cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi

Бу ерда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги ва Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг Фарғона вилояти бўлими томонидан бериб бориладиган янгиликлар билан танишиб боришингиз мумкин.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
505
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Profilaktika ishlari oilb borilmoqda ⚙️2024-yil 3-iyun kuni 18:00 dan 23:59 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan. 📶 Shu sababli 3-iyun (bugun) kuni soat 18:00 dan 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#эълон #бакалавриат Академиянинг “Тергов фаолияти” йўналиши бўйича бакалавриати қабулига дастлабки танлов натижалари https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=1964 — Результаты предварительного отбора по приему на обучение в бакалавриат Академии по направлению «Следственная деятельность» https://proacademy.uz/ru/news/view?alias=1964 📣Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! Facebook | Instagram | Twitter | You Tube
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? ✅ 2024-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga va professional ta’lim muassasalariga qabul yangi tartib asosida amalga oshiriladi. 📱 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi. 📝 Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. ▶️ Qabuldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Kun.uz tomonidan Bilimlarni baholash agentligi mutaxassisi bilan o‘tkazilgan suhbat orqali batafsil tanishish mumkin. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILISH ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Bu yil OTM va texnikumlarning imtihoni birgalikda bo'ladi - Bilimlarni baholash agentligi

Bilimlarni baholash agentligi mas'ul xodimi Jamshidbek Odilov Kun.uz'ga bergan intervyusida bu yilgi qabulda abituriyentlarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida ma'lumot berdi. Rasmiy vebsayt: htt p://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter

.com/KunUzNews Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi. ❗️ Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi. 🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi) 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m 🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar: 🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma 📱 @dtmtoefl 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 13-iyunda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 12-iyun ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Farg‘ona viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi ✅ Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 28-29-may kunlari Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi. ☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi. ☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi. 👉 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi 📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 🔗 https://lex.uz/uz/docs/-6937332 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...