cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!

Rasmiy sayt http://sanepid.uz Telegram: t.me/sanepidcommittee Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ Facebook: fb.me/@sanepidxizmat Instagram: instagram.com/sanepid__uz Murojaat uchun bot: @Sanepidmurojaatbot 78/888-01-01 (011)

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
11 231
Obunachilar
+51424 soatlar
+1307 kunlar
-70930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

01:07
Video unavailableShow in Telegram
Куйдирги касаллиги – турли хил юқиш йўлларига эга бўлган, асосан ўзига хос оғриқсиз яра, баъзида ўпка, ичак ва оғиз-томоқ шаклларида намоён бўладиган ўта хавфли юқумли касалликдир. Куйдирги билан уй ҳайвонлари отлар, эшаклар, туялар, итлар, мушуклар ва бир қатор ёввойи ҳайвонлар ҳам касалланади. Куйдирги касаллиги қўзғатувчиси тупроқда бўлади.
Куйдирги касаллиги қуйидаги йўллар билан юқади:
– касал ҳайвонларни сўйиш ва гўштини майдалашда, терисини шилишда, ошқозон-ичаклари ва калла-почасини тозалашда, ҳайвонларни парвариш қилиш, ҳайвон маҳсулотлари ва тупроқ билан мулоқот жараёнларида; – етарли термик ишлов берилмаган гўшт истеъмол қилиш натижасида; –куйдирги бактерияси сақлаган чангли ҳаво билан нафас олганда;
Санэпидқўмита Ахборот хизмати Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2036.MOV52.06 MB
👍 1👏 1
🏨Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Sog‘lom bola — yurt boyligi” mavzusida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamshira va oshpazlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbir davomida Yangihayot, Bektemir, Chilonzor, Sergeli, Yashnobod tumanlaridan jami 350 nafardan ortiq hamshira va oshpaz qatnashdi. Unda sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berilib, xodimlarning mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan qiyinchiliklar va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Mazkur seminarda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, maktabgacha va maktab ta’limi shahar va tuman boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bosh texnologi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
РАСМИЙ МАЪЛУМОТ Интернет тармоқлари орқали Қирғизистон Республикасида Афғонистон Республикасида ишлаб чиқарилган "Анор" таъмли ичимлик таркибида захарли моддалар аниқланганлиги тўғрисида хабарлар тарқалди. Ушбу маҳсулот Ўзбекистон Республикасига ҳам олиб кирилган. Ҳар бир партиялар тегишли лаборатория текширувларидан ўтказилиб келтирилган маҳсулот партиясига санитария-эпидемиологик хулосалар берилган. Келтирилган маҳсулотлар таркибида захарли ёки инсон саломатлиги зарар келтирувчи моддалар аниқланмаган.  Ҳозирда Афғонистон республикасида ишлаб чиқарилган "Анор" таъмли махсулотлардан қайта намуналар олиниб, назорат тартибида лаборатория текширувлари олиб борилмоқда. Бугунги кунга қадар аҳоли томонидан айнан ушбу маҳсулотнинг сифатсизлиги ва истеъмол қилиш оқибатида захарланганлиги тўғрисида мурожаат келиб тушмаган. Санэпидқўмита Ахборот хизмати
Hammasini ko'rsatish...
👍 26🔥 2👏 1👌 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
#инфографика 🔹Қутуриш касаллиги – нерв системасининг кучли зарарланиши билан кечадиган, 100 фоиз ўлим билан тугайдиган ўта хавфли юқумли касалликдир. 🔸Касаллик одамга қутуриш касаллигига чалинган ҳайвонларнинг (ит, мушук, ёввоий ҳайвонлар) тишлаши  натижасида юқади. 📌Санэпидқўмита Фарғона вилояти бошқармаси Тошлоқ туман бўлими мутахассисининг касалликдан сақланиш бўйича 5 тавсияси юқоридаги инфографикада келтириб ўтилган. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
3.20 MB
👍 3🔥 2👌 1
02:38
Video unavailableShow in Telegram
Аҳоли орасида ОИВ, Гепатит С ва Захм касалликларини мобил лаборатория орқали эрта аниқлаш ва даволаш мақсадида БЕПУЛ ва АНОНИМ ҳолда тезкор тест орқали акция тадбирлари ўтказилди.
🎥 Бу ҳақида “Yoshlar” телеканалининг “Yangi davr” информацион дастурида намойиш этилган лавҳада батафсил маълумот берилди. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
surayyo.mp416.39 MB
👏 4🔥 3
02:37
Video unavailableShow in Telegram
Kunlarning isishi natijasida aholi orasida
