1 014
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
Ma'lumot yo'q30 kun
Postlar arxiv
1 014
Repost from Subut
KUTGANMIDINGIZ?!
«Kundaligim» brendidan yana bir yangilik. Kunini rejalashtirib yuradigan va maʼlum qadriyatlarga ega, yangi odatlarni shakllantirishga doim harakat qiladigan qizlar uchun ushbu kundalikni taqdim etamiz.
«Time management — vaqtni boshqarish»ga alohida eʼtibor beradigan va koʻprogʻiga ulgurishni xush koʻradiganlarga ushbu kundalik ayni muddao.
Hozirda bir necha xil koʻrinishdagi kundaliklarimiz mavjud. Oldingi dizayndagi kundalikka buyurtma berish uchun quyidagi havola ustiga bosing:
1-kundalik.
Ha aytgancha, muqovani siz istagan dizaynda qilib berishimiz mumkin. Istasangiz, ismingiz tushirilgan kundalik ham tayyorlab beramiz.
Kundalik narxi: 30.000 soʻm.
Pochta: 22.000 soʻm.
Jami: 52.000 soʻm.
Birinchilardan boʻlib xarid qilgan 10 kishiga «Mutolaa rejalashtirgich» va «Odat shakllantirgich» qoʻshib beriladi.
Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.
Karta: 9860140108548789
Karta egasi: Begzod Tursunpoʻlatov
Murojaat uchun: @Behzod_muallim
@subut
1 014
Samarqand boʻylab yetkazib berish bepul. Shu oxirgi kitoblar. ) 😁 Oʻrniga boshqa kitob olaman. Menda bir nechtadan boʻlib qolgan.
1 014
Quyidagi kitoblar sotiladi:
1. «Urush va tinchlik», 1-qism;
Mavjud: 3 dona
Narx: 70.000 dan
2. «Anna Karenina», 1-qism;
Mavjud: 1 dona
Narx: 60.000
3. «Asosiy qahramonlarim — haqiqat»;
Mavjud: 2 dona
Narx: 50.000 dan
4. «Vatandoshlik dasturi»
Mavjud: 1 dona
Narx: 80.000
5. «Farzand tarbiyalash siri»;
Mavjud: 1 dona
Narx: 30.000
6. «Hidoyat topganlar hikoyasi»;
Mavjud: 1 dona
Narx: 25.000
7. «Imomning maneken qizi»;
Mavjud: 1 dona
Narx: 25.000
8. «Alkimyogar»;
Mavjud: 1 dona
Narx: 25.000
9. «Jadid kulliyoti», toʻplam: 8 ta kitob;
Mavjud: 1 ta toʻplam
Narx: 150.000
10. «Kesik qanotlar»;
Mavjud: 1 dona
Narx: 20.0000
Murojaat uchun: @ruh_zor
@subut
1 014
Uydagilar yoʻlga chiqqach: «Shifoxonaga boryapman», — deb, sening yoningga borganimni hozir eslayapman-u, yuzimga tabassum yuguryapti. Sen telefonda opang bilan gaplashganding. Oʻshanda rosa yigʻlaganding. Men koʻzlaringga qarab, oʻzimcha, nima boʻlayotganini bilishga uringanman. Rosa yuragim behuzur boʻlgandi. Oʻzimni sendan juda olisda his qilganman. Negaki yoningda boʻlib, senga hech qanday yordam bera olmayotgandim-da. Oʻsha kuni rosa qoʻrqqandim.
Eng ogʻir damlarda menga hamroh boʻlganing uchun senga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Qoʻlimni koʻrsatgani borganimiz esingdami? Bir amallab travmatologiyani topib borgandik. Oʻshanda rosa quvonganman. Oʻzimni butun his qilganman. Sen mening bir qismim ekaningni amalda isbotlab berganding.
U yerdan chiqib, Book Caféʼga kirgandik. Eh-he, yuraklarimiz tars yorilay degandi. Judayam quvongandik. Men hozir tabassum qilyapman, his qilyapsanmi?
Sen jasur qizsan, oʻz qadriyatlaring bor, oʻz dunyoqarashingga egasan. Men seni boringcha qabul qildim. Hali bu boshlanishi. Bizning hikoyamiz abadiyat zarvaraqlariga muhrlanadi.
@subut
