cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yangibozor tuman Axborot -kutubxona markazi

Yangibozor tuman Axborot-Kutubxona Markazi faoliyatini yoritib boruvchi kanal. Elektron kitoblar so‘rovlari uchun murojaat. https://t.me/Djabborov737

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 277
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
+330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

11:53
Video unavailableShow in Telegram
📹 BOY OTA, KAMBAG'AL OTA KITOBI | 10 Daqiqa 🍀Yana qaysi kitoblar mazmunini 10 daqiqada bilib olmoqchisiz kommentariyada yozib qoldiring. 📚 Kanalimiz: @Kutubxona 📚 Kitob buyurtma berish uchun: @Kitoblar_ulashamiz_1
Hammasini ko'rsatish...
BOY OTA, KAMBAG'AL OTA KITOBI | 10 Daqiqa kanali.mp421.44 MB
❤‍🔥 1
#Sheʻriyat ALIFBO Bordim “Ishq” darsiga... Turardi u shay, Ko‘zidan ilg‘adim qahrabosini: “O‘rgataman, - dedi kulib turib oy, Yod oling Muhabbat alifbosini – Demak, ilk harf “A”! “Armon” degan so‘z, Ilk saboq, - dedi u, - o‘rgatay sizga...” Shu-shu o‘rgatmoqda... hech o‘tay demas “B”dan boshlanajak “Baxt” degan so‘zga. ✍ Xayrulla Hamidov 📚 @Kutubxona
Hammasini ko'rsatish...
🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
𝑩𝒖𝒈𝒖𝒏𝒈𝒊 𝒉𝒂𝒚𝒊𝒕 𝒂𝒚𝒚𝒐𝒎𝒊 𝒃𝒏 𝒃𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒅𝒓𝒅𝒐𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎. 𝑩𝒖 𝒎𝒖𝒌𝒂𝒓𝒓𝒂𝒎 𝒌𝒖𝒏𝒅𝒂 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒊𝒎 𝒃𝒐𝒓𝒍𝒊𝒒𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒏𝒈 𝒔𝒉𝒖'𝒍𝒂𝒔𝒊 𝒊𝒍𝒂 𝒚𝒐𝒓𝒊𝒕𝒈𝒂𝒏𝒊𝒅𝒆𝒌, 𝒉𝒂𝒚𝒐𝒕𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒉𝒂𝒎 𝒉𝒊𝒅𝒐𝒚𝒂𝒕 𝒏𝒖𝒓𝒊 𝒊𝒍𝒂 𝒎𝒖𝒏𝒂𝒗𝒗𝒂𝒓 𝒂𝒚𝒍𝒂𝒔𝒊𝒏. 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒊𝒎 𝒃𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒅𝒖𝒐𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒊𝒋𝒐𝒃𝒂𝒕 𝒂𝒚𝒍𝒂𝒃, 𝒊𝒃𝒐𝒅𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒈𝒐'𝒛𝒂𝒍𝒍𝒊𝒌, 𝒓𝒊𝒛𝒒𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒃𝒂𝒓𝒂𝒌𝒂 𝒃𝒆𝒓𝒔𝒊𝒏. 𝑨𝒚𝒚𝒐𝒎 𝒎𝒖𝒃𝒐𝒓𝒂𝒌 𝒚𝒂𝒏𝒂 𝒃𝒊𝒓 𝒃𝒐𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒊𝒏𝒔𝒐𝒏𝒍𝒂𝒓!!!
Hammasini ko'rsatish...
