cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

mouniran💭

~ bu yerda qandaydir tavsif yozilgan bo'lishi mumkin edi. 🐌📚🫀✍🏻🎹🧡 (!)

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
208
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Sokinlikka, sukunatga moyilligim bor, holos. Fe'lim shunaqa. Men ham kulib zavqlanaman, ammo inson men nega mavjudman degan savolni chin dildan so'rasa, istar-istamas bemaqsad xatti-harakatlarini kamaytirar ekan... p.s kitaptaki gerçeğim t.me/niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
Ulg'ayish nima? Borgan sari masʼuliyat va majburiyating ortib borishimi? Yoki ayrim qarorlarni qabul qilishingda kim(lar)ningdir fikriga muhtoj bo'lmasligingmi? Ulg'ayish nima? Og'riyverib o'ksigan ko'nglingni har kimdan, hammasidan iloji boricha uzoqroq tutishingmi? Yoki... Qilgan nohaqliklariga qaramay, kerakli paytda kimdir uchun qo'lingdan kelganini ayamaslikmi? Nima u ulg'ayish? Yaqinlaring bir paytlar oldinga qo'ygan yegulikni qachondir sen ham ularga tuhfa etishga yetgan qurbingmi? Nima o'zi u ulg'ayish? Eng qo'rqqaning shifokor ko'rigiga yolg'iz o'zing navbat kutishingmi? Hech nimani tushunmaydigan, hech nimani bilmaydigan, hech nimadan tashvishlanmaydigan, butun xotirjamligini faqat onasini bag'ridan topgan o'sha bolakay emasmizmi endi? Shu qadar ulg'aydikmi yaxshim..? @niktofilist
Hammasini ko'rsatish...

Agar imkoningiz bo'lsa bolalar mutolaasi uchun o'z hissangiz qo'shing yaxshilar. Ajriga ko'p-ko'p kitoblar nasib qilsin sizga ham) https://t.me/niyatgabogliq/2989
Hammasini ko'rsatish...
Niyatga bog'liq

Xabaringiz bor maktabda o'qituvchiman. O'quvchilar yozgi ta'tilga chiqadi yaqinda... Shu sababli ular bo'sh vaqtlarida kitob o'qishlari kerak. Ammo kitoblar muammo. (100 tacha kitob bor lekin bolalar ko'p) Agar sizda ortiqcha, o'qib bo'lingan kitoblaringiz bo'lsa maktabga jo'nating. O'quvchilarim o'qib xursand bo'lar edi. Kitoblarni jo'natish uchun manzilni o'zimdan so'raysiz....

Birga ko'ramiz) Manfaatli bo'lsin🤍 https://youtu.be/LUlhx4wXyu8
Hammasini ko'rsatish...
Islomga bagʻishlangan umr. Hujjatli film 1-qism | Исломга бағишланган умр. Ҳужжатли фильм 1-қисм

2-qism

https://youtu.be/KsQ8mTS7lboOʻzbek

xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot ...

