шу сабабли содир этилган ҳуқуқбузарликка номутаносиб жарима солинмоқда. Йўналиш тартибга солинмагани боис манфаатдор давлат органлари томонидан жарималар миқдорини қайта кўриб чиқишга доир қонун лойиҳаларини ташаббускорлик билан ишлаб чиқиш ҳолатлари кўпайди. Масалан, автомобиль ойналарини рухсатномасиз қорайтирганлик учун назарда тутилган 8,5 млн сўмлик (бир йил ичида такрор содир этилганда 13,6 млн сўм) жарима белгиланганда, рухсатноманинг нархи 11−13 млн сўм бўлган. Бугунги кунда рухсатнома 2,7 млн сўм этиб белгиланган, аммо жарима миқдори эса ўзгаришсиз қолмоқда. Маълумот учун, Қозоғистонда автомобиль ойнасини қорайтирганлик учун ўрнатилган жарима 468 минг сўмни, Россияда — 60 минг сўмни, Беларусда — 138 минг сўмни ташкил қилади. 2) фуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғи билан бевосита боғлиқ бўлган ҳуқуқбузарликлар учун жарима миқдорини ошириш масаласини кўриб чиқиш; Пиёдаларнинг ҳаёти ва соғлиғига бевосита дахлдор бўлган ЙТҲлар учун белгиланган жарималарни қайта кўриб чиқиш ва оғирлаштириш зарур, дея ҳисоблайди агентлик. Ҳозирда пиёдалар йўлакларида транспорт воситаларида ҳаракатланиш 170 минг сўм, пиёдалар йўлни белгиланмаган жойдан кесиб ўтиши 113 минг сўм ва ҳоказо. Маълумот ўрнида, Германияда пиёдани ўтказиб юбормаганлик учун белгиланган жарима миқдори 1,1 млн сўм, Буюк Британияда — 1,6 млн сўм, Францияда — 1,85 млн сўм, БААда — 1,7 млн сўмни ташкил этади. 3) Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс нормаларининг коррупцияга қарши комплекс экспертизасини ўтказиш; 4) Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга маъмурий жазонинг алоҳида тури сифатида “огоҳлантириш” институтини киритиш. Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш мақсадида бир қатор мамлакатларда (хусусан, Беларус, Латвия, Қозоғистон, Россия, Германия, Италия) маъмурий жазонинг алоҳида тури сифатида «огоҳлантириш» институти жорий қилинган. «Огоҳлантириш» жисмоний ва юридик шахсларнинг соғлиғи, ҳаёти ва мулкига, атроф-муҳитга зарар етказмайдиган ҳуқуқбузарликлар учун қўлланилади. Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга (23-модда) мувофиқ маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этганлик учун 7 турдаги маъмурий жазо қўлланилиши мумкин. Бироқ маъмурий жазо тури сифатида «огоҳлантириш» қўлланилмайди. Агентликнинг қайд этишича, «огоҳлантириш» институти алоҳида турдаги маъмурий жазо сифатида жорий этилиши керак. Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг 👉 @yuristlar_maslahati 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.