🥰 2
Inson paydo bo'lgandan beri uning ehtiyojlari, xohishlari o'zgarmagan. Faqat zamonlar o'zgargani sayin ularning shakligina o'zgaradi. Mohiyat esa o'sha-o'sha. Dunyoda odamlar eng ko'p orzu qilagan narsasi nima deb o'ylaysiz? Ha, ko'pchilikni hayoliga darrov boy bo'lib ketish kelgan ajab emas. Agar to'satdan menga bu kabi savol berishga ehtimol men ham shunday javob bergan bo'lar edim. Ammo baxtga qarshi orzu qilish bilangina boylik orttirib bo'lmaydi. Unga yetish uchun aql, harakat va eng muhimi sabr bardosh va iroda kerak. Yana Devid Baxning "Latte omili" kitobi ham)) Kitob haqida Biznes va shaxsiy rivojlanishga oid ushbu kitob moliyaviy mustaqillik va tejamkorlikka erishish uchun oddiy, ammo samarali usullarni taklif etadi. Kitob nomini bunday atalishiga sabab bir latte narxiga teng keladigan kundalik kichik xarajatlar va ularni kamaytirish orqali katta mablag'larni tejash mumkinligiga ramziy ma'no o'laroq tanlangan. Bu kontsepsiya orqali muallif moliyaviy intizom va o'zini boshqarishning muhimligini ta'kidlaydi. Kitob mazmuni Muallif kichik xarajatlarimiz umumiy moliyaviy ahvolimizga qanday ta'sir ko'rsatishini ko'rsatib beradi. Har kuni sotib olinadigan kofe, gazeta yoki fastfood kabi mayda xarajatlar ko'pincha sezilmay qoladi, ammo ularning yig'indisi yillik byudjetimizda katta ta'sir ko'rsatadi. Kitobda muallif tejamkorlik va mablag'ni to'g'ri boshqarish bo'yicha konkret tavsiyalar bergan. Bax moliyaviy maqsadlarni aniqlash, byudjet tuzish va sarf-xarajatlarni nazorat qilish kabi amaliy maslahatlarni o'quvchilarga taqdim etadi. Moliya va ruhiy salomatlik "Latte omili" nafaqat moliyaviy erkinlikka erishish haqida, balki moliyaviy barqarorlikning ruhiy salomatlikka ham ta'siri haqida hikoya qiladi. Moliyaviy stressning kamayishi insonning umumiy hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi mumkin. Kitobda muallif o'z hayotidan va boshqa insonlarning tajribalaridan keltirilgan real misollar orqali o'quvchilarni ilhomlantiradi. Ushbu hikoyalar o'quvchilarga moliyaviy intizom va tejamkorlikning haqiqiy natijalarini ko'rsatadi. Tahlil va baho "Latte omili" kitobi moliyaviy masalalarda yangi yondashuvlarni izlayotganlar uchun qiziqarli va foydali qo'llanma bo'lishi mumkin. Kitobda muallif muoliyaviy maslahatlarni sodda va aniq misollar bilan keltirishi, kitobni o'qish va tushunishni osonlashtiradi. Shuningdek, bu kitob shaxsiy moliya boshqaruvi bo'yicha asosiy bilimlarni o'z ichiga oladi, bu esa ushbu janrda endi kitob o'qiyotganlar uchun ayniqsa foydali bo'lishi mumkin. Biroq, ba'zi o'quvchilar kitobdagi ayrim tavsiyalarni juda oddiy yoki umumiy deb hisoblashi mumkin. Shunga qaramay, "Latte omili" tejamkorlik va moliyaviy mustaqillikka erishish yo'lida muhim birinchi qadamni qo'yish uchun ajoyib qo'llanmadir. Bu kitob moliyaviy barqarorlik va erkinlikka intilayotgan har bir kishi uchun tavsiya etiladi. Tarjima va kitob sifati haqida Kitob Asaxiybooks loyihasi asosidan nashr qilingan. Tarjimon Rahimjon Qudratov. Tarjima menga ancha manzur bo'ldi. Jumlalar, so'zlarning kombinatsiyalari oddiy o'quvchiga tushunarli, sodda tarzda o'zbekchaga o'girilgan. Musahhihlar ham ancha yaxshi ishlashgan. Kitob ancha sifatli chiqqan. Varaqlari och sariq, qaymoqrang rangda bo'lib, uzoq vaqt davomida o'qiganda ham o'quvchini ko'ziga ortiqcha bosib bermaydi va charchatmaydi.  Narxi ham bu janrdagi kitoblar uchun normal. 50 ming so'm atrofida. Agar siz ham ushbu kitobni o'qigan bo'lsangiz o'z fikr-mulohazalaringizni bo'lishing
Hammasini ko'rsatish...

