cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси

"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали Расмий веб-сайт: uzeltech.uz Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/ Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/ Таклифлар учун: @press_uzeltex Боғланиш учун: +998712074466

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 665
Obunachilar
-524 soatlar
-317 kunlar
-20630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
📣Hurmatli tadbirkorlar!!! 📝Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparki hududida ijtimoiy soha loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha investor yoki qurilish tashkilotlari o‘rtasida "Eng yaxshi loyiha" tanlovini e'lon qiladi. ✍️Tanlovda ishtirok etuvchilar tanlov e'lon qilingan muddatdan boshlab 10 kun ichida quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. BATAFSIL BU 👉YERDA ✍️Tanlovda qatnashish uchun takliflar 2024 yil 18 iyul soat 18:00 ga qadar “Eltech Industrial” texnoparkining Toshkent shahridagi ofisida qabul qilinadi. 📍Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 10-uy. ☎️Telefon: (99894) 067-25-52. 📨Elektron manzil: [email protected] 📲Veb-sahifa manzili: www.ohangarontech.uz 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚫️Юқори қўшилган қиймат яратиш ва иш ўринларини кўпайтириш шарти билан қўшимча 1 минг 210 гектар ер ажратиш мумкин. ⚫️Бунинг учун вилоят ҳокимлиги ҳузурида дирекция ташкил қилинади. Саноат зоналаридаги биноларни маҳаллий тадбиркор ҳамкори билан қуриб, ижарага олади ёки муддатли сотиб олади. ⚫️Саноатни туман ва маҳаллага тушириш учун инфратузилма харажатларига 50 миллион доллар ажратилади. ⚫️Ушбу маблағни вилоятнинг ўзи тасарруф қилади ва қайтган маблағни кейинги лойиҳаларга ишлатиши мумкин бўлади. ⚫️Вилоят ҳокимлигига 161 та йирик маҳаллада ҳам 1 гектардан майдонда 4-5 қаватли саноат марказларини ташкил қилиш топширилди. ⚫️Фарғонада саноатга катта туртки берадиган лойиҳалар кўпайтирилади. ⚫️Энергетика, нефт-газ ва кимё соҳаларида 2 миллиард долларлик лойиҳалар режалаштирилган. ⚫️Куни кеча Бешариқда 500 мегаваттли, Ўзбекистон туманида 180 мегаваттли фотоэлектр станцияларини қуриш ишларига старт берилди. ⚫️Тошлоқда 120 миллион долларлик флоат ойнаси, Ўзбекистон туманида 80 миллион долларлик 20 турдаги қурилиш материаллари корхонаси, Қувасойда 65 миллион долларлик керамо-гранит лойиҳасини тезлаштириш зарурлиги қайд этилди. ⚫️Қувасойда электромобилни зарядлаш станцияларини ишлаб чиқариш корхонасини жорий йилда ишга тушириш, Риштонда йилига 17 минг тонна биологик парчаланадиган нотўқима мато ишлаб чиқариш бўйича лойиҳани жадаллаштириш муҳимлиги таъкидланди.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Вилоятдаги баъзи корхоналарда ишлаб чиқариш ҳажми пасайгани, айримлари ишламаётгани, 3 та лойиҳани ишга тушириш 4-5 йилдан бери чўзилиб келаётгани танқид қилиниб, масъул раҳбарлар бундай корхоналарга ёрдамлашиши зарурлиги тўғрисида огоҳлантирилди. Рўйхатга олинган тадбиркорларнинг муайян қисми фаолият юритмаётгани, айримларида эса айланма ва иш ўринлари қайд этилмагани “яширин иқтисодиёт”дан далолат бериши қайд этилди. Мутасаддиларга бу ҳолатларни ўрганиб, “соядан” чиқишга кўмаклашиш топширилди.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Қувада Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда. Давлатимиз раҳбари кеча вилоятда янги корхоналарни бошқараётган тадбиркорлар, замонавий технологияларда ишлаётган ёшларимиз, чиройли уй-жой массивларига кўчиб ўтган одамларни кўриб, мамнун бўлганини таъкидлади. Шу билан бирга, дунёдаги ҳозирги ўта мураккаб шароитда янги йўл очиш, инвестиция олиб келиш ўз-ўзидан бўлмаётгани қайд этилди. Фарғона аҳолиси 4 миллиондан ошди. Бундай ўсиш билан вилоят аҳолиси 2030 йилга бориб 5 миллионга етади. Бу – Фарғона вилоятини ўзида йилига 100 та янги боғча, 40 та мактаб, 20 мингта хонадон ва 500 мингта қўшимча иш ўрни яратиш керак, дегани. Бу эса вилоят ҳокими, унинг 8 та ўринбосари, 19 та шаҳар-туман ҳокими олдига катта вазифалар қўйиб, улардан қаттиқ масъулият талаб этиши кўрсатиб ўтилди. 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#london_metall_birjasi 📊 12-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing. ⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi. 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
