cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

⏳xronologiya

O‘tmishsiz kelajak yo‘q.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 326
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+67 kunlar
-3130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Yapon familiyalari tarixi. Qadim zamonlardan beri Yaponiyada samuraylar va oliy tabaqa vakillaridan boshqalarga familiya olish ta'qiqlangandi. 1870-yilda imperator Meydzi (Musuxito) oddiy odamlarga ham familiya olish huquqini beruvchi qonunni imzolaydi. Qonunga ko'ra, har bir yapon familiya olishga majbur edi. Odamlar o'z kasbi, yashash joyi yoki shunchaki xohishiga qarab familiya olishgan. Ba'zida O'sha davrdagi familiyalarning 70-80 foizi toponimlardan kelib chiqbutun boshli qishloq bir xil familiya olgan. Shu sababli, yapon familiyalari juda xilma-xil - ularning soni 100 000 dan ortiq.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
27-iyun 1967-yili muvaffaqiyat bilan birinchi bankomat tajribadan o’tkazildi. Bunday foydali narsani ishlab chiqaruvchi deb Jona Sheperd-Berrona hisoblanadi. Kech bo’lsa-da, unga Britaniya imperiyasi ordeni topshirildi. Birinchi bankomat Londonda o‘rnatilgan bo‘lib, Barclay`s bankiga u qimmatga tushgan bo’lsa kerak, negaki u 18 ming dollar turardi.
Hammasini ko'rsatish...
GAZETACHILIK TARIXIDAN Miloddan avvalgi 59 yil. Yuliy Sezar buyrug‘iga ko‘ra fuqarolarga muhim siyosiy va mahalliy xabarlarni yetkazib turish uchun davlat tomonidan repartyorlar (astuarii) tayinlanadi. Ular janglar, tug‘ilish, o‘lim, hukm hamda to‘y haqida axborot to‘plash bilan shug‘ullana boshlaydi. 713 yil. Xitoyda “Mixed News” chiqa boshladi. Gazeta yil nomi «Kaiyuan» deb ataldi. 1040 yil. Xitoylik Pi Sheng sahifa (blok)lar yordamida almashib ishlaydigan bosma uskunani ixtiro qildi. 1392 yil. Koreyada misdan yasalgan chop etish uskunasi kashf qilindi. 1447 yil. Germaniyalik Yoxan Guttenberg birinchi marta bosma nashrlarni ko‘p nusxada chop etadigan dastgohni kashf etdi. 1501 yil. Rim Papasi Aleksandr VI yangiliklarni e’lon qilishdan oldin, bid’at boshlanib ketmasligi uchun dastavval ruhoniylar ko‘rigidan o‘tkazishni talab qildi. Bo‘ysunmaganlar jarima yoki cherkovdan chiqarib yuborish jazosiga tortiladigan bo‘ldi. Bu ilk senzura edi. 1556 yil. Venetsiya hukumati mayda tanga – “gazetta” evaziga oylik “Notizie scritte” gazetasini tarqata boshladi. 1558 yil. Germaniyaning Kyoln shahrida Maykl Ensinger 24 sahifali jurnal chop etdi. U nemislarning ispan armadasi ustidan qozongan g‘alabasiga bag‘ishlangan edi. 1621 yil. Londonda «Сorante» nomi ostida ilk gazeta doimiy chop etila boshlandi. 1631 yil. Birinchi fransuz gazetasi – “The Gazette” nashr etildi. 1645 yil. Shvetsiyada hozirgacha chop etib kelinayotgan oqsoqol gazeta — “Post-och Inrikes Tidningar”ning birinchi soni mushtariylar qo‘liga borib yetdi. 