cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bobil Kutubxonasi

Reading Because Murder Is Wrong! Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 430
Obunachilar
-424 soatlar
+157 kunlar
+19330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Kitob o’qishni endi boshkayotgan yo boshlamoqchi bo’lib yurganlar uchun jichik yo’riqnoma yozdim. Buni balki ogohlantirub deyish ham mumkin. Ishqilib, o’qisangiz balki ba’zi savollaringizga javob, ba’zi javoblaringizga savol toparsiz. @bobil_kutubxonasi https://telegra.ph/Kitoblar-Ayalar-va-Boshlangichlar-06-28
Hammasini ko'rsatish...
Kitoblar: Ayalar va Boshlang’ichlar

Qanday qilib kitob o'qishni boshlash mumkin? Umuman, bizga kitob o'qittiradigan omil nima o'zi? Kitob dunyosiga kirishning birinchi qoidasi kitoblardagi potensialni bo'rttirmaslikdir. Maktabda o'qituvchilaringiz, televizorda davlat yo ijtimoiy tarmoqda kO'pchilik kitob bloggerlari aytgan gaplar, to'qigan matovlarini unuting. Kitob sizni yaxshi odam yo buyuk shaxs qilib qo'ymaydi.Kitobni feysbukdagi postlar yo yutubdagi videolarning uzunroq varianti sifatida ko'rishni o'rganing.  Kitoblarga keraksiz darajada…

🤗 19 13💯 7🔥 6❤‍🔥 2😁 2👏 1
Bolalarga umuman, diniy ta'lim berish kerakmi, bunga unchalik ishonchim komil emas. O'n sakkizga to'lmagan bir odamning miyasiga o'z e'tiqodingizni singdirish va dunyosini shu bilan cheklab qo'yish ahloqqa qanchalik yaqin? Har kim bilganini qilsin, o'zining Xudosi o'ziga deyish mumkin, lekin bolalar huquqi jamiyat tomonidan himoya qilinadigan huquq. Bir odam o'n sakkizga to'lgachgina o'z dini va dunyoqarashiga ega bo'lishi mumkin. Qolgan har qanday holat esa uning hurriyatiga tajovvuzdan boshqa narsa emas. Lekin, mayli... Bizda qaysi huquqqa qaralyaptiki bunga qarashsin. O'zi paxta terdirishni yaqinda, zo'rg'a to'xtatdik. Ahloqni bir chetga surib qo'yganimizda ham mushtdek bolalarni bunday hujralarga yo'llash juda xavfli. Turkiyada ko'ryapmiz... Bu domlaman deganining pedofili bor, sadisti yo nevrozi bor. Ham, Qur'onning asil ma'nosini tushuntirmay faqat arabchasini yodlatgandan nima foyda? Nima deyilayotganini bilmasang, chiroyli qiroatingni nima qilaman? Masjidlardagi msivoq yo tuya haqidagi arabcha suralarni eshitib tushunmay yig'laydiganlardan nima farqimiz qoladi? Bundan tashqari, o'zbekchasini o'rgansa ham Qur'ondagi yuksak ma'nolarni bu bolalar tushunarmikan? Ya'ni, 12 yoshdagi bolaga kvant fizikasi yo biokimyo o'rgatolmaysiz, lekin Allohning kalomini uning shaxsiy tanlovidan tashqarida ko'r-ko'rona yodlatasiz. Islomofob savol emas bu. Sanashni o'rgatmay turib karra jadvali yo kasrlarni o'rgatishga, to'g'rirog'i yodlatishga o'xshaydi. Bolaning hurriyati, pedagogik mantiq, travmatik jazolar, jinsiy tajovuz xavfi... Ishqilib, savollar ko'p. Xudo oxirimizni baxayr qilsin. Davlat balki xohlovchi oilalarga qonun doirasida kurslar tashkil qilar. Shunda ko'nglimiz biroz hotirjam bo'ladi. @bobil_kutubxonasi
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 16🔥 6 4👀 1
Repost from Alimoff Live
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Ёш боллар яхшида. Рижолдомласини тикка сотишяпти😁
Hammasini ko'rsatish...