❌o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, 🔻o‘tkir diareya, 🔻qorin tifi, 🔻salmonellyoz, 🔻virusli gepatit A 🔻va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi. 🟢 Ushbu kasalliklar tez yuquvchi kasalliklar bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi. ‼️
Sanepidqo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikda aholini turli ko‘ngilsiz holatlar va kasalliklarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7326.MOV56.89 MB
👍 23 3😢 1
Kuni kecha Yunusobod tumanining aholi yashash qismida suv tizimida nosozlik yuzaga kelishi oqibatida hududda suv toshgani ma'lum bo'ldi. Aniqlanishicha, sovuq suv quvurida nosozlik kuzatilganligi tufayli Yunusobod tumanining 6- va 7-mavzelarida suv toshqini yuz bergan. Shuningdek, aholi yashash uylarining yerto'lalari hamda 1-qavatining bir qismida suv to'planganligi ma’lum bo’lgan.
📌Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Sanepiqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo’limi, tuman IIB, FVB hamda bir guruh mas'ul tashkilotlar ishtirokida mutasaddilarni biriktirgan holda, shtab tashkil etildi. Bugun hudud to'liq suvdan bartaraf qilindi. 🔹 Xususan, soha mutaxassislari tomonidan 7-mavze “Astrobod” va “Turkiston” mahallasida sodir bo’lgan favqulodda vaziyatdan so’ng aholi xonadonlaridan ichimlik suvlaridan bakteriologik hamda kimyoviy tahlillarni o’tkazish maqsadida suv namunalari olindi va tuman laboratoriyalariga tekshiruv uchun keltirildi. 🔹Bundan tashqari, turli xil hasharotlarga qarshi 7-mavze “Turkiston” mahallasi uylar atrofida, suv toshgan yerto’la va irrigatsiya tarmoqlarida dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1👏 1
📚Maktab ta’limi va infratuzilmasini yaxshilash borasida muhokamasi bo’lib o’tdi
3-iyul kuni Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 👥Tadbirda hokim o‘rinbosari D.Rahimova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi shahar boshqarmasi vakillari, poytaxtimizdagi umumta’lim va xususiy maktablar rahbarlari va metodistlari ishtirok etdi. 💬Ishtirokchilar maktab muassasalarida to‘g‘ri va xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash zarurligini muhokama qildilar. 📈Shuningdek, shahar maktablarida ta’lim sifatini oshirish zarurligiga e’tibor qaratildi. O‘qitishning zamonaviy metodikalari, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari ko’rib chiqildi. 🟢Uchrashuvning muhim jihati xususiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan maktab ta’limidagi zamonaviy muammolar va tendensiyalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Eng yaxshi o‘qituvchilarni jalb qilish, ta’limning yuqori sifatini ta’minlash uchun xalqaro o‘qitish uslublarini qo‘llash orqali poytaxtda maktab ta’limini rivojlantirishga o‘z kuch va mablag‘larini sarflayotgan xususiy investorlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Bir necha yillik faoliyati davomida o‘zini mamlakatning eng yaxshi xalqaro maktablaridan biri sifatida ko‘rsatgan WIST maktabi bunga misol bo‘la oladi. Maktab biznes-menejeri Muhammadali Hakimjonov xususiy ta’lim tashkilotlari faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar va sohani yanada rivojlantirish maqsadida davlat sektori bilan birgalikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘zladi. 🟢Shuningdek, "Target" o‘quv markazi rahbari Botir Jalilov va "Registon" ta’lim loyihasi rahbari Botir Tolibjonov hamkorlikda ishlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shavkat Umurzakov zamonaviy avlod tarbiyasi va ta’limining muhimligini aytib, bu jihatlar shahar va umuman mamlakat kelajagining asosi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u belgilangan maqsadlarga erishish uchun xususiy va davlat maktablari hamda mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish zarurligiga e’tibor qaratdi. 🟢Uchrashuv harakatlar rejasini shakllantirish va yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olish bilan yakunlandi. Toshkent shahar hokimi qo’shma sa’y-harakatlar bilan ta’lim tizimida sezilarli yaxshilanishlarga erishish va o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mumkinligiga ishonch bildirdi. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.