uz
Feedback
Jinoyat protsessi

Jinoyat protsessi

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7

Ko'proq ko'rsatish
2 380
Obunachilar
-224 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
+7030 kun
Postlar arxiv
#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori, yu.f.d., Tulaganova Gulchexra Zaxitovnaning tavallud to
#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori, yu.f.d., Tulaganova Gulchexra Zaxitovnaning tavallud topgan kunlari. 🎉Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat va farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolamiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon tark etmasin!

Repost from Hazratali.uz
26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni @Hazratali_uz
26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni @Hazratali_uz

Тошкент давлат юридик университетида жорий йилнинг 2026 йилнинг 25 сентябрь куни «Жиноят-ҳуқуқий фаолият» йўналиши доирасида
+3
Тошкент давлат юридик университетида жорий йилнинг 2026 йилнинг 25 сентябрь куни «Жиноят-ҳуқуқий фаолият» йўналиши доирасида «Жиноят-процессуал ҳуқуқи» модули бўйича навбатдаги амалий маҳорат дарси (мастер-класс) бўлиб ўтди. «Жиноят процесси иштирокчилари» мавзусига бағишланган мазкур очиқ лексияда Юқоричирчиқ туман судининг судьяси Жумонова Дилноза Баходировна меҳмон маърузачи сифатида иштирок этди. Дарс давомида судья амалиётидаги реал мисоллар асосида жиноят процесси иштирокчиларининг ҳуқуқий мақоми, уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, шунингдек, суд жараёнида юзага келадиган муҳим жиҳатлар батафсил тушунтирилди. Талабалар ўзларини қизиқтирган саволларига амалиёт ходимидан жавоб олишди.

Repost from Hazratali.uz
#maqola "Asosli gumon" kafolatni kuchaytiradigan mezonmi yoki yangi huquqiy noaniqlikmi? Yuqoridagi Toshkent davlat yuridik u
#maqola "Asosli gumon" kafolatni kuchaytiradigan mezonmi yoki yangi huquqiy noaniqlikmi? Yuqoridagi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi sho'basi katta o'qituvchisi Sunnat Maxmudov tomonidan yozilgan maqolani o'qishni tavsiya qilamiz. Maqolada qonunchilikka kirib kelayotgan yangi xalqaro standart haqida so'z boradi. @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
⚠️⚠️⚠️ Quyidagi holatlarda ekspertiza tayinlanishi va o'tkazilishi shart: 👉 o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarin
⚠️⚠️⚠️ Quyidagi holatlarda ekspertiza tayinlanishi va o'tkazilishi shart: 👉 o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 jinsiy aloqada bo‘lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish belgilarini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini aniqlash zarur bo‘lganda, agar bu haqda hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa; 👉 gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g‘ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko‘rsatuvlar berish hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so‘roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini aniqlash zarur bo‘lganda; 👉 portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo‘lganda. @Hazratali_uz

🧷🧷🧷 "SUD AMALIYOTIDAGI ENG KO‘P YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR" mavzusida BEPUL MAHORAT DARSI! Jinoyat va jinoyat-protsessual h
🧷🧷🧷 "SUD AMALIYOTIDAGI ENG KO‘P YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR" mavzusida BEPUL MAHORAT DARSI! Jinoyat va jinoyat-protsessual huquqida har bir protsessual xato yoki noto‘g‘ri kvalifikatsiya ishning taqdirini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Amaliyotda bunday xatolar qayerda yo‘l qo‘yiladi va ularni qanday aniqlash mumkin? Shu va boshqa ko‘plab amaliy savollarga tajribali ekspertlarimiz bilan birgalikda javob topamiz! 📝 Mahorat darsida nimalarni o‘rganasiz? ➡️ Tergov va sud xatolari — amaliyotda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan buzilishlar; ➡️ Dalillarning maqbulligi — qaysi holatlarda dalil maqbul emas deb topiladi; ➡️ Kvalifikatsiya masalalari — qilmishni to‘g‘ri malakalash sirlari; ➡️ Real keyslar — haqiqiy jinoyat ishlari va sud amaliyoti tahlili; ➡️ Ehtiyot choralari va Jazo tayinlash borasidagi muhim jihatlar. 🎙 Spikerlar: • Xazratali Qudratillayev — TDYU dotsenti v.b., PhD, advokat va Bobur Otaboyev — TDYU katta o‘qituvchisi, PhD, advokat. 📆 24.09.2026-yil ⏰ 20:00 😎: @Milliy_huquq_maktabi telegram kanalida bo'lib o'tadi 👉Darsni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga ulanib qo‘ying: @Milliy_huquq_maktabi 📥 Batafsil ma’lumot uchun izohlarda «+» qoldiring yoki bizga yozing! @Milliyhuquqmaktabi_admin 📞 +998979535555 TELEGRAM│ INSTAGRAM

