cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ESDALIK.UZ

ESDALIK.UZ - Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi... 📪 @Guli21_22 yoki @Esdalikuzbot ✉️ [email protected] ‼️ Ushbu kanal ESDALIK.UZ veb-saytining rasmiy kanali hisoblanadi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
521
Obunachilar
-124 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-1330 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
* * * Севгимиз ўлдими? - либосингиз кўк, Кўнглингиз - бегулхан, кўзингиз - бечўғ. Биздан бориш йўқдир, сиздан - келиш йўқ, Келишсиз дунёда беғам, азизим, Нега кўзларингиз бенам, азизим. Ўт етди - қақшатди банд-бандларимни, Тупроқда сочдингиз баландларимни, Ақлимни, дилимни - бебахтларимни - Боришсиз дунёга отган, азизим, Олисда ой каби ботган, азизим. Чунки тунга айтар рост "оҳ"ингиз йўқ, Фалакда кезгани шаън роҳингиз йўқ, Нечун келмайсиз, гар гуноҳингиз йўқ - Боқаман: нигоҳим - гумон, азизим, Йўлларинг тумандир, туман, азизим. Қаранг, минг бир баргда кузак учадир, Қизил-сариғида - юрак учадир, Сўнгаклар учадир, суяк учадир - Бу тўфон - хазонлиғ менман, азизим, Сизсиз минг кузакка тенгман, азизим. Аммо сиз сарғайманг - гулли боғ бўлинг, Ям-яшил кўкаринг, мудом соғ бўлинг, Баҳорнинг бағрида беадоғ бўлинг - Ахир, қарғаганим сизмас, азизим, Икки куз дунёга сиғмас, азизим... Усмон Азим
1055Loading...
02
SO‘NGGI UCHRASHUV Avval hayron qolding, quvonding, kulding, Jim qotding. Ko‘zingga yosh olding birdan. So‘ng begonaday menga termulding, Yig‘i nuqsi urgan nigohing bilan. Xavotir ichinda deding: «Men ketdim...» To‘xtading. Xo‘rsinding. Jo‘nading shitob. Kuzgi chorbog‘ aro yo‘qolding, yitding, Atlas liboslarga belangan sarob. Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim. Jim qotdim. Go‘dakday yig‘ladim birdan. So‘ngra begonaday ko‘kka termuldim- Men hanuz falakka begonadayman... Usmon Azim @wwwesdalikuz
1334Loading...
03
Yoʻq, Endi koʻnglingdan chiqarolmaysan, Umringda quyoshday porlayveraman. Ming yillar qa’riga ketganingda ham, Men seni samoday chorlayveraman. Ismingni tonglarga yozaman mahtal, Gʻunchalar bargida uxlayveraman. Yoʻq, baxting meningsiz boʻlolmas tugal, Men seni har lahza yoʻqlayveraman. Otashman, Dengizman, Samoman, Nurman, Jism-u jahoningni oʻrayveraman, Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon — Men seni Xudodan soʻrayveraman. Men – soʻnggi tomchiman, Yagona najot. Faqat sen ichgin deb qistayveraman. Qoʻllarimda qoldi Eng soʻnggi hayot, Oʻlsam ham ishqingni istayveraman! Zebo Mirzo @wwwesdalikuz
24510Loading...
04
Sen umrimdagi eng go‘zal Kitobim bo‘lding... Anglash og‘ir bo‘lsayam, Tushinish azob bo‘lsayam, Ruhim huzurlanib, aqlim qaqshab, o‘qiyverdim men... Men Sening umringni eng chirkin, eng g‘amgin sahifasi bo‘loldim xolos... Yoqib yuboramiz, kel... ✍Guljamol Asqarova @wwwesdalikuz
1831Loading...
05
*** Айтсам ишонмайсан - борман ҳали ҳам, Елкамга юкланган тўрт фасл, тўрт қиш. Ўзи бўладими, қирқ йил наридан - Энг оғир юракни кўтариб келиш. Чарчадим. Оғриқлар кўксимга ботди, Бу ҳолда дунёдан ўтаман қандай? Юрагим тўхтади бир зум - Ҳаётнинг Қўрқинчли жойига етиб келгандай. Хосият  РУСТАМОВА
2675Loading...
