cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qilingΒ», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Asadulloh Ne'matulloh

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ« "Salam Xalqaro maktabi" da arab tili o'qituvchisi - Islomshunos (2019- 2023) πŸŽ“ - Arab tili: B2 CEFR (Multi-level 2x) πŸ‡ΈπŸ‡¦ - O'qitish tajribasi: 2yil (2021-dan beri)πŸ“œ Bog'lanish uchun: @lnbox_bot Muhokama: https://t.me/+FisvtUcxz7oxNDMy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
269
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
-130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Maqolalar_2023 O'tkan 2023 -yilda kanalda e'lon qilgan postlarni jamlab bir kichik kitobcha qildim. Ja'mi 120 sahifa va 67 ta maqolani tashkil qildi. Telefonda o'qishga oson bo'lsin uchun 20 hajmdagi katta shrift hamda sariq fondan foydalanildi. Kitobchani ilk sahifalarida mundarija bor bo'lib, u orqali kitobcha mavzulari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Balki sizga kerakli mavzudagi maqolalar topilib foydasi tegsa hursand bo'lar edim) Manfaatli qilsin! @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
Maqolalar 2023 Asadulloh Ne'matulloh.pdf5.46 KB
01:36
Video unavailable
#teaching #methods O'quvchi nazdida nega 100$ qadrlida, ammo undanda qimmat bo'lgan - dars qadrsiz? Bunga sabab o'qituvchi o'quvchiga o'z fanini qanchalik muhim ekanligini tushuntirmagan bo'ladi. Bola pulni nimaga kerakligini biladi, shuning uchun uni qadrlaydi. Agar ilmni ham nega kerakligini anglasa va bilsa uni ham qadrlaydi. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3739.MOV35.06 MB
#shaxsiy_rivojlanish Aziz Rahimov'ning Najot ta'lim markazida "Autodedactism - mustaqil ta'lim" mavzusidagi seminar treningdan olgan hulosa va insaytlarim. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
Aziz Rahimov - Autodedactism.docx0.10 KB
00:21
Video unavailable
#event Bugun Aziz Rahimov Najot ta'lim markazida Autodedactism mavzusida seminar-trening o'tib berdilar. 2 soatlik vaqtim bekor ketmadi. Juda ko'p narsa o'rgandim. Treningdan olgan qisqa hulosa (insayt) larimni pastda word formatida yuborib qo'yaman. O'qib chiqsangiz foyda olarsiz! @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
7.96 MB
00:50
Video unavailable
#event Bugun Salam Sergeli filiali maktabida Xalqaro Arab Tili kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda biz maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolajonlar bilan "Huruful hijaiyya" qo'shig'ini tayyorlab namoyish qildik. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
6.29 MB
00:26
Video unavailable
#vlog πŸ“Yoshlar Ijod saroyi yangi ta'mirdan chiqqanidan so'ng juda katta o'zgarishlar bo'libdi. Xususan, dars tayyorlash uchun shinam muhit, zamonaviy komputerlar, yangi adabiyotlar, bookcafelar va yana ko'plab narsalar bor. Eng qizig'i bularni ba'ri tekin! Odam ozligiga qaraganda hali ko'pchilik bilmaydi. Ammo yaqin orada ilm talabidagi yoshlar bilan to'la gavjum joyga aylanishiga ishonchim komil. Sizni ham yo'liz tushsa keling! Manzil: Yoshlar Ijod saroyi. Mo'ljal: Mustaqillik metrosi @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
19.36 MB
Tog'ay Murod - Otamdan qolgan dalalar #taqriz Avvalam bor, ushbu asarni o'qigan odam romanning nomini o'qib ajablansa kerak. Balki kimdir bu asarni , qandaydir dalalar yoki qishloq hayoti haqida bo'lsa kerak deb o'ylashi ham mumkin. Aslida Tog'ay Murodning ushbu asari tarixiy-siyosiy asar bo'lib unda bizning asl tariximiz, sobiq sovet tuzumi tomonidan olib borilgan o'ta adolatsiz siyosat hamda ular tomonidan xalqimizga qilingan zug'umlarni ochib bergan asar hisoblanadi. Jumladan, ushbu asarda quyidagi muammolar yoritilgan: - Chor Rossiyasi tomonidan bizni yerlarimiz bosib olingani; - Diniy qadriyatlarimizni yo'qotishga bo'lgan urunishlar; - Madaniyatimizga yot g'oyalarni olib kirish orqali qilingan hujum; - O'zbek xalqini paxta dalalarida majburiy mehnatga jalb qilinganliklari; - Paxtadan ortmagan o'sha paytdagi xalqning hatto o'qish-yozishni ham bilmagani; - Sobiq tuzum bosqinchilariga qarshi kurashgan ota-bobolarimizni "bosmachi" degan tamg'a bilan tuxmatlar qilishgani; - "Paxta ishi" (O'zbek ishi) kabilardir. Sovet tuzumi azoblariga chidolmay qanchadan qancha ayollar o'zlarini yoqib yuborish darajasiga yetib kelgan. Ular xalqni zaiflashtirish uchun Turkiston o'lkasini yo'q qilib, o'rniga O'zbekiyya deb nom berishmoqchi bo'lishganining sababi - xalqimiz shu Turkiston deb kurashganligi bo'lgan. Chunki agar Turkiston degan davlat bo'lmasa xalq qaysi yerlar uchun kurashadi deyishgan. Bizning o'lkalarda kommunizm g'oyalarini sindirishga urunishgan. Lenin va Stalin kabi shaxslarni ilohiylashtirib, bizni azaliy diniy qadriyatlarimizni oyoq osti qilishgan. O'sha davrda momolarimiz paranji kiyishlariga majbur bo'lishganining asosiy sababi - o'zbek ayollari bosqinchi ruslarning nazaridan saqlash bo'lgan. Chunki yovuz va sobiq sovet tuzumidagi askarlar ayollarimizga yomon nazar bilan qaraganlari bor gap. Tarixga "qayta-qurish" nomi bilan kirgan davr ham soxtalik bilan yoritilgan. Paxta dalalaridagi odamlarni kulib xursand tarzda videolarga olib, televizorlarda ko'rsatishgan. Aslida esa ayollarni hayotining katta qismi paxta dalalarida o'tib ketkanki, o'ziga qarash uyoqda tursin, hatto bolasiga ham qarolmagan. Ushbu asar butun boshli Rus Oq poshsho hukmronligi davridan to SSSR ning so'ngi hukmdorlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan tarixiy roman bo'lib, o'sha davrda yashab o'tkan ota-bobolarimizni boshidan kechirgan voqealarni o'ziga jamlagandir. Tog'ay Murodning ijodiga qiziqishim aynan ushbu asar sabab bo'ldi. Xulosa o'rnida, ushbu asarni o'z tarixiga befarq bo'lmagan bacha o'qishi kerak deb hisoblayman. Β©Asadulloh Ne'matjonov. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...

00:31
Video unavailable
23.04 MB
"Mavzuni qayta tushuntirib bering" metodi #teaching #methods O'qituvchi sinfni 2 yoki 3 guruhga bo'ladi. So'ng mavzuni tezda tushuntirib beradi. Keyin bo'lingan guruhga mavzuni qaytarib olish uchun 5 daqiqa vaqt beradi. Vaqt tugaganidan so'ng o'qituvchi o'zi istagan guruh a'zosidan mavzuni so'raydi. Agar yaxshi javob bersa hamma yaxshi baho oladi. Agar aksincha bo'lsa bu hamma guruh a'zolariga salbiy ta'sir qiladi. Bu metod orqali, o'quvchilar guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Bir kishi hamma uchun javobgar degan tushunchani ham o'zlashtirishadi. Bir kishini javobi hammaga aloqador ekanligini bilgan bola hammasi diqqat bilan darsni tinglashga harakat qiladi. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...
​​*Uhibbul arobiyya A2 kitobidan o'qiyotgan o'quvchilarim uchun dars rejasi:* Kitobdagi yangi mavzuga doir jumlalarni avval o'zim keyin esa o'quvchilarga o'qitish. O'qish jarayonida duch kelgan yangi so'z va grammatika qoidalarini tushuntirib, doskaga yozib berish. Mavzuni davomidagi mashqlarni ham qiziqarli qilish: Listening qismini ovozini uyda sifatli qilib yozib kelib va bolalarga komputer/televizorda eshittirish. Nima deyilyatganini tushunganini so'rash. Savol javob paytida tartib saqlash uchun 1,2,3 gacha sanamaguncha javobni aytirmaslik. O'ylab javob berishga o'rgatish. Kundalik lug'at boyligini berib borish. Qo'shimchasiga bolalarni qiziqishidan kelib chiqib audio va video materiallar (podcast, multik, futbol va b.) berish. Guruhga vazifalarni bajarganligini tasdiqlab nazorat qilib turubchi jadvallarni* joriy qilish. *Jadvalda har bir guruhni o'quvchisini ismi familiyasi, topshiriqlar soni va bajarilganligi to'g'risidagi belgi qo'yish. Bu o'qituvchi tomonidan o'quvchi qo'shimcha kunlik vazifalarni bajarsa qo'yiladi. *Jazo qismi: Agarda topshiriqlar bajarilmasa, topshiriqlar soni 2 barobar ortadi. O'qituvchi "hozir qilmasang, keyin vazifa battar ko'payadi, deb manipulate (boshqaradi) qiladi. @asadulloh_nematulloh
Hammasini ko'rsatish...

Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.