cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi (rasmiy)

Ушбу расмий канал орқали сиз Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Фарғона вилоят бўлимининг фаолияти, танловлар, эълонлар, адабий жараёнга, ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчи лавозимига оид янгиликлар билан танишиб борасиз. Мурожаат учун: @Gofurov1908

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
408
Obunachilar
+324 soatlar
+27 kunlar
+1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Xushxabar ✅ Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoirlar Shuhrat Ahmedov hamda Ravshan Madumarovga aʼzolik guvohnomalari topshirildi. 📝Fargʻonalik uyushma aʼzolarini yangi safdoshlari bilan tabriklaymiz! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
03:05
Video unavailableShow in Telegram
#Mikrofon_Muallifda 🎙Matluba Dehqon qizi 📆 19.12. 2023 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
XAYRLI KUN___Mikrafon mualifda.mp449.40 MB
Photo unavailableShow in Telegram
BIZ OLMAMIZ Biz olmamiz shoxlardagi, to’kmasinlar, aytingiz, Daryo bo’lar ko’z yoshimiz, cho’kmasinlar, aytingiz. G’o’rmiz hali, aytingizki, g’o’r mevani uzmaylar, Go’dakning ham tonggi shirin uyqusini buzmaylar. Aytingizki, yana, bizlar endi qo’shiq boshladik, Eshitsinlar axir uni quloq berib odamdek. Qo’shig’imiz tinayotgan u qalblarni etar rom, Esga tushar oydin kecha, oq yuzli qiz, sarxush jom… Chalg’ingizni charxlab qo’ying, bizning qo’shiq charxlog’liq. Bundan so’nggi hayotimiz o’sha qo’shiqqa bog’liq. Kuylamoqqa qo’yib bering, kuylay olmasak jo’shib, O’rib oling bizlarni ham, o’sha qo’shiqqa qo’shib. Biz olmamiz shoxlardagi, to’kmasinlar, aytingiz… ✍ Halima Xudoyberdiyeva 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bizda_tugʻilgan_kun❗️ 🔰 Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, FarDU professori, taniqli olim va shoir, Ustoz Siddiq Moʻminning tavallud topgan kunlari! ✅Siddiqjon Moʻminov 1956-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 📚Isteʼdodli shoir, adib va publitsistning “Bahor kelganga oʻxshaydi”, “Mendan mehr kutayotganlar” , “Yurtim yilnomasi” , “Ostonangda kutayotgan baxt”, “Eʼzoz”, “Hurriyat solnomasi” kabi sheʼriy toʻplamlari hamda “Muomala sirlari”, “Dili pokning tili pok”, “Soʻzlashish sanʼati” kabi oʻnlab badia, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy risolalari chop etilgan. 📌Ustoz mamlakat ilmiy hayotida ham faol ishtirok etmoqda, sheʼrlari esa koʻplab sanʼatkorlar tomonidan qoʻshiq qilib kuylab kelinadi. 🔆Muhtaram Ustoz! Tavallud ayyomingiz bilan jamoamiz va barcha fargʻonalik ijodkorlar nomidan muborakbod etamiz! Oilangiz va koʻpsonli shogirdlar baxtiga umringiz ziyoda boʻlsin! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
🎉 1
#Uchrashuv “AYOL QADRI” Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimlari hamkorligida Fargʻona shahar 10-sonli tergov hibsxonasida “Ayol qadri” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida hibsxonada saqlanayotgan ayollar bilan maʼrifiy suhbat oʻtkazildi, psixolog tomonidan ruhlantiruvchi treninglar tashkillandi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi G. Asronova ishtirok etdi. Muloqot soʻngida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan ayollarga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi. 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Oʻz vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, oʻzungdin istagil.
Alisher Navoiy 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar❗️ ♻️ Xayrli yangiliklar bardavom boʻlib, Fargʻona Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari safiga yana bir asil ijodkor qoʻshildi! ✅ Oxunjon Madaliyev, Abdujalil Qoʻqonov, Otabek Muhammadzohid kabi oʻnlab taniqli hofizlarga, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov singari qator mashhur sanʼatkorlarga qoʻshiq yozib adabiyot va sanʼatimizga salmoqli hissa qoʻshgan isteʼdodli shoir, bastakor Shuhrat Ahmedov Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi! 📚Shoirning “Yurak ostonasi” (2000), “Birovga oʻxshagim kelmaydi” (2022) nomli kitoblari nashrdan chiqqan, “Yuragimga bir mehmon boʻling” toʻplami chop etilish arafasida. 🔆Ushbu yangilik Fargʻona ijod ahliga muborak boʻlsin!!! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👏 7🎉 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Xushxabar❗️ ♻️ Fargʻonalik Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari safiga yana bir asil ijodkor qoʻshildi! ✅ Isteʼdodli shoir, xalqimiz dilidan joy olgan qator qoʻshiqlar muallifi Ravshan Madumarov Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi! 🔖Ravshan Madumarov 1966-yilda Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. Fargʻona Politexnika institutida faoliyat olib boradi. 📚 Shoirning ilk kitobi “Koʻk qanot qushlar” nomi bilan 1999-yilda chop etilgan. 2022-yilda “Unutmoq osonmas bizlarni” nomli sheʻriy toʻplami nashrdan chiqdi, “Fargʻonada bir qiz bor” nomli kitobi chop etilish arafasida. 🔆Ushbu yangilik Fargʻona ijod ahliga muborak boʻlsin!!! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
6👍 3👏 2
Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan adabiyotshunos olim va ijodkorlar nomi toʻgʻri koʻrsatilgan bandni toping.Anonymous voting
  • Ozod Sharafiddinov, Suyima Gʻaniyeva, Gʻofur Gʻulom
  • Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Abdulla Oripov
  • Ibrohim Gʻafurov, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva
  • Suyima Gʻaniyeva, Yubrohim Gʻofurov, Erkin Vohidov
0 votes
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
*** Bir sog‘inch bostirib kirar xonangga, Yashirgan surating o‘parsan hirssiz. Sevgingga qarshilik qilgan onangga Ilk daf’a qaraysan yotdek, mehrsiz... Kechqurun pardangni tortgan nasimdan Qo‘rqasan, keldi, deb o‘ylaysan kimdir. Qo‘llaring qaltirar qarimasingdan, Og‘riqlar sezasan yuzingni chimdib. Unutmoq istaysan hech kimlar qadar, Ko‘rasan o‘limga qayta bosh suqib... Kezganim yetmasmi shuncha darbadar, Qaygayam borardim yodingdan chiqib?! ✍Humoyun Fattoh 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.