06
АДАШГАН МЕҲР (.......га) Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Илтимос меҳримни қайтариб беринг. Сизнинг илтифотсиз истеҳзонгиздан, Мана юрак-бағрим не бўлди кўринг. Эҳтимол хонимсиз, балки бегойим, Менга деса Ҳаво бўлмайсизми, бас. Менинг ҳам бу кўнглим хаста ва лекин, Сиз тепиб ўтгувчи остона эмас. Эҳтимол қонингиз шоҳлар қонидан. Эҳтимол дунёни тутган шонингиз. Менга чикорадир Сиз сиғинган тахт, Мени қизиқтирмас хонумонингиз. Мен назмлашганда Нодира билан, Сўз сўраб Худога ёлворганим дам. Сиз парқу болишда ухлаб ётасиз, Эй бир тун ҳам уйқудан қолмаган одам! Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Тавба, мен гуллашни кутибман куздан. Бир бора озорлар берганим учун, Минг бора узрлар сўрайман Сиздан.. Кечиринг... адашиб меҳр қўйибман... 2006 й Guljamol Asqarova @wwwesdalikuz
2493Loading...
07
Allaqachon to’zib ketardim, balki, Va yo g’amlar meni etardi ado. Kimningdir ko’nglini olgandirmanki, Yuragimni asrab kelyapti Xudo. O’zi yaqin oldi meni O’ziga, Kunda Quyosh bo’lib yo’qlab turibdi. Men aytgan toza bir So’z evaziga Qilday hayotimni saqlab turibdi. Nimaga ko’zimda yulduz kam – Ishq kam, Men noshud umrimni kimlarga berdim? Ko’ksim nurga to’lib bitta gul eksam, Orqasidan o’nta nihol sindirdim… Baribir, ko’nglimga kelaverdi U, Kechirilib ketdi har qanday xato. Axir, men sevishni o’rganyapman-ku. Sevgini sevganni sevadi Xudo… Behzod Fazliddin 🆔----> @dengizgaketamiz
2047Loading...
08
#ko'ngilga_yaqin 🍀«Тонги шабнамдек бўлинг, ёмғирмисиз, сувмисиз, кўзёшмисиз - билолмасинлар...» Шуҳрат Ориф @wwwesdalikuz
2243Loading...
09
Гўдакдек мўлтираб ўтяпман, Соғинчим ўзимдан-да дайди. Нафас олмай яшамоқ мумкин, Соғинмасдан яшаб бўлмайди! Кимдир ёрни қучиб шодумон, Кимдир зарга кўмилиб бахтли. Биз бечора ошиқлар учун Яхшиям бор соғиниш бахти! Саломатлик - чиройли гаплар, Соғинсангиз яшаб қоласиз! Бор бўлгин-а бўғзимдаги сир, Бор бўлгин-а, эй куйдирги қиз... Ҳаёт хоҳлаганча тўзғитар - Буғдойи юлинган сомонман. Изсиз кетолмайман, кимлардир Соғингани учун омонман... Мен - дунёнинг соқов куёви (Неки бўлса бўғзимда қолди). Қисмат, ҳаммасига розиман, Соғинишни ўзимга қолдир... Шуҳрат Ориф 🆔----> @dengizgaketamiz
2884Loading...
10
Begzod va Zulhumor – Soʻnggi qoʻngʻiroq 🎊 Bugun 25-may barcha maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq kuni. Kimlar uchundir bu qoʻngʻiroq oxirgi marta chalinyapti. Kimlar uchundir ancha oldin chalingan 😢😢😢 @Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!
2602Loading...
11
Nazm kechasiga marhamat! 😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi. • Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI • Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV 📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring: https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26 BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI! Telegram | Instagram | YouTube
2891Loading...
12
Kitob oʻqiydigan kishi vafotiga qadar minglab hayotda yashaydi. Hech narsa oʻqimaydigan kishi esa faqat bitta hayotda yashaydi. Jorj R.R. Martin
2947Loading...