25.39 MB
😁 13🤣 3😢 2🤯 1
Shaxs va Jamoaviylik haqida Uch kundir ba’zan feysbukka kirib turibman. Postlarni ko’rib, yaxshiyam paytida tashlab ketgan ekanman, deyapman. Telegramdagi kanallar, kitob bloglarining o’qimishli kuzatuvchilari doirasida o’zbek jamiyatining aslida qanday ekanligini unutib qo’yibman. Men bu jamiyatga oid bo’lishni istamayman, masalan. Ayam yoki sevgan ayolim bilan tushgan rasmim ostida meni buzuq deb atovchilar, bir-biriga ta’na qilayotganlar, o’zicha Islom qo’riqchiligi qilib, odamlarni Islomdan sovutayotganlar… Umuman, bu odamlar birovni sababsiz toshbo’ron qilish huquqini qayerdan oladi? Bilamizki, O’zbekiston hamon jamoaviy-kollektiv tuzumda yashaydi. Tariximizda hech qachon individuallashuv ya’ni shaxsga aylanish jarayoni yuz berolmadi. Xonliklar davrida bir bo’lib saroy qurilishi yo tog’on qazish hashariga safarbar qilingan xalq Sovetda paxtaga haydaldi. Yer va pul yetmagani uchun butun oiladagi o’nta bola bitta xonada uxlashga majbur bo’ldi, shaxsiy xona degan narsa faqat Amerika filmlarida qolib ketdi. Kichik xalq edik, sonimizni ko’paytirishimiz shart va o’ta yosh paytimiz uylandik, turmush qurdik. Ichimizda doim bizni kuzatib turadigan ota-ona xarakteridan qutulolmadik, o’z qarorlarimizni o’zimiz qabul qilolmadikk. Natijada, shaxga aylanolmaslik, shaxsiy fikrga ega bo’lmaslik butun boshli o’zbek milliy qadriyatining o’zagiga aylandi. Umuman, shaxsiyatlashuv nima? U o’z qabul qilgan qarorlari va amallarini mustaqil ravishda bajarib, xato va mag’lubiyatni o’z nomidan qabul qila olishdir. Shaxsiyat biron ishni jamiyat istagani yo oila zug’umi sabab emas, balki o’zi istagani uchun qilishdir. Bu harakatlarni amalga oshirganingizda sizga feysbukdagidek ‘jamiyatga zararli unsur’ tamg’asini bosadiganlar esa hayotda shaxs bo’lolmagan, jamiyatsiz, mahallasi, qishlog’i yo ota-onasisiz hech vaqoni eplolmaydiganlar, xolos. Ya’,ni, psixologik jihatdan o’smirlikdan so’ng psixologik ravishda ulg’ayolmaganlar. O’smirlarga xos sababsiz g’azab, hammadan alamzadalik, o’z xatosi uchun tinimsiz boshqalarni ayblash, o’zi boshlagan jangda mag’lub bo’lgach, yer tepinib yig’lash… Bularning bari mana shu, shaxs bo’lolmagan odamlarda ko’zga tashlanadi. Ularni biz o’zbek jamiyatida tonnalab topamiz. Vaqtida (ularga ko’ra 18-23 yosh orasi, ya’ni ayni katta dunyo bilan tanishuv davri) turmush qurib, inkubatordek tug’madingizmi? O’tirib qolgan yo jinsiy qobiliyatsizsiz. O’zingiz istagandek kiyindingizmi? Fohisha yo yengiltabiatsiz, chunki ular hech qachon o’zlari istagan kiyimni mahalla bosimi sabab kiyisholmagan. Ayolingiz bilan baxtli kuningizni ulashdingizmi? Bo’ldi, ayol olib-sotarisiz, chunki ular nari borsa yigirma yoshda onasi tanlab bergan, o’zi hech qachon sevmagan ayol bilan yashashga majbur. Qisqasi, bu kishilarning fikr-mulohazasi, sizni aynan jamiyat g’alviri orqali baholashi hech narsani hal qilmaydi. Ular og’zini ocha boshlaganida shunchaki ulg’ay va o’zinga hayot yarat, deyish kerak. Chunki, ko’pchiligining shaxsiy hayoti bo’lmagani uchun siznikiga burun suqishdan zavq oladi. Istaganingizdek yashang, shaxs bo’ling, chunki bu jamiyat yo dunyoni bizning kiyim, diniy qarash yo kundalik harakatlarimiz emas, poraxo’rlik va ikkiyuzlamachilik, yolg’ondan yashashlar qulatadi. G’oringizdan chiqing, shuning o’zi yetadi. Mirzohid @bobil_kutubxonasi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 31 19👏 17❤‍🔥 5🤯 3
Bugun soat 22:00 da kichik suhbat uyushtiramiz. Yangi kitoblar, tarjima va akademik hayot haqida. Istaganlar kirishi mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 18🤔 4 2🎉 1
