cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

GULISTON BUGUN | RASMIY

🔰Guliston shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Murojaat uchun: @GulistonshaharUzbot ☎️ 67-225-42-13 🌐 Web-site: gulistonshahar.uz 📱fb.com/Gulistonshaharhokimligi 📱instagram.com/gulistonshahar_hokimligi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 539
Obunachilar
-324 soatlar
-67 kunlar
-2630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🌳 Daraxtga nafas bering Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda daraxtlarning tanasiga shikast yetkazayotgan har xil turdagi reklama bannerlari, yonuvchi maxsus yoritish moslamalari va ildiz qismi beton va asfalt qoplamalarini olib tashlash hamda daraxtlarni sugʻorish va parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Bugun, 5-iyul kuni Guliston shahar boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan Guliston shahri «Shodlik» MFY hududidagi 14 dona koʻp yillik daraxtlarning ildiz qismi beton qoplamadan tozalandi hamda daraxtlarni sugʻorish ishlari olib borildi. - Sirdaryo viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati. ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz gulistonliklar! «Tashabbusli budjet» jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi Bunda: 1️⃣ Loyihalar kiritish: 6–26 -iyul; 2️⃣ Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust; 3️⃣ Targ‘ibot qilish: 15 avgust –22-avgust; 4️⃣ Ovoz berish: 22 avgust –1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi. Ushbu mavsum uchun shahar budjetlari hisobidan 8 934,1 mln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. ‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi. O‘z mahallangizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling! Guliston shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi 📞Murojaat uchun telefon: 67-225-07-35; 99-299-94-07 ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatimizda qurilayotgan turar joy binolari, maktab va bolalar bogʻchalari, shifo maskanlari sifati qay darajada? Qolaversa, bu uylar, maktab va bolalar bogʻchalari zilzilaga qay darajada bardoshli? Bugun, 5-iyul kuni soat 18:30da Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” koʻrsatuvida ayni mazuda soʻz boradi. Sizda mavzuga oid savollar boʻlsa, 67-225-11-10 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin. Savollarga Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi masʼul rahbarlari javob beradi. ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
02:18
Video unavailableShow in Telegram
Tashabbusli byudjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 6-iyuldan boshlanadi Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi Azimjon Hasanov maʼlum qildi. ▪️Joriy mavsum 6-iyuldan 1-sentabrga qadar, yaʼni 57 kun davomida 4 ta bosqich doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. ▪️Keng jamoatchilikni takliflarini inobatga olgan holda joriy mavsumda ovoz berish bosqichi 10 kun davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. ▪️Ilk marotaba ovoz berish bosqichidan oldin loyihalarni targʻibot qilish uchun 7 kun muddat ajratilmoqda. ▪️Joriy mavsum uchun mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 2,0 trln soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilishi kutilmoqda. ▪️ Joriy yildan boshlab «Tashabbusli budjet» jarayonlarida ovoz berish bosqichida «bir fuqaro – bir ovoz» tizimi joriy etilgan edi. ➖ Batafsil ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
1.mp44.54 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan? 2024- yilning 1-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1332 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 10,8 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1296 taga to‘gri keldi. ➡️ Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan: ▪️ Guliston shahri – 247 ta ▪️ Sirdaryo tumani – 221 ta ▪️ Boyovut tumani – 160 ta ▪️ Mirzaobod tumani – 113 ta ▪️ Yangiyer shahri – 146 ta ▪️ Sayxunobod tumani – 115 ta ▪️ Guliston tumani – 87 ta ▪️ Xovos tumani – 97 ta ▪️ Sardoba tumani – 61 ta ▪️ Oqoltin tumani – 45 ta ▪️ Shirin shahri – 40 ta ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1343 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling ➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 200 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 74 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 132 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 95 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 93 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 377 tа (ko'rish) ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing Islom Xalbayev Guliston shahri «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. 👉 Batafsil o'qing ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan_boshlab Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi Davlat rahbarining tegishli qarori bilan 2024-yil 1-iyuldan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa boʻlgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini oʻrnatish majburiy etib belgilanmoqda. Qarorga koʻra, ushbu sanadan bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olinadigan maʼlumotlarning yagona bazasini yuritish orqali monitoring qilish tartibi joriy etiladi. ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatidan 62 ta davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling ➤ Oqoltin tumanidan 6 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 2 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 1 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 7 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 6 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 23 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 5 tа (ko'rish) e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning. ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatidan 1953 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling ➤ Oqoltin tumanidan 102 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 167 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 114 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 485 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 305 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 189 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 307 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 262 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 22 ta (ko'rish) ➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.