uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Kanalga Telegram’da o‘tish
3 476
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
-930 kun
Postlar arxiv
Kayfiyatni ko‘taramiz. - Filippinlik yosh dasturchi, 10 yoshida o‘z kompaniyasiga asos soldi - Man 10 yoshimda 😀
Kayfiyatni ko‘taramiz. - Filippinlik yosh dasturchi, 10 yoshida o‘z kompaniyasiga asos soldi - Man 10 yoshimda 😀

2 haftadan beri kamera bilan bog‘liq muammolar tufayli efir qoldirilayotgan edi. Efir ertaga soat 21:00 da boshlanadi. Bu safar mehmon o‘zimiz 😊. Kommentlarda keyingi hafta ko‘rishni istagan mehmonni ismini yozing va albatta mavzuni ham. 😊

Ishonmaganlar uchun ajoyib yangilik :) Yaqinda bir qiz bilan tanishib qoldim. Dasturlashni o'rganayotgan ekan. Yoshi 12da. Maktabda 6-sinf. Dasturlashni o'rganayotgani yetmay, Youtubeda darslar ham qo'ygan ekan. Bu degani bu qiz mandan 6 yil avval dasturlashni boshladi degani. Sizdanchi? Man doim qizlarni ilm yo'lida yurishini hurmat qilaman. Bizning yurtda ancha yillardan beri qizlarni o'qishiga bee'tiborlik bilan qarab kelishgan. Bu qizni ota-onasiga rahmat 😊 3-4 marta so'radim "rostdanmi?" deb) Telegramdagi kanal: @Shamsibonu_Shokirova Youtube kanal: https://youtube.com/channel/UC9HclJtAfkvDutciFZmHfBg Kanaldagi kontent, mikrafon ovozi pro emas. Manda ham pro emas. Lekin muhimi o'sish. Harakat. Natija. Bu qiz mani yoshimga yetganda, harakatni to'xtatmasa kamida middle bo'ladi. Qizlardan dasturchi chiqmaydi deganlarni boshiga shu post bilan bir ursangda 😁

12 yosh O‘zbekistonlik qiz frontendni bilib, undan dars o‘tganda, bunga reaksiyangiz qanday bo‘lar edi?

Dasturlashni jamoa bilan boshlash uchun "garaj" qidiryabmiz. Toshkent shahrida yaxshi garaj (ofis) bo'lsa @muhammad_yunusoff ga yozinglar. Ishlamay turgan kompyuterxonalar bo'lsa ayni bizbop bo'lar edi.

Bu hafta qaysi mavzuda suhbat bo'lsin?
Anonymous voting

Mazzami? :)
Mazzami? :)

JavaScript dasturchilariga moʻljallangan qulay, samarali va foydali instrument, yoxud, YUS — Yunus's Users System loyihasi Postlarimiz davomida fundament, asos haqida koʻp gapiramiz. U keyingi bilimlarni oʻzlashtirishda muhim ekanligini taʼkidlaymiz. 🖥 Biror sayt yoki ilovaga kod yozishda-chi? Unda asos kerakmi? ✅ Albatta! U bugungi tezkor va shiddatli davrda juda asqotadi-da. Asos dasturchining vaqtini tejash bilan birga ishiga yengillik ham beradi. Darslari oʻtgan yili boshlangan JavaScript full stack dasturlash kursining bitiruvchisi Muhammad Yunus Yusupov ana shunday asos yaratishni maqsad qilgandi. Necha oylik mehnat va mashaqqatlardan soʻng u oʻz ishining taqdimotini oʻtkazdi. 🚀 Uning aytishicha, bu asos JavaScript dasturchilariga moʻljallangan qulay, samarali va foydali instrument boʻladi. Najot Taʼlim bitiruvchilaridan navbatdagi yangi loyihani qarshi oling. Sabr bilan bosib oʻtilgan yoʻl va qunt bilan egallangan bilimning mevasi naqadar totli ekanligini his qilasiz! 📌 Video uchun havola: https://youtu.be/tX2qNa3rEZA

Bugungi efir ma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi. Tez orada foydali sourcelar taqdim etaman :))

​​Rubber Duck Debugging nima? Ko'pchilik yangi boshlayotgan dasturchilar boshqa tajribali dasturchilarni juda ham ko'p savollar berib bezovta qilishadi. Shu holatga ko'pchilik juda ham zo'r Rubber Duck Debugging degan uslubni qo'llashadi. Rubber Duck debugging - o'rdak o'yinchoqga kodingizdagi barcha muammolarni aytasiz va qarabsizki unga aytayotgan jarayoningizda javobni o'zi "Shiq" etib kelib qoladi. Men o'yinchoq o'rdak topa olmaganim uchun mushukni anchadan beri "bo'g'ayapman". Muloyimgina bo'lib turishini qarang buni :) Tavsiya qilaman! Videoga yana bir marta link: https://www.youtube.com/watch?v=huOPVqztPdc @coding_show

Reactni endi boshlaganlar uchun Reactda Auth qiladigan React App ni Source code ni Githubga yuklab qo'ydim. U yerda Public, Private route lar ham bor, ishlatib ketishga tayyor versiya, https://github.com/muhammadyunusuz/React-Login-Exemple https://react-login-test-app.herokuapp.com/login

