uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling 👈

Quva tumani hokimligi

Quva tumani hokimligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Қува тумани ҳокимлиги расмий канали Facebook: https://www.facebook.com/quvatumanhokimligi Veb sayt: https://quva.uz/ youtube.com: https://www.youtube.com/channel/UC6qGN6twkDYDUX4baAmUc5Q Fuqarolar murojaatlari uchun: t.me/quva_murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
9 105
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-4497 kun
-6 95530 kun
Postlar arxiv
"Neftchi" — "Al-Nassr": katta bahs! 12-oktabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi doirasida Farg‘onaning faxri —"Neftchi" Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. ⏰ Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi. Barcha muxlislar, sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz! Birgalikda kuchmiz! Olg‘a, "Neftchi"! Olg‘a, Farg‘ona! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

📢 ЭЪЛОН Қува тумани Ички ишлар бўлими бошлиғи полковник Ё.И.Абдурасулов 11 октябр куни (зарур ва муҳим қабуллар бундан муста
📢 ЭЪЛОН Қува тумани Ички ишлар бўлими бошлиғи полковник Ё.И.Абдурасулов 11 октябр куни (зарур ва муҳим қабуллар бундан мустасно) соат 09:00 дан 11:00 гача ички ишлар органларига оид масалалар бўйича фуқароларни қабул қилади. 📞 Боғланиш учун телефон рақамлари: ☎️ 73-315-11-09 ☎️ 73-315-03-32 ☎️ 77-412-51-11 ☎️ 91-325-98-50 ✅ Ҳуқуқ ва манфаатларингизни ҳимоя қилиш йўлида биз сиз билан бирга! quva.uz| Facebook | Instagram | Youtube | X

Гиёҳвандликка қарши курашиш — барчамизнинг вазифамиз Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 3 ноябрдаги ПФ-207-сон Ф
+6
Гиёҳвандликка қарши курашиш — барчамизнинг вазифамиз Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 3 ноябрдаги ПФ-207-сон Фармони ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг октябрь ойида гиёҳвандликка қарши курашишга қаратилган «Долзарб ойлик» доирасида Қува тумани 19-сонли болалар мусиқа ва санъат мактабида тарғибот тадбири ўтказилди. Тадбирдан кўзланган асосий мақсад аҳоли, айниқса, ёшлар ўртасида гиёҳвандлик ва психотроп моддалар истеъмолининг олдини олиш, соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб қилиш ҳамда ёшларда зарарли иллатларга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришдан иборат. Учрашувда хотин-қизлар фаоллари, ёшлар, жамоатчилик вакиллари ҳамда мактаб психологлари иштирок этиб, гиёҳвандликнинг инсон саломатлиги, оила фаровонлиги ва жамият келажагига салбий таъсири хусусида фикр алмашдилар. Шунингдек, ёшларни турли зарарли одатлардан асраш, уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш, спорт ва санъатга жалб қилиш ҳамда ҳаётий мақсадлар сари интилишларини қўллаб-қувватлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Тадбир давомида гиёҳвандликнинг аянчли оқибатлари, унинг олдини олишда оила, таълим муассасалари ва маҳалла ҳамкорлигининг аҳамияти таъкидланди. Ёшларнинг ҳуқуқий ва тиббий саводхонлигини ошириш, уларни хавфли таъсирлардан ҳимоя қилиш борасида амалий тушунчалар берилди. Зеро, гиёҳвандликка қарши курашиш, ёш авлодни соғлом ва баркамол этиб тарбиялаш ҳамда уларнинг келажагини асраш — барчамизнинг умумий вазифамиздир.

🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab 5 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda IT Park Uzbekistan yoshlar, talabalar va
🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab 5 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda IT Park Uzbekistan yoshlar, talabalar va startap g‘oyasi bor ishtirokchilar uchun bir oylik inkubatsiya dasturiga start beradi. Dastur quyidagi hududlarda tashkil etiladi: 🟢Samarqand viloyati 🟢Qashqadaryo viloyati 🟢Qoraqalpog'iston 🟢Andijon viloyati 🟢Farg'ona viloyati
Kimlar qatnashishi mumkin? — Oliy ta’lim muassasalari talabalari — IT o‘quv markazi tinglovchilari — IT kompaniyalari mutaxassislari — Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? ✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar ✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar ✔️ Mahorat darslari ✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish ✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar ✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
🗓 Ro'yxatdan o'tish uchun deadline: 15 oktyabr ⏲ Format: Online va Offline 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Bozor hududida yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilmoqda Quva tumani FVB xodimlari tomonidan bozorlardagi savdo rastalar
+9
Bozor hududida yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilmoqda Quva tumani FVB xodimlari tomonidan bozorlardagi savdo rastalari tom qismlaridagi yonuvchan plastik materiallarni olib tashlash va hududni yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Mazkur tadbirlar savdo majmuasida yong‘in kelib chiqishining oldini olish, fuqarolar va ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash hamda savdo obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan.

#tungi_reyd 🚔 QUVA TUMANIDA TUNGI REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA ♻️ “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Quva tumani Ekolog
+2
#tungi_reyd 🚔 QUVA TUMANIDA TUNGI REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA ♻️ “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Quva tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tungi nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda. 📍 Navbatdagi reyd tadbiri tumanning G‘alaba MFY hududida o‘tkazildi. Nazorat davomida fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi. ⚖️ Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 📢 Fuqarolardan maishiy chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlash, hududlar tozaligiga rioya qilish hamda atrof-muhitni asrashda mas’uliyatli bo‘lish so‘raladi. 🌿 Tozalik — barchamizning burchimiz! Farg'ona viloyat Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi AQSHning nufuzli U.S. News and World Report nashri 2026-yilgi
O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi AQSHning nufuzli U.S. News and World Report nashri 2026-yilgi dunyoning eng qudratli davlatlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yakuniy ro‘yxatga kiritilgan 100 ta davlat orasida 71-o‘rinni egalladi. Reytingga jami 100 ta davlat kiritilgan. Unda mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy ta’siri, xalqaro maydondagi nufuzi, ittifoqchilik aloqalari hamda harbiy salohiyati kabi omillar hisobga olingan. Ushbu reytingga Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning ko‘rsatkichlari kiritilmagan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

YIRIK INVESTITSIYA LOYIHASI AMALGA OSHIRILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA #24ta_masala #Eksport_maslahat_guruhi #Yoshlar_maslahat_
+7
YIRIK INVESTITSIYA LOYIHASI AMALGA OSHIRILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA
 #24ta_masala #Eksport_maslahat_guruhi #Yoshlar_maslahat_guruhi #Haftalik_ish_reja #Kotibiyat_mudiri
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Quva tumani Mustaqillik mahallasi hududida barpo etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish va taqsimlash agrologistika markazida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.   🌐 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash deputatlari Sh.Jo‘rayev, M.Sayfidinov va A.Mo‘minov, Kengash huzuridagi Ekspert maslahat guruhi raisi o‘rinbosari B.Abdurahimov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.To‘xtasinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovdan iborat ishchi guruhi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holatiga e’tibor qaratildi.   🔵 Mazkur loyiha 15 gektar yer maydonida “ENERGY-LAND” qo‘shma korxona shaklidagi MChJ tomonidan amalga oshirilib, uning umumiy qiymati 50 million AQSh dollarini tashkil etadi.   🤩 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash borasidagi ishlar tahlil qilindi.   ⭐ Ta’kidlash joizki, agrologistika markazining ishga tushirilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, tumanda zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.   ✏️ Eng muhimi, loyiha to‘liq ishga tushirilishi natijasida 500 nafardan ortiq fuqaroning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu esa aholi farovonligini oshirish va hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  🌐 Instagram|  ✅ Telegram |✅ Facebook| 📹 Youtube 🦅 E-Kengash

MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA OʻRGANISH OLIB BORILDI #Haftali_ish_reja #24_ta_masala #Madad_NNT 🔵 Xalq deputatlari Quva t
+3
MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA OʻRGANISH OLIB BORILDI
#Haftali_ish_reja #24_ta_masala #Madad_NNT
  🔵 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova, "Madad" NNT tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilovlar Tojik mahalla fuqarolar yigʻini hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.   ▫️ Bunda asosiy eʼtibor "ogʻir" toifaga kiritilgan mazkur mahallani kompleks rivojlantirish, uning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan "Manzilli dastur" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.   🗝 Xususan, “PLANDEM” MCHJ tomonidan Tojik koʻchasida uzunligi 1 kilometr boʻlgan beton ariq qurish ishlarini holati, qurilish-montaj ishlarining belgilangan grafik asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlar sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi, loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari oʻrganildi.   🔵 Oʻrganish yakuni boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🌐 Instagram|  ✅ Telegram |✅ Facebook| 📹 Youtube 🦅 E-Kengash

