Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Ko'proq ko'rsatish1 451
Obunachilar
+324 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
+1330 kunlar
Postlar arxiv
#Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt
📞“Men DXX xodimiman...” degan qo‘ng‘iroqlarga ishonmang!
Firibgarlar o‘zlarini davlat idoralari xodimi sifatida tanishtirib, bank kartangiz ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin.
⚠️Yodda tuting: 🔹SMS-kod, karta raqami va CVV-kodni hech kimga aytmang. 🔹Shubhali qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang. 🔹Ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.🛡 Ogohlik — mablag‘laringiz xavfsizligining eng ishonchli kafolati! 🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
TABIAT — KELAJAK AVLODGA QOLADIGAN BEBAHO MEROS. UNI ASRASH ESA HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ YouTube
✅ Instagram ✅ Efirni ko'rish
✅ Web-site ✅ Facebook
#reyd #рейд
🍀Surxondaryoda brakonyerlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani IIB tomonidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/199251
🍀В Сурхандарьинской области возбуждено уголовное дело по факту браконьерства
Сотрудниками ОВД Шерабадского района Сурхандарьинской области возбуждено уголовное дело в отношении трех лиц.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/199251
🍀Criminal Case Opened Over Poaching in Surkhandarya Region
A criminal case has been initiated by the Sherabad District Department of Internal Affairs of the Surkhandarya Region against three individuals on charges related to poaching.
https://gov.uz/en/eco/news/view/199251
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+9
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bayram munosabati bilan boshqarma binosi va hududi bezatilib, ekologik aksiyalar, obodonlashtirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, bosh boshqarma ma’muriy binosi hamda hududlari bayramona ruhda bezatilib, davlat ramzlari va joriy yilgi Mustaqillik bayrami shiori aks etgan targ‘ibot vositalari o‘rnatildi.
✅O‘zbekistonda bioxilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha yagona ECODATA platformasi ishga tushirildi
28-iyul – “Butunjahon tabiatni muhofaza qilish” kuni munosabati bilan Toshkent shahrida bioxilma-xillik va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha yangilangan elektron geoinformatsion ma’lumotlar bazasi – ECODATA platformasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/198655
✅В Узбекистане запускается единая платформа ECODATA для управления данными о биоразнообразии
28 июля, во Всемирный день охраны природы, в Ташкенте состоялся официальный запуск обновленной Электронной геоинформационной базы данных биоразнообразия и охраняемых природных территорий – ECODATA.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/198655
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
"Surxon" davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlar yurtimizning noyob yovvoyi hayvonlaridan biri — Buxoro tog‘ qo‘yini tabiiy yashash muhitida tasvirga oldi.
Ma’lumot uchun: Buxoro tog‘ qo‘yi yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan, muhofazaga muhtoj noyob tur hisoblanadi. U O‘zbekistonning Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor va Bobotog‘ tog‘ tizmalarida, asosan dengiz sathidan 800–2500 metr balandlikdagi tog‘ dashtlari hamda siyrak archazorlarda uchraydi.
U juft tuyoqlilar turkumiga mansub bo‘lib, tashqi ko‘rinishi jihatidan echkilarga o‘xshasa-da, soqolsizligi, erkaklarida hid bezining bo‘lmasligi va uch qirrali burama shoxlari bilan ajralib turadi. 2000-yillarga kelib ushbu turning soni keskin kamaygan. Shu sababli Buxoro tog‘ qo‘yi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 1-toifa (CR) maqomi bilan kiritilgan. Shuningdek, u IUCN Qizil ro‘yxatida VU (zaif) maqomiga ega hamda CITESning II ilovasiga kiritilgan.
Fotoqopqonlarda qayd etilgan har bir tasvir noyob yovvoyi hayvonlarning holatini kuzatish, ularni ilmiy o‘rganish va samarali muhofaza qilish ishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
+3
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qurilish ishlari sababli archa daraxtlari kesilishi mumkinligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi.
Mazkur hududdagi daraxtlarni kesish bo'yicha Boysun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnoma olish uchun murojaat qilingan.Boysun tuman Ekopolitsiya bo'limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari o'tkazilib, 9 tup Virgin archasi daraxti qurilish hududida joylashgani, ularning asosiy tanasi shikastlanmasdan faqat qurilish ishlariga xalaqit berayotgan shoxlarini sanitariya tartibida butalash orqali muammoni bartaraf etish mumkinligi aniqlandi. Shu munosabat bilan daraxtlarni kesishga ruxsat berilmagan.
Shuningdek, daraxtlarning saqlanishi ustidan davlat ekologik nazorati o'rnatilgan bo'lib, ularni qonunga xilof ravishda kesish yoki shikastlantirish holatlari aniqlansa, aybdor shaxslarga nisbatan choralar ko'rilishi ta'minlanadi.
