cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BIOLOGIYA | MAMADALIYEV BLOG

❗Shaxsiy rivojlanish! 💻Shaxsiy ilmiy BIOLOGIYA kanal! Faqat biologiyaga oid ma'lumotlar, testlar, qoʻllanmalar. Taʼlim yangiliklari. 📬Bog'lanish👇 🎓 @Dostonbek_Mamadaliyev Manzil: NamDU akademik litseyi. Tel: +998 88 254 98 88

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
192
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. @magistrlarofficial
Hammasini ko'rsatish...
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
🎉 2
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik! Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi. Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
🎉 2
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi #abituriyent Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim. 📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. ✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin. Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/14477 Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/14934 ❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Xushnudbek.uz

❓5 йил иш стажга эга хотин-қизларни ўқишга қабул қилиш ҳақида қарор чиқдими? #abituriyent ✅ЖАВОБ: Ҳа, шундай қарор чиқди. Бу бўйича Ҳукуматнинг 9 июндаги 322-сон қарори қабул қилинди. Аммо! Ушбу тартиб бўйича айрим жиҳатларни билиб қўйишингиз керак. 🎙Батафсил аудиохабарда👆 Биринчидан, 5 йил стажи бор ҳамма хотин-қиз ўқишга киради, дегани эмас. Ҳар йили 500 та контракт учун (грант йўқ) жой ажратилади. Масалан, 10 минг хотин-қиз тавсиянома олса, шундан фақат 500 киши мазкур тартиб бўйича қабул қилинади. Иккинчидан, стажи борлар имтиҳонсиз ўқишга киради, дегани эмас. БАРЧА тавсиянома олганлар тестга албатта киради ва юқорироқ балл олиши керак. ❗️Тавсиянома балл қўшиб бермайди. Учинчидан, бу фақат коллеж ёки техникумни тугатганлар учун амал қилади, мактабни тугатиб, ўрта маълумот билан ишлаётганларга тааллуқли эмас. Тўртинчидан, бу фақат коллеж/техникум дипломидаги мутахассислик бўйича ишлаётганларга амал қилади. Масалан, банк коллежини тугатиб, 5 йил тикувчи бўлиб ишлаганларга тавсиянома берилмайди. 👉 @xushnudbek 👈

Magistratura uchun til bilish sertifikati bekor bo‘ladimi? Aytgancha, mavzu ochilganda yana bir masala haqida ma’lumot bersam. Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo‘lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar rosa aylandi. Mazkur masala bo‘yicha bir nechta mas’ullar bilan, ya’ni aynan qaror qabul qiluvchi insonlar bilan gaplashdim. Ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til bilish sertifikatiga oid talabni bekor qilish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q. Va, katta ehtimol bilan, ushbu talab bekor bo‘lmaydi, sertifikat so‘rash davom etaveradi. Shunga qarab tayyorgarligingizni ko‘ring. Mabodo boshqacha yangiliklar bo‘lib qolsa, xabar beramiz. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
😁 1
Yaxshiyam koʻrmaganim. Vaqt sarflab😂
Hammasini ko'rsatish...
😁 5🤨 1🤗 1
Futbol nima boʻldi????
Hammasini ko'rsatish...
👌 1