"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Ko'proq ko'rsatish889
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-2230 kunlar
Postlar arxiv
📊 Абитуриентлар тезлашишди: Рўйхатдан ў тганлар 122 минг нафардан ошди
2026–2027-ўқув йили учун олий ва касбий таълим муассасаларига қабул жараёнида рўйхатдан ўтганлар сони ортиб бормоқда. 12-июнь соат 18:04 ҳолатига кўра, онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 122 446 нафарга етди.
Бу кўрсаткич ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 29 минг нафардан зиёд бўлиб, ўсиш суръати 31,1 фоизни ташкил этмоқда. Таqqослаш учун, 2025-йилнинг шу санасида 93 412 нафар абитуриент рўйхатдан ўтган эди.
📚 Таълим тили бўйича:
🇺🇿 Ўзбек тили — 108 277 нафар (88,4%)
🇷🇺 Рус тили — 12 278 нафар (10,0%)
📗 Қорақалпоқ тили — 1 628 нафар (1,3%)
🌐 Бошқа тиллар — 263 нафар (0,2%)
👥 Гендер таркиби:
🙎🏻♂️ Эркаклар — 67 165 нафар (54,9%)
🙍🏻♀️ Аёллар — 55 281 нафар (45,1%)
Абитуриентларнинг:
👨🎓 62 556 нафари жорий йил битирувчилари,
👨🎓 59 890 нафари эса аввалги йиллар битирувчиларидир.
Ҳудудлар кесимида энг кўп рўйхатдан ўтганлар:
1️⃣ Тошкент шаҳри — 24 722 нафар
2️⃣ Самарқанд вилояти — 13 617 нафар
3️⃣ Андижон вилояти — 11 576 нафар
Қабул жараёнида иштирок этаётган абитуриентлар сони кун сайин ортиб бормокда.
#Qabul2026 #abituriyent #kvota
Қабулга оид янгиликлар:
👉 @davlattestmarkazi
#Kun_iqtibosi
Mulohaza qilmay kitob o‘qimoq - xushmanzara tabiat qo‘ynida ko‘zni yumib sayr etmoqdek gap. Turmush tashvishlaridan chalg‘ish uchun emas, hayotni chuqurroq bilish uchun mutolaa qilmog‘imiz kerak. Kitobga dimog‘dor muallim qarshisidagi jur'atsiz o‘quvchidek emas, eng baland cho‘qqini zabt etmoqqa shay shijoatli alpinist kabi yondashmoq lozim.
✍️ Hermen Hesse
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_iqtibosi
🖇 Hayotimda nechta dono odam ko‘rgan bo‘lsam, ularda bitta umumiylik bor edi - ular juda ko‘p o‘qishadi.
✍Charlie Munger
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️5 kun ichida 71,4 ming abituriyent ro’yxatdan o’tdi
#abituriyent
9-iyun, soat 18:47 holatiga ko’ra, ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar soni 71 ming 446 nafarga yetdi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 62,7 foizga ko’p abituriyent ro’yxatdan o’tishga ulgurganini bildiradi.
Shundan:
🔹 joriy yil bitiruvchilari: 32 ming 468 nafar;
🔹 avvalgi yil bitiruvchilari: 38 ming 978 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ o’g’il bolalar — 42 ming 250 nafar (59.1%);
👩🏻🔧 qizlar — 29 ming 196 nafar (40.9%).
📚 Ta'lim tili bo'yicha:
🔹 o’zbek: 63 ming 21 kishi (88.2%);
🔹 rus: 7 ming 386 kishi (10.3%);
🔹 qoraqalpoq: 888 kishi (1.2%);
🔹 boshqalar: 151 kishi (0.2%).
‼️ESLATMA: ro’yxatdan o’tish 25-iyungacha (shu kuni ham) davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
🌞#xayrli_tong
⏳Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq boʻlishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovgʻadir. Uni behudaga sarflamaylik.
🫴Kuningiz xayr va mazmunga toʻla boʻlsin, azizlar!
👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
💬💬💬
🌞#хайрли_тонг
⏳Вақт ундан фойдаланиб ақллироқ, яхшироқ, пишиқроқ ва мукаммалроқ бўлишимиз учун берилган қимматбаҳо совғадир. Уни беҳудага сарфламайлик.
🫴Кунингиз хайр ва мазмунга тўла бўлсин, азизлар!
👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
Fuqarolar dam olish huquqi fuqarolarning qaysi huquqlari tarkibiga kiradi?
Фуқаронинг ҳуқуқ лаёқати қайси пайтдан бошлаб вужудга келади?
🏅GRANTNI MAQSAD QILGANMISIZ?
Unda vaqtni boy bermang!
“Evrika” o‘quv markazida BIOLOGIYA fanidan tayyorlov darslari start oldi!
💥 Mavzular 0 dan boshlab sodda va tushunarli tarzda o‘tiladi 💥 Har bir mavzu testlar orqali mustahkamlanadi 💥 Sertifikat imtihonlariga puxta tayyorlov📚Individual yondashuv va savol-javoblar orqali sizni yuqori natijaga olib chiqamiz Darslarni ko’plab o’quvchilarning sertifikat olishiga sababchi bo’layotgan Farrux Pardayev ustoz olib boradilar 🎯Namunaviy darslar allaqachon boshlandi— imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, joylar cheklangan! Murojaat uchun : 📞+998905011295 - Ustoz Pardayev 💬@Farrux_Pardayev
"Evrika" bilan hamkorlikda bo'ling.
