cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sarvinoz Ochilboyeva | official

• 💍 Baxtli rafiqa • ✅Xalqaro volontyor • 🇺🇿Davlat rahbari e'tirofidagi Andijonlik qiz • 🎖️“Kelajak bunyodkori” medali sohibasi • 🔝Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
517
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
-1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
❓"Bizning yurak sevish uchun yaralmagan" nomli kitobni qo'lga kiritishni istaysizmi? ✅ 30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan maxsus tanlovga start beramiz. G'oliblar "Bizning yurak sevish uchun yaralmagan" nomli kitobimizni qo'lga kiritadilar. 📌 Tanlov shartlari juda oddiy: @ochilboyev_uz kanaliga a'zo bo'lasiz, mazkur e'lonni 5 ta kanal va 5 ta guruhga yuborasiz va isbot tariqasida skrinshotlarini @ochilboyev_tanlovi manziliga yuborasiz! ⏩ Barcha shartlarni bajarganingizdan so'ng sizga maxsus raqam beriladi. G'oliblar 30-iyun kuni "random" (ixtiyoriy tanlov) orqali aniqlanadi. 🏆 5 nafar g'olibga maxsus tilaklar va dastxat tushirilgan kitob sovg'a qilinadi! #ochilboyev #azizbek #tanlov #faoliyat 🔎 @ochilboyev_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1
Hammasini ko'rsatish...
Ochilboyev.uz

Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim. Amir Temur

1🥰 1
Faoliyat va yutuqlarimizni yoritib borish uchun yana bir yangi kanal ochdik. Xohlovchilar bemalol kuzatishlari mumkin!
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🔥 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 #volontyorlar_filmi 🇺🇿 30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Universe" volontyorlar maktabi ijodkorlari tomonidan zamonamiz qahramonlari - volontyorlarga bag'ishlangan "Volontyor" filmining premyerasi bo'lib o'tadi. 🖐 Film volontyorlar hayotiga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekistonda volontyorlik tizimi aks ettirilgan. ✅ Premyera 22-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida bo'lib o'tadi. ➡️ Premyerada barcha ishtirok etishi mumkin. Premyerada ko'rishguncha! #yoshlaragentligi #universe #uva #volontyor 🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Hammasini ko'rsatish...
9.78 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Muborak ayyom, dinimizga ko’ra Islomdagi eng ulug’ bayram hisoblangan - Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin! Alloh taolo avvalo barchamizni gunohlarimizni mag’firat aylab, saodatga boshlasin. Har bir ko’ngilda tinchlik, hotirjamlik, sog’lik barq ursin! Hayotimiz yaxshilik-u, savobli ishlarga boy bo’lsin! Baxtimizga ota-onalarimiz, oilamiz, farzandlarimiz sog’-salomat bo’lishsin! Ameen Ajmaeen)🤲 @Sarvinozkhanum_official
Hammasini ko'rsatish...
12👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun to’ng’ich singlim Muxlisaning tavallud ayyomi! Baxtimizga doim sog’-salomat bo’lgin. Ota-onamizni duolarini olib, xizmatlarida bo’lgin. O’qish va ishlaringda muvaffaqiyat yor bo’lsin! Seni juda yaxshi ko’raman!❤️🎉 @Sarvinozkhanum_official
Hammasini ko'rsatish...
13🥰 9🎉 5👍 4🔥 2🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ertaga, soat 11:00 da Andijon davlat chet tillari institutida barchangizni kitob taqdimotida kutib qolamiz!😊 🕊 @Ochilboyev_Azizbek_official
Hammasini ko'rsatish...
16👍 4🔥 3
🥹Yorug’ dunyoga xush kelibsiz, og’lim! 👼🏻Ochig’i, ilk marta siz haqingizda bilganimizda qalbimizni hayajon, titroq bosgandi. Yaratganim bizni bu ulug’ ne’matidan ham qismadi, kuttirmadi deb ko’zimizni namlagandik. Keyinchalik sizni vujudimda yorqinroq his qilganim sari bir tarafdan hayajon, bir tarafdan qo’rquvga tushganman. Alloh bizga shunday ne’mat berdi, u uchun duo qilishdan boshqa yana amaliy nima qilayapman, ertaga bolamizga qanday qarayman, yaxshi ona bo’la olamanmi degan savollar iskanjasida uhlolmay qolganman. Alhamdulillah, O’zi yo’l ko’rsatib, izlandim, o’qidim, o’zimni isloh qilib bordim. Bolajonim, avvallari “qiz bola millat tarbiyachisi”, “bolalari uchun ham ayollarimiz o’qishlari shart” deyishsa, rossa achchig’im chiqardi. Ayol avvalo buguni, “ertasi” uchun o’qishi kerak derdim. Lekin hammasidan charchagan, og’rigan paytimda siz tufayli o’zimni isloh qildim, oldingidanda g’ayratliroq, kuchliroq bo’ldim. Angladimki, bolalar onalar uchun eng zo’r motivatsiya ekan. To’g’ri siz bilan kechgan 9 oylik sayohatimiz oson kechmadi. Qancha ruhan, jismonan og’riqni, zaiflikni boshdan kechirdim. Dadangizni qancha asablarini, sabrini sinovdan o’tkazdik.😉 Tushundimki, onalar faqat tunlari uhlamay bolasiga qaragani uchun emas, balki tug’ulguncha bo’lgan jarayonlarni sabr bilan o’tgani uchun ham e’zozlanarkan. Ilk bor ona bo’ldim-u onaning qadrini yanada qattiq angladim o’g’lim. Sizni o’zim, oilamiz uchun avvalo, ahli ummat uchun dunyoga keltirdim bolam. Bobongiz ismingizni O’ziga qul bo’lgan mo’minlaridan bo’lsin deya Payg’ambarimiz Muhammad S.A.V. ning otalarining ismlari bo’lmish - Abdulloh💙 deb qo’ydilar. Ilohim, ismingizga monand iymoni but, dunyoga ta’sirini o’tkaza oladigan darajada kuchli, ummatning g’amini aritadigan sobitqadam, sahiy, qat’iyatli musulmonlar qatorida bo’ling. Sizni Allohimning hadyasidan ko’ra qiyomatda so’raladigan omonatimiz sifatida bilamiz, o’g’lim. Ilohim O’zini yo’lida, niyatlarimizga muvofiq tarbiyat qilishlikka qodir qilsin. O’zi tavfiq va kuch bersin. 🙏Alhamdulillah, bergani chin bo’lsin, yomon ko’zlardan asrasin. Ilohim har ikki bobongiz, dadangiz kabi mard, el ardog’idagi suyukli, sahovatpesha inson bo’ling! Sizni juda-juda qattiq yaxshi ko’raman, munchog’im! 😘 Hurmat bilan, onajoningiz))) @Sarvinozkhanum_official
Hammasini ko'rsatish...
51🔥 12🥰 5👍 4
06.05.2024 Alhamdulillah🤲
Hammasini ko'rsatish...
33🎉 8👍 4🥰 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
“PARVOZ” loyihasi menga qanday imkoniyatlar beradi? Keling shu haqida batafsil tushuntirib o‘tamiz.
✅ “PARVOZ” jamoasi siz azizlarga ilmiy yo‘nalishda qanday faoliyat olib borish, ya’ni, ilmiy-publisistik maqolalar yozish hamda ularni eng ishonchli nashrlarda qanday qilib chop qilish bo‘yicha ko‘maklashadi. ✅ Shuningdek jamoamiz a’zolari sizlarga nomdor davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritish, davlat mukofotlari sohibi bo‘lish va ular uchun hujjatlar jamlanmasini tayyorlash bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berishadi. ✨ Xullas “PARVOZ” jamoasi sizning ilm osmonidagi parvozingizda sizga beminnat ko‘mak beradi. 🕊Fursatni boy bermasdan jamoamizga qo‘shiling. Biz bilan ilm yo‘lida parvoz aylang! 👉 Murojaat uchun: @ilm_parvoziim 👉 Sahifalarimiz : Telegram|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
4👍 3👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.