cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿

Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart! Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi! https://bekobodsh.uz/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 596
Obunachilar
+1024 soatlar
+107 kunlar
+4530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Погода от бота MeteoBot
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi. So'nggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish va qoʻllab-quvvatlash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 16-may kuni Toshkent biloyatida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda kuy-qo'shiqlar sadosiga raqslar hamohangligida o'tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakunida: Bekobod shahar 3- sektor Obod turmush MFYda istiqomat qiluvchi Xolmatovlar oilasi ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Hamda 4 sektor xududida joylashgan "Sementchi" MFYda istiqomat qiluvchi Qodirovlar oilasi "Oilaviy-qadriyatlarni saqlagan oila" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
Tanqid va tahlil

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha respublika komissiyasi raisi boshchiligida 2024-yil 10-may kuni o’tkazilgan 35-sonli yig'ilish bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida davlat reyestriga kiritilmagan…

#tanqid_va_tahlil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha respublika komissiyasi raisi boshchiligida 2024-yil 10-may kuni o’tkazilgan 35-sonli yig'ilish bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida davlat reyestriga kiritilmagan, bir hudud doirasida takrorlanadigan geografik obyektlarning nomlarini belgilangan tartibda qayta nomlash, davlat ekspertizasidan o'tkazish, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlash ishlarini yakuniga yetkazish masalalari yuzasidan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida tahliliy va tanqidiy yig’ilish o'tkazildi. Yig’ilishda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Sh.Xo’jayeva,  Davlat kadastrlari palatasi respublika toponimika xizmati mutaxassisi D.Qodirov,  Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish markazi viloyat hududiy bo’linmasi rahbari A.To’ychiyev, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi bo’lim boshlig’i R.Kuriyazov, shuningdek, tuman va shahar hokimlarining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchilari ishtirok etdi. Yig’ilish davomida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan o’rganish natijalari muhokama qilindi. Jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari ogohlantirildi, mazkur masala bõyicha mas'ullar oldida turgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va kõrsatmalar berildi
Hammasini ko'rsatish...
Bugun, Bekobod shahar "INVEST-TA’MIR 077" MCHJ BSK ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-sonli Qarori 7-moddasiga asosan “Andijon” MFY 4-sonli ko‘p kvartirali uy mulkdorlariga majburiy badallarning tushumi va ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish bo‘yicha harajatlar to‘g‘risida hisobot berdi. Hisobot so‘ngida yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining 2024 yil 15 apreldagi “Ko‘p kvartirali uy-joy fondining umumiy mulkini va ularga tutash hududlarni saqlash uchun mulkdorlarning majburiy badallari yoki to‘lovlarining eng kam miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 114-sonli buyrug‘i tanishtirildi. Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati, "Andijon" MFY raisi R.Qodirova ishtirok etdi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangi_loyiha Viloyatda yana bir yangi yirik zavod qurilishiga start berildi 👉 BatafsilTelegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Hammasini ko'rsatish...
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#stol_tennisi 🏓17-19-may kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtadi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlaridan 18 nafar sportchilar Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma uchun bahs olib boradi.
Hammasini ko'rsatish...
Bekobod shahar BSK "Nur Klassik servis" boshqaruv kompaniyasi ishchi xodimlari tomonidan 4-sektor hududidagi "Navro'z" mfy manzur 1-sonli ko'pqavatli uyga kirish yo'lagida joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👎 2
🔰2024-yil 16-may kuni Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i raisligida umuta'lim maktablari direktorlari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini Maktabgacha va maktab ta'limi vazriligi tomonidan "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2023-2024 o'quv yilini yakunlash va "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar" doirasida o'tkazish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. ❗️Yig'ilishda tadbirlarni tartibli va o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator tavsiyalar berildi. ✅Mazkur tavsiyalarga rioya etish bo'yicha maktab rahbariyati va sinf rahbarlari tomonidan 17-18-may kunlari mahalla fuqarolar yig'ini raislari bilan hamkorlikda barcha bitiruvchi sinf o'quvchilarining ota-onalariga tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi aytib o'tildi.
Hammasini ko'rsatish...
📢 Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor raxbarining sayyor qabul uchrashuvi xamda xududni o‘rganish bo‘lib o‘tdi... 🇺🇿Joriy yilning 16 may kuni Bekobod shahar 4-sektor hududiga qarashli "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun maxalla xududida Bekobod shahar 4-sektor rahbari F.Mamatqulov raisligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxasisi A. Radjapov, MFY raisi X.Babaqulov, maxalla xokim yordamchisi M.Saitmuratov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi. ✅Uchrashuvda hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar turli yo‘nalishlarda murojaat qildilar, murojaatlarni hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi. Shu bilan bir qatorda xududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. ✍🏻Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati...
Hammasini ko'rsatish...
👍 1