cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

AKT Andijon

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining AKT ni joriy etish va raqamlashtirish sho‘basi rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
528
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Sherzod Shermatov
Qadrli bitiruvchilarimizga texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda o’zlarining munosib o’rinlarini topishlari uchun yuqori maqsadlar qo’yib doim o’rganishdan va izlanishdan to’xtamasliklarini tilaymiz. Eng qadrli va hamma uchun birdek taqsimlangan resurs bu vaqt. Undan unumli foydalanib, ko’proq o’z ustingizda ishlab chet tillari, masofaviy xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan kasblarni o’rganib, xalqaro sertifikatlarni olsangiz kelajakda muvaffaqiyatga erishishingiz imkoniyati oshadi. Vaqtingizni bekorga va befoyda narsalarga sarflash bilan cheklansangiz, kelgusida pushaymon bo’lishingiz mumkin. Yaxshi niyat bilan harakat qilinsa albatta natija bo’ladi va buning uchun barcha sharoitlar bor.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from IT taʼlim
01:54
Video unavailableShow in Telegram
Coursera.org platformasidan qanday qilib pullik kurslari sotib olish mumkin?
Biz videoda Sizga bu haqida bosqichma-bosqich qadamlar boʻyicha yoʻriqnoma berdik.
🪙Unutmang, Siz Coursera sertifikatini olishga sarflagan xarajatlaringizni qoplab olishingiz mumkin. ✔️Coursera platformasining xarajatlarini qoplab beriladigan xalqaro kurslar roʻyxati 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
PULLIK KURSLAR. tg mp4.mp440.54 MB
Repost from Digital.edu
Photo unavailableShow in Telegram
PHP dasturlash tili bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi 🗣 25-may soat 14:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi «UzGeeks hamjamiyati» bilan hamkorlikda «PHP» dasturlash tiliga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi. 🚀«Meetup» quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: 1. “PHP - Highload” - Milly Khamroev(Senior engineer/TeamLead, Click/Modme); ➡️Linkedin sahifa. 2. “Futbol yangiliklari arxitekturasini qurish” - Sag‘indiq Kenjabaev(Frilanser). ➡️Linkedin sahifa. 🕰 «Meetup» da ishtirok etish uchun UzGeeks saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. 📍Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi) 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Digital.edu
00:51
Video unavailableShow in Telegram
🏆ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiriting! 20 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash va muammolarni hal qilishga ishtiyoqi baland qizlarni “ICT4Girls” sport dasturlash olimpiadasida ishtirok etishga chaqiramiz. 🌟1-bosqich - Hududiy bosqich: Berilgan topshiriqlar to‘plamidagi masalalarni ishlab, yuqori ball to'plagan birinchi 5 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo'llanma oladi. 🌟2-bosqich - Respublika bosqichi: Yuqori ball to‘plagan birinchi 12 nafar ishtirokchi ICT4Girls olimpiadasi g'olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi.  🌟 Bonus: Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g'oliblari uchun sport dasturlash bo'yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so'ngida saralangan 4 nafar qiz 21-27-iyul kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika fani bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI)da O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. 🔗ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 2-iyungacha ro'yxatdan o’ting 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
QIZLAR OLIMPIADASI_ final TG mp4.mp419.55 MB
👍 1
Repost from Нигоҳ
​​15 та ҳудудда IT-шаҳарча ташкил этилади Шавкат Мирзиёевга Ўзбекистонда рақамли технологияларни ривожлантириш бўйича ахборот берилди. Жорий йилнинг ўтган тўрт ойида соҳадаги хизматлар ҳажми 120 фоиз ўсди, 200 млн долларлик экспорт қилинди, 5 мингта иш ўрни яратилди. Лекин, ҳудудлар кесимида қараганда, IT хизматлари ва экспортининг асосий улуши Тошкент шаҳрига тўғри келади. Мутахассисларнинг 80 фоизи шу ерда яшайди. Шу боис, бу соҳани чекка ҳудудларда ҳам ривожлантириш мақсадида, IT-шаҳарчалар ташкил этиш режалаштирилган. Лойиҳага кўра, бундай масканлар дастлаб 15 та ҳудудда – Чимбой, Ғиждувон, Зомин, Шароф Рашидов, Фориш, Хатирчи, Поп, Шаҳрисабз, Қўшработ, Сариосиё, Сирдарё, Паркент, Тошлоқ ва Тупроққалъа туманлари ҳамда Хонобод шаҳрида ташкил қилинади. Уларда йилига 10 мингга яқин ёшлар IT, чет тили ва бошқа замонавий касблар бўйича бепул ўқитилади. Шунингдек, IT таълим ва дастурий маҳсулот йўналишидаги лойиҳалар бўйича 1 млрд сўмгача бўлган стартаплар танловини IT-парк орқали ўтказиш таклиф этилмоқда. Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...