13
Sen unchalar badbaxt emassan, Tanimaysan, Baxtingni xalos! Farida Afro'z
82915Loading...
14
Agar sevsang edi meni mendayin, Borimni yuz bora fido etardim. Kechib ketar kuning boʻlsa ham tayin, Umrbod bir senga vafo etardim! Yursang yoʻllaringa jonim toʻshardim, Qoninga qaynatib qonim qoʻshardim. Bir bora ishqingda adoman desang, Ishonsang men yana ming yil yashardim. Sovuq, ayozlardan boʻlardim panoh, Oʻzimga olardim dard kelsa nogoh, Borki balolarga koʻksimni tutib, Oʻlib, shu balodan etardim ogoh. Qani sevsang edi meni menchalik, Choʻqqilar poyimga choʻkardilar tiz. Soʻng esa ket desang, boshimni olib, Bu yorugʻ dunyodan ketardim izsiz! Sevsang, suysang edi meni menchalik, Choʻgʻ berib, ol desang, olib yutardim. Yoki shoir boʻlib kunni kun demay, Tunni tun demasdan sheʼrlar bitardim! Agar tikan kirsa tovonlaringa, Zumda kipriklarim bilan terardim. Tirik qolmoq uchun bir imkon boʻlsa, Men oʻsha imkonni senga berardim! Oʻtsang izlaringni koʻzimga surib, Kelsang mehr toʻla koʻnglim tutardim. Oʻlim haq, joningga haridor kelsa, Men seni qoldirib, oʻzim ketardim!
30713Loading...
15
Zamona zoʻrniki dedilar menga, Tomosha koʻrniki dedilar menga. Shoirlik-chi, muhabbat-chi, deya soʻrasam, Manglayi shoʻrniki dedilar menga. ©Shukur Qurbon. @asqaraliyeva
3706Loading...
16
*** Ҳеч нарса бўлмаган, ҳа, ўртамизда... Севги деб аталган туйғулар ёлғон! Агарда муҳаббат бор бўлганида, айрилгач яшашда этмасдик давом... Алвидо демасдик, ҳатто хайр ҳам, бу сўзни айтишга бўлмасдик қодир. Агарда севгимиз рост бўлганида, сен келин бўлмасдинг, мен эса шоир... Ҳеч нарса йўқ эди, сукутдан ўзга, ва яна нимадир, рости билмайман. Ишқ юки оғирлик қиларкан бизга, энди ошиқликни даъво қилмайман... Орифжон Комил @Gulijon_ijod
3008Loading...
17
* * * Менинг осмонимга гулчамбар тақди, Видога созланган қушлар овози. Маконсиз лўлидек о, кўчар вақти Дарахтлар кафтига сурар хиносин. Ҳорғин йўлакларни ювиб ўтди сел, Куз - сира титроғи босилмаган ғам. Либосим аланга, Тийнатим ёмғир Сени ёндирмадим... Гуллатмадим ҳам. Менинг осмонимда чақинлар сузди, Тўфонни симирган тўлқинлар - йўлбарс. Қайсидир онтига қасамин бузди Мазлум қушларини учирди қафас. Маконсиз дарахтлар кетдилар қулаб, Либосим аланга... Тийнатим туйғу. Видога шайланган фасл оралаб Кимнидир, кимнидир излаб кетди у. Madina Norchayeva @wwwesdalikuz
3333Loading...
18
* * * Yaxshiyam, dunyoda daraxt bor, Suyansang, bag’ridan itarmas. Chin dildan o’kinib yig’lasang, Demaydi: “Bo’ldi qil, yetar, bas!” Yaxshiyam,dunyoda maysa bor, Yuz bossang, sanchmaydi nishini. Har kuni yo’lingni poylaydi, Qilmasang ham biror ishini. Dunyoda odam ko’p, ko’p, ammo… Yaxshiyam daraxt bor, maysa bor, Yaxshiyam… Baxtiniso Mahmudova @wwwesdalikuz
41911Loading...