#Kun_iqtibosi
Tartib sening muqaddas maqsading bo‘lsin. Sen bu maqsad yo‘lida astoydil xizmat qil. Chunki tartib hamma narsaning majmuasidir. Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi.
✍️ Pifagor
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Zagros tog‘lari qaysi davlatning eng yirik tog‘ tizimi hisoblanadi?
⚡️Kim abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻta oladi?
Quyidagi taʻlim muassasalarini tugatgan shaxslar bakalavriаtga hujjat topshirishga haqli:
➖ Umumiy oʻrta taʻlim — 11 yillik maktabni tugatganlar
➖ Oʻrta maxsus taʻlim — 9 yillik asos + 2 yillik oʻrta maxsus taʻlimni tugatganlar
➖ Boshlangʻich kasbiy taʻlim — 9 yillik asos + 2 yillik boshlangʻich kasbiy taʻlimni tugatganlar
➖ Eski tizim boʻyicha — 2020- yil 24-sentabrgacha amal qilgan «Taʻlim toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirguniga qadar 9 yillik umumiy oʻrta + 3 yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimini tugatgan va tegishli hujjatga ega boʻlgan shaxslar
Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm
#Kun_iqtibosi
Har tong, uyqidan turib, fikrla: "Bugun mening omadim keldi, - men uyg‘ondim. Men hayotman, menda mana bu bebaho inson hayoti bor va men uni behuda sarflamayman".© Dalay Lama 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma bo‘yicha yuzaga kelgan muammoga izoh berdi. Bayonotning qisqa mazmuni:
➖ joriy yildan arizalar my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda, tizim ijtimoiy daftarlar bazasiga ulangan. Bundan maqsad — tavsiyanoma berishda inson omilini to‘liq yo‘qotish;
➖ haqiqatan ham oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan, biroq daftarlarda ro‘yxatda turmagan xotin-qizlar mahallalardagi mas’ullar orqali ijtimoiy daftarlarga kiritish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin;
➖ tavsiyanoma uchun arizalar 8-iyungacha (7-iyun oxirgi kun) qabul qilinadi.
Tavsiyanomaga ariza yuborish havolasi:
📲https://my.gov.uz/uz/service/1432
✅ O‘zimdan qo‘shimcha:
🔹Qo‘mita tavsiyanoma borasida faol targ‘ibot olib borishi, joriy yilgi o‘zgarishlarni oldindan ogohlantirishi va xotin-qizlarga batafsil tushuntirishlar berib borishi lozim edi. Haliyam kech emas;
🔹 ijtimoiy reyestrga yoki daftarlarga kirishning tartibi haqida ma’lumotlar kerak;
🔹 vaqt kamligini hisobga olib, ijtimoiy daftarlarga kirish uchun berilgan arizalar tezda ko‘rib chiqilishi shart. Buning uchun kerak bo‘lsa, tun-u kun ishlar tashkil qilinishi lozim.
Ma’lumot uchun: 4-iyun sanasi holatida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar soni 10 ming 476 nafarni tashkil qilmoqda. O‘tgan yili 14 mingdan oshiqroq tavsiyanoma berilgan edi.👉 @xushnudbek 👈
‼️Chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 sertifikati uchun 75 foiz ball beriladi
Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
➖ endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim bo‘yicha belgilanadi;
➖ bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
➖ pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi;
➖ kasbiy ta’lim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni o‘qitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;
➖ o‘qituvchilariga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;
➖ umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertadan qabul boshlanadi!
Ertaga, 5-iyun kuni davlat oliygohlarida abituriyentlar qabuli boshlanadi.
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
ℹ️ ESLATMA: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.
Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.
Fanlar majmuasi bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/31208
Test sinovida savollar soni va baholash mezoni haqida ma’lumot bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/31656
👉 @xushnudbek 👈
📉 O‘zbekistonda oliygohlar soni bir yil ichida 7 taga kamaygan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan (filiallar bilan birga).
Ularning soni avvalgi o‘quv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan. Nodavlat OTMlar soni 97 ta bo‘lib turibdi.
Hududlar kesimidagi statistika quyidagicha:
▪Toshkent shahri — 98 ta
▪Toshkent viloyati — 19 ta
▪Samarqand — 14 ta
▪Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta
▪Buxoro — 11 ta
▪Andijon — 9 ta
▪Qashqadaryo — 9 ta
▪Farg‘ona — 9 ta
▪Surxondaryo — 8 ta
▪Xorazm — 8 ta
▪Namangan — 6 ta
▪Jizzax — 5 ta
▪Navoiy — 5 ta
▪Sirdaryo — 3 ta
👉 @xushnudbek 👈
🎓Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ?
"Evrika" bilan hamkorlikda bo'ling.
Murojaat uchun raqamlar :
📞 +998995259536
📞 +998997594798