01:11
Video unavailableShow in Telegram
#raqamlashtirish #TCG #Trex 📲"TCG" korxonasi ishlab chiqarish faoliyatiga zamonaviy raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etmoqda ➡️Xabaringiz bor, joriy yilning fevral-mart oylarida "O'zeltexsanoat" uyushmasi Turkiyaning "Mert Yazilim" kompaniyasi bilan hamkorlikda mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari uchun ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish mavzusida seminar-treninglarni tashkil etgan edi. ➡️Ushbu seminar-treninglar mobaynida mahalliy korxonalarga Turkiyaning "Trex" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan raqamlashtirish texnologiyalari namoyish qilingan. ➡️Respublikamizdagi yetakchi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri bo'lgan "TCG" (Techno Cable Group" kompaniyasi "Trex" kompaniyasining raqamlashtirish texnologiyalarini o'z faoliyatiga tadbiq etishni boshlamoqda. ➡️Shu sababli, bugun "TCG" korxonasiga "Trex" kompaniyasi mutaxassislari tashrif buyurib, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqarish faoliyatiga o'rnatish bo'yicha seminar tashkil etdilar. ➡️Shundan so'ng, korxona faoliyatiga ushbu texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha ishchi guruh tashkil qilishga kelishildi. ➡️Mazkur raqamlashtirish texnologiyalari orqali energiyatejamkorlikni oshirish, foyda miqdorini ko'paytirish, defektlarni oldini olish mumkin bo'ladi. ‼️Ma'lumot o'rnida: "TCG" korxonasi bu kabi raqamlashtirish texnologiyalarini yurtimizda kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo'lib joriy etmoqda. ☝️E'tiboringizga ushbu jarayonlarga oid videokontentni taqdim etamiz. 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6601.MOV55.75 MB
👍 2👌 1
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятида йирик саноат ва энергетика объектлари фаолиятига ва қурилишига старт берди. — Президент Шавкат Мирзиёев дал старт деятельности и строительству крупных объектов промышленности и энергетики в Ферганской области. #Mirziyoyev #safar #Fargona #start Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Давлатимиз раҳбари инвесторлар билан учрашиб, Фарғона вилоятида амалга оширилиши режалаштирилган янги лойиҳалар билан танишди. — Глава государства встретился с инвесторами и ознакомился с новыми проектами, которые планируется реализовать в Ферганской области. #Mirziyoyev #safar #Fargona #investitsiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
➡️ #standartlashtirish ⚡️ Standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitaning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi ➡️ Joriy yilning 10-iyul kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida STQ 1 “Elektrotexnika sanoati” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Yig‘ilishda Texnik qo‘mita raisi A.Boyev tomonidan joriy yilda tarmoq korxonalari faoliyati doirasida qo‘llanilayotgan va amal qilish muddati tugayotgan tashkilot standartlari o‘rniga, xalqaro va Yevropa standartlariga uyg‘unlashgan milliy standart loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. 🔔 BATAFSIL» 🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
➡️ #Chjunshan #hamkorlik ⚡️ Xitoy ishbilarmonlari bilan hamkorlik ➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoy Xalq Respublikasining Guandun provinsiyasi, Chjunshan shahri ishbilarmon doiralari vakillari tashrif buyurdilar. ➡️ Tashrif mobaynida, uyushma raisining o’rinbosari Faridun Abdualimov Chjunshan shahri savdo-sanoat palatasi raisi Pan Fuxua boshchiligidagi tadbirkorlar bilan hamkorlik muzokaralari olib bordi. ➡️ Muzokaralarda Xitoyning Chjunshan shahri tadbirkorlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, birgalikda potensial biznes loyihalarni yaratish va o’zaro savdo operatsiyalarini yo’lga qo’yish muhokama qilindi. 🔔 BATAFSIL» 🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En 📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1👏 1💯 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.