✅Ekologik baholash tizimiga zamonaviy xalqaro mexanizmlar joriy etiladi
Bugungi globallashuv jarayonlarida mamlakatimizda ekologik ekspertiza sohasini takomillashtirish maqsadida 2025-yilda amaldagi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2026-yil 11-mayda esa mazkur qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 234-son qarori qabul qilindi.
https://gov.uz/oz/ecoekspertiza/news/view/196863
✅В систему экологической оценки будут внедрены современные международные механизмы
В условиях современных процессов глобализации в целях совершенствования сферы экологической экспертизы в Узбекистане в 2025 году Закон «Об экологической экспертизе» был принят в новой редакции. В развитие его положений 11 мая 2026 года принято постановление Кабинета Министров № 234 «О мерах по внедрению новых механизмов оценки воздействия на окружающую среду».
https://gov.uz/ru/ecoekspertiza/news/view/196863
🌍Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📺Youtube
📱Instagram
Repost from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
#MillatOtasi #LeaderOfUzbekistan
Muhtaram Prezident,
Sizni tavallud ayyomingiz bilan barcha ekologlar nomidan samimiy tabriklaymiz!
Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ulkan xizmatlaringiz yurtimiz tarixida yangi sahifa ochmoqda. Ayniqsa, atrof-muhitni asrash, “yashil” taraqqiyot tamoyillarini hayotga tatbiq etish borasidagi tashabbuslaringiz nafaqat xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.
Sizning qat’iy siyosiy irodangiz va uzoqni ko‘zlagan islohotlaringiz natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni yuksalib, global ekologik kun tartibini ilgari surishda faol va mas’uliyatli davlat sifatida tanilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda ekologiya va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanib, davlat boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirildi.
“Hub and Spoke” tamoyili asosida “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)” tashkil etildi. Universitet huzurida har bir hududda 14 ta “Yashil" texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu texnikumlar qoshida 1798 gektar maydonda dendrologiya va botanika bog‘lari barpo etilmoqda.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023–2026-yillarda 793 million tupdan ortiq ko‘chat ekildi. 367 ta “yashil" bog‘ va “yashil" jamoat parklari, Toshkent shahrida “Astronomiya parki” barpo qilindi. 108 gektar maydonda “Milliy dendrologiya bog‘i” tashkil etilmoqda. 728 ming gektar maydonda o‘rmonlar, Orol dengizi qurigan tubi va Orolbo‘yida 645 ming gektar yashil qoplamalar yaratildi. Natijada respublikada ko‘kalamzorlashtirish darajasi 14,2 foiz, o‘rmon bilan qoplangan maydonlar esa 4,5 million gektarga yetdi.
Qolaversa, 10 ta muhofaza etiladigan tabiiy hudud maydoni kengaytirilib, 3 ta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etildi va alohida METH hududi mamlakat hududining 15,7 foiziga (7 mln gektar) yetkazildi. Bundan tashqari, respublikadagi 522 ta sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatildi va modernizatsiya qilindi. 19 yirik korxonada avtomatik ravishda namunalar olish tizimi, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi hamda eko-stiker tizimi joriy qilindi.
Toshkent va boshqa yirik shaharlarda 28 ta avtomatik havo monitoringi stansiyasi o‘rnatilib, ma’lumotlarni jamoatchilik uchun onlayn e’lon qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Chiqindi xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar 503 ta maxsus texnika va 522 ta konteyner bilan ta’minlanib, xizmat ko‘rsatish qamrovi mahallalar kesimida 90 foizga yetkazildi. 6 hududda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda Samarqandda BMTning ekologiya sohasidagi qator konvensiyalari Tomonlar konferensiyalari, jumladan, MDH va Markaziy Osiyoda ilk bor Global ekologik jamg‘arma Assambleyasi o‘tkazilib, Samarqand ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Bugungi kunda Samarqand Markaziy Osiyoning “Yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti”ga aylantirilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda “Green University” qoshida Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda.
Bu natijalar O‘zbekistonning nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda ekologik vaziyatni yaxshilash borasida tashabbuskor va ishonchli hamkor sifatidagi nufuzini yanada mustahkamladi.
Muhtaram Prezident, Siz belgilab bergan vazifalar bizdan islohotlarni yanada izchil va jadal davom ettirishni talab qiladi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi jamoasi barcha vazifalarni sidqidildan bajarishga bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ehtirom ila,
Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi jamoasi
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+3
Mahallalarda ekologik targ‘ibot ishlari olib borildi
Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tamoyillarga rioya etish hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarga hududlarni ozoda saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish, yashil hududlarni asrash hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, aholiga atrof-muhitni asrash har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlanib, ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
O‘RMON XO‘JALIGI HUDUDIDA ME'YORIDAN ORTIQ CHORVA MOLLARINI BOQISH OQIBATIDA 290 MILLION SO‘MLIK ZARAR YETKAZILDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ YouTube
✅ Instagram ✅ Efirni ko'rish
✅ Web-site ✅ Facebook
Joriy yilning 23-iyul kuni Termiz shahridagi San’at saroyi binosida Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulni Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Urunov olib bordi.
Shuningdek, Termiz shahriga oid murojaatlar Termiz shahar Ekopolitsiyasi bo‘limi boshlig‘i Sunnat Qurbonov tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Shundan 6 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilgani sababli nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi, 3 ta murojaat esa mas’ullar ishtirokida joyida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
