cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan. Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi. 📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 128
Obunachilar
+124 soatlar
+67 kunlar
-5430 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
❗️Rasman: Qurbon hayiti 16-iyun, yakshanba kuni nishonladi 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.  @NUU_students
6858Loading...
02
❗️Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi? Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo'yicha zulhijja oyining o'ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to'g'ri kelishi kutilmoqda. Hayit 16-iyunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha boʻladi: ↪️15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni; ↪️16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ↪️17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to'g'ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi); ↪️18-iyun, seshanba — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan). @NUU_students
1 16422Loading...
03
❗️Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. @NUU_students
1 5999Loading...
04
❗️Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega? Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim. Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod. I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashi kerak. Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi. Nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi. OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak. @NUU_students
1 3633Loading...
05
❗️2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi? Batafsil videoda. @NUU_students
1 4164Loading...
06
❗️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar: ➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi; ➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi; ➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi; ➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba; ➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba; ➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi; ➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba; ➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan. Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida: 👉 bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida; 👉 magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi. Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi: ➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik; ➖ qo‘shma taʼlim dasturlari; ➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. @NUU_students
1 45714Loading...
07
❗️"Perevod" qabuli boshlanishiga 35 kun qoldi Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: 👉 ariza; 👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi; 👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi. Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi. @NUU_students
2 03320Loading...
08
❗️Sirtqi ta'lim shakli yopilgan ta'lim yo'nalishlari mavjud @NUU_students
1 49215Loading...
09
❗️Hujjatlarni onlayn topshirishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozim? @NUU_students
1 60014Loading...
10
❗️Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan. Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan. Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan: 1) AQSh – 833 ming nafar; 2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar; 3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar; 4) Germaniya – 376 ming nafar; 5) Kanada – 318 ming nafar. @NUU_students
1 6435Loading...
11
❗️Qabul jarayonida qanday hujjatlar talab qilinadi? @NUU_students
1 57812Loading...
12
❗️Fanlar majmuasiga o'zgartirish kiritildi 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. @NUU_students
1 88335Loading...
13
❗️2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma berishning oxirgi muddati — ertaga Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. @NUU_students
1 72419Loading...
14
❗️Rasman: 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt! Maksimal ball 189 bo'ladi! 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: ➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✅ Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. 👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan: ➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball ✅60 ta savoldan jami 156,0 ball. ⏳ Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat. @NUU_students
2 02737Loading...
15
Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi ✅ Hukumat qarori (12.10.2020, №646)ga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): ❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan): ❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin. @NUU_students
1 8457Loading...
16
❗️Talabalar ham abituriyentlar kabi OTMga hujjat topshira oladi OTMlarda o‘qishni xohlagan barcha, hujjat topshirishi mumkin. Hatto talaba bo‘lsa ham. Talabalar ham OTMga hujjat topshirishlari mumkin, lekin agar hujjat topshirgan OTMlariga o‘qishga kiradigan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 2 ta joyda o‘qishning imkoni yo‘q. Sababi talabaning hujjatlari asli o‘zi o‘qiyotgan OTMda saqlanishi lozim. Tabiiyki, hujjatning asli bitta bo‘ladi va talaba shuning uchun ham bitta OTMda tahsil olishi kerak. @NUU_students
2 10810Loading...
17
❗️O'zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" oʻz faoliyatini boshladi. Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlariga tez va aniq javob, huquqiy tushuncha va maslahatlar berish maqsadida O'zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi. 📞 Murojaat uchun: +99871 227 17 39 +99871 246 79 89 +99871227 13 90 O'zMU “Call-center” operatorlari 09.00 dan 18.00 ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi. @NUU_students
2 12312Loading...
18
❗️Bugun 5-iyun sanasidan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi. @NUU_students
2 24712Loading...
19
❗️Oʻzbekiston Milliy universiteti QS World Rankings reytingi 2025-yilds dunyo boʻyicha 781-790 oʻrinni egallab TOP 1000 talik OTMlar safidan joy oldi. @NUU_students
2 56811Loading...
