cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Surxondaryo viloyati Kengashi

🌱 O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy kanali. Manzil : Termiz shahar Istiqlol ko'chasi, 64-uy Tel ☎️ +998 95 307 75 75 • Facebook: www.fb.com/ecopartysurxon • Instagram: www.instagram.com/ecopartysurxon

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 177
Obunachilar
+124 soatlar
-17 kunlar
+63930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

5-iyun Butunjahon atrof muhit kuni keng nishonlanmoqda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi Т.Qilichova, Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi inspektori А.Amanovlar hamkorligida Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. "Ekologiya atrof - muhitni asrab avaylash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish -kelajak avlod oldidagi burchimizdir" dedi T.Qilichova
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Bozor hududida Eko reyd o'tkazildi! Qiziriq tuman Kengashi raisi Q.Igamberdiyeva, tuman Kengashi deputati U.Yusupov hamda tuman sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bo`limi xodimi Sh.Qurbonnazarovlar hamkorligida tuman dehqon bozorida sanitariya holatlari bo’yicha eko reyd tadbiri o’tkazildi. Tekshiruv jarayonida sanitariya qoidalariga amal qilmagan tadbirkorlarga dastlabki ogohlantirishlar berildi. Atrof – muhit tozaligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Ko'chatlar parvarishi o'rganildi! Muzrabot tuman Kengashi raisi N.Yaxshiboyev hamda partiya faoli J.Xabibullayevlar hamkorligida Alpomish mahallasida joylashgan 37 - sonli maktabda bahorgi ekilgan ko'chatlar nazorati bo'yicha "jamoatchilik monitoring" o'tkazildi. O'rganish jarayonida sug'orish tizimi yaxshi yo'lga qo'yilgan, ba'zi kasalliklar sababli qurugan ko'chatlar bor. Mas'ullarga ko'chatlar parvarishi haqida tavsiyalar berildi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Biz kelajak uchun javobgarmiz! Oltinsoy tuman Kengashi raisi R.Gapparov va partiya faolli S.Ashurovlar hakorligida tumandagi "Xalqobod" MFY da joylashgan oilaviy shifoxonasida xodimlar va fuqarolar ishtirokida "Biz kelajak uchun javobgarmiz" partiya g'oyasi asosida davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Ekologik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berilib, atrof-muhitni asrash borasida olib borilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Bundan tashqari ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari uni bartaraf etish borasida insoniyat oldida turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Atrof – muhitni asrashda yoshlarning o’rni! Bandixon tuman Kengashi raisi Sh.Usanov hamda ayollar qanoti yetakchisi D.Abdurahimovalar hamkorligida tumandagi Bandixon mahallasida “Atrof – muhitni asrashda yoshlarning o’rni” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘quv muassasalarida atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarni o‘rni va rolini oshirish, ularni birlashtirgan holda ekologiya yo‘nalishida targ‘ibot tadbirlarni yanada kuchaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ularning ekologik madaniyati va bilimlarini oshirishdan iborat. Uchrashuvda yoshlar ongiga ekologik ta’lim tarbiyani singdirishda nafaqat ona tabiat haqidagi nazariy bilimlar, balki amaliy mahorat ham muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Sherobod tumanida obodonlashtirish ishlari o’tkazildi. O’zbekiston Ekologik partiyasi Sherobod tuman Kengashi hamda tuman obodonlashtirish bo’limi xodimlari hamkorligida xalqaro M – 39 yo’li bo`ylab obodonlashtirish ishlari o’tkazildi. O’tkazilgan ko`ngillilar hasharida bahorgi mavsumda ekilgan ko’chatlar sug’orildi, begona o’tlardan tozalanib ishlov berildi. Ko’chatlarni doimiy sug’orishga mas’ullar biriktirildi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Bahorgi ekilgan ko’chatlar parvarishi o’rganildi! O’zbekiston Ekologik partiyasi Jarqo’rg’on tuman Kengashi raisi T.Qilichova, partiya faoli X.Oydinovlar hamkorligida Kunchiqish mahallasidagi 24 – sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bahorgi ekilgan ko’chatlar parvarishi bo’yicha “jamoatchilik monitoring” o’tkazildi. O`rganish natijasida platformaga 135 tup ko’chat kiritilganligi shundan 2 tup ko’chat tabiiy holda quriganligi ma’lum bo’ldi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Chiqindini har joyga tashlamaylik! Termiz tuman Kengashi raisi Sh.Norsayev hamda tuman Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi bo’lim inspektorlari hamkorligida M 41 Aeraport – Xo’jakamol yo’nalishining 6 – 7 km yo’lida fuqarolar tomonidan yo’l chetiga chiqindi tashlab ketilganligi aniqlandi. Noqonuniy chiqindi tashagan holatga aniqlik kiritish uchun yo’l chetiga o’rnatilgan yashirin kamera egalari viloyat IIB, shaxsiy tadbirkor egalariga murojaat etildi. Natija bo’yicha qo’shimcha axborot beriladi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 7-iyun 2023-yil, juma. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT  — Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni. 🌏 Butunjahon g'amxo'rlik kuni. 🌎 Xalqaro Tourette xabardorlik kuni. 👉 MILLIY BAYRAMLAR: 🇵🇪 Peru - Bayroq kuni. 🇨🇱 Chili ‐ Arika jangi kuni. 🇸🇰 Slovakiya ‐ Slovakiya xalqi memorandumining yilligi. 🇩🇰 Daniya - Shahzoda Yoaximning tug'ilgan kuni. 🇳🇴 Norvegiya - Mustaqillik e’lon qilingan kun. 🇭🇷 Xorvatiya - Xorvatiya diplomatiyasi kuni. 🇦🇷 Argentina - Jurnalistlar kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Moliya va iqtisod xodimlari kuni. 🇲🇹 Malta ‐ Sette Giugno. 👉 VOQEALAR: - 1099 - Salib yurishlari: Quddus qamali. - 1340 - Gollandiyada Rotterdam shahriga asos solindi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1548 - Jordano Bruno - italyan mutafakkiri, faylasuf, astronom va shoir. - 1794 - Pyotr Chaadayev - rus faylasufi, yozuvchi, jamoat arbobi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 6-iyun 2024-yil, payshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT — Rus tili kuni. 🌏 Butunjahon zararkunandalarga qarshi kurash kuni. 🌏 Elektr dazmol tug'ilgan kun. 🌍 Butunjahon yashil tom kuni. 🔷 MILLIY BAYRAMLAR: 🇺🇸 AQSh ‐ Milliy oliy ta'lim kuni. 🇹🇼 Tayvan - Muhandislar kuni. 🇧🇴 Boliviya - O‘qituvchilar kuni. 🇺🇦 Ukraina - Jurnalistlar kuni. 🇰🇷 Koreya Respublikasi ‐ Xotira kuni. 🇸🇪 Shvetsiya - Milliy bayram kuni. 🇩🇪 Germaniya ‐ Ko'zi ojizlar kuni. 👉 VOQEALAR: - 1967 - Suvaysh kanali yopib qo‘yildi. - 1984 - Amritsardagi  ibodatxonaga hujum. - 1984 - „Tetris“ oʻyini yaratildi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1929 - Nodir Nodirpur (2000) - eronlik mashhur shoir. - 1929 - Sabah IV (2020) - Quvayt amiri. (2006-yildan). - 1933 - Geynrix Rohrer (2013) - Shveysariyalik fizik olim, Nobel mukofoti sohibi (1986). ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring 🕊https://t.me/ecopartysurxon
Hammasini ko'rsatish...
👍 1