cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

genetika.uz

Muhammadali Sharipovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Ushbu kanalda shaxsiy qarashlarim, testlar, qoʻllanmalar va biologiyaga oid ma'lumotlar berib boriladi. Muhokama guruhi: https://t.me/Bio_kimyouz Murojaat: @Muhammadali_Sharipov

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 237
Obunachilar
+624 soatlar
+237 kunlar
+29030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Imtihon kuniz qachon?Anonymous voting
  • 14-iyul
  • 15-iyul
  • 16-iyul
  • 17-iyul
  • 18-iyul
  • 18-iyuldan keyin
  • Keyingi yil topshiraman
  • Boshqa
0 votes
4👍 3
📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖 Yangi 10-sinf Biologiya darsligida chibis degan mavjudot berilgan. Bugun shu haqida gaplashamiz! Chibis (Vanellus vanellus) — rjankasimonlar oilasiga mansub qush. Uzunligi 30 sm ga yaqin. Qanotlari keng. Boshida uzun va ingichka kokili bor. Yevrosiyoda tarqalgan. Uchib ketuvchi qush. Koʻpincha koloniya boʻlib botqoqliklar, oʻtloqlar va boshqa dalalarda uya quradi. 4 ta tuxum qoʻyadi. Ayrim joylarda tuxumlari ovqatga ishlatiladi. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida uchraydi.
Hammasini ko'rsatish...
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 🔘 @xushnudbekuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1
Energiya almashinuvi (ATF) mavzusida qiynaladiganlar uchun maxsus
Hammasini ko'rsatish...
IMG_20240707_050501_719.png0.99 KB
IMG_20240707_050505_835.png0.98 KB
IMG_20240707_050508_289.png1.00 KB
IMG_20240707_050510_823.png1.01 KB
IMG_20240707_050514_134.png1.11 KB
IMG_20240707_050523_546.png0.75 KB
IMG_20240707_050531_352.png1.16 KB
IMG_20240707_050546_609.png0.85 KB
IMG_20240707_050557_885.png0.63 KB
👍 2 2🔥 1
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka, 📝qoralama uchun bo’sh qog’oz va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Repost from genetika.uz
#BIZDA_ELON Assalomu alaykum xurmatli kanalimiz obunachilari men sizlarga Ushbu kanalni xolisona tafsiya qilaman. ✅ @BIOLOGIYA_KKIMYO NIMAGA? CHunki bu kanalda kunlik biologiyadan savol javob bulib utadi. Savol javobda qatnashish mutlaqo BEPUL.✅ XOZRDA 6-9-10-11sinflardan umumiy savol javob ketmoqda👍 Kanalga utish: @BIOLOGIYA_KKIMYO
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 2
01:00
Video unavailableShow in Telegram
7.77 MB
👍 7🔥 2 1
👍 2
Repost from genetika.uz
#BIZDA_ELON Assalomu alaykum xurmatli kanalimiz obunachilari men sizlarga Ushbu kanalni xolisona tafsiya qilaman. ✅ @BIOLOGIYA_KKIMYO NIMAGA? CHunki bu kanalda kunlik biologiyadan savol javob bulib utadi. Savol javobda qatnashish mutlaqo BEPUL.✅ XOZRDA 6-9-10-11sinflardan umumiy savol javob ketmoqda👍 Kanalga utish: @BIOLOGIYA_KKIMYO
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi! Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.