19
#Sevimli * * * Ikkimiz aylanib bir tomon boʻlsak, Sen dilgir dildoru men yomon boʻlsam, Boshi tugun zamon bir tomon boʻlsa, Daqiqa soʻrayman yorijon boʻlsang. Ikkimiz aylana bir tomon boʻlsak. Yoʻqsil tongotarda ol karvon oʻtsa, Ul karvon qushlari taxtravon tutsa, Ilashsak bu baxtga, ilkis mung tutsa, Opichlab olgali goʻzal tun oʻtsa, Yoʻqsil tongotarda ol karvon oʻtsa. To Mashhar bazmiga yetgunga qadar, Men shotut barglarin aylagum daftar. Har yozgan she’rimni oh, gulisafsar, Senga oʻqib bersa biyrona, agar To mashhar bazmiga yetgunga qadar. Ne imkon, bir tomon yuz tomon boʻldi, Orziqib-orziqib koʻz tamom boʻldi, Ayroliq gadodin shohjahon boʻldi, Puturlar gʻaznamga gʻaznabon boʻldi, Ne imkon, bir tomon yuz tomon boʻldi. Parishon-parishon qadam tashlarman, Buzilib-buzilib alam boshlarman, Uzilib-uzilib sitam boshlarman, Shu ikki qoʻlimni toshtarosh etdim, Bus-butun umrimni men adosh etdim. Parishon-parishon qadam tashlarman. Abduvali Qutbiddin @UZASUZ
4136Loading...
20
Sen — qafas, ichingga qamalgan dunyo, Men — qushman ichingda senga ichikkan. Qanotim ostida kalit bor, ammo Chiqib ketolmayman eshikdan. Men — bandi. Hech qachon hech kim tutmagan! Haydama… Yaxshisi, boshimga dor tik. Tashqarida sen yo‘q — tashqari tuman, Meni o‘ldiradi bunday ozodlik. ©Bashorat Otajonova @MARJONAXON_kundaligi
3372Loading...
21
#nazm Sevgi Ko‘kka sig‘di, Yerga sig‘di, Bir uyga sig‘di, Bir satr, Bir chizgi, Bir kuyga sig‘di, Bir qatra, Bir qadah, Ko‘zaga sig‘di, Jussaga, G‘ussaga, Bo‘saga sig‘di, Bir lahzaga sig‘di, Ming yilga sig‘di, Ko‘zga sig‘di, Ko‘ngilga sig‘di, Bir inja kiprikda qalqib turdi u, Shunda ham esini yig‘madi: Aqlga sig‘madi, Aqlga sig‘madi. © Mansur Jumayev @boqiy_darbadarr
3317Loading...
22
DUNYO Dunyoni maqtama menga, azizam, Ishonib bo‘lmaydi soxta afsunga. Agar u zarracha bo‘lsa sharafli, Yig‘lab tug‘ilmasdik kirarkan unga. Dunyoni pokiza atama, yolg‘on, Har oni kechajak xavfu xatarda. Agar u zarracha bo‘lsa pokdomon, Bizni yuvishmasdi undan ketarda. ©Xayrullo Hamidov @wwwesdalikuz
3235Loading...
23
*** Сиз ёмғирни яхши кўрасиз, Тинглайсиз томчилар навосин, Аммо нечун билмайсиз ҳануз Юрагимнинг обу-ҳавосин?! Сиз ёмғирни яхши кўрасиз, Мен Бетховен эмасман афсус, Кўзингизда ноталар сузар, Сўз оқади томиримда, Сўз! Биламанки, ёмғирдек келиб, Бир инжа, бир форам, бир нафис, Юзимда, лабимда, сирғалиб, Куй чалмайди Бармоқларингиз!.. Биламанки, барчаси беҳуд, Беҳудадир ҳисларим шавқи, Ўртамизда тафовут мавжуд, Тафовутки сукут ва шовқин… Кечикканман, бўлар иш бўлган, Сизда шодлик, менда эса дард. Кўнглингизни мавҳ этиб олган Мендан аввал алдоқчи Моцарт!.. Англашимча, барчаси тамом, Кўнглингиз бошқага эримас, Сиз ёмғирни яхши кўрасиз, Моцартни, Нотани, …менимас! Шаҳриёр ШАВКАТ @She_rIshqi
3428Loading...
