cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

© Abdulloh domla™

Assalomu alaykum va rohmatulloh! Ushbu kanalda siz Ustozimiz Abdulloh domlaning eng so'nggi ma'ruzalari, kunlik ma'ruzalar va boshqa ko'plab ma'lumotlarni topasiz! Botimizga tashrif buyuring - t.me/ilmnuriMediaBot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
10 313
Obunachilar
-1624 soatlar
-427 kunlar
-15430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​TAHAJJUD NAMOZI O‘QILSA, VITR NAMOZI QAYTA O‘QILADIMI? #namoz ❓1303-CAVOL: Vitr namozini o‘qib uxlagan kishi kechasi uyg‘onib tahajjud namozini o‘qisa, vitr namozini qayta o‘qiydimi? 💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: “Kim kechaning oxirida tura olmaslikdan xavotir olsa, kechaning avvalida vitr o‘qisin. Kim kechaning oxirida turishdan umid qilsa, kechaning oxirida vitr o‘qisin. Chunki kechaning oxiridagi namozga (qabuliga) guvohlik berilgan va bunday qilish afzaldir”, deganlar. (Imom Muslim rivoyati). Ushbu hadisga ko‘ra kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo‘lgan kishi vitr namozini tahajjud namozidan keyinga kechiktirishi mustahab amal sanaladi. Agar kechasi tahajjud namoziga turishi aniq bo‘lmasa, uxlab qolish xavfi bo‘lsa, vitr namozini yotishidan avval o‘qigani afzal. Agar vitr namozini o‘qib yotganidan keyin tunda uyg‘onib tahajjud o‘qisa, vitrni qayta o‘qishi shart emas. Bu haqida fiqhiy manbalarimizda quyidagicha bayon qilingan: إذا أوتر قبل النوم ثم استيقظ يصلي ما كتب له و لا كراهة فيه، بل هو مندوب و لايعيد الوتر “Uxlashdan avval vitrni o‘qisa, so‘ngra kechasi uyg‘onsa, nafl namozlar o‘qishi mumkin. Bunda hech qanday karohiyat yo‘q. Balki mustahab amal hisoblanadi. Vitrni qayta o‘qiymaydi” ("Raddul muhtor" kitobi). Vallohu a’lam. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi. Manba @diniysavollar
Hammasini ko'rsatish...
00:09
Video unavailableShow in Telegram
1.11 MB
© Abdulloh domla 🎧 №—1023. Savdogarlar, savdogargina bo'lib qolib ketmang! Manba: @ilmnuri
Hammasini ko'rsatish...
1023. Savdogar akalar savdogarligilarcha qolib ketmang.mp31.59 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📢 #Anons: Ассалому алайкум азизлар! Устоз Абдуллоҳ домла янги дарслар силсиласини бошладилар. 📌 Мавзу: “Ҳалол савдо қандай бўлади?” 🕜 Жума кундан бошлаб дарсларни сиз азизларга тақдим этишни бошлаймиз ин шаа Аллоҳ. Аллоҳ барчамизга манфаатли қилсин! ✅ Manba ➡️ Kanalga ulanish!
Hammasini ko'rsatish...
t.me/ilmnuri
🖍1001 xadis 🎧Shayx Abdulaziz Mansur 🤖 Islomiy Bot — t.me/ilmnuriMediabot
Hammasini ko'rsatish...
