"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Ko'proq ko'rsatish889
Obunachilar
+124 soatlar
+57 kunlar
-1230 kunlar
Postlar arxiv
⚡️ Rasman: Abituriyentlar uchun kirish imtihoni to‘lovi e’lon qilindi
📌 Bu yili o‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun 187 500 so‘m to‘laydi (BHMning 0.5 baravari).
🔢 Hozirgi BHM — 375 000 so‘m.
❗️Bepul ishtirok etadigan abituriyentlar toifasi:
▫️ Shu yili maktabni bitirayotganlar
▫️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar
▫️ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari
▫️ Bolalar shaharchasi bitiruvchilari
▫️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar va ularning farzandlari
▫️ “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan yoshlar
📚 Imtihonga tayyorgarlikni erta boshlang! Omad tilaymiz! 💪
✅ Энг сўнгги ва ишончли маълумотлар учун:
@davlatxizmatchisi_uz каналига обуна бўлинг
❗️Diqqat📚 "Evrika" oʻquv markazida Prezident maktabiga matematika fanidan tayyorlov oʻquv darslari davom etmoqda. Shoshiling,taʼtildan unumli foydalanib, bilimingizni boyiting ! 💡 “Evrika” o’quv markazi - yuqori natijaga erishishingizda sizga yordam berishga doim tayyor ! Murojaat uchun : +998995259536 -ustoz Narziyeva +998935872920 -Ustoz Ortiqova
❗️"Evrika "oʻquv markazida Prezident maktabiga tayyorlov matematika fanidan oʻquv kurslari tashkil etilgan. ❗️❗️Shoshiling,taʼtildan unumli foydalanib, bilimingizni boyitib,dunyoga tanilishni istasangiz, "Evrika" sizga koʻmak beradi. Murojaat uchun raqamlar: +998995259536- Ustoz G.Narziyeva. +998935872920 -Ustoz Z.Ortiqova
#statistika
Eng yaxshi ta'lim tizimiga ega 25 ta davlat:📚
1. 🇺🇸 Amerika Qo'shma Shtatlari
2. 🇬🇧 Buyuk Britaniya
3. 🇨🇳 Xitoy
4. 🇩🇪 Germaniya
5. 🇦🇺 Avstraliya
6. 🇮🇹 Italiya
7. 🇯🇵 Yaponiya
8. 🇰🇷 Janubiy Koreya
9. 🇮🇳 Hindiston
10. 🇨🇦 Kanada
11. 🇪🇸 Ispaniya
12. 🇷🇺 Rossiya
13. 🇫🇷 Fransiya
14. 🇲🇾 Malayziya
15. 🇹🇼 Tayvan
16. 🇸🇦 Saudiya Arabistoni
17. 🇳🇱 Niderlandiya
18. 🇰🇿 Qozog'iston
19. 🇵🇱 Polsha
20. 🇦🇪 BAA
21. 🇲🇽 Meksika
22. 🇦🇷 Argentina
23. 🇨🇭 Shveytsariya
24. 🇧🇷 Braziliya
25. 🇿🇦 Janubiy Afrika
📌 Reytinglar taʼlim sifati, savodxonlik darajasi, davlat xarajatlari, jahon miqyosidagi obroʻsi va xalqaro talabalarni roʻyxatga olish darajasiga asoslanadi.
Manba: Insider Monkey 2024
Koʻproq maʼlumotlar uchun:
📊@onatili_milliysertifikat_A
#Ibrat
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eng yaxshi ko‘rgan insoningiz kim?
— Tikuvchimni yaxshi ko‘raman, - debdi donishmand.
Savol berganlar biroz esankirab qolishibdi:
— Bu qanaqasi?! Shuncha do‘stlaringiz, yaqinlaringiz bor. Bu tikuvchi sizga qanday qilib bunchalik yaqin bo‘lib qoldi?
— Chunki men har safar uning yoniga borganimda, u o‘lchovlarimni boshqatdan oladi. Boshqalar unday emas. Men xaqimda bir marta xulosa qilishadi va o‘lguncha shu fikr bilan yurishadi...
Biz bilan birga boʻling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
#iqtibos
Aql bilan til o‘rtasida aloqa bo‘lmasa juda yomon-da.
Hamma narsaga munosabat, hamma postga fikr bildiraverishning asl sababi mana shu.
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
📈 Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni so‘nggi 10 yilda 3,2 barobarga oshgan
📊 Milliy statistika qo'mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilda O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotlarini jami 211,2 ming nafar talaba bitirgan.
Bu ko‘rsatkich 2015-yilga nisbatan solishtirilganda 144,9 ming nafarga yoki 3,2 barobarga oshgan.
Yillar kesimida bitiruvchilari soni: — 2015 yil – 66,3 ming nafar; — 2016 yil – 64,1 ming nafar; — 2017 yil – 67,4 ming nafar; — 2018 yil – 70,3 ming nafar; — 2019 yil – 70,8 ming nafar; — 2020 yil – 83,9 ming nafar; — 2021 yil – 103,9 ming nafar; — 2022 yil – 102,4 ming nafar; — 2023 yil – 184,1ming nafar; — 2024 yil – 211,2 ming nafarni tashkil etgan.✅ @Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Hurmatli maktab bitiruvchi aziz o’quvchilarimiz!
Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lida vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman.
Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap.
Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda.
Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi.
Sizlarga omad va baxt tilab, “ Evrika “
Қуйидагилардан қайси бири ходимларнинг ижтимоий-иқтисодий ҳуқуқларини ва манфаатларини ифода этади ва ҳимоя қилади?