Repost from Hazratali.uz
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yosh
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda: ✅ 7 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz oʻttiz daqiqadan, jami bir soatdan; ✅ 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan; ✅ 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami toʻrt soatdan oshmasligi kerak. @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Endi oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlari sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin emas. @Hazratali_uz

🧷🧷🧷 "SUD AMALIYOTIDAGI ENG KO‘P YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR" mavzusida BEPUL MAHORAT DARSI! Jinoyat va jinoyat-protsessual h
🧷🧷🧷 "SUD AMALIYOTIDAGI ENG KO‘P YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR" mavzusida BEPUL MAHORAT DARSI! Jinoyat va jinoyat-protsessual huquqida har bir protsessual xato yoki noto‘g‘ri kvalifikatsiya ishning taqdirini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Amaliyotda bunday xatolar qayerda yo‘l qo‘yiladi va ularni qanday aniqlash mumkin? Shu va boshqa ko‘plab amaliy savollarga tajribali ekspertlarimiz bilan birgalikda javob topamiz! 📝 Mahorat darsida nimalarni o‘rganasiz? ➡️ Tergov va sud xatolari — amaliyotda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan buzilishlar; ➡️ Dalillarning maqbulligi — qaysi holatlarda dalil maqbul emas deb topiladi; ➡️ Kvalifikatsiya masalalari — qilmishni to‘g‘ri malakalash sirlari; ➡️ Real keyslar — haqiqiy jinoyat ishlari va sud amaliyoti tahlili; ➡️ Ehtiyot choralari va Jazo tayinlash borasidagi muhim jihatlar. 🎙 Spikerlar: • Xazratali Qudratillayev — TDYU dotsenti v.b., PhD, advokat va Bobur Otaboyev — TDYU katta o‘qituvchisi, PhD, advokat. 📆 24.09.2026-yil ⏰ 20:00 😎: @Milliy_huquq_maktabi telegram kanalida bo'lib o'tadi 👉Darsni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga ulanib qo‘ying: @Milliy_huquq_maktabi 📥 Batafsil ma’lumot uchun izohlarda «+» qoldiring yoki bizga yozing! @Milliyhuquqmaktabi_admin 📞 +998979535555 TELEGRAM│ INSTAGRAM

Repost from Hazratali.uz
Jinoyat protsessida tergov sudyasining vakolatlari @Hazratali_uz
Jinoyat protsessida tergov sudyasining vakolatlari @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
#darslik 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Sizlarga O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tomonidan tayyorlangan "Jinoyat-protsessual huquqi" darsligi taqdim qilinmoqda. t.me/Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Qanday qarorlar sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin emas? @Hazratali_uz
Anonymous voting

Repost from Hazratali.uz
Qanday ishlar yuzasidan yarashuv arizasi faqat sud bosqichida berilishi mumkin? @Hazratali_uz
Anonymous voting

Repost from Hazratali.uz
Ehtiyot choralari turlari: ✅ Munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; ✅ Shaxsiy kafillik; ✅ Jamoat birlashmasi yoki j
Ehtiyot choralari turlari: ✅ Munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; ✅ Shaxsiy kafillik; ✅ Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; ✅ Garov ; ✅ Uy qamogʻi (faqat sud); ✅ Qamoqqa olish (faqat sud); ✅ Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; ✅ harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Tergovga qadar tekshiruv muddati qanchani tashkil qiladi?
Anonymous voting

Repost from Hazratali.uz
Jinoyat protsessida tarjimon uchun til bilish darajasi qanchani tashkil qiladi
Anonymous voting