file_1653503.mp31.12 MB
​​FOTIHADAN AVVAL ZAM SURA O‘QISH #namoz ❓1302-CAVOL: Men ba’zida adashib, Fotihadan oldin zam sura o‘qib qo‘yaman. O‘qiyotib esimga tushib, keyin Fotihani o‘qiyman. Bu holatda namoz buzilmaydimi? 💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Fotihani zam suradan avval o‘qish namozning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun agar Fotihadan avval zam sura o‘qib qo‘ysa, Fotihani o‘qib, ortidan zam sura o‘qiydi. Namoz oxirida vojibni tark qilgani uchun sajdai sahv qiladi. Agar bir oyat o‘qigandan keyin esiga tushib, Fotihaga o‘tsa va bu oyat namozdagi qiroatning farzini ado qiladigan darajada uzun bo‘lsa, bu holatda ham sajdai sahv qiladi. Ozgina o‘qigandan keyin esiga tushib, Fotihaga o‘tsa, sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Bu haqida “Fatovoi Olamgiriya” kitobida bunday deyilgan: ومن سها عن فاتحة الكتاب في الأولى أو في الثانية وتذكر بعد ما قرأ بعض السورة يعود فيقرأ بالفاتحة ثم بالسورة قال الفقيه أبو الليث: يلزمه سجود السهو وإن كان قرأ حرفا من السورة وكذلك إذا تذكر بعد الفراغ من السورة أو في الركوع أو بعد ما رفع رأسه من الركوع فإنه يأتي بالفاتحة ثم يعيد السورة ثم يسجد للسهو۔‘‘ “Namozxon birinchi yoki ikkinchi rakatda unutib Fotiha surasini o‘qimay, zam sura o‘qisa, suraning ma’lum joyiga kelganda Fotihani o‘qimagani esiga tushib qolsa, darhol Fotihani boshlaydi. Keyin zam sura o‘qiydi. Faqih Abul Lays bunday degan: “Bu kishiga sajdai sahv vojib bo‘ladi. Garchi suradan bir harf o‘qigan bo‘lsa ham”. Agar zam surani tugatib yoki rukuda yo rukudan boshini ko‘targan vaqtda esiga tushib qolsa, qaytib Fotihani o‘qiydi, keyin zam surani o‘qiydi (rukuni ham qayta qiladi). Namozni oxirida sajdai sahv qiladi”. “Raddul muhtor” kitobida, zam suradan ozgina o‘qib qo‘ygan bo‘lsa, degan so‘zni qiroatdagi farz ado bo‘ladigan miqdorda o‘qigan bo‘lsa, deb izohlangan. Vallohu a’lam. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi. Manba @diniysavollar
Hammasini ko'rsatish...
02:56
Video unavailableShow in Telegram
Uyali aloqa vositalari haqida ©️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Manba @islomuz
Hammasini ko'rsatish...
01_1.mp427.54 MB
🖍1001 xadis 🎧Shayx Abdulaziz Mansur 🤖 Islomiy Bot — t.me/ilmnuriMediabot
Hammasini ko'rsatish...
file_1653501.mp36.33 KB
​​OTAGA QARASHLI UYNI MAHRGA BERISH #mahr ❓1301-CAVOL: O‘g‘li uylanayotgan vaqtda kelinga mahr sifatida otasining uyini berishi mumkinmi? Bu mahrga o‘tadimi? 💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Garchi otasining uyi bo‘lsa ham Mahrga kelishilgan uy otaning mulki bo‘lsa, uni mahr sifatida ayoliga bera olmaydi . Chunki u birovning mulki hisoblanadi. Birovning mulkini esa, boshqaga sotishi, hadya qilishi yoki mahr sifati berishi durust emas. Bu borada fiqhiy manbalarda shunday bayon qilingan: ومنها أن يكون مملوكا للواهب فلا تجوز هبة مال الغير بغير إذنه لاستحالة تمليك ما ليس بمملوك للواهب “Biror narsani hadya qilishning shartlaridan biri shu narsa hadya qiluvchining mulki bo‘lishi kerak. Boshqaning molini uning iznisiz hadya qilish mumkin emas. Chunki hadya qiluvchining mulki bo‘lmagan narsani boshqaga berish imkonsizdir” (“Fatovoi Olamgiriya” kitobi). Ammo otasi uyni o‘g‘liga hadya qilgan bo‘lsa, shunda o‘g‘il uyni ayoliga mahr sifatida berishi mumkin. Uy kelinga mahr bo‘lib o‘tgandan keyin butunlay uning haqiga aylanadi. Vallohu a’lam. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi. Manba @diniysavollar
Hammasini ko'rsatish...
© Abdulloh domla 🎧 №—1022. Farroshlikka qabul qilinmagan tadbirkor! Manba: @ilmnuri
Hammasini ko'rsatish...
1022. Farroshlikka yaramagan tadbirkor.mp32.35 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.