Карши локомотив депоси расмий канали
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
635
Obunachilar
+124 soatlar
+37 kun
+230 kun
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+6
0 kanalda
Avgust '26
+18
1 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+23
1 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+17
0 kanalda
Get PRO
May '26
+13
1 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+7
1 kanalda
Get PRO
Mart '26
+11
1 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+9
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+9
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+9
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+7
1 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+9
1 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+7
1 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+32
1 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+9
1 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+13
1 kanalda
Get PRO
May '25
+15
1 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+14
1 kanalda
Get PRO
Mart '25
+12
3 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+12
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+12
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+22
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+13
2 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+14
1 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+9
1 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+27
2 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+15
1 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+17
2 kanalda
Get PRO
May '24
+21
0 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+21
2 kanalda
Get PRO
Mart '24
+36
1 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+224
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+26
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+35
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+27
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+27
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+7
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+19
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+13
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+10
0 kanalda
Get PRO
May '23
+17
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+20
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+53
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+57
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+16
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+15
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+12
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+6
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+25
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+9
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+202
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 06 Sentabr | 0 | |||
| 05 Sentabr | +1 | |||
| 04 Sentabr | +1 | |||
| 03 Sentabr | +3 | |||
| 02 Sentabr | +1 | |||
| 01 Sentabr | 0 |
Kanal postlari
🗳 QARSHI LOKOMOTIV DEPOSI FILIALIDA KASABA UYUSHMASI SAYLOVI O‘TKAZILADI
📅 2026-yil 9-sentabr kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filialida Kasaba uyushmasi tashkilotining saylovi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur saylov kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ishchi-xodimlarning mehnat va ijtimoiy manfaatlarini munosib himoya qilish, jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda xodimlar manfaatlarini ifoda eta oladigan munosib vakillarni saylash maqsadida tashkil etilmoqda.
🤝 Kasaba uyushmasi — bu xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, ularning murojaat va takliflarini qo‘llab-quvvatlovchi, jamoa birdamligini mustahkamlovchi muhim tashkilotdir.
📢 Kasaba uyushmasi faoliyatida faol ishtirok etish, jamoa manfaatlarini himoya qilish hamda ushbu mas’uliyatli vazifaga o‘z nomzodini ilgari surish istagida bo‘lgan ishchi-xodimlar saylovda nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.
O‘z nomzodini qo‘yish istagida bo‘lgan xodimlardan belgilangan tartibda murojaat qilib, nomzodini ilgari surishlari so‘raladi.
Shu munosabat bilan barcha ishchi-xodimlarni mazkur saylov jarayonida faol ishtirok etishga, o‘z fikr va tanlovini erkin bildirishga hamda munosib nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.
✅ Har bir ovoz muhim!
✅ Har bir nomzod — yangi tashabbus va mas’uliyat!
✅ Har bir tanlov — jamoamiz kelajagi uchun muhim!
📍 Sana: 9-sentabr 2026-yil
🏢 Manzil: “Qarshi lokomotiv deposi” filiali
#QarshiLokomotivDeposi
#KasabaUyushmasi
#Saylov2026
#Nomzod
#JamoaBirdamligi
#HarBirOvozMuhim
| 2 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TUNGI NAZORAT TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
🌙 2026-yil 31-avgust kuni Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli TCHG va TCHZE vakili S. Toshmurodov hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Jabborov boshchiligidagi mas’ul xodimlar tomonidan Mash’al stansiyasida TEM2-5773-sonli teplovoz belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
🔍 Tekshiruv davomida:
▪️ teplovozning umumiy texnik holati;
▪️ ekipaj qismi va yurish mexanizmlari;
▪️ avtoulagich va tormoz uskunalari;
▪️ lokomotiv kabinasidagi boshqaruv jihozlari;
▪️ texnik va safar hujjatlarining yuritilishi;
▪️ lokomotiv brigadasining xizmat vazifalarini bajarishi hamda mehnat va harakat xavfsizligi talablariga rioya etishi o‘rganildi.
📋 Nazorat tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — lokomotivlarning texnik sozligini ta’minlash, xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlashdan iborat.
✅ Harakat xavfsizligini ta’minlash, texnik intizomni mustahkamlash va lokomotivlardan ishonchli foydalanishga qaratilgan nazorat tadbirlari belgilangan reja asosida izchil davom ettiriladi. | 585 |
| 3 | Futbol musobaqasi
Joriy yilning 27, 28 - avgust kunlari Qarshi lokomotiv deposi filialida mustaqilligimizning 35-yilligi bayrami munosabati bilan erkaklar o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.
