Korean Education Center
Kanalga Telegram’da o‘tish
Наш адрес: Узбекистан, 100005, Ташкент, Мирабадский район, ул. Таллимаржон 3 +(99871) 291 81 82 +(99871) 291 81 83 +(99871) 291 84 24 2918182@mail.ru Наш официальный сайт tashkec.uz
Ko'proq ko'rsatish9 944
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-177 kunlar
-2830 kunlar
Postlar arxiv
‼️ 2026년 타슈켄트한국교육원(본원) 직원(행정원) 채용 공고 ‼️
https://tashkec.uz/kr/news/center-events/32152
‼️ 2026년 타슈켄트한국교육원(본원) 직원(행정원) 채용 공고 ‼️
https://tashkec.uz/kr/news/center-events/32152
+2
제108회 우즈베키스탄 한국어능력시험(TOPIK PBT) 시행 공고
https://tashkec.uz/kr/news/center-events/32302
+2
Объявление
о проведении 108-го международного
экзамена на знание корейского языка (ТОPIK PBT)
в Узбекистане
https://tashkec.uz/ru/news/center-events/32302
Oʻzbekistonda 108-Xalqaro Koreys tilidan bilim darajasini
aniqlash imtihoni (TOPIK PBT) boʻyicha e’lon
https://tashkec.uz/uz/news/center-events/32302
+5
나보이주립대학교 한국어센터에서 한국어 강사를 모집합니다.
Корейский языковой центр при Навоийском государственном университете объявляет набор преподавателя корейского языка.
Navoiy davlat universiteti huzuridagi Koreys tili markaziga koreys tili o‘qituvchisi ishga qabul qilinadi.
+2
[보도자료]_우즈베키스탄 유아일반교육부 장관 면담
https://tashkec.uz/kr/news/center-news/31955
+2
[보도자료]_우즈베키스탄 유아일반교육부 장관 면담
https://tashkec.uz/kr/news/center-news/31955
Repost from my.mdomoi.uz
+9
Hamkorlik memorandumi imzolandi
🤍 Institutimiz va Koreya Respublikasining Pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarini rivojlantirish milliy kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔆 Memorandum pedagog va ta’lim tizimidagi rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ta’lim sohasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda innovatsion o‘qitish metodikalarini joriy etishni nazarda tutadi.🔹 Shuningdek, tomonlar zamonaviy ta’lim dasturlarini rivojlantirish, moddiy va inson resurslaridan samarali foydalanish hamda istiqbolli tashabbuslarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi. 🔗 Mazkur memorandum pedagog va rahbar kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
Repost from my.mdomoi.uz
+9
#Xalqaro_hamkorlik
🇰🇷 Koreya Respublikasi delegatsiyasi institut faoliyati bilan tanishdi
🤍 Koreya Respublikasi pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlaridan iborat 23 kishilik delegatsiya Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.
🔹 Tashrif davomida mehmonlarga institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda so‘nggi yillarda erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, institutning UNESCOning II-darajali instituti maqomiga ega ekani va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida maʼlumot berildi.
📚 Delegatsiya institutning o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulot maydonlari va kutubxonasi bilan tanishib, tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni yuqori baholadi.
🎼 Tashrif davomida musiqa rahbarlari uchun tashkil etilgan o‘quv xonasi mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Samimiy muloqot va tajriba almashinuvi ruhida o‘tgan uchrashuv delegatsiya a’zolarida iliq taassurot qoldirdi.
📌 Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir.📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
+6
KOREYALIK TA’LIM VAKILLARI BILAN TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Koreyaning Pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarini rivojlantirish Milliy kengashi vakillari Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt📱instagram
+6
Koreya Respublikasi delegatsiyasi institut faoliyati va yangilangan kampusi bilan tanishdi
A.Avloniy nomidagi institutda bo‘lgan Koreya Respublikasi pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlari rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolari institut faoliyati hamda so‘nggi yillarda yaratilgan zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlar Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi va Axborot-resurs markazida bo‘lib, kutubxona fondi, ta’lim fidoyilari burchagi hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilayotgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
+6
Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Koreya Respublikasi pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning A.Avloniy nomidagi institutga tashrifi doirasida institut hamda Pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarini rivojlantirish Milliy kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga muvofiq:
➖pedagog va ta’lim tizimidagi rahbar xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish;
➖ ta’lim sohasida tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➖moddiy va inson resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
➖ innovatsion o‘qitish metodikalari hamda ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
➖ta’lim sohasidagi istiqbolli tashabbuslarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.
Mazkur memorandum pedagog va rahbar kadrlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
+9
✅✅✅✅
Bugun Koreya Respublikasi pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlari rahbarlaridan iborat 23 kishilik delegatsiya Avloniy nomidagi institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Koreya Respublikasi delegatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda xalqaro hamkorlikning o'rni, mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan e'tibor, xususan, koreys tilini o'qitish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, Koreya Respublikasining ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Koreya Respublikasi Pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarini rivojlantirish milliy kengashi raisi Li Yong Chang so‘zga chiqib, Koreya ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion o‘qitish metodikalari hamda o‘zaro tajriba almashishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan institut rektori Abduvali Ismailov onlayn ishtirok etib, institut faoliyati, pedagog va rahbar kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi va tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv davomida pedagog kadrlar malakasini oshirish, ta’lim sohasida tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlik yo'nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borilib, kelgusidagi ishlar rejalashtirildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