21-asr yoshini nimalarsiz tasavvur qilolmaysiz? Ingliz tili va kompyutersiz. Agar siz 2000 yildan keyin tug'ilgan bo'lsangiz-u hali ham kompyuterni tushunmasangiz, siz 20 yil yo'qotibsiz. Man birinchi noutbukimni 150.000 so'mdan 8 marta to'lab olgan edim. Eng yomon processorli, touchpadi ishlamaydigan, 3 ta keyi yo'q, 2 tasi ishlamaydigan 6 yil ishlatilgan noutbuk edi. Zaryadka olmas edi. Buldozerga o'xshar edi. Shunda dasturlashni o'rgandim. Endi ham ololmayman, o'rganolmayman deyishga uyaling :) 2 ta narsa insonni oldiga boshlaydi. Birinchisi orzular. Ikkinchisi majburiyatlar. Manda majburiyat bo'lmagan. Lekin orzu bor edi. Orzularim uchun Toshkentga kelgan edim. Dasturlash dunyoqarashimni shunday o'zgartirib yubordiki, yaqin 20 yillik rejalarim buzilib ketdi. Man dasturlashni o'rganish uchun yaqin insonimdan voz kechdim. Manda variant bor edi: dasturlashdan ketish va eski kasbimni davom ettirib, u bilan qolish, ikkinchisi: bilimni davom ettirish. Man ikkinchisni tanlab, birinchisini qurbon qildim. Hozir afsuslanmayman. Nima siz qanotini qimirlatmay uchgan qushni ko'rganmisiz? Faqatgina qulashi mumkin. Nima sizni o'zingiz sevgan kasbga yetishishdan to'sib turibdi. Qurbon qiling! Muvaffaqiyat doim ham qurbonlarsiz bo'lmaydi. Keraksiz narsalarga investitsiya kiritmang. Manda Redmi S2 smartfoni. 4 yil avval olganman. Kamerasi singan. Frontda xizmat qilgan tankni eslatadi. Man o'chib qolmaguncha yangi olmoqchi emasman. Lekin Core-i9 kompyuter ishlataman. Agar Iphone X ga yetarli pul bo'lsa, ukamga yangi noutbuk olib beraman. Manga Iphone X hech qachon kerak bo'lmagan. Hechqachon passiv larga pul tikmang!!! Mani fikrimcha bu millatni har bir yoshida olim bo'lish uchun berilgan bosh bor. Sizda ham :)

PHP 8.0 versiya taqdim qilinibdi. https://www.php.net/releases/8.0/ru.php?lang=ru

Keyingi suxbat mavzusi va mehmoni kim bo‘lishini xohlaysiz?

​​Youtube'da yangi loyiha boshladik! Osmondagi bolalar - hayotning pasd-u balandiga qaramasdan o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralani zabt eta olgan, yoshlarga chinakam motivatsiya rolini bajarib beradigan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan yangi interaktiv ko'rsatuv. Osmondagi bolalar ko'rsatuvining aktual missiyasi katta natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarni ommaga tanitish va ularni bu yo'ldagi xato, qiyinchiliklar, to'plangan tajribalarini jamiyat bilan bo'lishishdan iborat! Ko'rsatuvning birinchi sonida telegramda 1 million obunachisi bor, 3D Max orqali uyquda ham daromad qiladigan IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov bilan suhbatlashdik. Suhbat 25-noyabr soat 19:30 da quyidagi kanalga joylanadi. Obuna bo'ling va takliflar yozing. Har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz! 😊 Obuna bo'lish

Dasturlashni self study o'rganish mumkin bo'ladigan saytlar MIT Open Courseware: https://ocw.mit.edu/index.htm Frontend Mento: https://www.frontendmentor.io/challenges FreeCodeCamp: https://www.freecodecamp.org/ MDN: https://developer.mozilla.org W3schools: https://www.w3schools.com/ Learn Javascript: https://learn.javascript.ru/ Bepul maketlar UIStore: https://www.uistore.design Uplabs: Uplabs.com Umumiy videodarslar, real loyihalar ham bor (playlistlarda) Muhammadjavohir Suratov (@mayoquz) https://www.youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw Saidbek Arislonov (@saidbekarislonov) https://www.youtube.com/channel/UChEMatfOEAQuny-TIJidM8w Farkhod Dadajanov https://www.youtube.com/user/Farkhod1982 Muhammadyunusuz https://youtube.com/c/muhammadyunusuz Kadirov Dev (@kadirovDev) https://www.youtube.com/channel/UCcjcQHyiSPtGMhpiCc4mGfQ Rasul Ismoilov https://www.youtube.com/channel/UCCFIjY7s0Ig5k0E-8ZMRNoQ Usmon Masudjonov https://www.youtube.com/channel/UCiEM_qGEH7AVJBQQClgX84Q Bahodir Rajabov https://www.youtube.com/channel/UCj2tLgzR7eJg-z_TrllTfrA Javascript mastery https://www.youtube.com/channel/UCmXmlB4-HJytD7wek0Uo97A Dev Ed https://www.youtube.com/channel/UClb90NQQcskPUGDIXsQEz5Q The Net Ninja https://www.youtube.com/channel/UCW5YeuERMmlnqo4oq8vwUpg Ben Award https://www.youtube.com/user/99baddawg thenewboston https://www.youtube.com/user/thenewboston Programming with Mosh (Tuxumbosh) https://www.youtube.com/user/programmingwithmosh Traversy Media https://www.youtube.com/user/TechGuyWeb Web Dev Simplified https://www.youtube.com/channel/UCFbNIlppjAuEX4znoulh0Cw Владилен Минин https://www.youtube.com/channel/UCg8ss4xW9jASrqWGP30jXiw Real proyektlar: Archakov Blog https://www.youtube.com/channel/UCdldbhAwO16vjnDwACTs5gQ

Yaqin orada efirga link beraman, platforma sozlanyabdi.

Hamma shu yerdami?

Bugun soat 21:00da Youtube kanalimizda efirga start beramiz.