Yettita jamoa ishtirok etgan bu qiziqarli turnirda 4-o'rinni Xo'jalik jamoasi olgan bo'lsa, 3 va 2 - o'rinlarni ekplutatsiya va TO-3 jamoalari o'zaro bo'lishib olishdi. Endi eng qiziq joyi: 1- o'rinni kontora jamoasi qo'lga kiritdi.
O'yin so'ngida korxonamiz rahbari S.R.Jurayev va bosh muhandisi A.M.Jabborovlar so'zga chiqishib barcha futbol muhlislari va o'yinchilarni eng avvalo mustaqillik bayrami, va turnirda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan muborakbod etib, o'zlarining qimmatbaho sovg'alarini jamoalarga taqdim etishdi.
Barcha jamoalarni bu turnirda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Barchaga mustaqillik bayrami qutlug' bo'lsin! | 528 |
| 4 | Matn yo'q... | 1 949 |
| 5 | 🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 28-avgust kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filialida bayram tadbiri tashkil etildi.
🚆 Tadbir davomida korxonamiz ravnaqi, temir yo‘l transporti rivoji va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘lida ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbirini “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘i S.R. Jurayev hamda bosh muhandis A.M. Jabborov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Ular barcha depo ishchi-xodimlarini Vatanimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etib, har bir xodimga va ularning oila a’zolariga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik va farovonlik, mehnat faoliyatida ulkan zafarlar hamda yangi yutuqlar tiladilar.
🏅 Tadbirning eng quvonchli va faxrli lahzalaridan biri — “Qarshi lokomotiv deposi” filialining to‘rt nafar fidoyi xodimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanganligi bo‘ldi.
👏 Faxrli mukofot sohiblari:
🔹 Qudratov Anvar Muqumovich
🔹 Ergashev Furqat Toshpo‘latovich
🔹 Mingasharov Zokir Rasulovich
🔹 Qudratov Shuxrat Ne’matovich
🏆 Mazkur yuksak e’tirof — ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati hamda temir yo‘l sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.
💐 Barcha taqdirlangan xodimlarimizni yuksak mukofot va e’tiroflar bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
🇺🇿 Shuningdek, bayram tadbiri qatnashchilarini, sovrindorlarimizni va “Qarshi lokomotiv deposi” filialining barcha ishchi-xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
✨ Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
✨ Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin! | 2 846 |
| 6 | Mustaqillik bayrami
O'zbekiston respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28-avgust 2026 - yilda Qarshi lokomotiv deposi bir qancha o'z kasbining fidoyi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Yig'ilish avvalida Qarshi lokomotiv deposi boshlig'i S.R.Jurayev va bosh muhandis A.M.Jabborovlar so'zga chiqishib barcha depo xodim va xodimalarini mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi, oilaviy tinchlik, sog'lik - salomatlik va kasblarida rivojlar tilashdi.
Eng quvonarlisi to'rt nafar Qarshi lokomotiv deposi ishchi xodimlari Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi, bular Qudratov Anvar Muqumovich, Ergashev Furqat Toshpo'latovich, Mingasharov Zokir Rasulovich, Qudratov Shuxrat Ne'matovich.
Barcha bayramimiz qatnashchilari, sovrindorlarimiz va jamiyki korxonamiz barcha xodimlarini mustaqilligimizning 35 - yilligi bilan tabriklaymiz. | 19 |
| 7 | Mustaqillik bayrami
O'zbekiston respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28-avgust 2026 - yilda Qarshi lokomotiv deposi bir qancha o'z kasbining fidoyi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Yig'ilish avvalida Qarshi lokomotiv deposi boshlig'i S.R.Jurayev va bosh muhandis A.M.Jabborovlar so'zga chiqishib barcha depo xodim va xodimalarini mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi, oilaviy tinchlik, sog'lik - salomatlik va kasblarida rivojlar tilashdi.
Eng quvonarlisi to'rt nafar Qarshi lokomotiv deposi ishchi xodimlari Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi, bular Qudratov Anvar Muqumovich, Ergashev Furqat Toshpo'latovich, Mingasharov Zokir Rasulovich, Qudratov Shuxrat Ne'matovich.