24
Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg'irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar, Eng mayda g'amlar ham qiynasin sizni. Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin, Faqat stol suhbat qursin siz bilan. Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin, O't bilan yashamang, yashang muz bilan. Omadli yo'llarning izini tashlang, Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib. Meni sog'inguncha siz shunday yashang, Men shunday yashadim sizni sog'inib... Usmon Azim @wwwesdalikuz
30711Loading...
25
ҲAҚИҚAТ Ўз-ўзидан ортмади дунё, Ўз-ўзига тортмади дунё, Ўз-ўзини ўртади дунё, Мен сенга келдим! Жаннатга чап бердим дамо-дам, Оғзин очиб қолди жаҳаннам, Мана тиззам, мана пешонам – Мен сенга келдим! Йўлим тўсди иблиспешалар, Зоти пастлар, беандишалар, Товонимни кесди шишалар, Мен сенга келдим! Чақин тушди, таним титради, Жисм-у руҳим тинди, мудради, Итдек улиб, мордек судралиб, Мен сенга келдим! Омадим бор, тағин боварим, Қара, сарвим, қара, лобарим, Қара, лаълим, маҳи ҳоварим, Мен сенга келдим! Кўриб-кўриб ҳижронларингни, Синовларинг – ғужғонларингни, Териб-териб мужгонларингни, Мен сенга келдим! Тўрвамда нон, ушоғи кўпроқ, Бўғзимда жон, у ёғи титроқ, Бошимда тош, қорнимда тупроқ – Мен сенга келдим! Сен менга келгил! Шаҳриёр Шавкат @rashidxujamov_ijodi 🕊
3043Loading...
26
Baxtli odam xudbin boʻladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin boʻladi: baxtlilarga gʻayirligi keladi. Oʻtkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” @sanduvoch_uz
3104Loading...
27
* * * «Ўтганларни хотирлайверсанг Хаёлингга келмайди нелар. Дунё элак... одамларни у Бир лаҳза ҳам тинмасдан элар. У тинимсиз чайқалиб турар, Чайқалиши азоб-зулмдир. Бу элакнинг устида ҳаёт, Бу элакнинг ости - ўлимдир. Бу элакнинг устини кўринг, Кўрингизлар сиз тагларини... Унларни қор каби ёғдирар, Қолдиради кепакларини...» © Матназар АБДУЛҲАКИМ https://t.me/+tL3NXBchr6lhYTQ6
3015Loading...
28
9 май – Хотира ва қадрлаш куни “Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз”, — Шавкат Мирзиёев. Telegram | YouTube |Sayt
2730Loading...
29
ИЖАРАДА Хўжайин келади: — Нима ёзяпсан? Шеър... Кулиб чиқиб кетар: — Майли, ёзавер. Хўжайиннинг хотини келар: — Нима ёзяпсан? Шеър... Кулиб чиқиб кетар: — Майли, ёзавер. Хўжайиннинг ўғли келади: — Қалай шоир, ёзяпсанми шеър, дейди. Сигаретдан бер, дейди. Кулиб чиқиб кетар. Хўжайиннинг қизи келади, Жим кириб, жим чиқиб кетади, Юрагимни сиқиб кетади... Энди чексам сигаретамдан Атиргулни иси келади. Муҳаммад Юсуф
2733Loading...
