cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

IT Wonderfull

IT mutaxassislarini bir joyga jamlagan kanal.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
1 075
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Doʻstlar bizning bepul darslarimiz uchun eʼlonlar boshqa kanalda elon qilinadi. @Free_IT_School. Hamma oʻtib ovoz berib qoʻysin birinchi kurs oʻsha yoʻnalishda boʻladi. Eski homiylar bilan muddat tugadi. Vaqtinchalik kelishgan edik. Endi yangi darslar boʻladi. Hamma oʻtib azo boʻlsin. @Free_IT_School
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🦾 Qanday qilib dasturchilar o'z bilimlarini amaliyot va mashqlar orqali mustahkamlab olishi mumkin? Bunda sizga Coding Quizz kanali asqotadi, chunki bu kanalda siz ko'plab dasturlash va IT'ga doir test savollari orqali o'z bilim va tajribangizni oshirib borasiz. Kanalda qaysi tillarga oid test savollarini topish mumkin? 🐍 #python 🔆 #javascript 🔖 #html 🌈 #css 💎 #ruby 🐘 #php Va boshqalar... — Biz faqatgina test savollari bilan cheklanib qolmay, turli xildagi dasturlashga doir masala va ularning yechimlarini ham joylab boramiz. Agar sizni qiynaydigan yoki qiziqtirgan biron bir masala bo'lsa, biz uni albatta ko'rib chiqamiz (Muhokamani oching...) 🤓Telegramda shunchaki vaqt o'tkazgandan ko'ra foydali ish bilan mashg'ul bo'ling Bizga qo'shiling: 👉 @coding_quizz
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Internetga oid ba'zi ma'lumotlar. 1. Internet shunchalik rivojlanishiga qaramay 50% odam undan foydalanmaydi. 2. Dunyoda odamlar eng ko'p tashrif buyuradigan saytlar bu Google, Facebook va Youtube saytlaridir. 3. Facebook davlat bo'lganida, aholisi bo'yicha dunyoda 3-chi o'rinni egalar edi. 4. Google sayti har oy 35 milliard so'rov qabul qiladi. 5. Eng katta internet kafe 2000 yil New Yorkda ochilgan bo'lib, unda 630 ta kompyuter joylashtirilgan. 6. Youtube ga joylashtirilayotgan video roliklarning atiga 1% foizi jamiyat uchun foydali xolos. Qolgan 99% foizi joylashtirganlarning o'zlariga qiziqarli xolos. @Clevers_team
Hammasini ko'rsatish...
#JavaScript ​💾 JavaScript dasturlash tili haqida muhum ma'lumotlar. 🖥 JavaScript nima? - Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi. 🤓 JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil. 📈 JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o'rni qanday? - Hozirgi kunda ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va katta dasturlash yaratiish mumkin. 💰 JavaScript dasturlash tili orqali qancha daromad topsa bo'ladi? - Hozirgi kunda dasturchilik kasbiga bo'lgan extiyoj va e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Daromadiga kelsak, O'zbekistonda 1000$ dan 6000$ gacha. Chet elda 8000$ dan 500000$ gacha oylik topishadi. 👨‍💻 Ish topish qiyinmi, oson!? - Ish topish juda oson. Siz ushbu internet saytlar orqali doimiy va vaqtinchalik ish topishingiz mumkin: Freelance.comgiglancer.uzwebdastur.uzFreelance.rufl.ru P/S: Vaqtingizni bekor ketkazmay, harakatni hozirdan boshlang va o'z natijangizga erishib, yuqori daromad topishni boshlang. @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#telegram #math 📟 Endi matematika oson Ta'lim tizimi online usulga oʻtgan vaqtda sizga juda ham asqotadi. Bu bot orqali siz murakkab tenglamalarni javobini osongina bilib olishingiz mumkin. 👉 Manzil: @tenglama_yech_bot
Hammasini ko'rsatish...
