cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

OʻZBEK TILI XAZINASI | Ziyolilar uchun

Ziyolilar uchun: 📚Asarlar 🎧Audiolar 📖Fanlar 📍Manzillar 📋Mavzular 👤Shaxslar 🔠Testlar 🗣Tillar 🎬Videolar 👨‍💻Murojaat uchun: @mening_tilim_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 325
Obunachilar
-524 soatlar
-107 kunlar
+2730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

To‘g‘risini toping.Anonymous voting
  • Boshbarmoq
  • Boshmaldoq
  • Ikkala javob to‘g‘ri
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
ZABUN [Forscha — notavon, zaif; magʻlub] 1 Kuchsiz, nimjon, zaif. Hatto erta-kech tanchaning bir tomonini band etadigan oʻzga ishga yaramagan zabun kampirlar ham.. bu «xontaxlit toʻy»ni tomosha qilishdan oʻzlarini tiya olmadilar. (Oybek, Tanlangan asarlar) 2 Nochor, ilojsiz. Mardlikni sevgan, magʻrur yigit oʻzini ojiz, zabun, ixtiyorsiz sezdi. (Oybek, Quyosh qoraymas) 3 Mushkul, ogʻir, tang. Zolimlar qoʻlida zabunlar holim, Bemahal yetishdi, qaytayin, oʻlim. («Bahrom va Gulandom») 4 Xor, ezilgan. Oʻtmishda zabun va mazlum ahvolda boʻlgan oʻzbek xotin-qizlari jamiyatimizda hamma bilan teng qatorda munosib oʻrin egallaganligi quvonchli bir holdir. (Gazetadan) Avaz koʻpdan beri bu vahshiy udumni oʻylab iztirob chekar, bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir sheʼr yozishni moʻljallab qoʻygan edi. (S. Siyoyev, Yorugʻlik) Zabun boʻlmoq 1) yengilmoq, magʻlubiyatga uchramoq; zavolga yuz tutmoq. Xorazmiylarning son jihatdan kam boʻlmasa-da, raqibidan xiyla zaif, tajribasiz qoʻshini, saflari siyraklasha borib, nihoyat zabun boʻldi. (S. Karomatov, Soʻnggi barxan) Turgan gap: u kishi amirlikning zabun boʻlib ketishiga qarshi. (Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik) 2) ahvoli tang boʻlmoq, nochor ahvolga tushib qolmoq. Men uni koʻrmasam, yoʻqdir qarorim, Tura bersam, zabun boʻlar ahvolim. («Bahrom va Gulandom») Suyangan kishilarimiz birin-ketin qoʻlga tushayotir, endi holimiz zabun boʻladi. (J. Sharipov, Xorazm) ZABUNLIK Bechoralik, nochorlik, qashshoqlik; ezilganlik, xorlik. – Mehnat ahli hamisha zabunlikda. Savdogarlar-chi? Barchasi bizning bel va bilak kuchimizdan semirgan haromtovoqlar! – dedi qahr bilan Jumaboy. (Oybek, Ulugʻ yoʻl) #izoh / #sifat / #sifat_salbiy / #insonga_salbiy_taʼrif / #holatga_salbiy_taʼrif Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Hammasini ko'rsatish...
Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Dala
  • Dara
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
🔥 2👍 1
Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar 📚 Adabiy, ijodiy:@Jahon_kitoblar_olami – onlayn “kitob do‘koni” • @Kitobshunoslik – barchasi kitoblar haqida • @Maktub_Gazeta – ilm va ijod uyg‘unligi • @Nosirjon_Jorayev – ko‘ngillarga malham she'riyat • @Uzbekmunaqqidi (Adabiy jarayonlar) • @ZakAdabiyot – adabiyot ummoni ⏳ Ilmiy, tarixiy:@AmirTemurtarixi (Amir Temur va Temuriylar tarixi) • @Brain_Gamess – faktlar, testlar va biroz yumor • @Burxonov_lite – nomsiz jurnalistning ilmiy izlanishlari • @Ibtido_tarix (Sirli dunyo tarixi) • @Jahon_statistikalar – qiziqarli va foydali raqamlar • @Kadrdagi_tarix – biz bilmagan tarix • @Mening_tilim (O‘zbek tili xazinasi) • @Nota_bene1 – kamyob va kerakli ma'lumotlar • @Svoyak_savollar – mavzulashtirilgan savollar • @Tarix_uz_qollanma – tarixiy va ilmiy adabiyotlar • @Tarix_va_biz_official – bizda son emas, sifat muhim • @Tarixi_dunyo – tarix va tahlil • @TikiPediya – har sohadan bir shingil • @Uzbtarixkanal – qiziqarli faktlar va tarixiy suratlar • @Shevashunos – dialekt va dialektologiya 🌎 Ijtimoiy, siyosiy:@Azizbekh17mem – o‘ta nozik yumor • @Harbiy_texnik – siyosiy va harbiy yangiliklar 📽 Kino, media:@Enigma_uz – sara filmlar 👉 Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
Hammasini ko'rsatish...