American Short Story Class Notes.docx0.25 KB
🎉 13🔥 9🤝 6 4🕊 3🏆 3🤷‍♂ 2🤔 2👀 1🎃 1🙊 1
… keyin esa e Amerika adabiyoti va madaniyati bo’yicha oliy ta’lim olgan birinchi va yagona o’zbek mutaxassisi bo’ladi.) Kecha rasman Anqara Universiteti, Til va Tarix-Jog’rofiya Fakulteti, G’arb Tillari Kafedrasi, Amerikan Adabiyoti va Madaniyati bo’limining bakalavr bosqichini bitirib, amerikanistika bo’yicha ta’sis oldim. Birinchi kursni O’zbekistonda, Istanbul Universitetidan dars olib o’qidim. Ikkinchi kurs Anqaraga keldim, o’qidim, izlandim, kuldim, yig’ladim, ba’zi darslarda qora tanlilar o’tmishini o’qib o’z tana rangimdan ijirg’andim, ba’zi darslarda nazariyaga sho’ng’idim, ba’zilarida domlalarim bilan jinsiyat haqida gaplashdim, ba’zan domlamning tashqaridagi konferensiyasiga borgach, uning taklifi bilan bir qadah sharob ustida suhbat qurdim… YASHADIM! Tengdoshlarimdan kech boshladim. Kechikish hissi meni hech qo’yib yubormadi. O’zimga tasalli bergan bo’ldim, tirishaverdim… Bugun qo’limda xorijlik talabalar uchun qabul ochilmaydigan bo’limning men uchun istisno sifatida berilgan magistratura qabul maktubini ushlagancha devorga tikilaman. Arzidimikan? Arzidimmikan? Bu bo’limda savol berishni o’rgandim. Javoblar keldi. Javoblar chiqitga chiqdi, qayta so’radim. Anqaraning eng kambag’al mahallalaridan biriga kelib, bugun o’z tartibimni qurdim, oyoqqa turdim. Demak, arzidi. Bu sayohtda meni yolg’iz qoldirmagan Ahli Bobilga, turkcha kurslarimdagi o’quvchilarimga, do’stlarga va… Butun injiqliklarimni ko’targan oilam, kunlari mening dardimda o’tgan Ayamga rahmat aytaman. Yaxshiyam bor edinglar, borsizlar… Ana endi haqiqiy akademiyaga xush kelibman. ) Mirzohid @bobil_kutubxonasi
Hammasini ko'rsatish...
40👏 29❤‍🔥 11🔥 6😁 2🐳 1🏆 1
Ikkinchi Jahon Urushida ilm-fanning odamzot hayoti uchun qanchalik dahshatli qurol bo'lishi mumkinligini ko'rdik. Bombalar, tirik inson ustida o'tkazilgan tajribalar, gaz va boshqa yuzlab vahshiyliklar... Bularning bari aniq va tabiiy fanlar yordamida ro'y berdi. Biroq, ijtimoiy fanlar ham shunday talafot yetkazishi mumkinmi? Albatta. Keling, shularni bir sanaylik. 1. Irqchi Arxeologiya Qadimgi dunyo mo’jizalari bor. Ushbu me’moriy ajoyibotlar butun insoniyat mulki hisoblansada, lekin negadir bittasiga boshqa, ikkinchisiga boshqa munosabat bildiriladi. Lotin Amerikadagi ko’hna ibodatxonalar, Misr piramidalari, hind sajdagohlari… Bularni ko’pincha aslida odamlar qurmagan, o’zga sayyoraliklar qurib ketgan, degan mish-mish yuradi. Albatta, bugungi fan ularning qanday qurilganini aniqlagan bo’lsada, lekin baribir mish-mishlar to’xtamaydi. Umuman, nega bunday afsonalar doim G’arbdan tashqarida bolalaydi? Nega hech kim Afina Akropoli yo Helios haykalini o’zga sayyoraliklar qurganmikan, demaydi? Chunki, G’arb yuzlab yillar davomida o’zidan tashqaridagi xalqlarni kamsitib keldi. Ularga siz bunday ajoyib binolarni qurolmaysiz, siz johil bo’lgansiz, degan g’oyani singdirdi. Arxeologlar ham shu g’oyaning yoyilishiga sabab bo’lishdi. 