👍 2
“Martin Iden” – Jek London Ushbu roman faqatgina tirishqoqlik orqali eng quyi qatlamdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan odam haqida. Bir paytlar u dengizchi bo‘lgan, ammo badavlat oiladan chiqqan qiz bilan uchrashish uni yaxshi hayot uchun kurashishga undagan. Har kunlik ish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zi ustida doimiy ishlash Martin Idenni mashhur va boy qiladi. Ammo u, o‘z orzusini amalga oshirar ekan, allaqachon hech narsani xohlamay qolgandi ... Qahramon kitob muallifi Jek Londonning taqdirini takrorlagani bilan ham, asar ahamiyatlidir. “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” – Viktor Gyugo Bu roman ruhoniyning maftunkor lo‘liga bo‘lgan muhabbati, ko‘rinishi chirkin Kvazimodoning mehribonligi va qirollik askarlari kapitanining ikkiyuzlamachiligi haqida emas. Garchi bularning barchasi kitobda yoritilgan bo‘lsa-da. Romanning bosh qahramoni – Notr-Dam de Parining o‘zi. Bu chindan ham tarixni o‘zgartirgan asar. Viktor Gyugo o‘z asarini soborning buzilishi arafasida yozgan, ammo romanning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati Notr-Damni madaniy yodgorlikka aylantirgan. Muallif haqiqatda uni saqlab qolgan. Tarixiy qismi sizni juda qiziqtirmasa ham, asarda hissiyotlar, odamlar va odamlarning zaifliklari haqida ajoyib hikoya bilan tanishasiz. “Usta va Margarita” – Mixail Bulgakov Deyarli barchaga tanish bo‘lgan rus klassikasining durdonasi. Mana, zulmat – knyaz Volandning qiyofasida aks etgan, lekin haqiqiy yovuzlikni oddiy odamlarning qalbida ko‘ramiz. Jamiyat va shaxslarning muammolarini ko‘rsatishda sehr va haqiqat chalkashtirilgan. Kitob sevgi, nafrat, hokimiyat, baxt va yana ko‘plab mavzularni ko‘tarib chiqqan. “Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti” – Ernest Xeminguyey Kitobda tasvirlangan voqealar Ispaniya fuqarolik urushi avjiga chiqqan vaqtda yuz beradi va atigi uch kun davom etadi. Bu fashistlar tomonidan bosib olingan ko‘prikni portlatishi kerak bo‘lgan amerikalik Robert Jordan uchun ajratilgan vaqt edi. Muammoni hal qilish uchun Robert mahalliy otryad partizanlaridan yordam so‘raydi. Bosh qahramon va uning atrofidagi odamlar boshiga juda ko‘p narsa: sevgini topish va yo‘qotish, qo‘rquvlarini yengish, xiyonat, qo‘rqoqlik va boshqa insoniy gunohlar tushadi. Bu urush haqidagi odatiy asar emas – unda ortiqcha pafos va qahramonlik yo‘q. Ammo og‘riq, qon va dahshat yetarlicha. Shu sababdan qahramonlarga va ular bilan sodir bo‘lgan vaziyatlarga ishonasiz, har qanday urushning bema’ni, shafqasiz va ahmoqonaligini tushunasiz. Axir, u, ko‘plab ajoyib insonlarning hayotini sindiradi... @kitob_ombori
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan 8 ta kitob Har bir kitobning o‘z o‘qilish davri bo‘ladi. Masalan, maktab o‘quvchilari, odatda, klassik adabiyotni unchalik xushlamaydi. Yosh kattalashgani sari buning aksi bo‘ladi. Keling, 30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan eng mashhur asarlar haqida gaplashamiz. Ular keyingi hayotga tayyorlashda yordam berishi aniq. “Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi Eskirmaydigan klassika, kattalar uchun ertak, uzoq sayyoralar bo‘ylab sayohat qilib o‘z baxtini topishga intilayotgan Kichik Shahzoda haqidagi falsafiy va ta’sirli hikoya. U haqiqiy hayotda biz ko‘radigan barcha odamlarni uchratadi: xudbin “qirollar”, piyonistalar, ishtiyoqmand “geograf” – karerachilar, mitti “charog‘bon” odamlar... Shahzoda Yerga kelganida buzilgan samolyotdan chiqqan uchuvchi bilan uchrashadi. Ushbu hikoyaning iqtiboslari mashhur bo‘lib ketgan. “Kichkina shahzoda” haqidagi ertak haqiqatdan ham har safar yangi tafsilotlarini topib, qayta o‘qilishi kerak bo‘lgan kitobdir. “Jang san’ati” – Sun-Szi Ushbu kitob urush haqida emas, aniqrog‘i, faqatgina urush haqida emas. Ushbu falsafiy risola hech qachon qo‘liga qurol olmaganlarga ham foyda keltiradi. Ammo baribir o‘zingizni qurollashingiz kerak: bilim, strategiyani tushunish, boshqa odamlarning xulq-atvorini anglash orqali. Jangda g‘alaba qozongan, lekin jang oxiriga yetmagan bo‘lsangiz, o‘zingizni qanday tutishingiz kerak? Kelajakdagi ishlarni qanday rejalashtirish, raqiblar bilan qanday metodlar yordamida kurashish lozim va nima uchun bizga ittifoqchilar kerak? “Jang