Kuch-ilmda!
Kanalga Telegram’da o‘tish
Asosan maqolalar tahlili. Tg2: @bekzodazamatovich @kuchilmda_files Bog'lanish uchun http://Instagram.com/muhammadali__fazliddinov
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
354
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
Ma'lumot yo'q30 kun
Postlar arxiv
354
Kompozit va adgeziv sistemani noto'g'ri qo'llash nur yordamida qotirganda dentin va kompozit orasida bo'shliq hosil bo'ladi va bu bo'shliqni dentin suyuqligi to'ldiradi keyin bemor tishlaganda shuni hisobiga og'riq paydo bo'ladi.
Keyin bu og'riq yo'qoladi. Sababi kompozit va dentin orasidagi bo'shliq hajmi ortib og'iz bo'shlig'i bilan tutashadi, yig'ilgan dentin suyuqligi shu yoriq orqali chiqib ketib og'riq keltirib chiqarmaydi.
Keyinchalik shu hosil bo'lgan yoriqdan og'iz bo'shlig'i orqali infeksiya tushib ikkilamchi kariesni keltirib chiqaradi.
@kuchilmda
354
Endi navbat lampaga.
Eski model lampalarda(1-2-avlod) faqatgina to'lqin uzunligi yuqoriroq ko'k rang bo'lgan,hozirgi zamonaviy lampalarda ko'k rangdan tashqari siyohrang ham bor.
Faqat siyohrang kompozitning butun yuzasiga bir xilda taqsimlanmaydi shuning uchun har 5 sekundda lampa holatini biroz o'zgartirib siyohrang nur butun yuzaga bir xilda tushishini taminlash kerak. Bu esa siyohrang nurda aktivlashadigan fotoinitsiatorlarga to'liq nur yetib kelishini ta'minlaydi.
Xulosa: ishlatayotgan instrumentlar va materiallar xususiyatlarini bilish ish effektivligini oshiradi.
Manba QDT 2020.
Rasmda Curing pen,Eighteeth soft start(ramp) rejimida 5 sekundgacha faqat ko'k,so'ng siyohrang nuri chiqishi va siyohrang nur butun yuzaga bir xilday tushmasligi ko'rsatilgan.
@kuchilmda
354
Fotopolimerizatsiya.
Ham siyoh ham ko'k nur chiqaruvchi lampalarda ishlaganda lampa uchini har 5 sekundlik siklda biroz rotatsiya qilib turish kerak.
Bu kompozitlar tarkibi va lampa turiga bog'liq.
Kompozitda polimerizatsiya reaksiyasini boshlash uchun fotoinitsiator ishlatiladi. Ulardan eng ko'p ishlatiladigan camphorquinone (CQ) (kamfora).
Ammo kamforaning eng katta kamchiligi bu uning plombaga yorqin sariq ton berishidir.
Shu kamchiligidan qochish uchun ishlab chiqaruvchilar kompozitlarda kamforaning miqdorini kamaytirib kompozit rangiga kamroq ta'sir qiluvchi fotoinitsiatorlar qo'shishgan(mas. Lucirin TPO)
Faqat bu fotoinitsiatorlar odatiy ko'k nurda aktivlashmaydi. Ularning aktivlashishi uchun qisqaroq to'lqin uzunligidagi nur kerak va bu siyohrang nur.
@kuchilmda
354
#savol
Nega Optibond FL instruksiyasida Primerni emalga ham surish kerakligi yozilgan?
Uni emaldagi vazifasi qanday?
@kuchilmda
354
#savol
Protsedura davomida yoki travma natijasida pulpa ochilib qolganda ochilgan joyni yopish protokoli qanday bo'ladi ? (Tish qonamadi yoki qonash tez to'xtadi) @kuchilmda
354
Anesteziya qilgandan keyin bemorning o'tirgan yoki yotgan holati anestetik ta'siri tezligi va muvaffaqqiyatini o'zgartirmaydi.
https://www.instagram.com/p/CseSRrxRdn5/?igshid=MmJiY2I4NDBkZg==
@kuchilmda
354
Bir bosqichli self etch adgeziv sistemalar(mas. 7-avlod tokuyama bond force II)da dentin va emalni qo'shimcha protravkalash adgeziya kuchini oshiradimi?
