cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 991
Obunachilar
-424 soatlar
-267 kunlar
-1930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#ob_havo ⛅️ Ertaga, 5-may kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Bulutli, qisman yomg'ir) 🌔 Quyosh chiqishi: 05:16 🌘 Quyosh botishi: 19:23 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
#oʻquv_seminar Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida oʻquv-seminari tashkil etildi. 🟢 Boʻka tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari tashkil etildi. 🔸 Seminarda "Maʼnaviy tarbiyaning metodologik asoslari: milliy qadriyatlarga sodiq yoshlarni tarbiyalash", "Milliy gʻoya va yangi maʼnaviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi oʻrni", "Taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "Maktablardagi maʼnaviy muhit, oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʻqituvchi va murabbiylarning masʼuliyati" mavzularida, kunning ikkinchi yarmida "Oʻzbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti" mavzusida maʼruzalar tinglandi. 🔸 Oʻquv-seminarda MMIBDOʻ, psixolog va sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlarni tizimli olib borishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar tavsiya qilindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
#Sayyor_qabul “O'rtatepa” mahallasida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o'tkazildi. 🔺 Bugun tuman hokimining birinchi o’rinbosari M.Saydullayev, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "O'rtatepa" mahallasida fuqarolar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli tashkil etildi. 🔸 Mahalla fuqarolar yig'inlarida muammolarni o'rganish, shu joydagi fuqarolarning muammo va takliflarini tinglash, aholi sharoitlarini yaxshilash, muammolarni bartaraf etish bo'yicha tuzilgan reja-grafikka asosan o'tkazilgan ushbu qabulda jami 14 nafar fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan kommunal soha, moddiy yordam va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 16 ta murojaatlar kelib tushdi. 🔹 Qabulda yo'llangan murojaatlarning ayrimlariga tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar, shuningdek tuman hokimi topshirig'iga asosan har bir mahallalarda "mahalla yettiligi" tomonidan o'tkazilgan qabullarda kelib tushgan murojaatlar ro'yxati shakllantirilib, nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.
Eslatib o'tamiz, har haftaning shanba kunlari tuman hokimining sayyor qabuli grafikka asosan bitta mahalla hududida, shuningdek "mahalla yettiligi" tomonidan har bir mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
#fermerlar_kuni Fermerlar ishtirokida agrar sohadagi masalalar muhokama qilindi. 🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi. 🔸 Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida otgan mazkur yig'ilishda 🔸 G'o'za qator oralariga ishlov berish; 🔸 G'allani yakuniy azotli mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish ishlari hamda g'alla o’rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash ishlarining borishi; 🔸 Fermer xo'jaliklarining mavjud soliq qarzdorliklarini so'ndirish holati kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 🔹 Yig’ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. 🟢Shuningdek, yig'ilish yakunida "Agrobank" ATB Agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti boshqarma boshlig'i J.Alimjonov va bank mas'ullari tomonidan fermer xo'jaliklari rahbarlariga paxta va g'alla imtiyozlik kreditlarini "Agrobank Business" elektron mobil ilovasi orqali boshqarishni tushuntirish va ko'nikmalarini oshirish maqsadida o'quv trening o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Президент Шавкат Мирзиёев: Ҳукумат ҳамда инвесторлар ўртасида очиқ ва самарали мулоқотнинг йўлга қўйилгани барқарор иқтисодий тараққиётнинг асосий калитидир Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
#ob_havo ⛅️ Ertaga, 4-may kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Bulutli, qisman yomg'ir) 🌔 Quyosh chiqishi: 05:17 🌘 Quyosh botishi: 19:22 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
#yosh_gvardiyachilar Bo'ka tumanidagi maktablarda "Yosh gvardiyachilar" sinflari ochilishi davom etmoqda. 🔺 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yurt osoyishtaligini ta'minlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib kamolga yetkazish yo‘lida olib borayotgan chora-tadbirlar qatorida maktablarda harbiy vatanparvarlikka asoslangan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilishi alohida diqqatga sazovor ishlardan biridir.  🔸 Bugun Bo'ka tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi va bu orqali egniga harbiy libos kiyishni orzu qilayotgan, vatanga sodiq farzand bo‘lib, uni himoya qilishga hozirdan shay turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratildi. 🔸 Yangi sinf ochilishi munosabati bilan tashkillangan tadbirda Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosari O.Djo'rayev, Milliy gvardiya Boʻka tumanlararo qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari M.Mavlonov, tuman IIB bolalar bilan ishlash bo'yicha katta inspektor-psixolog - katta leytenant Sh.Ergashev, maktab ma'muriyati, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi 🟢 Tuman hokimi tomonidan bugungi globallashuv jarayonlari hamda odamlar, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganligi, kelgusida bu sinflarda ta'lim olgan o'quvchilarning haqiqiy vatanparvar, yurtga foydasi tegadigan, sadoqatli va komil inson bo'lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi ta'kidlandi.
🟡 Tadbir doirasida o‘quvchilarda harbiylarga havas, Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini oshirish maqsadida turli ko‘rgazmali chiqishlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, sheʼr, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Хорижий инвесторлар кенгашининг иккинчи ялпи мажлиси бўлиб ўтди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar 15 maydan 1 noyabrgacha qabul qilinadi
📝 Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to'lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritiladi: 🔹subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi; 🔹2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo'yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to'lanadi; 🔹birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat'iy belgilangan 30 million so'm miqdorida to'lanadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy axborot | Lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi ✔️ Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi: 🔹hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi; 🔹qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; 🔹ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; 🔹ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi; 🔹kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya…

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi
Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. 🔘Bunda: ➖ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi; ➖ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy axborot | Lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi ✔️ Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi: 🔹hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi; 🔹qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; 🔹ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; 🔹ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi; 🔹kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya…