cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ma'rufjon Blogi

Kitoblar haqida postlar. 💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun: 8600492984450854 Ikkinchi kanal: @bookinoman1 YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
930
Obunachilar
-424 soatlar
-277 kunlar
+7730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
To'g'rimi? @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 1
Nimanidir xato qilyapman O‘qishni bitirganimdan so‘ng eng ko‘p eshitgan savollarim: qachon endi psixologlik qilasan? Psixologik blog yuritasan? Psixologik konsultatsiyalar o‘tasan? Javob har safar bir xil: ozroq bilimimni oshiray. Ha, psixologman deb da’vo qilishga faqatgina diplomning o‘zi kifoya emas. Diplomli psixologman, bu juda qiyin sohaligini, odamlarning hayoti bilan o‘ynashib bo‘lmasligini yaxshigina bilaman. Kun kelib, insonlarga yordam berishni, jamiyatimizda zulukdek yopishgan illatlarni, muammolarni kamaytirishni xohlayman. Bu kasb zavqli ekanligini bilaman. Bir paytlar 2-3 kishi bilan psixolog sifatida ishlaganman. Ularga yordamim tekkanini bilib, quvonganman. Lekin bu shunchaki o‘z bilim doiramdan kelib chiqib, tor doiradagi ishlar edi. Lekin men bilimim kam, hali psixologlik yukini ko‘tara olmayman deb turgan joyimda, kundan kunga internet sferasida psixologlar ko‘paymoqda. Ularni kuzatishni judayam yoqtiramanda. Nega? Hammasi gapirayotgan gaplar, qilmoqchi bo‘layotgan ishlar kulgumni qistaydi. Juda oddiy, elementar va tiyinga qimmat gaplar. Ammo ularni tinglaydigan, ularga ishonadigan va hatto millionlab sarflab konsultatsiyalariga yoziladigan odamlar bor. Nimaaaa? deyman o‘zimga-o‘zim. Ha, bunaqa qalloblarni ko‘rsam, menga og‘ir botadi. Chunki bu sohaga dog‘ tushirishni istamay, munosib bo‘lib, harakat qilay deb turgan joyimda, dog‘ tugul, hamma joyini rasvo qilib yuborishdi. Ular bilan yuzma-yuz bo‘lib qolsangiz yoki sal chuqurroq kirsangiz, psixologiyani elementar narsalarini ham bilmasligini tushunib yetasiz. Shunchaki xalqimizning shirin so‘zga, yoqimli daldalarga muhtoj ekanligidan unumli foydalanishmoqda. Eh xalqim-a!!! Yaqinda bir psixolog insonda 3 ta shaxsiyat bor deb turib, 4 ta sanasa bo‘ladimi, deng. Keyin o‘ziyam hayron qolib, “yo‘q, 4 ta shaxsiyat ekan” deydi. Bern go‘rida tik turgandir buni eshitib. Bundaylarni taqiq qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, taqiq — erkinlik bo‘g‘ilishining asoslaridan biri. Shunchaki odamlarimiz qallob kim-u, soha egasi kim ajratib olishi lozim. Yo‘qsa, hali bundaylarning bozori chaqqon bo‘laveradi. @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 1
O'zi rostdan kitob o'qiyotganlar bormi? @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Musiqa inson hayotida alohida bir o‘ringa ega bo‘lim muhim kashfiyotlardan biri deb hisoblayman. Juda bir meloman bo‘lmasam ham chiroyli musiqalarni pleylistga yig‘ishni va albatta ulardan nimadir ma’no olishga, o‘rganishga harakat qilaman. Shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda butun tanang titraydi. U xuddi sen uchun yaratilganday. Yana shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda beixtiyor olis bir o‘tmish yoki o‘zing bo‘lmagan, lekin xayolan sayr qiladigan makonlarga borasan. Hamma narsamiz juda tez bo‘lgan bu hayotda bir on tinim olib, musiqa atalmish bir ne’matdan bahramand bo‘ling. Shunchaki xonangiz chirog‘ini o‘chirib, quloqchinni taqib, dunyodan uzilgan holda mana shu musiqalarni eshitib ko‘ring: 1. HOMIE — По дворам 2. Ummon — Vaqt 3. Avicii — Hey, brother 4. Michael Jackson — Earth Song 5. Eng gullagan yoshlik chog‘imda. Albatta, bu meni yodimga kelgan va yaxshi deb hisoblagan musiqalarim. Siz esa o‘zingizga yoqadigan, yuragingizga yaqin istalgan qo‘shiqlarni xuddi men aytgandek tinglab ko‘ring. Ichingizda nimadir o‘tadi. Musiqa sehridan bahramand bo‘lasiz. @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Noam Xomskiy 95 yoshida vafot etibdi. @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1🔥 1
Yaxshi savol: Badiiy adabiyotni yaxshiroq anglash uchun ilmiy manbalar, ilmiy kitoblar o'rni qanchalik muhim? Chunki juda ko'p badiiy kitoblarda biz ilg'amagan g'oyalar, qarashlar va shunga o'xshash jihatlar bo'ladi. @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2
Sevimli kitoblarimdan biri — Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”dan iqtiboslar @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bir yilcha avval bitta chellenj boshlagandim. O'zim o'sha chellenjga amal qilmaganim uchun ham e'tibordan chetda qolgandi. Bu faqatgina mening aybim edi. Endi o'sha chellenjni yana qaytaraylik. Xullas, 21 kun davomida kitob mutolaa qilamiz. Mana shu post ostiga har kuni o'qigan kitobingiz nomi va nechanchi betdan nechanchi betgacha yoki nechchi bet o'qiganingizni yozib ketasiz. Masalan, Karl Sagan. "Kosmos". 10-betdan 31-betga qadar. Shunchaki chellenj bu. Nega aynan 21? Chunki 22-kundan boshlab, bu odatga aylanishni boshlaydi. Bu safar o'zim ham jiddiyroq yondashishga harakat qilaman. Men bee'tibor qolsam ham, vazifani bajara olmay qolsam ham siz davom ettiring. O'zingiz oldingizda o'zingiz xursand bo'lasiz. @marufjonblogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 1
Ishladiyov-a )
Hammasini ko'rsatish...
🎉 3
Repost from Book Talks
BookTalks Bilasiz-ki ushbu samimiy loyiha barcha kitobsevarlarniki. Loyihada seniki, meniki degan tushuncha mutlaq yo’q. Bizning maqsad, bizning reja - kabi pafos shiorlar-u, raqamlardan uzoqdamiz. Biz - kitobga befarq bo’lmagan, kitob sohasi, kitobsevarlikka befarq bo’lmaganlarni birlashtirishni istaymiz. Xo’sh - kitoblarni yana gapirtiramizmi? Hurmat bilan BookTalks jamoasi
Hammasini ko'rsatish...
4
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.