1690 yil. Bostonda Amerikaning ilk gazetasi – «Publick Occurrences» nashrdan chiqdi. 1704 yil. «Robinzon Kruzo» asari muallifi, dunyoning birinchi jurnalistlaridan biri hisoblangan Daniel Defo Yevropa yangiliklari haqida xabar qiluvchi «Review» nomli davriy gazetani chop eta boshladi. 1798 yil. Aloiz Zenefelder litografiyani kashf etdi. Ofset usulidagi litografiya esa 1960 yillarda ommalashdi. 1803 yil. Avstraliya harbiy hukumati ilk gazetalar — «Sydney Gazette» va «New South Wales Advertiser»ni chop etdi. 1812 yil. Fridriz Kyonig bug‘ kuchi bilan ishlaydigan silindrli bosma uskunani ixtiro qildi. 1814 yil 28 noyabr tunida Londonda chop etiladigan «» gazetasi noshiri Jon Uolter qo‘lda chop etuvchilarni uyiga jo‘natib yuborib, Kyonigning chop etuvchi yangi mashinasida 1100 nusxali «»ni bir soat ichida bosib chiqaradi. 1844 yil. Telegraf kashf qilindi. 1851 yil. «Reuters» axborot agentligi tashkil topdi. 1870 yil. Charlz Styuart Parnell «Freemans Journal»da Irlandiya milliy partiyasi manfaati uchun ilk bor reklamadan foydalandi. 1880 yil. Gazetalarda ilk fotosuratlar paydo bo‘la boshladi. 1903 yil. Alfred Xarmstvort Londonda birinchi tabloid — «Daily Mirror»ga asos soldi. 1905 yili unda birinchi marta Angliyaning Hindistondagi noibi Lord Minto bilan o‘tkazilgan eksklyuziv intervyu chop etildi. 1906 yil. 27 iyun. O‘zbekistonda ilk milliy gazeta «Taraqqiy» dunyo yuzini ko‘rdi. 1966 yil. «Asalari» taxallusi bilan mashhur bo‘lgan hindistonlik Bexrami «Evening News» gazetasida “Round and about” nomli rukn ostida satirik materiallar e’lon qila boshladi. Bu rukn 2001 yilgacha yashadi. Gazetalar tarixida xech qaysi rukn bunchalik uzoq vaqt davomli bo‘lmagan. 1994 yil. Internetda birinchi “mustaqil onlayn” — kundalik gazeta o‘z faoliyatini boshladi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 27-iyun - Turkistonda birinchi milliy gazeta «Taraqqiy» chop etilgan kun Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906-yil 27-iyundan e’tiboran chop etila boshlangan. Uning tahririyati O‘ratepa ko‘chasidagi 97-uyda joylashgan edi.  Gazetaning bir yillik obuna bahosi 5 so‘m bo‘lgan, bir donasi 50 tiyindan sotilgan. Gazeta to‘rt sahifada chop etilib, unda e’lonlar ham bosilgan.  “Taraqqiy” gazetasining shiori “Najot: maslakda sabot, to‘g‘rilikda ijobat” deb nomlangan. Nashr ilmiy, adabiy, siyosiy, faniy, tijoriy gazeta bo‘lganligi ta’kidlab ko‘rsatilgan.  Gazetaning atigi 20 soni chiqib, rus hokimiyati tomonidan yopilgan, muharrir qamoqqa olingan. Shundan so‘ng shidxonov muharrirligida “Xurshid” gazetasi chiqarila boshlandi. 1907-yil 21-avgustda “Tujjor” gazetasi chiqqan. Ammo ularning barchasi 5-6 ta soni chiqqach, faoliyati to‘xtatilgan. Gazetalar saqlanib qolmagan.