Diqqat ! Endilikda “Evrika “ o’quv markazida “Maktabga tayyorlov” guruhlari tashkil qilinadi📚Farzandingiz maktab darslarini qiynalmasdan o’zlashtirishini hamda tengqurlaridan bir necha qadam oldinda bo’lishini istaysizmi ? 💡Unda bu yangilik aynan siz uchun. Farzandingiz o’quv markazimizdagi tayyorlov darslari orqali o’qish va yozishni, boshlang’ich hisob-kitob amallarini o’rganadi hamda maktabga tayyor holatda bo’ladi. Darslar 1-iyundan boshlanadi “Maktabga tayyorlov” guruhlariga 5,6 va 7 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. 📍”Evrika” o’quv markazi 🏢 1-son Politexnikumi hududida Murojaat uchun : +998995259536 -ustoz Narziyeva
Bambuk falsafasi
Xitoyda bir turdagi bambuk daraxti bor. Bu bambuk daraxti ekilganidan keyin 5 yil davomida hech qanaqa o‘sishsiz, bir xil saqlanib turadi. Ko‘pchilik tashqaridan qaraganda o‘sish bo‘lmayapti deb o‘ylaydi. Lekin aslida shu 5 yil davomida pastga qarab ildiz otayotgan bo‘ladi va 5 yildan keyin shunaqa darajada tez o‘sib ketadi-ki, 60 kunda 50-60 metrgacha o‘sib ketadigan holatlar bo‘ladi.
Insondayam shunaqa, biror ishni qilishga kirishgan payt boshlanishida hech qanaqa natija ko‘rmaydi. Bu degani inson o‘smayapti degani emas. O‘syapti, faqat o‘ziga shu davrda fundament qurayotgan bo‘ladi. Shu fundament yaxshi qurib olinsa, keyin o‘sish tezlashib ketadi.
Shunday ekan, fundamentni qurishdan to‘xtamang, bir kun kelib albatta balandga ko‘tarilasiz!
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
#Хушхабар
ЎЗБЕКИСТОНЛИК ЁШЛАР ЭНДИ ФАН ОЛИМПИАДАСИДА ҒОЛИБ БЎЛСА 1 МЛРД СЎМ НАҚД ПУЛ ОЛАДИ
❗️Президент фармони билан нуфузли халқаро фан олимпиадаларида ғолиб ва совриндор бўлганлар учун бир марталик пул мукофоти миқдори 5 карра оширилди.
Масалан, нуфузли халқаро олимпиада ғолиби 937,5 млн сўм (72,6 минг доллар) мукофот пулига эга бўлади.
Ўзбекистонда ёшлар энди ҳам ўқишлари керак!! Бир марта фан олимпиадасида чемпион бўлса, оиласининг ҳаёти тубдан ўзгариб кетади энди.
БУ ХАБАРНИ БАРЧА ОТА-ОНАЛАРГА, ГРУППАЛАРГА ВА ЁШЛАРГА ЮБОРИБ ҚЎЙИНГ.
Қабулга оид янгиликлар:
👉 @davlattestmarkazi
#Kun_iqtibosi
📚 "Ma’nan yetuk kitoblarni o‘qi. Aks holda bir dasta qog‘oz hayotingni zaharlashi mumkin".
✍️ Mark Tven
⚡️“Evrika” o’quv markazida aql charxi bo’lgan matematika fanidan 6-7-8 sinflar uchun yozgi mavsum uchun yangi guruh ochilmoqda
📚 Yangi guruh darslari 26-may 9:00 dan boshlanib, bir haftadan so’ng sinov imtihoni bo’ladi. Darslar markazning malakali ustozlari tomonidan olib boriladi.
❕ Shoshiling , ta’tildan unumli foydalanib, bilimingizni boyitib, dunyoga tanilishni istasangiz, “ Evrika” sizga ko’mak beradi
Murojaat uchun raqamlar :
+998995259536 -Ustoz G. Narziyeva
+998997594798 - Ustoz Sh.Usmonov
⚡️O‘zbekistondagi xorijlik talabalar
Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida O‘zbekistonda 12,5 ming nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda.
Shundan:
🇮🇳 Hindiston – 6502 nafar;
🇹🇲 Turkmaniston – 1430 nafar;
🇵🇰 Pokiston – 1250 nafar;
🇷🇺 Rossiya – 732 nafar;
🇰🇿 Qozog‘iston – 639 nafar;
🇰🇬 Qirg‘iziston – 369 nafar;
🇨🇳 Xitoy – 325 nafar;
🇹🇯 Tojikiston – 322 nafar;
🇰🇷 Janubiy Koreya – 197 nafar;
🇦🇫 Afg‘oniston – 157 nafar;
🇨🇦 Kanada – 126 nafar;
🌏 Boshqalar – 431 nafar.
Yaqinlarga yuborib qo'ying!
✅ @talimuz
#Kun_iqtibosi
Yaxshi do‘st, toza vijdon va albatta, yaxshi kitoblar – ideal hayot uchun boshqa narsa kerak emas!
✍️ Mark Tven
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#test_саволлари
📍Мустақил давлатлар ҳамдўстлиги қачон тузилган?
#Kun_iqtibosi
Ba’zan katta maqsadlar yo‘lidagi eng kichik qadam hayotingda ulkan marralarga olib boradi. Hatto oyoq uchida yurishga majbur bo‘lsang ham. Faqat to‘xtamasang bas!
✍️ Dalay Lama
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
