Gulnor (POEZIYAN)
🌍 https://youtube.com/@GULNOR_POEZIYAN Contact: @Glnrpzyn_bot Eng avvalo so‘z yaralgan! https://www.snapchat.com/add/gulnor_poeziyan
Ko'proq ko'rsatish267
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+127 kunlar
+2030 kunlar
- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Obunachilar o'sish tezligi
Ma'lumot yuklanmoqda...
Photo unavailableShow in Telegram
* * *
Ўнгимдан қўрқинчдек тушимга кўчдинг,
Сайр эта бошладинг ҳаёлларимда.
Ҳар бир кулишимда сенинг ҳаққинг бор,
Жавоб изламайсан саволларимдан(?!)
«Менинг!» десам, акси урди дарахтлар,
Шамоллар ифоринг келтирди зумда.
Кўрсам, кўзларимни узмоқлик мушкул
Қалб туғёни эмас менинг измимда.
Жисмимни бенаво тутдим сен келсанг –
Бефарқман, тақдирим – сенга қаратқич.
Пешвоз чиқ, насибим, бир ишқинг ҳаққи
Ўзимни сен учун қайта яратдим.
Пешвоз чиқ!
© Гулнор
2024
Photo unavailableShow in Telegram
#zomin_2024
3 kun judayam zoʻr boʻldi, taqdirlashni gapirmasam ham boʻladi)
Bir gapni aytib qoʻyay, boʻlmasa koʻnglim boʻshamas ekan..
Taqdirlash tugallandi, hamma viloyat ijodkorlari oʻzining viloyatdoshlari bilan suratga tusha boshlashdi. Ayni shu damda menda koʻnglim kemtikday his qildim.
Bir toʻp Farg‘onalik ijodkorlar, Samarqandlik, Qashqadaryolik va boshqalar...
Ammo men, bittagina Toshkent shahridan ishtirok etgan ijodkorman, bir chetda oʻtirib ularning bir-birlarini hay-haylashib suratga tushayotganlarini koʻrib nimadir ichimdan oʻtdi, ammo bu tuygʻuning nomi nima, bilmasam)
Shunaqa gaplar...
Aytganday, adashib intervyuga chiqib qolibman, uni ham qoldiraman!
https://t.me/Gulnor_Poeziyan
Repost from N/a
01:29
Video unavailableShow in Telegram
Rauf Parfi "Amaldor"
1989-yil
13.11 MB
Seni bulamamışken ben kayboluyorum
Şimdi gökyüzünde
Kendimi ellerinle dans ederken buluyorum
Al beni yanına, sevgilim
Seni bana geri ver, sevgilim
72a57dfca83a6ebe6b6c5eba8ee614ed.m4a3.37 MB
MUALLAQLIK
Dengiz ko‘tarilsa ne bo‘lar bilmam,
Osmon qizaringan ko‘zlaringdayin
To‘kila boshlaysan zarrama-zarra..
Ikkimiz tamoman o‘raydi epkin.
Ne bo‘ladi agar osmon qulasa,
Ne bo‘ladi tog‘lar ko‘kka qo‘ysa tiz,
Ne bo‘ladi agar to‘kilsam senga
Ne bo‘lar agar-da qolsam yuraksiz?
Shu dam sochim – shamolda tasvir
Ko‘zlarim yutadi million rangni
Sen qaysi rangdasan, qaysi ohangda?
Ne sabab ko‘ylaklar his etmas tanni?
Ne bo‘lar yo‘qolsam shamoldek izsiz?
Ko‘zlarim shafoffmi? Aniqlolmayman!
Shovqinli jimlikda sonlanar dengiz
Nega mavjudlikni saqlayolmayman?!
Bilganim, sovuqlik sovutdi qonni
Kechganim – meniki, yetganim – tengsiz
Bilganim, yomg‘irim rang-o rang har kun
Erksiz qolar bo‘lsam quriydi dengiz!
Bulutlar hamrohlik qilsinlar abad
Tinmaydi to‘lqinlar, tabiat hayron
Bilganim, azaldan men bo‘lmagansan
Toki mahshargacha sohil bo‘lib qol,
Toki mahshargacha sohil bo‘lib qol!
© Gulnor
7.dek 2021
@Gulnor_Poeziyan
Repost from MTRK ǀ Rasmiy kanal
04:05
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
4.mp483.96 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#menimcha_oxirgi_post
#zomin_2024
Insonning hayotida shunaqa kunlar bo‘ladiki, qaniydi yana qaytib kelsa deb orzuda bo‘ladigan. Oʻtgan 3 kun ham hayotimdagi xuddi shunday tarix boʻldi deya olaman. Seminar shunchaki ustozlar bilan koʻrishish yoki ularga she’r o‘qib berishdan iborat emas balki, bir zamonda yashab yurgan deyarli tengqur ijodkorlarni bir-biriga tanitish va shu davr mobaynida bir katta oila boʻlib yashash tajribasini berar ekan.
Doim ismini eshitib, she’rlarini oʻqib yuradigan ammo oʻzini hech hayotda uchratmaganim ijodkorlarni uchratdim. Oldinlari qaniydi bir davlat tuzilsa, unda faqat ijodkorlar yashasa qanday ajoyib boʻlsa kerak deb oʻzimcha xayol surib qoʻyardim. Zomin hech boʻlmasa 3 kun boʻlsa ham shu «Shoirlar respublikasi»da "sayohat qilish"imga yo‘llanma berdi deya olaman.
Menimcha shu bu yilgi " ZOMIN SEMINARI " haqidagi so‘nggi qaydim boʻlib qoladi, yana Xudo bilsin)
Tashkilotchi va ishchi guruhdagi barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!
https://t.me/Gulnor_Poeziyan
#zomin_2024
Hayotingizda she’r oʻqib berish uyoqda tursin suhbatlashishni orzu qiladigan ustozlar bilan 3 kun birga boʻlish baxti!
@Gulnor_Poeziyan
4.17 MB
32.61 MB
3.11 MB
34.57 MB
16.15 MB
Boshqa reja tanlang
Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.