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 27-iyun 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Mikro, kichik va o'rta korxonalar kuni. 🌏 Butunjahon baliqchilik kuni. 🏦 Bankomat tug‘ilgan kun. 👉 MILLIY BAYRAMLAR: 🇺🇿 O'zbekiston - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. 🇦🇷 Argentina - Biologlar kuni. 🇨🇴 Kolumbiya - Qahva kuni. 🇩🇯 Jibuti - Mustaqillik kuni. 🇳🇮 Nikaragua - Nikaragua qarshilik, tinchlik, erkinlik, birlik va milliy murosaga kelish kuni. 🇷🇺 Rossiya - Yoshlar kuni. 🇮🇷 Tojikiston - Milliy birlik kuni. 🇹🇲 Turkmaniston - Madaniyat va san'at xodimlari shuningdek, Magtimguli she'riyati kuni. 🇨🇿 Chexiya - Chexiyada kommunistik tuzum qurbonlari xotirasi kuni. 🏳 Janubiy Osetiya - Yoshlar kuni. 🇻🇪 Venesuela - Jurnalistlar kuni. 🇻🇳 Vetnam - Tet Doanngo bayrami. 👉 VOQEALAR: - 363 - Iovian Rim imperatori deb e‘lon qilindi. - 1615 - Yevropaga ilk bor choy import qilindi. - 1693 - Londonda dunyoda birinchi bo'lib ayollar uchun jurnal chiqarildi. - 1754 - Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy loyihasini tasdiqladi. - 1834 - Kiyev universiteti ochildi. - 1865 - Rossiya temir yo'llari vazirligi tashkil etildi. - 1898 - Joshua Slokam dunyo boʻylab sayohatini tugatdi. - 1905 - «Potyomkin» kemasida qo‘zg‘olon boshlandi. - 1906 - Turkistonda birinchi milliy gazeta «Taraqqiy» chop etildi. - 1931 - Igor Sikorskiy AQSHda vertolyot yaratishga patent oldi. - 1932 - Siamda konstitutsiya e’lon qilindi. - 1941 - Vengriya SSSRga qarshi urush e'lon qildi. - 1941 - Voronejdagi Komintern zavodida birinchi ikkita "Katyusha" nomi bilan tanilgan BM-13 jangovar raketa uchirgichlari yig'ildi. - 1945 - Iosif Stalin  Generalissimus  unvonini oldi. - 1957 - Sibirda Muy zilzilasi. - 1967 - Dunyodagi birinchi pul beruvchi bankomat Enfildda (Angliya) o'rnatildi. - 1978 - Sovet boshqariladigan "Soyuz-30" kosmik kemasining uchirilishi. - 1981 - Kambodjada konstitutsiya qabul qilindi. - 1983 - Sovet boshqariladigan Soyuz T-9 kosmik kemasining uchirilishi. - 1994 - O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlana boshlandi. - 1997 - Tojikistonda fuqarolar urushi tugadi. - 2016 - Dvigateldagi yong'in tufayli Singapore Airlines kompaniyasining Boeing 777-300 samolyoti Singapur aeroportiga favqulodda qo'nishni amalga oshirdi. - 2023 - O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1046 - Laslo I Muqaddas (1574) - Arpad sulolasidan bo'lgan Vengriya qiroli (1077-1095), avliyolar qatoriga kiritilgan. - 1462 - Lyudovik XII (1515) - Fransiya qiroli (1498-1515). - 1550 - Karl IX (1574) - Valualar sulolasidan bo‘lgan Fransiyaning so'nggi qiroli (1560-1574). - 1682 - Karl XII (1718) - Shvetsiya qiroli (1697-1718). - 1838 - Peter Pol Mauzer (1914) - Nemis o‘qotar qurol konstruktori, aka-ukalarning kichigi. - 1853 - Vladimir Korolenko (1921) - rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. - 1869 - Xans Shpeman (1941) - Nemis embriologi, Nobel mukofoti sohibi (1935). - 1895 - Irina Odoevseva (1990) - rus shoirasi va nasriy yozuvchisi. - 1937 - Galimzyan Xusainov (2010) - Sovet futbolchisi, Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (1964). - 1953 - Bog’bekov Hayitmat - yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (2001). - 1955 - Izabel Adjani - fransuz teatr va kino aktrisasi, qo'shiqchi, 5 karra «Sezar» mukofoti sovrindori. - 1958 - Zamira Suyunova - xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1999).  - 1975 - Tobias Vincent Maguire - amerikalik kinoyulduzi va film prodyuseri. - 1977 - Raul Gonsales, "Real" da o'ynagan mashhur ispaniyalik futbolchi. - 1987 - Alsu (Alsu Ralifovna Safina) - qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. - 1987 - Ed Vestvik - britaniyalik aktyor va musiqachi. - 1987 - Svetlana Kuznetsova - rossiyalik tennischi, "Roland Garros 2009" g'olibasi. - 1994 - Lin Persson - shved biatlonchisi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O'ta "omadsiz" talonchilik. Braziliyaning San-Paolo shahrida yashovchi Maurisio Ferro dorixonaga bostirib kiradi va kassadagi pullarni tortib olib, qochib chiqadi. Ammo, dorixonadalik paytida uning mashinasi o'g'irlab ketilgandi. Maurisio vahimaga tushib, mashinasini qidirishga tushadi. Mashinaning qayerdaligini va qanday qilib jinoyat joyidan qochishni o'ylab turgan bir paytda yana bir o'g'ri o'g'irlangan pullarni ham sumkasi bilan "uxlatib" ketadi. Jig'ibiyron bo'lgan yigit avtomobil o'g'irlanganligi to'g'risida politsiyaga murojaat qiladi. Huddi shu paytda dorixona egasi ham o'g'irlik haqida xabar bergani kelgandi. Natijada Maurisio politsiya idorasida xibsga olinadi. Intervyularidan birida Maurisio afsus bilan shunday degan: "Sen qanchadir boylik orttirish uchun o'g'irlik qilgani borasan, ammo unutma, u yerdan avvalgidan ham qashshoq holda qaytishing mumkin".