20
#Milliy_universitet 🇺🇿 Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi – O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olishni istaysizmi? ⏺Bir asrdan oshiq zalvorli tarixga ega otaxon dargoh turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo tan olayotgan salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda. ⏺Ulkan ilmiy salohiyatga ega O‘zbekiston Milliy universiteti ta’limning deyarli barcha fundamental yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston oliygohlari uchun respublikadagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘ZMU BILAN KELAJAK SARI YUKSALING! 🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz 📞 Ishonch telefonlari: 71 246 79 89 71 227 17 39 71 712 13 90 Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
2 5008Loading...
21
❗️2024-yilda 1-chorak bo'yicha eng ko'p daromad koʻrgan oliy ta'lim muassasalari e'lon qilindi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ochiq ma'lumotlar sahifasida 2024-yil 1-chorakda Davlat oliy ta'lim muassasalarining 2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra daromadlari va xarajatlari to'g'risida ma'lumot joylandi unga ko'ra eng ko'p daromad ko'rgan oliy ta'lim muassasalari beshtaligini quyidagi OTMlar egallagan: 1️⃣ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 245 mlrd. 460 mln. so'm 2️⃣ Farg'ona davlat universiteti 202 mlrd. 916 mln. so'm 3️⃣ Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 121 mlrd. 736 mln. so'm 4️⃣ Navoiy davlat pedagogika instituti 112 mlrd. 736 mln. so'm 5️⃣ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 104 mlrd. 981 mln. so'm @NUU_students
2 48930Loading...
22
❗️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 40 kun qoldi 15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. @NUU_students
2 61648Loading...
23
— Oldin nima bilan shugʻullanasiz? — OʻzMUda zakovat bilan ishlaganman. — Yoʻgʻ-e, OʻzMU zakovati OTMlar oʻrtasida birinchi oʻrinda. Birinchi oʻringa chiqishi uchun hissa qoʻshganimisiz? — Yoʻq. Notcoin sotib olganman😎 @NUU_students
2 0620Loading...
24
Ha azizlar... @NUU_students
2 2103Loading...
25
❗️Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlar to'lov qilmaydi? Imtihon uchun hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari: ➖o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar; ➖ nogironligi bo‘lgan shaxslar; ➖ mehribonlik uylari bolalari; ➖ bolalar shaharchasining bitiruvchilari; ➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari; ➖“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi. Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm. @NUU_students
2 17311Loading...
26
❗️Mos va turdosh yo'nalishlar ro'yxati Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar mos va turdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh hisoblanadi. Ichki va tashqi perevod qilayotganlar uchun juda foydali ma'lumot Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi. @NUU_students
2 43035Loading...
27
Mnovdi maʼnosi 2-semestrdagi fanlardan kalla tashlaganlar qayta topshirishiga ruxsat berildi degani. Negadir badiiy tilda gapirilsa tushunmaydigan boʻlib qolganmiz) @NUU_students
2 2423Loading...
28
❗️Iyun oyida Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) munosabati bilan qo’shimcha dam olish kuni bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra (https://lex.uz/docs/-6704048), barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024-yil 18-iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunda, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3️⃣ kun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4️⃣ kun ketma-ket dam olishadi. Ya’ni⬇️: 15-iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni. 16-iyun — yakshanba, barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni. Diqqat! Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman eʼlon qilinadi. Agar Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham, 17-iyun — dushanba dam olish kuni bo’ladi. Chunki agar Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, MK 208-moddasiga ko’ra dam olish kuni mos ravishda 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi. Ya’ni Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham 17-iyun — barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi. 18-iyun — seshanba, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni. @NUU_students
2 41022Loading...
29
❗️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: 🗄 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; 🗄 boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✅ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: 🗄 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; 🗄 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. @NUU_students
2 03815Loading...
