uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Bomdod Namozi

Bomdod Namozi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Namoz o’qishni o'rganishiz uchun 👉 @Bomdodnamozbot ga kiring,botni ishlatishga tushunmasangiz bu @tahoratvanamoz1 👈 kanalga kiring. 👇 Savol yoki takliflaringiz bo'lsa @Tahoratbot ga murojaat qiling. Alloh hammamizni ibodatda bardavom qilsin. Amiin.

Ko'proq ko'rsatish
1 733
Obunachilar
-224 soatlar
-117 kun
-1830 kun
Postlar arxiv
Ishqu muhabbat yo'li havas qilgulik yo'l emas, aslida. Ko'tarilarkansiz yo'llar tobora torayib boradi, tobora odamlar sizni tushunmay qoladi. Shariatda - odamlar juda ko'p, Tariqatda - judayam ozchilik, Ma'rifatda - sanoqli kishilar, Haqiqatda es Alloh bilan o'zingiz qolasiz.. Bu yo‘lning ziynati ko‘pchilikning olqishi emas. Balki yolg‘iz qolganingizda ham qalbingizning U Zotdan uzilmasligidir. Avval odamlar bilan birga yurasiz, keyin nafsingiz bilan kurashasiz, oxir-oqibat esa o‘zingizdan ham kechib, faqat U Zotni izlaysiz. Shuning uchun ishq — da’vo qilinadigan narsa emas. U sabr bilan sinaladi va oxirida bandani o‘zidan olib, Ma’shuqiga yetaklaydi. Yo‘l toraygani — adashganingizdan emas. Balki manzil yaqinlashgani bo‘lishi mumkin.

🫀 Мени сўраб олгин ўзинг Худодан, Дуоси ижобат инсон эмасман. Эпласанг тасанно, эпласанг олқиш Гар эплай олмасанг ғиринг демасман. Мени сўраб олгин ўзинг Худодан, Мен тавба қилмаган гуноҳлар сероб, Умидлар учқуни ўчмаган аммо Шубҳалар қийнайди кўнглимни бир қоп. Мени сўраб олгин ўзинг Худодан, Дуойинг ижобат бўлса қойилман. Сенга насиб қилса Яратган эгам Ёнингдан бир қадам узоққа жилмам. Мени сўраб олгин ўзинг Худодан, Раҳмондан ўзгаси беролмас мени, Соғлом иймон билан келсин деб сўра, Кўнглимни бошқаси кўролмас мени. ©️Аҳлиддин Ҳузаний

Namoz vaqti ni uzbekiston bo'yicha ko'rsatadi Arab tilini urgatadi TOngi va tungi zikrlar bor NAmoz o'qish uchun kerakli suralar va videlar bor @BomdodNamozbot

Душманинг билан улфат бўлма. Чунки у сенга қарши ишлатиш учун айбларингни йиғади, тўғри ишларинг борасида эса сени енгишга уринади.

Botda Har kunlik qilgan zikr ibodat siz uchun bal beradi bu ball umumiy reyting da korsanadi Jamoa yoki dostlar bilan guruh l
Botda Har kunlik qilgan zikr ibodat siz uchun bal beradi bu ball umumiy reyting da korsanadi Jamoa yoki dostlar bilan guruh lashib ham qatnashilsa bo'ladi

@BomdodNamozbot botimiz yangicha yo'nalishda ishga tushurdik ishlatib fikrlarizni bo'lishsayzlar Hammamizdan Alloh rozi bo'lsin

Mudroqman. Na sergakman va na gʻaflatda. Uchqunman. Na kul boʻldim va na alanga. Muhtasilman. Na johilman va nada oqil. Subhi damman. Na yorugʻ kun va na qaro tun. Har doim oʻrtada, arosatda boʻldim. Biroq oxiratda arosat yoʻqdir! Yo jannat bor, yoki jahannam!

Шайх Шаъровийдан гўзал бир дуо: «Аллоҳим! Ақлимни уни безовта қиладиган нарса билан, қалбимни унга раҳм қилмайдиган кимса билан ва вақтимни ўзига фойда бермайдиган нарса билан машғул қилиб қўйма... Раббим, мен тарафда бўл, мен билан бўл ва мени Ўзинг ила кучли қил».