👍 2
Repost from my.gov.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning! 👨‍💻Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz: ⏺ Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish. Uydan chiqmagan holda farzandingiz ko‘chiriladigan maktabni tanlang va so‘rov yuboring. 3 ish kunida javobni oling! ⏺Yo‘qolgan yoki shikast etgan maktab shahodatnomasi (10 ish kunigacha) hamda diplom dublikatini (15 ish kunida) berish. Hech qanday tashriflarsiz, hujjatlarsiz oson va qulay amalga oshiriladi. ⏺Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish. Agar siz chet elda o'qigan bo'lsangiz, ta'limingiz tan olinganligi to'g'risidagi guvohnomaga ariza topshiring. Bu sizga O‘zbekistonda o'qish va ishlashga yordam beradi. Shuningdek: 🔄Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarida qatnashishga ariza berish 🔄Xalqaro IT-sertifikatlarini olish va o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplashga ariza berish 🔄Xorijlik fuqarolar farzandlarini maktabga qabul qilish 🔄Pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish 🔄Ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash kabi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin. 🟦Yana foydali xizmatlar – “Ta'lim” bo'limida❗️ 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Hammasini ko'rsatish...
BOSHQARMA HAMDA “TATU FARG’ONA FILIALI” O‘RTASIDA HAMKORLIK KELISHUVI IMZOLANDI Yosh avlodni aqlan yetuk va jismonan barkamol etib tarbiyalash bilan bir qatorda ularni zamonaviy axborot-texnologiyalaridan oqilona foydalangan holda yirik daromadli kasblarni egallashlarini ta’minlash maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 25-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur tadbirda mutasaddilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga zamonaviy kasblarni egallash orqali yuqori daromad olish sirlari, o’zbek informatsion texnologiyalar bozoriga sifatli mahsulotlarni aynan o’zbek dasturchilari orqali boyitilishini ta’minlash maqsadida imzolangan ushbu memorandum haqida kerakli ma’lumotlar berildi. Andijon viloyat MMTB matbuot xizmati Telegram | Facebook | Web sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from my.gov.uz
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 17-mart kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
02:22
Video unavailableShow in Telegram
#Attestatsiya #Bayonot_3 ✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
17.04.2024Ucun Video Bayonot.mp410.60 MB
00:16
Video unavailableShow in Telegram
IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari bilan tanishmoqchimisiz? 🗣Unda Sizni 20-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida boʻlib oʻtuvchi Mehnat va ta'lim yarmarkasiga taklif etamiz! 🔄 Yarmarkada IT-ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchi oliygohlar, oʻquv markazlari, mahalliy va xalqaro IT-korxonalar va boshqa tegishli kompaniyalar oʻzlarida mavjud qator imkoniyatlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, tadbir davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ham amaliy tavsiyalar berib o'tadi.
🟡 Oʻtkazib yubormaslik uchun yarmarka sanasi va vaqtini eslab qoling: 20-aprel, 10:00-17:00. 📍 Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi (Muminov 4A)
Yarmarka uchun ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/xAXmYN9wS2YC6XP59 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
IMG_4402.MP48.90 MB