30
Энди у кўчага сира бормайман. Борсам — дарахтлари гуллар телбаҳол, Гуё сену менинг баҳорим каби. Энди у кўчага сира бормайман. Борсам — сим-сим ёғар майин ёмғирлар Кунгилчан ёмғирлар жим-жим ёғади — Гуё сену менинг ёмғирим каби. Энди у кўчага сира бормайман. Борсам — фалагида қолмас ҳаловат — Турналар аламли қичқириқларда Тушунуксиз дардларни айтиб йиғлашар, Гўё сену менинг қушларим каби. Энди у кўчага сира бормайман. Борсам — ғуссали бир деразасида Кўчага термулиб, ҳолсиз турасан — Дунёнинг энг ғамгин дарпардасидай. Энди у кўчага сира бормайман. Унда не қиламан шамол бўлмасам — Парда этагингга шамол юзимни Босиб йиғлолмасман — нима қиламан? Усмон Азим @shomuz
3056Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
* * * Севгимиз ўлдими? - либосингиз кўк, Кўнглингиз - бегулхан, кўзингиз - бечўғ. Биздан бориш йўқдир, сиздан - келиш йўқ, Келишсиз дунёда беғам, азизим, Нега кўзларингиз бенам, азизим. Ўт етди - қақшатди банд-бандларимни, Тупроқда сочдингиз баландларимни, Ақлимни, дилимни - бебахтларимни - Боришсиз дунёга отган, азизим, Олисда ой каби ботган, азизим. Чунки тунга айтар рост "оҳ"ингиз йўқ, Фалакда кезгани шаън роҳингиз йўқ, Нечун келмайсиз, гар гуноҳингиз йўқ - Боқаман: нигоҳим - гумон, азизим, Йўлларинг тумандир, туман, азизим. Қаранг, минг бир баргда кузак учадир, Қизил-сариғида - юрак учадир, Сўнгаклар учадир, суяк учадир - Бу тўфон - хазонлиғ менман, азизим, Сизсиз минг кузакка тенгман, азизим. Аммо сиз сарғайманг - гулли боғ бўлинг, Ям-яшил кўкаринг, мудом соғ бўлинг, Баҳорнинг бағрида беадоғ бўлинг - Ахир, қарғаганим сизмас, азизим, Икки куз дунёга сиғмас, азизим... Усмон Азим
Hammasini ko'rsatish...
5👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
SO‘NGGI UCHRASHUV Avval hayron qolding, quvonding, kulding, Jim qotding. Ko‘zingga yosh olding birdan. So‘ng begonaday menga termulding, Yig‘i nuqsi urgan nigohing bilan. Xavotir ichinda deding: «Men ketdim...» To‘xtading. Xo‘rsinding. Jo‘nading shitob. Kuzgi chorbog‘ aro yo‘qolding, yitding, Atlas liboslarga belangan sarob. Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim. Jim qotdim. Go‘dakday yig‘ladim birdan. So‘ngra begonaday ko‘kka termuldim- Men hanuz falakka begonadayman... Usmon Azim @wwwesdalikuz
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Yoʻq, Endi koʻnglingdan chiqarolmaysan, Umringda quyoshday porlayveraman. Ming yillar qa’riga ketganingda ham, Men seni samoday chorlayveraman. Ismingni tonglarga yozaman mahtal, Gʻunchalar bargida uxlayveraman. Yoʻq, baxting meningsiz boʻlolmas tugal, Men seni har lahza yoʻqlayveraman. Otashman, Dengizman, Samoman, Nurman, Jism-u jahoningni oʻrayveraman, Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon — Men seni Xudodan soʻrayveraman. Men – soʻnggi tomchiman, Yagona najot. Faqat sen ichgin deb qistayveraman. Qoʻllarimda qoldi Eng soʻnggi hayot, Oʻlsam ham ishqingni istayveraman! Zebo Mirzo @wwwesdalikuz
Hammasini ko'rsatish...
7👍 4❤‍🔥 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sen umrimdagi eng go‘zal Kitobim bo‘lding... Anglash og‘ir bo‘lsayam, Tushinish azob bo‘lsayam, Ruhim huzurlanib, aqlim qaqshab, o‘qiyverdim men... Men Sening umringni eng chirkin, eng g‘amgin sahifasi bo‘loldim xolos... Yoqib yuboramiz, kel... ✍Guljamol Asqarova @wwwesdalikuz
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
*** Айтсам ишонмайсан - борман ҳали ҳам, Елкамга юкланган тўрт фасл, тўрт қиш. Ўзи бўладими, қирқ йил наридан - Энг оғир юракни кўтариб келиш. Чарчадим. Оғриқлар кўксимга ботди, Бу ҳолда дунёдан ўтаман қандай? Юрагим тўхтади бир зум - Ҳаётнинг Қўрқинчли жойига етиб келгандай. Хосият  РУСТАМОВА
Hammasini ko'rsatish...