💬Hozirgi holatdagi youtubeni ahvoli haqida fikr bildirsam... Bilasiz Rossiyada qanday vaziyat bolib turganini, shuning uchun endi 🇷🇺Rossiya territoriyasi uchun Youtube reklama qo'yishni to'htatdi 🚫 ya'ni rossiyada turib youtube ko'rayotgan odamlarda reklamalar chiqmaydi. Youtube esa bizlarga mana shu reklamalar tufayli pul to'lar edi. Shunday ekan bizni uzbek blogerni asosiy auditoriyalaridan biri rossiyadigalar ham anchagina. Demak hozirda bu voqealarni tasiri bizga faqat💰doxod (Pul) tomonlama yaxshigina tasir qiladi. Orangizda 🇷🇺 Rossiyada yashab turgan va u yerda blogerlik qilayotgan uzbek odamlarda yutubdagi ishlayabgan pullarini chiqarishda anchagina muammo bo'ladi sababi adsense ham ozgina vaqtga pul chiqarishni rossiyaga berkitib turibdi. Yana bir ko'pchilikda bo'lyabgan savolga ham javob beraman, o'zbekistonda turib lekin monetizatsiyani "Rossiya" regionini tanlab yoqib qo'yganlar endi buni o'zgartirishimiz kerakmi deb so'rashingiz mumkin ? Yo'q agar siz 🇺🇿Uzbda bo'lsangiz hech qanday nastroykasini o'zgartirishni hojati yo'q, shu qaysi regionni tanlab qo'ygan bo'lsangiz o'sha holatida qolaversin. Umumiy fikrimni aytsam hozirda blogerlar o'z ishini davom ettirib tursa bo'laveradi bu muammolar faqat vaqtinchalikka bo'lib turibdi. Rossiyadagi bo'lyabgan mojarolar tugasa bu narsalar yana o'z holatiga qaytadi va bunga umid qilib qolamiz ! 📣 Yangilik va habarlarni kuzatishda davom eting ! 👾 @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
​3D modellashtirish uchun 3Ds Maxni emas, Blenderni o'rganish kerakligiga 11ta sabab! #tavsiya ℹ️ Hozirda yurtimizda 3D modellashtirishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Sanoat standarti sifatida bu sohada asosan Autodesk 3Ds Max dasturida ishlanadi. Lekin ko'pchilik hech e'tibor berib ko'rmagan Blender dasturi ko'proq afzalliklarga ega ekani haqida bilasizmi? Quyida shu bo'yicha 11ta farqni keltiraman: 1️⃣ Autodesk 3Ds Max dasturining yillik obuna narxi 1620 dollar turadi. Blender esa bepul! 2️⃣ Youtube'da 3Ds Max qo'llanmalariga qaraganda Blender qo'llanmalari 50-60 foizga ko'proq! 3️⃣ Blender dasturida ham professional modellar, animatsiyalar, vizual effektlar yaratish mumkin! 4️⃣ 3Ds Maxni iPhonega qiyoslasak, Blenderni Android deyishimiz mumkin: ko'plab bepul plaginlar mavjud, bular orasida inson harakatlarini kamerada kuzatib, animatsiyaga ko'chirib beradiganlari, insonni yuz suratlariga qarab yuzning 3D maketini yasab berish, Google xaritadan biror bir hududning 3D holatini olish va hokazo plaginlar mavjud. 5️⃣ Youtube'da Blenderda yaratilgan animatsion multfilmlarni ko'ring, sifat darajasidan farqini sezmaysiz ham! 6️⃣ Blender dasturi huddi 3Ds Maxdagidek qahramon modelini yaratish, rigging (boshqaruv uchun suyaklar o'rnatish, aniq ta'riflab berolmayman) dan tashqari huddi Maya dasturidagidek 3D haykaltaroshlik (3D Sculpture) funksiyasi ham mavjud. 7️⃣ Blender dasturi nafaqat Windows va Macda, balki Linux operatsion dasturida ham ishlaydi. 8️⃣ Blenderda kino sanoatida keng qo'llaniladigan ko'plab vizual effekt funksiyalari, animatsiyalar to'plamlari mavjud. 9️⃣ Render uchun ko'plab renderlash dvijoklari mavjud. Va ular ham bepul. 🔟 Blender dasturida tayyorlanayotgan animatsiyani videomontaj qilish ham mumkin. 1️⃣1️⃣ Blender dasturida tayyorlangan modellarni ham Unity va Unreal Engine dasturlariga eksport qilish mumkin. 🤗 Ko'rib turganingizdek, o'lcham jihatidan uncha katta bo'lmagan, foydalanuvchi interfeysi birinchi ko'rishda xunuk tuyuladigan bu dasturni pullik ekvivalentiga ko'ra bir qator afzalliklari mavjud. Shu sabab agar bu sohaga qadam qo'yishni o'ylayotgan bo'lsangiz, aynan qaysi dasturni tanlash kerakligi haqida yaxshilab o'ylab ko'ring. ©️ @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