👍 2
Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Sarfaroz
  • Sarafroz
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
#maʼnodoshlar / #sinonimlar Boqiy soʻzining maʼnodoshlari: - abadiy, - mangu, - umrbod, - umrbodga, - toabad, - ilalabad, - mudom, - doimiy, - muntazam, - uzluksiz, - toʻxtovsiz, - cheksiz, - chegarasiz, - hadsiz. Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🫡 1
#maʼnodoshlar / #sinonimlar Ayyor soʻzining maʼnodoshlari: - mugʻombir, - hiylagar, - quv, - ustomon, - makkor, - dogʻuli, - moʻltoni, - qilvir, - qilviri, - shayton, - tulki, - tullak, - qirriq, - xirpa, - maston. Izoh: Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan, makr-hiylaga usta. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma'nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan bir oz kuchsiz. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli, lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari «ish ko‘rgan ayyor» ma'nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi. 🔹 Tulkini aldab sog‘urlar, Turfa ayyordir to‘ram. («Mushtum») 🔹 Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ombir, puxta-pishiq. (Oybek) 🔹 Bir ertakda tulki hiylagar odamning qilmishlarini ko‘rib ayyorlikdan voz kechib yuborardi. («Mushtum») 🔹 Biz xuddi bekdek sezgir, quv bo‘lishimiz kerak... (H. G‘ulom) 🔹 Tavba, bunday ustomonni ko‘rgan emasman. (Oybek) 🔹 Dushmanning makkor va qo‘rqinchli niyatini oynaday ravshan ko‘rsatgan xaritadan xo‘rsinib boshini oldi. (Oybek) 🔹 Bunaqa dog‘ulilar ishni boplab yuradi. (Said Ahmad) 🔹 Avvali shuki, hech kimim yo‘q, yolg‘iz boshim degandir, shum ukasi, ilonning yog‘ini yegan mo‘ltoni onasi borligini yashirgandir. (A. Qahhor) 🔹 Ha-ha, juda qilvirsan, ilonning yog‘ini yegansan. (Yashin) 🔹 Yana u Mirzakarimboy xonadoniga boshliq bo‘lib kekkaysin... boylikning nishabini o‘z tomoniga to‘g‘rilasin!.. U juda shayton xotin. (Oybek) 🔹 Chol soqolini timiskilab: «Ehtiyot bo‘ling u Qo‘qonboy juda tulki odam, kattaroq shikast yetkazmasin», - dedi. (Mirmuhsin) 🔹 O‘zi ham ish ko‘rgan tullak emasmi, endi bu og‘ir holatdan ustalik bilan chiqib olish yo‘llariga yopishadi. (A. Qodiriy) 🔹 Haydarov esa rahbar kishilarga xos fazilatlardan tamoman mahrum, qirriq kishi. («Tanish basharalar») 🔹 Yerning tagida ilon qimirlasa bilaman! Bilasizmi, o‘sha eski, xirpa Boymat buning ham chorasini allaqachon topib qo‘ygan! (Yashin) 🔹 Erdan ayyor, xotindan ko‘p mastoni. Siringni yolg‘izim aslo bildirma. («Ravshan») #sifat_salbiy / #tanbeh / #toifa_odamlar / #insonga_salbiy_taʼrif Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Hammasini ko'rsatish...
Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Fargʻona vodiyi
  • Fargʻona vodiysi
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
😐 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
FABULA [Lotincha fabula — hikoya qilish, aytib berish; tarix; masal] Badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarning bayoni, ularning oʻzaro bogʻliq boʻlgan syujet tizimi. Masxarabozlarning hikoyalari, bir tomondan, qiziqarli fabulasi.. bilan, ikkinchi tomondan, ijro etilishi bilan kishilarni oʻziga tortgan. (M. Qodirov, Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi) #izoh / #lotincha / #adabiyot Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
To‘g‘risini toping.Anonymous voting
  • Raqobatbardoshlik
  • Raqobatbardoshlilik
  • Ikkala javob to‘g‘ri
0 votes
3