Barcha bayramimiz qatnashchilari, sovrindorlarimiz va jamiyki korxonamiz barcha xodimlarini mustaqilligimizning 35 - yilligi bilan tabriklaymiz. | 1 |
| 8 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TUNGI NAZORAT TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
🌙 2026-yil 27-avgust kuni tungi smenada, tasdiqlangan grafik asosida “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Jabborov boshchiligida filialning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida kompleks tungi tekshiruv o‘tkazildi.
🔍 Tekshiruv davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy uzel va agregatlari, mashinist kabinalaridagi jihozlar, yong‘in xavfsizligi vositalari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, navbatchi va mas’ul xodimlarning ish faoliyati, tegishli jurnallar va hujjatlarning yuritilishi, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda mehnat va texnologik intizomga rioya etilishi o‘rganildi.
🖥 Dispetcherlik va navbatchilik xonalarida mavjud nazorat vositalari, videokuzatuv tizimlari hamda ish jarayonini monitoring qilish tizimlarining faoliyati ham nazoratdan o‘tkazildi.
🧯 Lokomotivlarda mavjud yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi, yaroqlilik holati va belgilangan joylarda saqlanishi alohida e’tiborga olindi.
⚙️ Bundan tashqari, lokomotivlarning mashina bo‘limlari, yurish qismlari va boshqa muhim texnik qismlarining holati mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi. | 1 389 |
| 9 | Matn yo'q... | 434 |
| 10 | Harakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 26-avgust kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.
Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati ham alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud mehnat sharoitlari va ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
Tekshiruv yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarning oldini olish hamda lokomotiv xo‘jaligida ish samaradorligi va harakat xavfsizligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat | 368 |
| 11 | MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘, ENG AZIZ NE’MAT! 🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shu yilning 21 - avgust sanasida Qarshi lokomotiv deposi filialida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi! 🏐
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamoamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga yanada keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy birdamlik va ahillikni mustahkamlashdir.
Jami 5 jamoadan iborat guruhlar o'z kuchlarini yashil maydonda, murosasiz o'yinlarda sinashdi va yakunda 1 - o'rinni Qalqon jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, Liderlar va Uchqurlar jamoalari 2,3 - o'rinlarni naqd qilishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalar munosib rag‘batlantirildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🏆🎁
✨Bu qizg'in musobaqamizda qatnashgan filialimizning barcha xotin-qizlariga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Sport — salomatlik garovi, birdamlik esa kuchimizdir! | 444 |
| 12 | 📅 2026-yil 21-avgust kuni xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
🏆 Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona raqobat va sportga xos shijoat ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy harakati, g‘alabaga bo‘lgan intilishi hamda sport mahoratini namoyish etdilar.
🤝 Bellashuv davomida xotin-qizlarning nafaqat sportdagi faolligi, balki o‘zaro birdamligi va jamoaviy qo‘llab-quvvatlashi ham yaqqol namoyon bo‘ldi.
🌷 Bunday sport tadbirlari xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stona muhit va jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga minnatdorlik bildiramiz va kelgusi sport bellashuvlarida ularga yangi zafarlar tilaymiz! | 84 |
| 13 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA NAVBATDAGI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi texnik tekshiruv o‘tkazildi.
🔍 Mazkur tekshiruv joriy 2026-yil 25-avgust kuni Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli bosh muhandisi T.J. Hamroyev, Qarshi lokomotiv deposi filiali bosh muhandisi A.M. Jabborov va Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli bo'yicha harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti noziri L.S. Safarov tomonidan amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida:
✅ elektrovoz va teplovozlarning texnik holatlari;
✅ asosiy uzel va agregatlarning ishlash holati;
✅ mashinist kabinalarining tartibi;
✅ elektr jihozlari hamda xavfsizlik qurilmalarining holati;
✅ lokomotiv brigadasi tomonidan me’yoriy hujjatlar va xizmat tartibiga rioya etilishi;
✅ sexdagi qurilish ishlari;
✅elektron marshrut dasturi ishlash holati;
📋 O‘rganish jarayonida mavjud holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bildirildi | 484 |
| 14 | Harakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 19-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda tegishli xodimlar ishtirokida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda lokomotiv brigadalari bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat | 692 |
| 15 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TANHOZ STANSIYASIDA NAVBATDAGI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi o‘rganish va nazorat ishlari amalga oshirildi.