Frilans nima? Frilanser kim? #atama / #info Hozirda yurtimizda mashxur bo'layotgan bu atama nima ma'noni beradi? Frilanser - erkin ishchi bo'lib, o'z xizmatlarini (asosan) internetda taklif qiladi. Hamma frilanser bo'lishi mumkin, buning uchun siz internet orqali biror buyurtmani bajarishingiz yoki xizmat ko'rsatishingizni o'zi yetarli. 😎 ❓Qaysi sohalarda frilanserlik qilish mumkin? - Dasturlash - ta'lim berish - rasm, ovoz va video montaj - matnlar yozish (maqola, ilmiy ish, referat va h.k) - chizma chizish hamda masofadan bajarish mumkin bo'lgan boshqa vazifalar. Afzallik va kamchiliklari: 🟢 mustaqil ish vaqti va joyi 🟢 o'zi xohlagan ishni bajarish imkoniyati 🟢 yuqori daromad topish imkoniyati 🔴 doimiy mijozlarni izlash 🔴 daromadni doimiy tarzda bir xil bo'lmasligi 🔴 firibgarlarga aldanish ehtimoli yuqoriligi 🏣 Birja nima? Frilanserlik birjasi - ish beruvchi va bu ishni bajaruvchi frilanserlar uchrashadigan platforma. 🧰 Portfolio nima? Portfolio - frilanserning bo'lajak mijozlarga qilgan ishlarini tanishtirishi uchun yaratilgan papka. Bu sizning ishlaringizdan namunalar, tajribangiz va potensialingizni mijozga ko'rsatishda xizmat qiladi. 💻 @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
Google foydalanuvchilarning maʼlumotlarini kuzatishni toʻxtatadi — Google foydalanuvchi maʼlumotlarini uzatish uchun yangi tizim — Privacy Sandboxʼni ishlab chiqardi. — Bu reklama kuzatuvchilarni butunlay oʻchirib qoʻyadi va foydalanuvchi maʼlumotlarining uchinchi tomonlar bilan baham koʻrishini cheklaydi. Kanalimiz👉 @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
🖱 Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul? • Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlovi mavjud. Ulanish odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli va simsiz (bluetooth, wi-fi orqali). • "Qaysi biri ma'qul?" degan savolga hozir javob izlab ko'ramiz. Simli sichqoncha afzalliklari: - Eng birinchidan simli sichqonchalar narxi simsizga qaraganda arzonroq bo'ladi; - Signal uzatilishi tez va so'nishlar bo'lmaydi. Simli sichqoncha kamchiliklari: - Simlarning osilib yotishi undagi eng birinchi kamchilik; - Undan tashqari simli sichqoncha tagiga o'zining maxsus "to'shakcha"sini qo'ymasangiz yaxshi ishlamaydi; - Simli sichqoncha bilan uzoqqa bora olmaysiz, uzog'i 2-3 metr. Simsiz sichqoncha afzalliklari: - Kompyuter bilan 10 metrgacha masofada ishlashingiz mumkin; - Istalgan joyda, maxsus "to'shakcha"larsiz ham ishlatish mumkin; - Ixcham va qulay. Simsiz sichqoncha kamchiliklari: - Narxi biroz qimmat; - Foydalanishingizga qarab ma'lum vaqtda tokini alishtirib turish lozim; - Aniqlik darajasi simliga qaraganda past va so'nishlar bo'lishi mumkin. • Bizningcha, bir joyda o'tirib ishlaydiganlar - geymerlar, frilanserlar uchun simli sichqoncha, o'quvchi, o'qituvchi kabi kompyuterdan turli joylardan foydalanadiganlar uchun esa simsiz sichqoncha yaxshi tanlov bo'ladi. • Siz qanaqa sichqoncha ishlatasiz ? Kanalimiz👉 @IT_Wonderfull
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.