cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Dehqonobod tuman hokimligi

Dehqonobod tuman hokimligi, Matbuot xizmati.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 101
Obunachilar
-324 soatlar
+147 kunlar
-1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

"Bibiqorasoch" mahallasida ichki yo'llar hashar yo'li orqali tamirlanmoqda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillariga qulaylik yaratish maqsadida "Bibiqorasoch" mahallasiga qarashli bo'lgan ichki yo'llar hashar yoʻli orqali qum-shag’al aralashmasi bilan ta'mirlanmoqda. Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 14-maydagi tegishli topshiriq xatiga asosan joriy yilning 15 – 25-may kunlari mamlakatimizdagi barcha tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura hamda kilinik ordinatura bosqichlari bitiruvchilarini tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish maqsadida “Karyera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilishi belgilangan. Shunga asosan, joriy yilning 16 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida ham “Karyera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatimizdagi barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari hamda o‘rinbosarlari ishtirok etib, hududdagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumot berishdi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi "Karyera kuni” hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari davom etadi. Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi. 👉 https://kun.uz/51416404 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
00:06
Video unavailableShow in Telegram
#ishga_tanlov 📣 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasiga quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilinadi: - Energetika xizmati elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor; - Yerosti yuqori kuchlanishli tarmoq uchastkasi yerosti navbatchi elektromontyori; - Yerosti yuqori kuchlanishli tarmoq uchastkasi apparaturalar, rele himoyasi va avtomatikani ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor. 📌 Tanlovda ishtirok etish uchun jamiyat kadrlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Qoʻshimcha ma’lumot uchun ☎️(75) 612-50-62 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling! Batafsil👇👇👇 Ishga taklif qilamiz 😁 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati ————————————————— 🌐 Bizning rasmiy sahifalarimiz ———————— 🌐Telegram 🌐facebook 🌐websahifa
Hammasini ko'rsatish...
👍 7👌 1
Sektor rahbarlari boshchiligidagi mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi Tumandagi Davlat xizmatlari markazida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, tegishli soha mas’ullarining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Sherzod Shokirov tomonidan sayyor qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va murojaatchilarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi. Qabulda tilgan olingan bir qator muammolar tuman hokimi topshirigʻi bilan shu yerning oʻzida bartaraf etildi. Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Dehqonobod tuman hududiy boʻlinmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tashabbusi bilan tumandagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi uyda, yakka tartibda tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan bolajonlar oʻrtasida “Maftunkor ranglar jilosi” nomli rasmlar chizish tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda bolajonlar oʻzlari chizgan rasmlarni hakamlarga taqdim etishdi. Gʻolib bolajonlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tanlov yakunida musiqa va san’at maktabi ijodkorlari tomonidan bolajonlar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 1
Улуғ ижодкорга муносиб ёдгорлик Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, санъат мухлисларини қизғин табриклади. Батафсил: https://uza.uz/posts/599112 📱Мобил илова 👉 iOS | Android Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Муротжон Азимов "Сўнгги қўнғироқ" ва оромгоҳлар масаласида йиғилиш ўтказди Вилоят ҳокими Муротжон Азимов умумтаълим мактабларида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини тартибли ўтказиш, жорий йил ёзги болаларни соғломлаштириш ва дам олдириш мавсумига тайёргарликни ҳолати юзасидан йиғилиш ўтказди. Таъкидланишича, жорий мавсумда 22 минг нафар болаларни воҳамиздаги 16 та оромгоҳларда соғломлаштириш режалаштирилган. Шунингдек, вилоятдаги 89 та умумтаълим мактабларида ташкил этилган соғломлаштириш майдончаларида 3,5 минг нафар болалар дам олдирилади. Бундан ташқари, вилоят ҳокими умумтаълим мактабларида “Илм – саодат калити!” шиори остида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказишга доир зарур тавсиялар барча бирдек амал қилиши, вазирлик тавсиясига кўра, фақатгина 1-, 4-, 9-, 11-синф ўқувчилари жалб этилиши, маҳалла фаоллари, ота-оналар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари вакиллари билан ҳамкорликда ёнғин ва техника хавфсизлиги қоидаларига амал қилиб, ортиқча дабдабага йўл қўймасдан ўтказиш бўйича тегишли масъулларга топшириқлар берди. Шу билан бирга, анъанага айланган “Хайр боғча - салом мактаб!” тадбири ҳам 467 та мактабгача таълим ташкилотларида юқори савияда ташкил этилади. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Po'stilar arxiv