📅 2026-yil 14-avgust kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Djabborov hamda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandis B.G‘. Arslanov tomonidan Tanhoz stansiyasida TEM2 rusumli №7091 teplovozi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
🔍 Tekshiruv davomida:
🔹 lokomotivning umumiy texnik holati va harakat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi uzel hamda agregatlar ko‘zdan kechirildi;
🔹 mashinist kabinasidagi boshqaruv va nazorat asboblarining holati tekshirildi;
🔹 lokomotiv brigadasining xizmat hujjatlari va tegishli qaydlar o‘rganildi;
🔹 mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishi nazorat qilindi;
🔹 lokomotivning ekipaj qismi va yurish qismlarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazildi.
📋 Shuningdek, lokomotiv brigadasi bilan harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajarish, texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish va aniqlangan kamchiliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish yuzasidan tegishli tushuntirish va profilaktik suhbatlar olib borildi.
#HarakatXavfsizligiOyligi #QarshiLokomotivDeposi #TanhozStansiyasi #TEM2_7091 #HarakatXavfsizligi #MehnatMuhofazasi #Temiryo‘l | 2 257 |
| 16 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA KITOB STANSIYASIDA NAVBATDAGI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi o‘rganish va nazorat ishlari amalga oshirildi.
📅 2026-yil 14-avgust kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Djabborov hamda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandis B.G‘. Arslanov tomonidan Kitob stansiyasidagi lokomotiv brigadalari uchun mo‘ljallangan mashinistlar dam olish uyining umumiy holati atroflicha o‘rganildi.
🔍 Tekshiruv davomida dam olish xonalarining holati, yotoq joylarining ozodaligi va jihozlanishi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, yuvinish va maishiy xonalar, suv ta’minoti, isitish tizimi, yong‘in xavfsizligi vositalari, axborot stendlari, bino va unga tutash hududlarning saqlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarning sifatli dam olishi, mehnat va harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda zarur maishiy sharoitlarning yaratilganligi joyida ko‘zdan kechirildi.
📋 O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlarga mavjud sharoitlarni doimiy nazoratda saqlash, sanitariya va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. | 1 653 |
| 17 | Matn yo'q... | 680 |
| 18 | MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘, ENG AZIZ NE’MAT! 🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qarshi lokomotiv deposi filialida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkaziladi! 🏐
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamoamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga yanada keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy birdamlik va ahillikni mustahkamlashdir.
📅 Sana: 20-avgust 2026-yil
📍 Manzil: Qarshi lokomotiv deposi filiali
🏐 Musobaqa turi: Xotin-qizlar o‘rtasida voleybol
Musobaqa yakunlariga ko‘ra faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalar munosib rag‘batlantiriladi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🏆🎁
✨ Filialimizning barcha xotin-qizlarini ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Sport — salomatlik garovi, birdamlik esa kuchimizdir! 💪
Tashkilotchi:
Qarshi lokomotiv deposi filiali xotin-qizlar qo‘mitasi | 506 |
| 19 | SAYYOR QABUL — MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
Joriy yilning 12-avgust kuni Qarshi Lokomotiv deposida “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida depo ishchi-xodimlarining murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Xodimlar tomonidan bildirilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul mutaxassislarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, muloqot jarayonida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat | 370 |
| 20 | 🚆 “HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA NAVBATDAGI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 6-avgustdagi 734-JDS-sonli hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig‘ining 2026-yil 7-avgustdagi 1205-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida lokomotiv xo‘jaligida e’lon qilingan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi texnik tekshiruv o‘tkazildi.
🔍 Mazkur tekshiruv jpriy 2026-yil 8-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Lokomotiv xo‘jaligi yetakchi muhandisi S. Toshmurodov hamda “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Djabborov tomonidan 2TE10M rusumli 2989-sonli teplovozda, Qarshi – Kengsoy – Qarshi uchastkasida amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida:
✅ teplovozning texnik holati;
✅ asosiy uzel va agregatlarning ishlash holati;
✅ yong‘in xavfsizligi vositalarining mavjudligi va sozligi;
✅ elektr jihozlari hamda xavfsizlik qurilmalarining holati;
✅ lokomotiv brigadasi tomonidan me’yoriy hujjatlar va xizmat tartibiga rioya etilishi;
✅ texnik va safar hujjatlarining yuritilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📋 O‘rganish jarayonida mavjud holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bildirildi. | 2 454 |
