cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MINENERGY.UZ

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali - Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: [email protected]

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
13 881
Obunachilar
-124 soatlar
+157 kunlar
-2730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#А_знаете_ли_вы Экономия электрической энергии - А знаете ли вы, что телевизор, аудио система, магнитофон, в режиме ожидания, потребляет в среднем 10 ватт в час и за месяц в среднем 7,3 кВт⋅час. Их необходимо полностью отключать из сети. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi Elektr energiyasini tejash - Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga o‘rtacha 10 vatt va oyiga o‘rtacha 7,3 kVt⋅soat elektr energiyasini sarflaydi. Ularni tarmoqdan to‘liq uzib qo‘yish lozim. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’lim Xitoyning GEIDCO tashkiloti rahbariyati Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialida bo‘ldi Joriy yilning 22 – 25-iyun kunlari Global Energiya aloqalarini rivojlantirish va hamkorlik tashkiloti (GEIDCO, Xitoy) Bosh kotibi Vu Xuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ekologik toza energiya masalalari va energiyani o‘zaro bog‘lash strategiyalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonda bo‘ldi. Ushbu tashrif doirasida 23-iyun kuni GEIDCO va “MEI” Milliy tadqiqot universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda energetika sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada Filial faoliyati va yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda, xususan, elektr energetikasi tarmog‘ini tirivojlantirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, GEIDCO tomonidan global elektr energetika sektorini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dunyodagi birinchi raqamli platforma – “World of Energy platformasi Interconnection” (WEI) taqdimot qilindi. Delegatsiya aʼzolari Filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar elektr energetika, fan va ta’lim sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq va Ohangaron shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar N.R., A.T. va boshqalar “Umid” hamda ”O‘nqo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonlarda 19 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 105,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy. Batafsil - yuqoridagi infografikada. Hurmatli fuqarolar! Agarda siz, yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, Energetika vazirligining quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz: Ishonch telefoni: +998712311064, Telegram-bot: @anticorenergetikauz_bot, Elektron pochta: [email protected] 📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#nazorat Andijon viloyatida 3 ta iste’molchi 1 mlrd 710 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Andijon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Z.B.X.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu kabi holat Asaka tumanida joylashgan “Z.P.” MChJga tegishli bolalar bog‘chasining elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 502,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi. Shuningdek, Andijon shahrida joylashgan “Bolalar bog‘i”ning elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, jami 462,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Hududlarda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F-R.” MCHJ rahbari X.R. “Ma’naviyat” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 647,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Sh.” fermer xo‘jaligi rahbari K.Y. 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 118,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
02:59
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24: Samarqand viloyatidagi “Xishrav” gidroelektr stansiyasi modernizatsiya qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ushbu GESga germaniyalik jurnalistlar ishtirokida press-tur tashkil qilingan edi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
19.mp441.90 MB
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#elektr_energiyasini_tejash Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Bu muzlatkichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foiz oshiradi. Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling. ————— #экономия_электрической_энергии Не устанавливайте холодильник рядом с газовой плитой или радиатором отопления. Это увеличивает расход электрической энергии, потребляемой холодильником, на 20-30 %. Покупайте электробытовую технику и электронные приборы с низким электропотреблением и высокой энергоэффективностью класса «А», «А +», «А ++» или «А +++». Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
MASTER_02 (video-converter.com).mp417.79 MB
#nazorat Toshkent shahrida 1 mlrd 352 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “A.B.” MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Xususan, ushbu MCHJ tasarrufidagi elektr qurilmalarni elektr hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, majmua hududidagi avtoturargohda hujjatlarsiz elektromobillarni zaryadlash qurilmasi o‘rnatish holati ham aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 1 mlrd 352 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.