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 🔹So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; 🔹XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; 🔹Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; 🔹Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Batafsil Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Mas
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Eighth Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvida keng ko‘lamli tashabbuslarni ilgari surdi. — Президент нашей страны выступил с масштабными инициативами на Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslaha
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Ёшлар билан очиқ мулоқот: бандлик ва тадбиркорлик масалалари муҳокама қилинди Қува тумани ҳокими Халимжон Умаров “Пайшанба —
+8
Ёшлар билан очиқ мулоқот: бандлик ва тадбиркорлик масалалари муҳокама қилинди Қува тумани ҳокими Халимжон Умаров “Пайшанба — Ёшлар куни” доирасида туман Ёшлар марказида олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашув ўтказди. Очиқ мулоқот шаклида ўтказилган учрашувда ёшларнинг бугунги кундаги энг муҳим масалалари, жумладан, мутахассислиги бўйича муносиб ишга жойлашиш, тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш ва ўз бизнесини бошлаш борасидаги мурожаатлари тингланди. Учрашув давомида битирувчилар ўзларининг таклиф ва ташаббусларини билдириб, ишга жойлашиш, мавжуд бўш иш ўринлари, касбий йўналишига мос фаолият топиш ҳамда тадбиркорлик лойиҳаларини амалга ошириш бўйича амалий ёрдам сўрадилар. Туман ҳокими ёшларнинг ҳар бир мурожаатига алоҳида эътибор қаратиб, уларни мутахассислиги ва салоҳиятига мос иш ўринларига йўналтириш, тадбиркорлик истагидаги ёшларни қўллаб-қувватлаш ва мавжуд имкониятлардан самарали фойдаланиш бўйича масъулларга тегишли топшириқлар берди. Шунингдек, ёшлар билан ишлашда уларнинг ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, бандлигини таъминлаш ва доимий даромад манбаига эга бўлиши учун зарур шароитларни яратиш муҳимлиги таъкидланди. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram| Facebook | Instagram | Youtube | quva.uz

SO‘FI MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI #Kotibiyat_mudiri #Haftalik_ish_reja #24_masala #Eksport_maslahat_guruhi
+3
SO‘FI MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
#Kotibiyat_mudiri #Haftalik_ish_reja #24_masala #Eksport_maslahat_guruhi
  ✅ Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati Z.Xakimov, Kengash huzuridagi Eksport maslahat guruhi a’zosi S.Teshaboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan So‘fi mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari holati o‘rganildi.   ✅ O‘rganish davomida deputatlar mahalla faollari bilan birgalikda asosiy e’tiborni “og‘ir” toifaga kiritilgan mazkur mahallani kompleks rivojlantirishga qaratilgan “Manzilli dastur” doirasida “Orzudagi Za’min” MChJ tomonidan Dehqonobod ko‘chasida barpo etilayotgan 1,5 kilometr uzunlikdagi beton ariq qurilishi jarayoniga qaratdilar.   🤩 O‘rganish davomida beton ariq qurilishi ishlarining amaldagi holati, belgilangan hajm va muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.   ⭐ Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur choralarni ko‘rish belgilandi. 🌐 Instagram|  ✅ Telegram |✅ Facebook| 📹 Youtube 🦅 E-Kengash

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganigani bu yil 37 yil bo‘ldi! Aslida tilimiz qadimiy, betakror va dunyodagi eng chiroyli til. Agar biz unda so‘zlasak, uni asrasak, qadrlasak, asrlar davomida avlodlarimiz qalbida, tilida, tafakkurida millatning o‘lmas qadriyatlari ham bardavom bo‘laveradi. Farzandlarimizni avvalo, o‘z ona tilidan ayirmaylik. Boisi til bor – millat bor! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X