san’ati” barchaga: ishbilarmonlar, oilali odamlar, mansab pog‘onasidan ko‘tarilishni istaganlar, raqiblaridan ko‘ra aqlli va ayyorroq bo‘lishni xohlovchilarga fikrlash uchun ozuqa beroladi. Bu chuqur mazmunli kitobda “urush qoidalari”dan tashqari ko‘p narsalar bor. “Dorian Greyning portreti” – Oskar Uayld Ko‘plab keskin satirik pesalar muallifi faqat bitta roman yozgan. Lekin juda kuchli roman! Dorian Grey ismli yosh yigit har qanday yo‘ldan yuradi, o‘z xohishi bilan yashaydi va boshqa odamlarning hayotiga tupuradi. Uni o‘zining shaxsiy portreti asraydi – kir hayot tarzining barcha oqibatlari suratda aks etib boradi, Dorianning o‘zi esa yosh va begunohligicha qolaveradi. Afsuski, faqat tashqi ko‘rinishi jihatdan shundayligicha qolgan. Dorian Grey – biz o‘zimizdagi barcha insoniylik xususiyatlarini olib tashlasak, aylanishimiz mumkin bo‘lgan maxluq namunasidir. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” – Rey Bredberi Odamlar kitob o‘qishni to‘xtatib, barcha ajoyib asarlarni ahmoqona filmlar darajasigacha soddalashtirib, klassik asarlarni qonunga zid deb topsalar nima bo‘ladi? Bunday dunyoda insoniyat eng muhim narsani – fikrlash qobiliyatini yo‘qotadi. Gay Monteg murakkab narsalarni his qilish va tushunishga qodir emasdek tuyuladi – shunchaki, u bunga o‘rgatilmagan edi. Uning xotini ulkan bir televizorni orzu qilar ekan, Gay qo‘liga taqiqlangan meva – kitobni oladi. Bu uning hayotini o‘zgartiradi, qahramon yana dunyoga boqishni, saqlanib qolgan o‘tmish san’atining nayranglaridan va lazzatlaridan bahramand bo‘lishni o‘rganadi. Davomi bor... https://t.me/+Fh10CzwwUwkyMmJi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
📖Tyanjin Binxay kutubxonasi Aksariyat odamlar begonalar nigohi ostida kitob o'qishni yoqtirmaydi, biroq Xitoyda joylashgan ajoyib yangi kutubxonaga tashrif buyurish haqida gap ketganda, biz istisno qilishga tayyormiz. Chunki... Kutubxona aql bovar qilmaydigan ko'rinishdagi ichki dizaynga ega. Zal o'rtasida bahaybat ko'zni eslatuvchi ulkan sharsimon monument mavjud. Bu besh qavatli kutubxona Xitoyning Tyantszin provinsiyasi Binxay tumanida joylashgan. Uning dizayni Hollandiyaning MVRDV dizayn firmasi va Tyantszin shaharsozlik va dizayn instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Kutubxona Binxayning ko'zi deb nomlangan. U 34 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Kutubxona uch yil davomida qurilgan. Birinchi qavatni o'quv zali egallagan. O'rta qavatda dam olish zonalari bo‘lsa, ofislar, kompyuter xonalari, konferentsiya va audio xonalari esa eng yuqori qavatni egallagan. Kutubxona fondida 1,2 million kitob saqlanadi. #kutubxonalar https://t.me/+Fh10CzwwUwkyMmJi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentidan ishchi guruhi Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyuurishib tuman IIBda “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar DASTURI yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishib tuman IIBda tashkil etilgan Korrupsiya burchagi, Vatanparvarlik burchagi va kutubxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari bilan tanishishdi
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 1
Repost from XORAZMIYLAR
02:31
Video unavailableShow in Telegram
#Hasan_va_Husan sarguzashtlari_2 qism. Xalqimizning koʻp asrlik oliy qadriyatlaridan biri – toʻy berish va mehmon kutishdir. Sodda oʻzbegim toʻy bersa toʻyga qancha mehmon kelsa shuncha quvonadi va bir toʻy tugashi bilan keyingi toʻyga tayyorgarlik koʻradi. Oʻzi va bolalari yemay-ichmay oʻzgani yedirib-ichirishga harakat qiladi. Buning uchun oylab, yillab, mashaqqat bilan yiqqan pulini bir kunda sovuradi. Orzu-havas, niyat va tilaklarimizda “Boshing toʻydan chiqmasin”, “Toʻylarga yetirsin”, “Toʻylar toʻylarga ulansin” degan soʻzlarni koʻp ishlatamiz. Biroq bu degani bor-budini toʻyga sarflash degani emas. Aslida, “Farzanding komil inson boʻlsin, olim boʻlsin, xalqni dardiga darmon boʻlsin!” degan niyatlarga koʻproq urgʻu bersak toʻgʻri boʻlardi. Zotan, buyuk muhaddis Buxoriy hazratlarining “Sahihi Buxoriy” kitobi “Darhaqiqat barcha amallar niyatga qarab boʻlur. Har kimga faqat niyat qilgani boʻladi” degan hadis bilan boshlangan edi. 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube| 💻Instagram|
Hammasini ko'rsatish...
14.50 MB
👍 4