cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'rmon xo'jaligi agentligi

Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligining rasmiy kanali. Manzil: Toshkent v., Qibray t., Universitet ko'chasi, 2. Sayt: urmon.gov.uz Facebook: https://www.facebook.com/Urmon-News-24249 Pochta: [email protected] Tel: +998(71) 207 88 77

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 567
Obunachilar
-524 soatlar
-97 kunlar
-4430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
KORRUPSIYA -TARAQQIYOT DUSHMANI 🫥Bugungi kunda korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin. 🫥O‘rmon xo‘jaligi agentligiga qarashli Taxtako‘pir davlat o‘rmon xo‘jaligida soha vakillari o‘rtasida korrupsiya illatlarining oldini olish borasida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zaro muloqot jarayonida mas’ullar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berilib, o‘rmon xo‘jaligi sohasida bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo‘yishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Gʻalla yigʻimi mavsumi avjida. 🫥Respublikada boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, yuqori sifatli urug‘lik materiallarini tayyorlash, agrotexnologiyaning ilg‘or usullarini qo‘llash hamda fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 🫥Qashqadaryo viloyati, Muborak davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 25 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla nest-nobud qilmasdan o‘rib olinmoqda. Gʻalla hosilini o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish jarayonida barcha zaruriy chora-tadbirlarga amal qilinmoqda. Hududlarga maxsus texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Issiqxonalar bozor ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. 🔺Bir necha yildirki, issiqxonachilikni rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Issiqxonalar bozorlarni to‘rt faslda ham to‘kin bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. 🔺Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga ekilgan ko‘chat va nihollarni zararkunandalarga qarshi ishlov berilmoqda. Jarayonda barcha xodimlar faol ishtirok etmoqda. 🔺Qayd etish lozimki, issiqxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularni muqobil energiya masalalari bilan ta’minlashda ko‘plab imkoniyatlar taqdim etilgan, subsidiyalar joriy etilgan. 🔺Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan ham issiqxonalardagi nihollarni parvarishlash jarayonlari o‘rganildi, zaruriy agrotexnik tadbirlar bajarildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
Chigirtkaga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda 🔺Chigirtkalar to‘dasi qishloq xo‘jaligiga jiddiy xavf solishi turgan gap. Ayni paytda mamlakatimizning ba’zi hududlaridagi cho‘l va dalalarga bu hasharotlarning yopirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 🔺Qayd etish lozimki, O‘zbekiston sharoitida zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish yuzasidan har yili kuz oylarida kuzgi, erta bahorgi kuzatuv nazorat ishlari olib boriladi, chigirtkalarning qishlov muddati tugashi, tuxumdan chiqish muddatlari to‘g‘risida ko‘p yillik kuzatuv asosida kimyoviy kurash tadbirlari rejalashtiriladi va o‘z vaqtida tashkil etish choralari ko‘riladi. 🔺Buxoro viloyati, Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan O‘rmon bilan qoplangan maydonlar (saksavulzorlar)da chigirtkaga qarshi ishlar olib borilmoqda. Soha vakillari o‘simliklar xavfsizligini ta’minlashda chigirtka balosini oldini olishda barcha zaruriy agro texnik tadbirlar yo‘lga qo‘yilganligini qayd etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5570.MOV8.38 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Oziq-ovqat tanqisligini oldini olish borasidagi muhim yechimlardan biri — issiqxonalar sonini ko‘paytirishdir. 🔺Dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgan bir paytda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish,bog‘lar barpo etish, issiqxonalar faoliyatini samarali tashkil qilish, ularda gidroponika usulini keng qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilyapti. 🔺O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan bu borada zaruriy tadbirlar tashkil etilmoqda. 🔺O‘rganishlarga ko‘ra, Buxoro viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli issiqxonada yakuniy hosil terib olinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qayd etish lozimki, issiqxona atrofidagi 3 gektardan oshiq yer maydonidan iborat. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida issiqxonadan mo‘l hosil olishga erishilgan. 🔺Qayd etish lozimki, dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqat tanqisligini oldini olish borasidagi muhim yechimlardan biri — issiqxonalar sonini ko‘paytirish va ulardan sifatli mahsulotlar olishdir!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaliklarida innovatsiyalarni rivojlantirishning yangicha usullari paydo boʻlmoqda. ➡️ Batafsil:
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Ta'ziya "Hisor" davlat qoriqxonasi direktorining ilmiy ishlar boyicha o'rinbosari, xizmat korsatgan ekolog-olim, "Tabiat himoyachisi" ko'krak nishoni sohibi Baxtiyor Oromov og'ir xastalikdan song 70 yoshida vafot etdi. Baxtiyor Oromovning oila a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. U o'zining uzoq yillik ekologiya va atrof-muhitni muhofaza gilishga bag'ishlangan samarali faoliyati bilan ilmiy jamoatchilik va hamkasblari orasida o'chmas iz qoldirdi. Baxtiyor Oromovning xotirasi qalblarimizda mangu saqlanib qoladi, u erishgan yutuqlar bugungi yosh ekologlar va tabiat himoyachilarini ilhomlantirishda davom etadi. O’rmon xo’jaligi agentligi raxbariyati va jamoasi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥O‘rmon xo‘jaligi agentligi o‘z faoliyati va ish jarayonlarini ommaga taqdim qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini kengroq yoritishni davom etmoqda. 🟢O‘rmon xo‘jaligi agentligi YouYube kanalidagi o‘z havolasini yangiladi. Kanalimizda Agentlik faoliyati va boshqa tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan yangiliklar, videolavhalar bilan tanishishingiz mumkin . https://www.youtube.com/channel/UC7yS8G537YtD0hLUfMuYYOA 🥞Obuna bo‘ling, kuzating, va yaqinlarga ulashing.
Hammasini ko'rsatish...
02:27
Video unavailableShow in Telegram
Tabiat - odamning paydo bo‘lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. 🟢Umuman - bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor ma’noda - tabiat fanlari o‘rganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan qonuniyatga bo‘ysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini o‘zgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini o‘zlashtirishi mumkin. 🟢Tabiat - bu bizni o‘rab turgan barcha narsalar, borliq, hayvonot va o‘simliklar dunyosi. Har qadamda tabiat unsurlaridan bo‘lgan narsalarni ishlatamiz. Tug‘ilganimizdan beri tabiat qo‘ynida ungan ne’matlarni totib kelmoqdamiz. Uni asrab-avaylash zarur. Zarar etkazmay, uning unsurlaridan to‘g‘ri foydalanaylik. Tabiatdagi barcha narsa bir-biriga uyg‘un. Unga ziyon qilsak, tabiat muvozanatini buzgan bo‘lamiz. Qolaversa, tabiatga nima qilsak barchasi o‘zimizga qaytadi. Chunki biz tabiatning ajralmas qismimiz. Onamizni asragandek asraylik ona-tabiatni.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Hammasini ko'rsatish...
C0001_7.mp458.35 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади. Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади. Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади. Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...