— Ўзингизга тегишли аёлни эътиборда ушланг, эътиборда бўласиз… Бўлмаса шунақа чиройли унутиласизки, қанийди унутолсам деб армон қилиб қоласиз…

Haqiqiy qiyofamiz – yashirishga uringan botinimizdir. Kiygan kiyimimiz ham, aytgan so‘zimiz ham emas. Shunday ekan, botiningga nazar sol, fikr yurit, mushohada qil, botiningga yashirgan narsalaringni o‘rgan. Shunda dunyodagi o‘rning, oxiratdagi maqoming qayerda ekanini bilasan… Doktor Mustafo Mahmud

Баъзан «Хазиллашдим» орасида ҳақиқат бор. Баъзан «Билмайман» орасида билим бор. Баъзан «Менга барибир» орасида кераклиси бор. Баъзан «Яхшиман» орасида оғриқлар бор. Шунчаки сиз англашни билинг...

Sevish va kutish bir xil narsa emas. Hamma sevadi, lekin hamma ham kuta olmaydi. • Fyodor Dostoyevskiy

Shodon demang labim kular dilim vayron.. Amali yo'q jasadimdan havotirman..! Jayron kabi jonim uchun xushim hayron..! Qabrdagi suhbatimdan havotirman.. Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs, Otash sari yetaklaydi hoy-u havas, Savoblarim gunohimga kelgaymi bas?! Kecha kunduz g'aflatimdan havotirman.. Umr shamdek yonib-yonib tugar oxir... Ikki malak yelkam uzra mudom xozir..! Neki amal qilgan bo'lsam bari zohir :( Menga bo'lar savolimdam havotirman.. Fano ichra intihosin topsa yo'lim... Shahodatni aytarmikin sarkash tilim..! Borar joyim bo'larmikin sokin so'lim..? Qabr tomon borarimdan havotirman..

Sen qutqargan inson, yaxshilanganidan so’ng ilk voz kechadigan kishisi “SEN” bo’lasan… NEGA ?

Gʻalati odamman. Ba’zan oʻzim tanimagan insonni sogʻinaman. Ba’zan hayotimda bormagan joylarni qoʻmsayman. Ba’zida avval hech his qilmagan tuygʻularni xotirlagandek boʻlaman. Eng qizigʻi, mana shular sabab uzoq vaqt bir nuqtaga tikilib qolishim, kunlab gapirmasligim, yoki qachon tugashini oʻzim ham bilmaydigan mahzunlikka duchor boʻlishim mumkin. Gʻalati…

Кўнглинг тортмаган нарсага ишонма. Чунки қалб кўз кўрмаганини кўради.

Кун насиҳати Молинг билан мақтанма; бир ел олиб кетади. Уйинг билан мақтанма; бир сел олиб кетади. Фарзандинг билан мақтанма; бир Қобил олиб кетади. Жуфтинг билан мақтанма; бошқа бир қўл олиб кетади. Амалинг билан мақтанма; бир одат олиб кетади. Ақлинг билан мақтанма; бир иллат олиб кетади. Кўз тегса, қўлингдан ҳаммаси кетади.

Жим туриб, сукут қилганимиз у нарсадан рози эканимизни англатмайди. Гапириш бефойда бўлгани учун шундай қилдик.

— Сизни ёмонга чиқармоқчи бўлган кимса дунёдаги энг яхши инсон бўлсангиз ҳам сабаб топади... Ва аксинча, бир инсон сизни кечиришни, севишни истаса дунёдаги энг ёмон инсон бўлсангиз ҳам бир сабаб топади.... Фарқи сизнинг яхши ёки ёмонлигингизда эмас, қаршингиздаги инсон учун қадр-қийматингиз қай даражада эканлигида... • Абдурроҳман Тошқандий

— Гоҳида сенга соябон тутадиган инсонга эмас, эҳтиёжинг даражасида сен билан бирга бўладиган инсонга муҳтож юўласан. • Абдурроҳман Тошқандий