4😢 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
АДАШГАН МЕҲР (.......га) Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Илтимос меҳримни қайтариб беринг. Сизнинг илтифотсиз истеҳзонгиздан, Мана юрак-бағрим не бўлди кўринг. Эҳтимол хонимсиз, балки бегойим, Менга деса Ҳаво бўлмайсизми, бас. Менинг ҳам бу кўнглим хаста ва лекин, Сиз тепиб ўтгувчи остона эмас. Эҳтимол қонингиз шоҳлар қонидан. Эҳтимол дунёни тутган шонингиз. Менга чикорадир Сиз сиғинган тахт, Мени қизиқтирмас хонумонингиз. Мен назмлашганда Нодира билан, Сўз сўраб Худога ёлворганим дам. Сиз парқу болишда ухлаб ётасиз, Эй бир тун ҳам уйқудан қолмаган одам! Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Тавба, мен гуллашни кутибман куздан. Бир бора озорлар берганим учун, Минг бора узрлар сўрайман Сиздан.. Кечиринг... адашиб меҳр қўйибман... 2006 й Guljamol Asqarova @wwwesdalikuz
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 5🔥 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Allaqachon to’zib ketardim, balki, Va yo g’amlar meni etardi ado. Kimningdir ko’nglini olgandirmanki, Yuragimni asrab kelyapti Xudo. O’zi yaqin oldi meni O’ziga, Kunda Quyosh bo’lib yo’qlab turibdi. Men aytgan toza bir So’z evaziga Qilday hayotimni saqlab turibdi. Nimaga ko’zimda yulduz kam – Ishq kam, Men noshud umrimni kimlarga berdim? Ko’ksim nurga to’lib bitta gul eksam, Orqasidan o’nta nihol sindirdim… Baribir, ko’nglimga kelaverdi U, Kechirilib ketdi har qanday xato. Axir, men sevishni o’rganyapman-ku. Sevgini sevganni sevadi Xudo… Behzod Fazliddin 🆔----> @dengizgaketamiz
Hammasini ko'rsatish...
4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#ko'ngilga_yaqin 🍀«Тонги шабнамдек бўлинг, ёмғирмисиз, сувмисиз, кўзёшмисиз - билолмасинлар...» Шуҳрат Ориф @wwwesdalikuz
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Гўдакдек мўлтираб ўтяпман, Соғинчим ўзимдан-да дайди. Нафас олмай яшамоқ мумкин, Соғинмасдан яшаб бўлмайди! Кимдир ёрни қучиб шодумон, Кимдир зарга кўмилиб бахтли. Биз бечора ошиқлар учун Яхшиям бор соғиниш бахти! Саломатлик - чиройли гаплар, Соғинсангиз яшаб қоласиз! Бор бўлгин-а бўғзимдаги сир, Бор бўлгин-а, эй куйдирги қиз... Ҳаёт хоҳлаганча тўзғитар - Буғдойи юлинган сомонман. Изсиз кетолмайман, кимлардир Соғингани учун омонман... Мен - дунёнинг соқов куёви (Неки бўлса бўғзимда қолди). Қисмат, ҳаммасига розиман, Соғинишни ўзимга қолдир... Шуҳрат Ориф 🆔----> @dengizgaketamiz
Hammasini ko'rsatish...
4🔥 2
Begzod va Zulhumor – Soʻnggi qoʻngʻiroq 🎊 Bugun 25-may barcha maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq kuni. Kimlar uchundir bu qoʻngʻiroq oxirgi marta chalinyapti. Kimlar uchundir ancha oldin chalingan 😢😢😢 @Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!
Hammasini ko'rsatish...
songi-qongiroq-begzod-va-zulhumor_(chaqqon.net).mp33.60 MB
2