Repost from Hazratali.uz
Alohida xonada (maslahatxonada) chiqaraladigan ajrimlar @Hazratali_uz
Alohida xonada (maslahatxonada) chiqaraladigan ajrimlar @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: 1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: 1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish; 2) tintuv; 3) koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish; 4) tergov eksperimenti; 5) shaxsni ushlash; 6) himoyachidan voz kechish; 7) shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish. @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Tergovchi — mustaqil shaxsmi yoki "qo'g'irchoq"mi? Amaliyotda tez-tez uchraydigan bir manzara bor: advokat iltimosnoma beradi — tergovchi javob o'rniga "prokurordan so'rayman" yoki "rahbariyatdan so'rayman" deydi. Protsessual majburlov chorasi qo'llanilganda esa — "rahbariyatdan shunday topshiriq bor" degan javob keladi. Bu holat bir savolni doimiy ravishda kun tartibiga qo'yadi: qonun bo'yicha mustaqil bo'lishi kerak bo'lgan tergovchi, amalda qanchalik mustaqil? Jinoyat-protsessual kodeksiga ko'ra, tergovchi mustaqil protsessual figura sifatida belgilangan. U jinoyat ishini qo'zg'atish yoki qo'zg'atishni rad etish, gumon qilinuvchini ushlash va so'roq qilish, tergov harakatlarini o'z ixtiyori bilan olib borish, shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb etish, ehtiyot chorasi tanlash (qamoq va uy qamog'idan tashqari) kabi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga vakolatli. Boshqacha aytganda, qonun tergovchiga alohida protsessual mustaqillik va shu bilan birga — shaxsiy javobgarlik yuklaydi. Qaror kimning "ko'rsatmasi" bilan qabul qilinganidan qat'iy nazar, hujjatga imzo qo'ygan, ishni yuritgan — tergovchi hisoblanadi va javobgarlik ham unga tegishli bo'ladi. Savolda aytilgan holat — bu qonun bilan amaliyot o'rtasidagi tanish tuynuk. Rasman tergovchi mustaqil, biroq amalda ko'plab qarorlar og'zaki ko'rsatma asosida qabul qilinadi. Bu yerda uchta jiddiy muammo yuzaga keladi: Birinchidan — javobgarlikning assimetriyasi. Qaror og'zaki topshiriq bilan qabul qilinsa-da, imzo tergovchiniki, protokol tergovchiniki, oqibat — tergovchiniki. Rahbariyat esa hech qanday hujjatda "iz qoldirmaydi". Nazorat va boshqaruv o'rtasidagi bu nomutanosiblik — javobgarlikni pastga, vakolatni esa yuqoriga siljitib yuboradi. Ikkinchidan — shaffoflikning yo'qolishi. Advokat "nima uchun?" deb so'raganda, javob protsessual asosga emas, balki ierarxik bo'ysunuvga tayanadi. Bu esa jinoyat ishini yuritishning qonuniyligini tekshirish imkoniyatini toraytiradi — chunki "rahbariyat shunday dedi" degan javobni na sudda, na nazorat organida hujjat sifatida taqdim etib bo'lmaydi, u faqat og'zaki bahona bo'lib qoladi. Uchinchidan — institutsional ishonchning yemirilishi. Agar jamiyatda "muhim masalalar rahbariyat orqali tezroq hal bo'ladi" degan qarash shakllansa, bu — protsessual tenglik va qonun ustuvorligi tamoyiliga bevosita zid. Adolat tezlik bilan emas, qonuniylik bilan o'lchanadi. Muammoning yechimi tergovchilarni ayblashda emas — ular ham ko'p hollarda ierarxik bosim ostida ish yuritadi. Bu tizimli muammo hisoblanadi - tergovchining protsessual mustaqilligini amalda kafolatlaydigan mexanizmlarni kuchaytirish, va eng muhimi — har bir protsessual qarorning aniq, tekshiriladigan asosga ega bo'lishini talab qilish zarur. Aks holda savol ochiq qoladi: agar javobgarlik pastda, qaror esa yuqorida qabul qilinsa — bu tizim kimni himoya qilyapti? Fuqaronimi, tergovchinimi, yoki faqat ierarxiyaning o'zinimi? @Hazratali_uz

Repost from Hazratali.uz
Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyat qancha muddatda prokuror tomonidan ko'rib chiqilishi lozim? @Hazratali_uz
Anonymous voting