@kuchilmda
354
Caries detector bilan qanday ishlash kerakligi haqida lebedeva.doc yaxshi tushuntirgan.
@kuchilmda
354
Agar onlay uchun tayyorlangan kovak shunday shaklda bo'lsa keramika marginal tomoni yupqa bo'lib qoladi va sinish ehtimolligi oshadi.
Shuning uchun kovak dizaynini shakllantirayotganda marginal qirralar burchak graduslarini(yokida konuslik) ham diqqatga olib qo'yish kerak.
Manba: IG dr.ashlifts
@kuchilmda
354
Odatda nakladkalar uchun kovakni tayyorlayotganda fissura va odontomerlar cho'qqilari qalinligiga e'tibor beriladi.
@kuchilmda
354
Odatda nakladkalar uchun kovakni tayyorlayotganda fissura va odontomerlar eng qalin qismiga e'tibor beriladi.
@kuchilmda
354
Biomimetik stomatologlarning asbob-materiallari orasidagi birinchi bo'lishi kerak bo'lgan narsa nima?
Va nega aynan karies detektor bo'yoq?
@kuchilmda
354
Xulosa
Ushbu tadqiqot doirasida shunday xulosa qilamiz, konditsionerlash vaqti tish qattiq to'qimalarining sirt xususiyatlariga ta'sir qiladi.
Dag'allik va qattiqlik kabi emal sirtining xususiyatlar bir necha soniya ichida sezilarli darajada o'zgarishi mumkin, shuning uchun emalda kislota ishlatishni 30 soniyadan oshirmaslik zarur.
Xuddi shunday, kislotaning dentin to'qima yuzasiga ta'siri 15-30 sekund dan oshmasligi zarur.
Tavsiya etilgan vaqtdan oshirish sirt qattiqligi va dag'alligini kamytirishi mumkin, shu sababli adgeziv bog'lovchi materiallarni kuchini tushiradi.
@kuchilmda
354
Natijalar
Barcha tadqiqot guruhlari dag'alligi qattiqlik va elastiklik modulini hisoblash uchun tahlil qilindi.Turli guruhlardagi emal yuzalari uchun sirt dag'alligi 2D holda ko'rsatilgan.
Emal, dentin va dentinoemal chegarasini sirt dag'alligi vaqti solishtirildi.
Sirtning dag'alligi sekin-asta vaqt ortishi bilan o'zgardi.
30 sekundgacha bo'lgan 1-2-3-guruhlar uchun sezilarli farq yo'q edi (p-0,05) 4, 5, 6 guruhlar dag'alligi 1-guruhga qaraganda ancha yuqori edi. Ayniqsa 6-guruh dag'alligi(120sekund) boshqa hamma guruhlardan sezilarli darajada yuqori edi. 1-guruh uchun emal yuzasining nanoqattiqligi o'rtacha 4,21+0,47 GPa ni tashkil etgan, 15 sekund qattiqlikni sezilarli darajada kamaytirdi.
Ammo boshqa guruhlar uchun 5-6-guruhlar uchun mos ravishda 1,23+0,11 GPa va 1,15+0,13 GPa bilan sezilari darajada pasaydi.
Xuddi shunday tendensiya ichki emal to'qimalarida qattiqlikda va 6 guruh uchun 0.89-0,9 GPa bo'lishi kuzatildi.
Dentin va dentinoemal chegarasi uchun o'rtacha qattiqlik sezilarli darajada farq qilmadi va har qanday guruh uchun 16 va 30 GPA orasida qoladi.
Dentin uchun elastiklik modulida sezilarli pasayish bo'lmadi, ammo sirt emalida elastiklik modullarini 60 sekundagacha kamayishi kuzatildi. 90 va 120 sekund uchun elastik modullar sezilarli darajada pasaydi. Konditsionerlash vaqtiga ko'ra sirt xususiyatlarining o'zgarishi tish to'qimalarining kimyoviy va strukruraviy o'zgarishlari bilan bog‘liq masalan minerallar tarkibi, ko'pligi, kollagen tolalar, va eng yaxshi klinik natijaga erishish uchun kislota bilan ishlov berish texnikasidan foydalanganligi e'tiborga olinishi kerak.
@kuchilmda