Photo unavailableShow in Telegram
Hammasi minnatdorlikdan boshlanadi. Tushunaman, qarzingiz ko'pdir, dardingiz og'ir, yo bo'lmasa havotiringiz oshib-toshib yotibdi, nima uchun minnatdor bo'lishim kerak deb e'tiroz bildirishingiz mumkin. Lekin eng yomon pallada ham minnatdorchilik uchun biror nima o'ylab topsa bo'ladi. Hamisha! Ko'rish va ko'rmaslik esa sizning ixtiyoringizda. Shu qo'lingizdagi kitob uchun ham minnatdor bo'lishingiz mumkin. Boshpanangiz borligi uchun, do'stlaringiz uchun, ishingiz uchun, yashayotganingiz uchun va hakozo. Istagan narsangizdan boshlasangiz bo'ladi, chunki minnatdorchilik hissi - mo'jizalarni jalb etishning eng oson usulidir. Aslida bu tuyg'ular sizda mo'jiza hozirning o'zida ro'y beradigandek hislarni uyg'otadi. Suqrot aytganidek, "Boriga shukur qilmagan odam istaganiga erishganida ham minnatdor bo'lmaydi". – Jo Vitale, The secret t.me/niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
"Agar bugun tongda sog'-omon uyg'ongan bo'lsangiz, demak, siz tongga yetmay millionlab joni uzilganlardan ko'ra baxtliroqsiz. Agar muzlatgichingiz yeguliklarga to'la bo'lib, kiyishga kiyim, yotishga boshpanangiz bo'lsa, demak, sayyoramizning 75% odamlaridan ko'ra badavlatroqsiz. Agar hamyoningizda pul va bankda hisob raqamingiz bo'lsa, demak, sayyoramiz aholisini tashkil etadigan 8% eng boy kishilar qatoridasiz. Agar ko'nglingiz xotirjam bo'lib, taqdiringizga shukur qilsangiz, demak, marhamatga erishasiz." p.s Hayitlik hadiyam bo'ldi bu kitob mening, çok şükür🥰 Sizga ham ilindim🌷 t.me/niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
Jo Vitale-Tortishish kuchi kaliti(Kutubxona).pdf6.46 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Garchi hayot har xil kamchiliklarga to'la bo'lsada, unda sen bo'lganing uchun juda chiroyli, deya olishimga munosib taqdir istayman♥️ @niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
Be free. Be true. Be you. @niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
Passacaglia (Piano Cover) Handel Halvorsen.mp35.37 MB
Mumkin emas: yig'lamaslik, tinimsiz energiyaga boy bo'lib yurishlik, har doim hammasiga hech nima bo'lmagandek tabassum qilishlik mumkin emas. Shunchaki, barini yashab o'tish, his qilishga qo'yib berish - normal. Axir, qo'limdan kelganicha yashayman. Qandaydir talab va majburiyatlaringiz esa o'z hayotingizdagi haqiqatingiz, yaxshilar) @niktofilist
Hammasini ko'rsatish...
💁🏻‍♀ eng yoqimli xotirjamlikni tuhfa etuvchi mashg'ulotlarim 📖 oldin tagiga chizgan kitoblarimni yana o'qish; 🌉 yurtimning shaharlariga sayohat qilish; 📚 bukcafelarda vaqt o'tkazish; 🛼 velik, yoki rolik uchish; 💆🏻‍♀ dunyoqarashim va o'zligimni oson tushuntira oladigan insonlar bilan suhbatlashish; 📙 bukinist do'konlarga tashrif buyurish; 🙇🏻‍♀ tabiati chiroyli bo'lgan maskanlarda sayr qilish; 🎹 klassik musiqa tinglash, pianino chalish; 🫀 hislarimni yoziqlarda ifodalab borish; ✅ har kuni maqsadimni va nima uchun harakat qilayotganimni bilish; 🐣 bolalar bilan vaqt o'tkazish, birgalikda rasm chizish, mozaika yasash, arg'imchoq uchish; 🌐 chet tillarida film/serial tomosha qilish; 🤩 borishni istagan mamlakatlarim, orzularimda o'zimni tasavvur qilish; 🌝 yashaydigan shahrimda adashib qolish, notanish ko'chalar va do'konlarni kashf qilish; 📸 chiroyli chiqsa-chiqmasa ko'ppala rasmlar olish, rasmga tushish; 🧘🏻‍♀️ kun davomida sukunatga vaqt ajratish; 🌚 ko'pchilik uxlayotgan bir paytda kanalga post joylash; 🦦 va ba'zida umuman hech narsa qilmaslik. Zo'r ruhlantiradi(😂) p.s "Yashamoq sokinlik istar" kitobidan ta'sirlanib yozildi. @niktofilist
Hammasini ko'rsatish...

Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.