2. Tarix va Ayol Nafrati Buyuk davlatlar tarixiga nazar tashlagan paytimiz ko’pchilik sulolalarning ayollar sabab qulaganini ko’ramiz. Xorazmshohlarda Turkan Xotun, Temuriylarda Gavharshodbegim, Usmoniylarda Ko’sem… Bu ayollarni hukumat istagida shunchalar ko’r bo’lgandek tasvirlashadiki, go’yo ularning fitnasi bo’lmasa, bu davlatlar hech qulamaydigandek. Hech qaysi mustahkam davlat o’z-o’zidan, bitta hiyla bilan qulamaydi. Gavharshodbegim shahzodalarni gij-gijlamasidan avval ham xonadon ich-ichidan nurab bo’lgandi. Vaholanki, hech kim Ulug’bekning fanga mukkasidan ketib davlat ishlariga qarolmaganini tanqid qilmaydi, masalan. Yo qadimgi Misrdagi ayol fir’avnlar o’lishgan zahoti ular davrida yozilgan tosh solnomalar chizib tashlangani, Turkiyada Usmoniy malikalarga oid haqiqiy tarix kitoblarining o’tga tashlanganiga nima deysiz? Tarix o’z ichida ayollarni doim fitna timsoli sifatida ongimizga singdirib keldi. Qahramon, olima ayollar unuttirildi, vaholanki Ulug’bek boshchiligidagi butun boshli Samarqandda nega bironta mashhur olima yo’q? Bo’lgan, ammo ularning ilmiy ishlari o’rniga biz Abdulatifning padarkushligini ko’proq o’qiymiz. Sababi esa uning erkakligi, xolos. Buyoqda Temurning jangchi qizi Sultonbaxtbegimning otasiga qarshşi isyon qilgan odam ya’ni erining otasi kelmasidan avval o’zi o’ldirganini esa ko’pchilik bilmasa ham kerak. 3. Madaniy Qirg’in va Antropologiya Antropologiya xalqlarning jismoniy, ijtimoiy va madaniy hayot tarzini o’rganadigan fan. Tashqaridan qaraganda beozor ko’rinadigan bu soha aslida G’arbning nigohidagi Sharq va ekzotik mamlakatlarni yaratish uchun tashkil topgan. Yaratish? Bitta fan bilan butun boshli xalq qanday yaraladi? Buni biz ‘xayoliy jo’g’rofiya’ deb ataymiz. Rossiya Turkistonga avvalo antropolog va folklorshunoslari bilan kirib keladi. Turkiylarning urf-odat va tarixini o’rganishdi, u8ni qayta izohlab (definition) yana turkiylarga qaytarishdi. Bugun Turkiston xalqi o’sha, qaytarilgan, rus elagidan o’tgan o’zligini hamon olib yuribdi. Shuning uchun mediadagi ‘o’zbekona’ tasvirlar ensamizni qotiradi. Chunki, u haqiqiy emas, balki G’arb prizmasidan o’tgan o’zbeklikdir. Buni yaxshiroq tushunish uchun Edward Saidning Orientalism kitobini o’qish kerak, yo’qsa bitta postga sig’adigan gap emas. Adabiyot va tilning ham tarixda o’ta qonli jinoyatlari bor, lekin ularni keyinroq post qilaman, balki alohida suhbat ham uyushtirarmiz. Mirzohid @bobil_kutubxonasi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 30 7👏 4🐳 3❤‍🔥 2🤔 1
Taxtlar O’yini’dan so’ng dam olishim kerak, yo’qsa ikkinchi kitobga kuchim yetmayapti, deb anchagacha qo’l urmay yurdim. Bilsam, menga Jorj Martindan biroz uzoqlashish zarur ekan, xolos. Ikkinchi kitob to’xtamadi, lekin kuzda yangi kitoblar ham bo’ladi. Shunday paytlar, tarjimon ekanimni anglagan lahzalarim to’liqib ketaman. “Sen tarjimonsan va buni hech qachon unutma”… Qaysi kitoblar kelsin, deysiz? Umuman tarjima qilinmagan va bizda tanilmaganlaridan ayting)
Hammasini ko'rsatish...
🔥 30 8🐳 4👏 2🎉 2
Ijtimoiy fanlar doirasida odamlarni qanday trollash haqida gaplashsak. Bugun bu soha, ayniqsa akademik muhit juda chigal. Kimning aslida jiddiy gapirib, kimning kalaka qilayotganini tushunish qiyin. Kecha sotsiologiya bo’yicha gender va feminizm doirasida doktorantura o’qiyotgan bir akaga shunday yozdim: Modomiki feminizm erkakni cheklash va uning mutloq hokimiyatini ma’lum nuqtada chegaralashni maqsad qilgan ekan, demak erkaklikning bir chegarasi bor. Bu yerdagi nazariy muammo shuki, erkaklik tugagan/chegaralangan joydan nima boshlanadi? Ayollikmi? Bunda, feminizm o’zini o’zi rad qilgan bo’lmaydimi? Erkaklik tugagan joydan boshlangan ayollik ijtimoiy jihatdan erkaklik bilan nechog’liq teng bo’loladi? Oradan ikki soat o’tgach, doktorant aka 15 bet tushuntiruv matni jo’natdi. Men: Domla, buni faqat zerikkanda o’zimcha to’qib yozdim. Yozgan narsam bilan feministik chegaralanishning aloqasi yo’q. 🥲 Domla: 🥲
Hammasini ko'rsatish...
😁 22🔥 1🌚 1💔 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.