30
❗️2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. @NUU_students
2 12825Loading...
31
Oʻzbekistonning hozirgi va boʻlajak prezidentlari story qoʻyishibdi)) @NUU_students
2 0013Loading...
32
Aytgancha, 1-iyun bilan bolajonlar! @NUU_students
1 9570Loading...
33
❗️O‘zMU rektorining 2024 yil 29 maydagi 03-1842-sonli buyrug’iga asosan 2023-2024 o’quv yili 2-semestr fanlaridan akademik qarzdor bo’lgan - kunduzgi 1-3-kurs - kechki 1-4-kurs - masofaviy 1,2-kurs - magistratura (qishki) 2-kurs talabalariga 2024 yil 1-iyundan 2024 yil 30-iyungacha qayta topshirishga ruxsat berildi. Bunda uzrli sabablarsiz auditoriya soatining kamida 25 foizini qoldirgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. @NUU_students
2 87750Loading...
34
❗️IELTS 4 daraja bilan magistraturaga kirsa bo‘ladimi? Turli kanallarda shu mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Aytilishicha, IELTS 4 daraja bilan magistratura va doktoranturaga o‘qishga kirsa bo‘ladi. ❌ Aslida, unday emas. Nega? Prezident farmoni bilan magistraturaga chet tili talabi tushurilgan, lekin hamma yo‘nalishlarga ham emas. To‘g‘ri, ba’zi yo‘nalishlarda 4 ball bilan ham kirsa bo‘ladi. Faqat bu yo‘nalishga bog‘liq. Farmonga ko‘ra, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak. @NUU_students
2 0697Loading...
35
❗️Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan XOTIN-QIZlarga beriladi Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. @NUU_students
1 9246Loading...
36
❗️Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi? ❓ Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi? ❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi? ❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda? @NUU_students
2 12016Loading...
37
❗️Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2024-yilning 1–10-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi. ➖ Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. ➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi: 1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball; 2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball. 👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi. Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi. @NUU_students
1 9502Loading...
38
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi 30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 👉 Batafsil... @NUU_students
1 8746Loading...
39
❗️Bakalavr va magistratura uchun til bilish darajasini baholovchi tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. @NUU_students
1 99628Loading...
❗️Rasman: Qurbon hayiti 16-iyun, yakshanba kuni nishonladi 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.  @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
❗️Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi? Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo'yicha zulhijja oyining o'ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to'g'ri kelishi kutilmoqda.
Hayit 16-iyunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
↪️15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni; ↪️16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ↪️17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to'g'ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi); ↪️18-iyun, seshanba — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan). @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👎 2 1
01:59
Video unavailableShow in Telegram
❗️Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
6.98 MB
👍 6
❗️Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega? Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim. Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod. I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashi kerak. Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi. Nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi. OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak. @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
00:50
Video unavailableShow in Telegram
❗️2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi? Batafsil videoda. @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
11110.mp43.52 MB
👍 1
❗️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar: ➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi; ➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi; ➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi; ➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba; ➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba; ➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi; ➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba; ➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan. Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida: 👉 bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida; 👉 magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi. Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi: ➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik; ➖ qo‘shma taʼlim dasturlari; ➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👎 2 1
❗️"Perevod" qabuli boshlanishiga 35 kun qoldi Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: 👉 ariza; 👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi; 👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi. Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi. @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Sirtqi ta'lim shakli yopilgan ta'lim yo'nalishlari mavjud @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
5👍 3
00:43
Video unavailableShow in Telegram
❗️Hujjatlarni onlayn topshirishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozim? @NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
123savol 3.mp42.89 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan. Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan. Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan:
1) AQSh – 833 ming nafar; 2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar; 3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar; 4) Germaniya – 376 ming nafar; 5) Kanada – 318 ming nafar.
@NUU_students
Hammasini ko'rsatish...
👍 12