Repost from XORAZM YOŞLARI
🇨🇳 Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
🌎 Xitoy davlatida masofaviy tarzda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
✅ Gʻoliblar bilan tanishing:
🥈Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
🥈Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
🥈Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
🥈Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFCHO‘IMning 11-sinf o‘quvchisi.
🎉 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g‘alaba bilan o‘quvchilarni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etadi!
#xushxabar
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
18 Iyul 2022, 10:24