Hammasini ko'rsatish...
😁 9👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Airbus A320 yo‘lovchi samolyotining birinchi halokati sodir bo‘ldi 1988 yil 26 iyunda Air Franse aviakompaniyasining Airbus A320-111 samolyoti Fransiyaning Absaym mintaqasidagi Mulyuz-Absem aerodromida aviashou doirasida halokatga uchradi. Ko‘rgazma doirasida samolyot past balandlikda namoyish parvozini amalga oshirishi va shu bilan yangi modelni birinchi marta keng ommaga taqdim etishi kerak edi. Ammo qo‘nish vaqtida samolyot juda past balandlikda edi va tribunadagi yuzlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi o‘rmonga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 136 kishidan 130 nafari yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi, 3 nafari halok bo‘lgan, yana 50 nafari yaralangan. Bu Airbus A320 samolyoti tarixidagi birinchi avariyadir. Baxtsiz hodisa balandlik o‘lchagichning ishlamay qolishi va uchuvchi xatosi tufayli sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov yakunlangach, 296-reys komandiri Mishel Asslin 10 oyga qamaldi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
26-iyun 1974-yilda birinchi marta shtrix kod bilan qadoqlangan mahsulot Wrig'leys Juicy Fruit nomli saqich sotila boshlandi. Bulardan biri Amerika tarixiy muzeylarida saqlanib kelmoqda
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
1988 yil 26 iyunda Air Franse aviakompaniyasining Airbus A320-111 samolyoti Fransiyaning Absaym mintaqasidagi Mulyuz-Absem aerodromida aviashou doirasida halokatga uchradi. Ko‘rgazma doirasida samolyot past balandlikda namoyish parvozini amalga oshirishi va shu bilan yangi modelni birinchi marta keng ommaga taqdim etishi kerak edi. Ammo qo‘nish vaqtida samolyot juda past balandlikda edi va tribunadagi yuzlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi o‘rmonga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 136 kishidan 130 nafari yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi, 3 nafari halok bo‘lgan, yana 50 nafari yaralangan. Bu Airbus A320 samolyoti tarixidagi birinchi avariyadir. Baxtsiz hodisa balandlik o‘lchagichning ishlamay qolishi va uchuvchi xatosi tufayli sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov yakunlangach, 296-reys komandiri Mishel Asslin 10 oyga qamaldi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 26-iyun - Tish cho‘tkasi kashf qilingan kun. Tish cho‘tkasini 1770-yilda qamoqda o‘tirgan isyonchi ingliz Uilyam Addis o‘ylab topgan. Suyak tutqich vazifasini bajardi, unda u bir nechta teshik ochdi va ular orqali qattiq tuklarni o‘tqazdi va ularni yelim bilan yopishtirdi. Addis ozod bo‘lgach, o‘ʼzining “Wisdom Toothbrushes” (“Tish choʼtkalari”) deb nomlangan kompaniyasini asos solgan va bugungi kunda ham faoliyat yuritmoqda. O‘zining ajoyib ixtirosidan o‘n yil oʼtgach, Addis tish cho‘tkalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi, ammo u buning uchun patent olmadi. 1850-yilda bir amerikalik tish cho‘tkasi uchun paten oldi, uning shirkati besh yildan so‘ng suyak tutqichlari va cho‘chqa tuklaridan tish cho‘tkasini ishlab chiqarishni boshladi, ammo qurilma unchalik amaliy bo‘lmagan. Muammo tuklarni tanlashda edi. Tuklarga mikroblar tushardi. Tuklarning o‘zi uzoq vaqt quritilib, bakteriyalarning faol ko‘payishi uchun ideal sharoit yaratganlar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.