cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali Murojaat uchun: 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston148Til belgilanmaganKaryera37
Reklama postlari
228 975
Obunachilar
+8624 soatlar
+1 1937 kunlar
+2 09730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda. Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun bugun malaka imtihoni yakunlanadi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇵🇱O‘zbekiston fuqarolarini Polshaga ishga jalb qilish rejalashtirilmoqda Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Polsha-Osiyo Savdo palatasi rahbari Y.Pexochinskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Polsha Respublikasi hududida turli sohalarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Natijada, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Polsha-Osiyo Savdo palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida anglashuv memorandumi imzolandi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
Xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekistonga ishga taklif etiladi! Chet elda payvandchilik, qurilish, IT, elektrik, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi hamda quyosh panellarini ta'mirlash yo‘nalishida ishlayotgan hamyurtlarimiz yurtimizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlariga maslahatchi-murabbiylikka ishga taklif etiladi. ▪️Oylik ish haqi – 7-8 mln so'm. ▪️Yosh chegarasi – 25-45 yosh. Talab etiladi: ▪️Sohada 5 yillik ish staji; ▪️Oliy yoki o‘rta ma'lumot. Murojaat va ma'lumotlarni jo'natish: [email protected] Murojaat uchun: +998 90 069-10-22 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
Fuqaroni Kanadaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kanada davlatiga isha yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
🇬🇧#Live Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 20 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketmoqda. Maʼlumot uchun: joriy yil boshidan buyon 554 nafar fuqaro ushbu davlatda ishga joylashtirilgan bo'lsa, may oyi davomida yana 700 nafar yurtdoshimizning ishga jo‘natilishi rejalashtirilgan. Ularning oylik maoshi o'rtacha 2000 AQSH dollarini tashkil etadi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarning mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetevo aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga qo‘yilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlandi. Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiyaga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotgani, O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotgani ma'lum bo‘ldi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda. ❗️Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. 👉 Lokatsiya ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇩🇪Fuqarolarni Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha navbatdagi hamkorlik Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “Mangold Consulting” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarni tayyorlash tizimi haqida so‘z yuritilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida nemis tili o‘qitish dasturlarini O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil qilish va tilni ish beruvchi talabi darajasida o‘zlashtirigan malakali mutaxassislarni Germaniyaga tibbiyot, gastronomiya, texnika, qurilish kabi sohalarda bandligini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇬🇧 − Buyuk Britaniyada ishlash uchun qanday talablar bor? − Buyuk Britaniyada ishlayotgan yutdoshlarimiz ish va yashash sharoitlari qanday? − Qassoblik bilan shug'ullanib qancha oylik maosh topish mumkin? Ushbu va Buyuk Britaniyada ishlash bilan bog‘liq boshqa masalalar haqida Angliyadagi o‘zbek qassobi hikoyasi 👉 Batafsil "Kun.uz" nashrida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...
«Boshliqlarimiz dam olish kuni telefon qilsa, avval uzr so‘raydi» — Angliyadagi o‘zbek qassobi

Turizm sohasida oliy ma'lumotli, IELTS sertifikatiga ega Elbek O‘roqov O‘zbekistonda ish topolmagani sabab Buyuk Britaniyaga ketishga majbur bo‘lgan. U 2 oydan beri Gildford shaharchasida qassoblik bilan shug‘ullanib, oyiga o‘rtacha 2,5 ming dollar topmoqda. «Ko‘pchilik Yevropaga kelish qiyin deb Rossiyaga ketadi, qo‘rqishmasin, qiyinchilik joyi yo‘q», – deydi u Kun.uz’ga bergan intervyusida. Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

#Prezident_Farmoni_ijroda Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlab qaytgan hamda chet elda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Hammasini ko'rsatish...